O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti



Download 2,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/308
Sana18.01.2022
Hajmi2,37 Mb.
#385134
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   308
Bog'liq
5-y-Xalqaro-turizm.-Darslik.Mamatqulov-X.M-va-bosh.-S-2008

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


                      
29 
III Bob . XALQARO TURIZMNING RIVOJLANISH  
HOLATI 
 
3. 1. Qadimgi (antik) davr turizmi 
3.2. Xalqaro turizmning boshlang‘ich davri 
3.3. Xalqaro turizmning rivojlanish davri 
3.4. Xalqaro ommaviy turizmning yuksalish davri 
 
3.1. Qadimgi (antik) davr turizmi 
 
Turizm  yoki  sayyohlikning  ilk  bor  boshlanish  davri  qadim-qadimlarga  borib 
taqaladi.  Kishilarning  bir  joydan  ikkinchi  joyga  o‘tishi  yoki  borishi  ko‘p  hollarda 
savdo-sotiq yumushlari, atrof-olamni ko‘ra-bilish istagi, hamma ishtirok etaoladigan 
o‘qish,  diniy  va  dam  olish  omillari  bilan  bog‘langan.  Qadimgi  manbalarda 
yozilishicha  bundan  ikki  ming  yillar  oldin  (eramizga  qadar)  misrliklar  hayotida 
sayyohlik ko‘ngil ochish va dam olishning odatdagi hodisasi bo‘lgan. 
Ma’lumotlarga  ko‘ra,  dunyoda  eng  qadimgi  sayyohlik  markazlaridan  biri  bu 
Tinch  okean  minatqasida  joylashgan  Okeaniya  hududi  bo‘lib  hisoblanadi.  U  yerda 
yashovchi  aholilar  uncha  katta  bo‘lmagan  oddiygina  qayiqchalarda  Janubiy  sharqiy 
Osiyoning  Mikroneziya  va  Markaziy  (Tinch  okeani)  orollari,  Tuamotu  arxipelagi 
(orollar  guruhi)  ga  sayohat  qilishganlar.  Eramizga  qadar  500  yil  oldin  
polineziyaliklar Gavay orollari (Tinch okeani)ga 2 ming mill. masofagacha  okeanda 
suzib  borishganlar.  Ular  safar  davomida  quyosh,  yulduzlar,  bulutlar  va  qushlarning 
harakatidan foydalanib manzilga yetib olishganlar. Sayohat davomida ular uchun eng 
muhim muammo bu ichimlik suvi va oziq-ovqatlar hisoblangan. 
Qadimgi  sayyohlikning  eng  rivojlangan  markazlaridan  biri  O‘rta  yer  dengizi 
qirg‘oqlarida  joylashgan  Gresiya,  Italiya,  Fransiya,  Ispaniya,  Misr,  Tunis  kabi 
mamlakatlar  bo‘lib  hisoblanadi.  Dengiz  bo‘ylarida  yashovchi  aholilar  savdo-sotiq, 
diniy  safarlar, ilm  olish, davolanish,  yangi  hududlarni  kashf  qilish  maqsadida  uzoq-
uzoq  safarlarga  dengiz  orqali  chiqishgan.  Bu  to‘g‘risida  juda  ko‘pgina  ma’lumotlar 
mavjud  bo‘lib  ularning  bir  qismi  hozirgi  kungacha  bizga  yetib  kelgan.  Jumladan 
Gresiyada  V  asrda  (eramizga  qadar)  Gerodot  va  IV  asrda  (eramizgacha)  Pifey  kabi 
olimlar boshqa mamlakatlarni o‘rganish uchun sayohatga borganlar.  
Qadimgi  grek  tarixchisi  Gerodot  birgina  Misrda  bo‘lib  qolmasdan,  balki 
Sharqning ko‘pgina mamlakatlarida, jumladan Liviyadan tortib Vaviloniya, Assuriya, 
Kichik Osiyo, hatto Qora dengizning shimoliy sohillarida ham bo‘lishgan. U o‘zining 
sayohat taassurotlarini to‘qqiz tomlik «Tarix» nomli asarida tasvirlab bergan. 
Qadimgi  Gresiyada  sport  o‘yinlari  (Olimpiada)ning  tashkil  etilishi,  unda 
sportchilar va sport ishqibozlarining turli mamlakatlardan kelib-ketishi sayyohlikning 
rivojlanishiga katta to‘rtki bo‘lgan.  
Bundan  776  yil  oldin  (eramizga  qadar)  har  yili  Ellada  (Gresiya)ga  Olimpiada 
o‘yinlariga  qatnashish  va  tomosha  qilish  maqsadida  nafaqat  Elladadan,  hatto  butun 
O‘rta  Yer  dengizi  bo‘yi  mamlakatlaridan  minglab  sport  ishqibozlari,  san’atni 
sevuvchi  muxlislar  yig‘ilishgan.  Yirik  maxsus  sport  inshootlarining  keng  ko‘lamda 
qurilishi  o‘sha  davrga  ta’luqli  xususiyatlardan  biridir.  Musobaqalarda  turli  xil  sport 


                      
30 
o‘yinlari  o‘tkazilib,  ishqibozlar  olqishiga  sazovar  bo‘lingan,  o‘z  o‘rnida 
mehmonnovozlik yo‘lga qo‘yilgan. 
Qadimgi Xitoy ham o‘z davrida yuksak madaniyatli davlatlardan biri bo‘lgan. 
Xitoylik sayyohlar, olimlar, daryo, dengiz, tog‘lar to‘g‘risida juda ko‘plab geografik 
ma’lumotlar  (qo‘lyozmalar)ni  yozib  qoldirgan.  Xitoy  elchisi  Chjan  San  II  asrda 
(eramizgacha)  sayohatga  chiqib  juda  katta  amaliy  ahamiyatga  ega  bo‘lgan 
ma’lumotlarni to‘plab qoldirgan. Uning bosib o‘tgan safar yo‘llari keyinchalik Buyuk 
Ipak yo‘liga asos bo‘lgan. 
Marko  Polo  (1254-1323)  yevropaliklardan  birinchilardan  bo‘lib  Osiyoni 
o‘rgangan  Venesialik  (Italiya)  sayyohdir.  Uning  otasi  Nikkolo  va  amakisi  Matteo 
savdo-sotiq  bilan  shug‘llanib,  tasodifan  Mo‘g‘uliston  xoni  Kublay  (Chingizxonning 
o‘g‘li)  ning  qarorgohiga  kelib  qolishadi.  Mo‘g‘ul  xoni  ularni  o‘sha  davrda  Rim 
Papasiga missioner (yelib yugiruvchi) etib tayinlashni so‘raydi. 
1271  yilda  Nikko  va  Matteo  ikkinchi  bor  safarga  chiqib,  mo‘g‘ul  tilini  va 
mahalliy  urf-odatlarni  o‘rgangan  Marko  Poloni  o‘zlari  bilan  birga  olib  ketishadi. 
Marko  Polo  xon  iltifotiga  sazovar  bo‘ladi  va  uni  o‘ziga  yaqin  olib  mulozim  etib 
tayinlaydi.    Xon  Marko  Poloni  o‘z  hukmronligi  ostidagi  joylarda  turli  xil 
ma’lumotlarni to‘plashga  da’vat etadi. U ana shu imkoniyatdan foydalanib mamlakat 
va  xalqlar  to‘g‘risida  ko‘pgina  ma’lumotlarni  to‘playdi.  1292  yil  mo‘g‘ul  xoni 
uchchala  sayyohlarga    katta  sovg‘a  -  salomlar  berib  ularni  vataniga  qaytaradi. 
Sayyohlar  Tinch  okean    orqali    Koxinxin,  Sumatra,  Seylon,  Trapezud  va 
Konstantinopol orqali 1295 yili Venesiyaga  qaytib  kelishadi va boyligi bilan yuqori 
martabaga  erishadi.    Keyinchalik  Marko  Polo  u  Venesiyada  buyuk  Kengash  a’zosi 
lavozimiga  ko‘tariladi.  1307  yilda  esa  qayta  ishlangan  safar  ta’surotlarini  bosib 
chiqaradi. U o‘z ta’surotlarida xitoyliklarning ixtirolari bilan qiziqib kompas, zabtlash 
taxtasi,  veksellari  bilan  tanishganligini  yozib  qoldiradi.    Marko  Poloning  sayohatlar 
to‘g‘risidagi birinchi kitobi 1861-1862 yillarda rus tilida bosilib chiqiladi. 
Taniqli  arab  sayohatchisi,  olim  va  yozuvchi  Ibn  Batuta  (Abu-Abdulla  – 
Muhammad, ibn – Abdulla – el – Davati at-Tanji) asli Tanjeralik (Afrika) 1304 yilda 
tug‘ilib, 1368 (69) yilda vafot etgan. Birinchi bor u Afrikadagi Sahroi Kabr dashtini 
21  kunda  savdo  karvonlari  bilan  kezib  o‘tadi.  1324  yilda  u  o‘zi  tug‘ilib  o‘sgan 
shahridan  katta  sayohatga  chiqib  Afrikaning  shimoliy  qismidagi  mamlakatlarga, 
undan  so‘ng  Suriya,  Eron,  Arabiston,  Anatoliya  (Turkiya),  Krim,  Oltin  O‘rda, 
Buxoro, Hindiston, Zond orollarigacha boradi va yana orqaga qaytib yo‘lda Ispaniya 
va Afrikaning ichki qismi Timbuktugacha yetib keladi. 
Ibn Batuta 29 yil davomida sayohatda bo‘lib, ko‘pgina mamlakatlar to‘g‘risida 
safar  qo‘lyozmalarini  yozib  qoldirgan.  Sayohat  davomida  ko‘rgan  bilganlarini 
«Rixle» kabi bebaho geografik asarida yozgan. U o‘z asarida dunyo xalqlarining urf-
odatlari,  turmush  tarzlarini,  kasb-korlarini  ta’riflaydi.  Ibn  Batuta  asari  1818  yilda 
lotin tiliga, 1829 yilda ingliz tiliga va 1841 yilda rus tiliga tarjima qilingan. 
Eramizning 
boshlanishiga 
qadar 
davlatlar 
to‘g‘risida 
geografik 
ma’lumotlarning to‘liq ta’riflanishi qadimgi Strabon (63 yil eramizga qadar  – 20 yil 
yangi  eramizda)  va  Klavdiy  Ptolomey  (90-168  yillar  yangi  erada)  tomonidan  bayon 
qilingan. 


                      
31 
Qadimgi  Rim  imperiyasi  turizm  taraqqiyotiga  juda  katta  hissa  qo‘shgan 
mamlakat  bo‘lib  hisoblanadi.  Bu  yerda  mustahkam  imperiyaning  tashkil  etilishi, 
boyligi,  mo‘l-ko‘lchilik,  hududining    kattaligi,  dengiz  sohilida  joylashganligi  kabi 
omillar  turizmning  rivojlanishi  uchun  zarurat  hisoblangan.  Rimliklar  o‘sha  davrda 
ajoyib yo‘llar tarmog‘ini  qurishgan. Har kuni 100 mill masofagacha otda sayr qilish, 
ibodatxonalarni ziyorat qilish amallari bajarilgan. 
Rim  imperiyasi  gullab  yashnagan  davrda  rimlik  boy-badavlat  kishilar 
tomonidan  Gresiyaga  sayohatlar  uyushtirilishi  o‘zlarining  dunyoqarashlarini 
kengaytirish, 
bilimlarini 
oshirish 
zaruratidan 
kelib 
chiqqan. 
Keyinchalik 
fuqarolarning  Gresiyaga  tashrifi  ko‘ngil  ochar,  sayr  tomosha  qilish  harakteriga  ega 
bo‘lgan.  Mamlakat  sayyohlarni  o‘z  festivllari,  sport  musobaqalari  va  boshqa  xil 
o‘yin-kulgi, ko‘ngil ochar tomoshalari bilan o‘ziga jalb qila boshlagan. Boy-badavlat 
sayyohlar ko‘plab miqdorda ov qilish, dam olish, hordiq chiqarishni ko‘ngildagiday 
tashkil  etishni  talab  qilaboshlaganlar.  Ayniqsa  Gresiya,  Italiyaning  issiq  mineral 
shifobaxsh  buloqlariga  kelib  davolanish  jadallik  bilan  rivojlana  borgan.  Eramizga 
qadar  I    asrda  Rim  imperiyasi  hududida    shaharlarning  tashqi qismida, katta  karvon 
yo‘llari  chetlarida,  qaysikim  davlat  xizmatchilari  va  chopar  (kurer)lar  o‘tadigan 
joylarda  bir  kunlik  otda  yuradigan  masofada  joylashgan  karvonsaroylar  tashkil 
etilgan.  
Biroq,  keyinchalik  Rim  imperiyasining  yemirilishi  (eramizning  I  asrida) 
turizmning  rivojlanishiga  salbiy  ta’sir  ko‘rsatadi.  Bunga  mamlakatda  boy-badavlat 
sayyohatchilarning  kamayishi,  yo‘llarning  yaroqsiz  holatga  kelib  qolishi,  bosqinchi 
to‘dalarning ko‘payishi, sayyohlar xavfsizligining ta’min etilmaganligi kabi bir qator 
omillar sabab bo‘lgan.  
Aleksandr  Makedonskiy  (eramizgacha  bo‘lgan  334  yil)  hukmronligi  davrida 
Turkiyadagi Efes shahri qadimgi (antik) davrda eng muhim savdo markazi va asosiy 
shaharlardan  biri  bo‘lib  hisoblangan.  Turistlar,  akrobatlar,  huqqavoz  (jongler)lar, 
sehrgarlar, shahar ko‘chalarini to‘ldirib yurganlar. 
Yevropaliklarda  sayyohlik  salb  yurishi  harakati  bilan  boshlangan  va  ular 
muqaddas yer Iyerusalimni zabt etganlar. Yevropalik sayyohlar ritsarlar, savdogarlar 
bilan  yonma-yon  yurishib  begona  mamlakatlar  boyliklarini  talaganlar  va 
territoriyalarni  bosib  olish  maqsadida  harakat  qila  boshlagan.  Ular  bilan  birgalikda 
Sharqga  tomon  ruhoniylar  va  ziyoratchilar,  son-sanoqsiz  daydilar,  beva-bechoralar 
ommaviy ravishda harakat qila boshlaganlar.  
O‘z  davrida  imtiyozga  ega  bo‘lgan  aholi  vakillari  shifobaxsh  mineral  suv 
manbalariga bora boshlaganlar. Biroq, safarning va sayohatning turli xil maqsadlariga 
qaramasdan  ularning  hammasi  kishilar  ongining  ob’ektiv  holatda  geografik 
kengayishini ta’minlaydi. Ular tomondan dengiz, daryo,  materiklar, davlatlarni aniq 
tasvirlash amalga oshirilgan. 
Qadimgi  davrda  turizmning  rivojlanishi  juda  murakkab  kechgan.  Safar 
muddati  ham  o‘ziga  xos  xususiyatga  ega  bo‘lgan.  Kishilarning  sayohatda  yurish 
tezligi  o‘rtacha    soatiga  6  km.  dan  oshmagan.  Bir  kunlik  bosib  o‘tgan  safarining 
umumiy  masofasi  esa  50-60  km  atrofida  bo‘lgan.  Sayohatga  chiqish  imtiyozi  va 
zarurati faqat savdogarlar, boy-badavlat kosib yoki mayda savdogarlar, dvoryanlar va 
aslzodalarga ta’luqli bo‘lgan. 


                      
32 
Sayohatchilar  safar  davomida  asosan  ot  ulovlardan  (ot,  tuya,  eshak  va 
boshqalar), qayiqlar va kemalardan foydalanishganlar. Ular sayohat davomida yakka 
holda yoki savdo karvonlariga qo‘shilib o‘z manzillariga yetib borishganlar. 
XV  asr  oxiri  –  XVII  asr  o‘rtalariga  kelib  Buyuk  geografik  kashfiyotlarning 
imkoniyatlari keng yaratildi.  
XVI    asrda  juda  ulkan  Shimoliy  Amerika  quruqligi  ispanlar  tomonidan 
o‘rganildi.  Ular  kontinentni  o‘rganib  chiqishda  asosan  ot  ulovlardan 
foydalanishganlar.  Mamlakatlarni  o‘rganib  chiqishda  piyoda  va  otda  yurib,  so‘ngra 
qayiqda  suzib  chiqqanlar.  Yo‘llar  qurib,  ularda  pochta  kareta  (arava)  laridan 
foydalanishgan.  
Russiya davlatida birinchi bor sayyohlik olamni bilish, savdo-sotiq, siyosiy va 
diniy  maqsadlarni  ko‘zlashdan  kelib  chiqqan.  IX  asrda  rus  knyajnasi  Olga 
Vizantiyaga birinchi bor tashrif buyuradi. Tarixchi S.M.Solovev fikricha knyajnaning 
sayohat  qilishi  sabablari  «dunyoning  ajoyibotlarini  ko‘rib  qiziqish»dan  iborat  deb 
hisoblaydi.  Russiyada  ham  asta-sekin  haj  safariga  borib,  ziyorat  qilish  rivojlana 
boshlaydi.  «Horijiy»  mamlakatlardagi  asosiy  haj  safari  markazlari  bo‘lib  Yaqin 
Sharqdagi Palastin, Iyerusalim, Afon tog‘i, rus yerlari hisoblangan – Sergiyev Posad, 
Optina sahrosi, Asosiy Sahro va boshqa ibodatxonalardir. 
1468  –  1474  yillarda  tverlik  savdogar  Afanasiy  Nikitin  taniqli  «Uch  dengiz 
osha»  sayohatini  bajo  keltirdi.  Uning  sayohatidan  asosiy  maqsadi  russiyalik 
savdogarlar  bozori  doirasini  kengaytirishdan  iborat  edi.  U  safar  davomida  Eron, 
Hindiston,  vataniga  qaytishda  esa  Somali,  Maskat  va  Turkiya  kabi  mamlakatlarga 
borishgan. 
Turizmning  rivojiga  uyg‘onish  davri  (XV-XVI  asrlarda  Yevropada  fan  va 
san’atning  taraqqiy  etgan  davri)  ham  katta  ta’sir  ko‘rsatadi.  Unda  iqtisodiyotning 
jo‘shqinlik bilan rivojlanishi, yangi tarmoqlarning paydo bo‘lishi, davlatlararo savdo-
sotiqning kengayishiga yanada imkoniyatlar tug‘diradi. 
Shu  bilan  birgalikda  moliyaviy  resurslar  imtiyozlarning  mavjudligi,  bo‘sh 
vaqtlarning  ko‘pligi,  boy-badavlat  kishilar  sonining  ko‘payishi  bilan harakterlanadi. 
XVI  asrga  kelib  Yevropa  bo‘ylab  sayohat  qilish  odat  tusiga  kiraboshlaydi.  Bunday 
sayohatlarni  uyushtirish  «Yosh  aristokratlarni  tarbiyalash  dasturi»  ga  kiritilib,  unda 
o‘qish, bilim olish maqsadlari ko‘zda tutilgan. Bunday   sayohatlarning 
yo‘nalishi 
Angliyada  London  shahridan  boshlanib,  Fransiyaning  Parij  shahrida,  so‘ngra 
Italiyaga: Genuya, Milan, Florensiya, Rimgacha davom etgan. Orqaga qaytish yo‘li 
Shveysariya,  Germaniya,  Gollandiya  mamlakatlari  orqali  o‘tilgan.  Aslzoda 
(aristokrat)  yoshlar  sayohat  davomida  xo‘jalik,  siyosiy  aloqalarini  taniqli  xorijiy 
oilalar  bilgan  o‘rnatishga  kirishadilar.  Ular  nafaqat  bilim  olish,  balki  dam  olish, 
ko‘ngil ochish uchun ham safarlarga chiqishgan. 
Shuni qayd qilish joizki, yevropaliklarda Alp tog‘larini zabt qiluvchi, birinchi 
sayyohlar qatoriga inglizlar, undan keyin esa fransuzlar va amerikaliklar kirganlar. 
XVI asr oxirlariga kelib xorijiy mamlakatlarda dam olish va dunyoqarashlarini 
kengaytirish maqsadidagi sayyohlik safarlari Rossiyada ham rivojlana boshladi. Petr I 
hukmronlik  qilgan  davrda  uning  o‘zi  bu  sohada  shaxsiy  namuna  ko‘rsatdi.  U  1697-
1699  yillar  davomida  Buyuk  Moskva  elchilari  tarkibida  G‘arbiy  Yevropa 


                      
33 
mamlakatlariga  safarga  otlanadi.  Safar  davomida  yevropaliklar  hayoti,  turmush  – 
tarzi bilan tanishish rus madaniyatining rivojiga katta ta’sir ko‘rsatdi. 
Sayohatga  chiqishda  eng  muhim  narsalardan  biri  dvoryanlar  uchun  xorijiy 
tillardan  birini  albatta  bilishi  va  gaplashaolishi  zarurligidir.  O‘z  davrida  Rossiya 
imperatori  Yekaterina  II  mulozimlari  (katta  amaldorlarni    kuzatib  yuruvchi  kishilar) 
va  xorijiy  elchilar  hamrohligida  Rossiya  imperiyasining  g‘arbiy  qismlarini  kezib 
o‘tib,  Dnepr  daryosi  bo‘ylab  suzib,  Xerson  va  Sevostopol  shaharlari  bilan  tanishib 
chiqadi. 

Yevropada 
Germaniya, 
Avstriya, 
Niderlandiya 
(Gollandiya) 
mamlakatlarning ko‘pgina shaharlariga sayohat qilishgan. 

Download 2,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   308




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish