Kuzatish joyi
Territoriya
Yopiq
Ochiq
Katta
Kichik
Katta
Kichik
Mam-
lakat
Orol
Turistlar
ko‘proq
boradigan
joy
Rayon
Shahar
Turistlar
ko‘proq
boradigan joy
Kirish (chiqish)
punktlari
ha
ha
yo‘q
yo‘q
yo‘q
yo‘q
Transport
vositalari
ha
ha
yo‘q
yo‘q
yo‘q
yo‘q
Joylashtirish
vositalari
yo‘q
ha
yo‘q
ha
ha
yo‘q
Ko‘rsatish
ob’ektlari
yo‘q
ha
ha
ha
ha
ha
76
etiladi. Tahlil chog‘ida dalillarga mustahkam poydevor qo‘yiladi, xulosalar chiqarish
va aniq amaliy takliflarni ishlab chiqish uchun zamin yaratiladi. Ba’zan statistik
tadqiqotlar statistik ma’lumotlar bilan to‘ldiriladi.
Statistik kuzatuv xatolari va kuzatuv materiallari ustidan nazorat.
Statistik kuzatuvlarning sinchiklab ishlab chiqilgan rejasi turizm haqida ishonchli
ma’lumotlar olishning garovidir. Lekin u qanchalik ikir-chikirigacha puxta
o‘ylanmasin va hisobchilar yo‘l – yo‘riqga amal qilishga qanchalik intilishmasin har
qanday statistik kuzatuvda xatolarga yo‘l qo‘yilishi mumkin. Xato va kamchiliklar
turli sabablarga ko‘ra paydo bo‘ladi. Jamlangan kelishuv natijasida,
umumlashtirishda, formulyarni notug‘ri to‘lg‘azilganda, so‘raluvchilar eslatgan
dalillar yoddan chiqqanda va h.k.
Statistikada hamma xatolar oldindan ko‘zda tutilgan va ko‘zda
tutilmaganlarga bo‘linadi. Keyingisi o‘z navbatida tasodifiy xol yoki sistematik
harakter kasb etadi. Tasodifiy xato javob beruvchi aybi bilan ham, qayd etuvchining
yozuvda adashishi, kelishuvi, bilimsizligi va boshqalar oqibatida ham ro‘y beradi.
Bular kuzatuv natijalariga jiddiy ta’sir o‘tkazmaydi. Chunki bunday xatolar
ko‘pincha bir xilda kamaytirib ko‘rsatishda ham, ko‘paytirib, bo‘rttirib ko‘rsatishda
ham uchraydi va keng qamrovli kuzatuvda yutilib ketib, betaraflanib qoladi.
Ko‘zda tutilmagan sistematik nuqsonlar, xatolar asosan so‘rovlarda
umumlashtirilgan ko‘rsatkichlar hisobiga paydo bo‘ladi (tashrif buyuruvchining
yoshi, uning daromadi, tunash sonlari va shunga o‘xshashlar). Ko‘pincha yoshni qayd
etishda oxiri 0 yoki 5 bilan tugaydigan umumlashtirishlar ko‘zga tashlanadi. Misol
uchun, yozuvlarda 40 yoshli turistlar 39 va 41 yoshlilardan ko‘p uchraydi. Bu hodisa
statistikada yoshlarning akkumulyatsiyasi deb nom olgan. Bu xatolar to‘plangan
statistik materiallarni qayta ishlashda tuzatilmoqda.
Ko‘zda tutilgan xatolar, nomidan ham ko‘rinib turibdiki, so‘raluvchining ongli
ravishda haqiqatni yashirishidan paydo bo‘ladi. Bu xatolar bir yo‘nalishda
ma’lumotlarni uning kattalik ko‘rsatkichlarini buzib, pasaytirib ko‘rsatadi (masalan,
turistik firmalar oboroti). Ko‘zda tutilgan xatolar statistik tadqiqotlar uchun juda
xavfli. Ularni aniqlash va tuzatish uchun ozmuncha kuch talab etilmaydi.
Statistik formulyarlardagi axborotlarning to‘g‘riligi mantiqiy va arifmetik
yo‘llar bilan tekshirib ko‘riladi. Mantiqiy nazorat chog‘ida qo‘yilgan savollarga
javoblarning mosligi yoki dasturning turli savollariga javoblar o‘rtasidagi moslik
aniqlanadi. Masalan, «Safardan maqsad» grafasida «Amerikalik» deyilgan bo‘lsa,
o‘z-o‘zidan tushunarliki javob savolga to‘g‘ri kelmaydi, xato esa, boshqa grafaga
yozuv tufayli kelib chiqqan.
Umumiy yig‘indi sifatida olingan javoblar, xilma-xillik yozuvlari yoki boshqa
ko‘rsatkichlar qismi (turistik harajatlar va ularni statiyalar bo‘yicha bo‘linishi,
shuningdek sayohat kunlari bo‘yicha) mantiqiy nazorati hisoblashning to‘g‘riligini
tekshirish orqali tahlil etiladi.
Hammasini emas (tanlangan) tadqiqotlar paytida ularning xususiyatiga ko‘ra,
yuqorida ko‘rib chiqilgan qayd qilingan xatolardan tashqari, reprezentativ (taqdim
etilgan) xatolar ham uchraydi. Ular kuzatuv birligini noto‘g‘ri tanlash chog‘ida paydo
bo‘ladi.
77
Aniqlangan barcha xatolar iloji boricha tuzatilishi kerak. Buning uchun
ko‘pincha nazorat so‘rovlari o‘tkazishga telefon, pochta orqali so‘rovlar olishga
to‘g‘ri keladi. BTT ekspertlarining fikricha, qimmat turadigan tekshirishlar chog‘ida
xatolar 5 % dan, pilotaj tadqiqotlar chog‘ida 13 % dan oshmasligi zarur.
To‘plangan axborotlar solishtirib ko‘rilgandan keyin keyingi qayta ishlashlarga
tayyorlanadi.
Ular
jadvallarga
ko‘chiriladi.
So‘ngra
boshqa
statistik
ko‘rsatkichlarning asosiy ahamiyati va o‘rtacha kattaligini hisoblashda foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |