74
vaholanki safar uchun ular kata harajatlar qilishadi. Shuning uchun ham kundalikni
to‘ldirgan va qaytargan shaxs barcha ko‘rinishlari va o‘z tarkibiga ko‘ra tashrif
buyuruvchining bosh belgilariday hamisha farq qiladi. Ko‘rinib turibdiki,
tarqatiladigan kundaliklarning sonini ko‘paytirgan bilan ko‘rsatilgan nuqsonlarni
bartaraf etib bo‘lmaydi.
Kundalik usuli bilan kuzatuv o‘tkazish va rejalashtirishda oldinda turgan
markaziy – tashkiliy vazifalardan biri – to‘ldirilgan blankalarni qaytarishni
rag‘batlantirishdir. Ularning 70-75 foizini qaytarlishi natijalarning yetarli darajada
ishonchliligini ta’minlaydi. Bu darajaga erishishingiz real usullari mavjud. Ularning
barchasi so‘raluvchilarning tekshiruvda ishtirok etishlari uchun qulay va ijobiy muhit
yaratilishiga qaratilgan. Kompleks tadbirlarda – kundalikning tushunarli va oson
to‘ldiriladigan shakli, javoblarning anonimligi kafolati, to‘ldirilgan blankalarni
qaytarishning aniq tartiblari, anketaning so‘raluvchiga kundalikni to‘ldirishni so‘rab
qilgan shaxsiy iltimosi, so‘raluvchi foydasiga tekshiruv natijalarini potensial
tushuntirish, javob uchun moddiy va boshqa rag‘batlantirishlar o‘z ifodasini topgan.
Statistik kuzatuv rejalashtirilayotganda kuzatuv sub’ekti masalasi hal etiladi,
ya’ni kim birlamchi mahsulotlarni yig‘adi. Bir holatda statistikaning bu organlari o‘z
kadrlari va xodimlari, boshqa holatda statistik mutaxassislar bilan bir qatorda harakat
qiluvchi keng jamoatchilik vakillari bo‘lishi mumkin. Tekshiruvda, shuningdek agar
ular mustaqil ravishda anketalarni to‘lg‘aza olishsa aholi ham jalb etilishi mumkin.
Misol uchun, AQShda turistlar bilan so‘rov o‘tkazish uchun yuqori ma’lumotli,
intizomli va xorijiy tilni yaxshi biladigan odamlar tanlab olinadi. Bunday kishilar
odatda biznes-maktablar va universitet o‘qituvchilari bo‘lishadi.
Anketachi tadqiqot natijalariga sezilarli ta’sir o‘tkazadi. Bu ta’sir ko‘pincha
bildirmasdan muloqat vaqtida to‘g‘ridan-to‘g‘ri va tegishli savollar berish, yashirin
fikrlar shaklida namoyon bo‘ladi: suhbatini umumiy ematsional kayfiyatda olib
borish, ishtirokchilarning xulqi-atvori, mimikasi va boshqalarga qarab savol – javob
qilish. Ko‘pincha so‘raluvchining intervyu oluvchiga yozadigan javoblarni berishga
intilishi kuzatilgan. Anketalar esa sayohatchilar ma’lum guruhining vujudga kelgan
stereotip tarziga asoslanib, ba’zan na faqat so‘raluvchilarning fikrlarini, balki o‘zlari
kutgan javoblar berilishini aks ettirishga urinishadi. Shuning uchun anketachilarni
to‘g‘ri tanlash va o‘qitish muhim vazifalardan biri bo‘lib hisoblanadi. Bu ayniqsa
kuzatuvning tayyorgarlik bosqichida jiddiy e’tiborni talab qiladi. Dala bosqichi
boshlanishidan oldin ular so‘rov texnikasi bo‘yicha yo‘l-yo‘riq olishadi. Maqsadi
bilan tanishishadi, oldinda turgan tadqiqotlar xususiyatlari va vazifalari, ish tartibi va
qo‘yilayotgan talablar, statistik formalarni to‘lg‘azish tartiblari shular jumlasidandir.
Rejada kuzatuv sub’ekti bilan bir qatorda
Do'stlaringiz bilan baham: