72
Undagi ma’lumotlar tashrif buyuruvchining iste’molchilik xulq atvorini tushinishda
juda muhim rol o‘ynaydi.
Bunday xildagi tekshiruvlar so‘raluvchi bilan juda ehtiyot bo‘lib muomila
qilishini talab etadi.
Tekshiruv kata amaliy ahamiyatga ega bo‘lib, so‘rov davomida olingan
materiallar turistik firmalar, xususan, strategik rejalashtirish va marketing siyosatini
ishlab chiqishda foydalanishi mumkin.
Potensial mijozlarning turli harakteristikalarida haqiqiy va yolg‘on
ma’lumotlarni ajrata olish turistik mahsulotlarning bozordagi harakati samarali
yo‘llarini qidirib topishda yordam beradi. Misol uchun, Ogayo shatitida o‘tkazilgan
tekshiruv tashkilotchilari grek yo‘nalishida ishlovchi turistik firmalarga AQShda
tarqalgan grek gazeta –jurnallari reklamalaridan, Amerikada eshittiriladigan grek
radiosidan foydalanishni tavsiya etishadi. Unchalik qimmat bo‘lmagan bu reklama
vositalari mijozni jalb etishga, unga zarur axborotlarni yetkazib berishga imkon
yaratadi.
Amerika greklarini tekshirish usuli etnik kamchilikni, tashkil qiluvchi boshqa
diasporalarga ham joriy etilishi mumkin.
Amerika greklari to‘g‘risidagi ma’lumotlar tekshiruvning ko‘proq ommaviy
usuli-so‘rov yo‘li bilan to‘plangan. Uning xususiyati o‘zi hisoblanadi. Chunki
o‘rganilayotgan hodisa va sotsial jarayonlarning bevosita ishtirokchisi uning o‘zidir.
So‘rovchilar bilan munosabat shakllariga bog‘liq holda og‘zaki yoki yozma ravishda
so‘rovning ikki xiliga bog‘liq: intervyu va anketa so‘rovlari. Bir qator tekshiruv
holatlari aralash strategiyaga tayanadi. Alohida guruhlar so‘raluvchilari anketa
natijalari bo‘yicha intervyu chuqurlashtirilgan dastur bo‘yicha olinadi.
Birlamchi ma’lumotlar yig‘ish chog‘ida hisobchi so‘raluvchi bilan hamma vaqt
ham yuzma-yuz munosabatda bo‘lmaydi. Ba’zan, u zarur ma’lumotlarni operativ
vositalar, misol uchun EHM yordamida olishi mumkin. Keyingi vaqtlarda G‘arbda
kompyuter intervyusi tez-tez qo‘llanilapti. Bunday intervyu olish chog‘ida
so‘raluvchiga savollar monitor ekrani orqali beriladi. Javoblar EHM xotirasiga qayta
kodlanmasdan va tahrir qilinmasdan kiritiladi. Bu vaqtni tejaydi, xatolar ehtimolini
kamaytiradi. So‘rovlar uchun kompyuterlar ko‘p hollarda otellarda xollarga
o‘rnatiladi. Unga erkin borish ta’minlanadi va har bir mehmon tegishli yozuvni
amalga oshirishi mumkin. Bu yozuvlarda uning fikri, istak va takliflari aks etadi.
So‘rov keng tarqalgan bo‘lsada, lekin kuzatuvning universal usuli emas.
Statistik va sotsial amaliyotda shunday vaziyatlar bo‘ladiki, u yetarli samarali
bo‘lmaydi. Bunday hollarda mutaxassislar boshqa usullar – hujjatlar tahlili, ekspert
baholashlar va boshqalar yoki ularning so‘rovlar mosligi bilan ish ko‘radilar.
Turistlar harajatlar haqida statistik ma’lumotlar yig‘ishda turli usullardan ham
foydalaniladi. Ulardan biri-
Do'stlaringiz bilan baham: