71
bor kuchlarini tunovchi tashrif buyuruvchilar (ekskursantlar)ga qaratish imkonini
beradi.
Nazorat savollaridan esa tadqiqotchi javoblarining ishonchligini tekshirib
ko‘rish lozim bo‘lganda foydalaniladi.
Ulardan asosan anketaning turistik harajatlar bo‘limini to‘ldirishda
foydalaniladi. Negaki buni so‘raluvchi uncha xohlamay to‘ldiradi va ba’zan
axborotlarni noto‘g‘ri beradi. Nazorat savollari asosiy savollardan oldin ham, keyin
ham qo‘yilishi mumkin. Misol uchun, asosiy savol quyidagicha qo‘yilgan ishi
mumkin. «Sizning joylashish uchun harajatlaringiz kattaligi qanday?». Nazorat savoli
undan keyin qo‘yiladi: «Siz yolg‘izmi yoki guruhda sayohat qilayapsizmi?». Bu
ma’lumotlarga zarurat hamisha tug‘iladi. Chunki turist guruhda (oila) sayohat qilishi
mumkin va yolg‘iz o‘zining emas, balki butun guruh oilaning harajatlarini ko‘rsatadi.
Shakllariga ko‘ra savollar yopiq va ochiq bo‘ladi. Anketada yopiq savollarga
javob variantlarining barcha ruyxati to‘liq kiritiladi.
So‘raluvchi vazifasi shundan iboratki, u fikriga mos keladigan bitta yoki bir
nechta javob variantlarini tanlashi mumkin. So‘rovning bunday shakli anketani
to‘ldirish va keyinchalik ishlanish vaqtini sezilarli tejaydi.
Yopiq savollardan farqli ravishda ochiq savollar (misol uchun: «Siz «O‘zbek
havo yo‘llari» aviakompaniyasi haqida nima deb o‘ylaysiz») aytib berish mazmuniga
ega emas va so‘raluvchiga javob variantini «chiqishtirmaydi». Ochiq savollar nurqtai
nazarni to‘liq va erkin, mayda-chuyda tafsilotlarigacha ifodalashga imkon beradi.
Shuning uchun ochiq savollar yordamida mazmuni ancha boy axborotlar yig‘ish
mumkin. Ochiq savollarni oldindan ma’lum va bir xildagi javoblar variantlari ruyxati
bo‘lmaganda tuzish maqsadga muvofiq.
Savollarni tuzishdan tashqari, ularni joylashtirish tartibi ham muhim
ahamiyatga ega. Anketada ulardan oldin qisqagina kirish (so‘raluvchiga murojaat)
beriladi: unda mavzu, maqsad, so‘rov vazifasi va uni o‘tkazayotgan tashkilot nomi
aytiladi. Shuningdek anketani to‘ldirish tartibi tushuntiriladi. So‘ngra osonroq –
betaraf ma’nodagi savollar joylashtirladi. Ular nafaqat o‘zlarining bildirish vazifasini
bajarishadi, balki suhbatga «tortish»ni ta’minlaydi, hamkorlikka ruhiy vaziyat
yaratadi. Bular hamsuhbatni qiziqtirishi, muhokama etilayotgan muammoga jalb
etishi lozim.
Odatda tahlil talab, fikrlanadigan, xotirani faollashtiradigan murakkabroq
savollar anketaning o‘rtalariga joylashtiriladi. Anketa bilan ishlash oxirida savollar
uncha qiyinlashmay boradi. Keyin uning xulosa qismida «pasportcha» yozib quyiladi.
Uning yordamida so‘raluvchining shaxsiga doir ma’lumotlarni olish mumkin.
Misol tariqasida Ka`Foskari (Italiya) Venesiya universiteti huzuridagi turizm
iqtisodiyoti bo‘yicha Xalqaro tadqiqotlar markazi mutaxassislari tomonidan ishlab
chiqilgan anketalar shakllarini keltiramiz.
Statistik kuzatuv dasturiga
Do'stlaringiz bilan baham: