66
Kelishlarni qayd etish va nomerlarning yuklanishini aks etgan daftar statistik
hisobotlarning tegishli formalarini to‘ldirishga xizmat qiladi. U joylashish vositasi
harakteristikasi aks etgan (tip, kategoriya, o‘yinlar soni, band xodimlar soni va
boshq.), har kuni kelayotgan mijozlar, ularni mamlakat bo‘ylab bo‘linishi, nomerlar
yuklanishining yakuniy qismi va bir oyda kelishlar miqdori ko‘rsatiladigan jadvaldan
iborat. Formaning orqa tomonida uni to‘ldirish va axborotlarning ishonchligini
kafolatlagan statistika organi haqida yo‘riqlar, ma’lumotlar keltirilgan. Hisobotning
amaldagi shakli joylashtirish korxonalari tomonidan to‘ldiriladi va har oyda
belgilangan muddatda milliy turistik ma’muriyatga yoki statistika organlariga
topshiriladi. Bu yerda turistik kelishuvlar va tunashlar, o‘rtacha bo‘lish davomiyligi,
xonalar miqdori va o‘rinlar soni, bandlik soni, nomer fondi yuklanishi, kalendar
oylari bo‘yicha guruhlanishi, mamlakatda turistlar doimiy yashaydigan joy,
joylashish tipi va kategoriyasi, ularning manzili haqida olingan statistik materiallar
ishlab chiqiladi.
Bunday katta hisob-kitob ishlarini muvaffaqiyatli olib borish, barcha joylashish
vositalari, mehmonxonlarni qayd etish bo‘yicha ma’lumotlarning to‘liq bo‘lishiga
bog‘liqdir. Ammo bu korxonalarning ayrimlari ular bergan ma’lumotlar soliq
xizmatlarining diqqatini tortishi va jiddiy ko‘ngilsizliklar keltirib chiqishidan
xavfsirab to‘ldirilgan formalarni qaytarishmaydi. Ma’lumotlar jadvalini tuzish va
hisob-kitoblarni umumlashtirishda o‘rganilayotgan holatlar to‘liq qamrab olinadi.
Bunda o‘tgan davrga doir ma’lumotlardan foydalaniladi va taqqoslanadi. Bu yakuniy
manzarani buzmaydi, chunki bundan joylashish vositalari hajmi va oboroti odatda
uncha kata bo‘lmaydi.
Joylashtirish vositalarida kelishni qayd etish Germaniya, Shveysariya,
Ispaniya, Marokko, Tunis, Nigeriya, Senegal, Tanzaniya va boshqa mamlakatlarda
yuritilmoqda.
Statistik kuzatuvning ko‘rib chiqilayotgan usuli keng tarqalgan, shunga
qaramay u bir qator kamchiliklarga ega. Birinchidan, statistik tadqiqotlardan bir
kunlik tashrif buyuruvchilar tushib qoladi, xususiy turistlar esa boshqa mehmonlar
qatorida qayd etiladilar va ko‘p hollarda mustaqil kategoriyaga ajratilmaydilar. Misol
uchun, g‘arbda otellar mehmoni ko‘pincha mahalliy aholi bo‘lishadi. Bir xil hayotdan
bezgan bu odamlar o‘zlarini kundalik zerikarli vaqtlarini o‘zgartirish maqsadida
vaqtincha uylaridan yaqin atrofdagi mehmonxonalarga ko‘chib o‘tadilar va turist
sifatida qayd etiladilar.
Ikkinchidan, joylashtirish vositalarining hammasi haqida ham tegishli statistik
hisobot berishga majbur emaslar. Ko‘p mamlakatlarda pansionatlarda, jihozlangan
xonalarda, xususiy kvartiralarda va boshqalarda kelishlar qayd qilinmaydi, ularda
to‘xtagan turistlar hisobga olinmaydi.
Nihoyat, bu usulda sayohat chog‘ida joylashish vositalarini almashtirish
turistlarni ikki marta hisoblashdan qochib bo‘lmaydi.
Joylashtirish vositalaridan olingan kelish to‘g‘risidagi ma’lumotlar chegara
statistikasi ma’lumotlaridan keskin farq qilishi mumkin.
Turistik daromadlar va harajatlar, jismoniy turistik oqim singari turli usullarda
hisoblanadi. Xalqaro turizmning qiymat ko‘rsatkichlari turizm industriyasi
korxonalari yoki bank hisobotlaridan tegishli formalarda olinishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: