O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti


Jadval 5 Osiyo mamlakatlari bo‘yicha xalqaro turistlarning tashrifi



Download 0,65 Mb.
bet40/209
Sana16.01.2022
Hajmi0,65 Mb.
#373080
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   209
Bog'liq
5-y-Xalqaro-turizm.-Darslik.Mamatqulov-X.M-va-bosh.-S-2008

Jadval 5

Osiyo mamlakatlari bo‘yicha xalqaro turistlarning tashrifi







(2005 yil)










Asosiy turistik

Keluvchi




Keluvchi







yo‘nalishlar

turistlarning




turistlardan










umumiy soni

Hissasi (%)

olingan

Hissasi (%)







(mln.kishi)




daromad
















(mln. dollar)







Osiyo va Tinch

155432

100,0

138588

100,0




okeani mintaqasi
















Avstraliya

5020

3,2

14952

10,8




Kambodja

1422

0,9

840

0,6




Xitoy

46809

30,1

29296

21,1




Guam

1228

0,8

-

-




Gonkong (Xitoy)

14773

9,5

10286

7,4




Xindiston

3915

48,7

7356

4,9




Indoneziya

5002

3,2

4521

3,3




Eron

1659

-

-

-




Yaponiya

6728

4,3

12439

9,0







44

Koreya Respublikasi

6022

3,9

5660

4,1

Laos xalq

672

0,4

147

0,1

demokratik













respublikasi













Makao (Xitoy)

9014

5,8

7757

5,6

Malayziya

16431

10,6

8543

6,2

Yangi Zellandiya

2365

1,5

4865

3,5

Fillipin

2623

1,7

2130

1,5

Singapur

7080

4,6

5740

4,1

Tayvan (Xitoy)

3378

2,2

4977

3,6

Tailand

11567

7,4

10108

7,3

Vetnam

3468

2,2

-

-

Manba: Vsemirnaya turistskaya organizatsiya (YUNVTO) ©. 2006.
Shuni qayd qilish zarurki, Osiyo – Tinch okeani mintaqasi, Amerikadagidek turistlar kelishi bo‘yicha asosan bir sub mintaqada o‘rnashgan. Ammo biroq turistlar kelishi darajasi anchagina past. Ularning tarqalishi Sharqiy, Janubiy – sharqiy Osiyo va Okeaniya hududlarida bir tekisda tarqalgan.
Osiyo-Tinch okeani mintaqasida asosiy turistlar oqimi Sharqiy Osiyo ya’ni Yaponiya, Janubiy Koreya va Xitoy (3/5 qismi) mamlakatlariga to‘g‘ri keladi. Ikkinchi o‘rinda esa Janubiy–sharqiy Osiyo (1/3) mamlakatlari egallaydi. Avstraliya va Okeaniya hududlariga qariyib 10 % keluvchi turistlar soni to‘g‘ri keladi.
Hozirgi kunda Tinch okeani mintaqasi xalqaro turizm bozorida Xitoy Xalq Respublikasi (XXR) alohida o‘rinni egallaydi. Uning evaziga butun mintaqaga keluvchi turistlarning 1/3 qismi, Syangan (Gonkong) va Tayvanni birgalikda qo‘shib hisoblaganda esa 50 % to‘g‘ri keladi.
Umuman olganda, hozirgi kundagi Xitoy turizmi o‘tgan asrning 70- nchi yillaridan boshlab rivojlana boshladi, Qaysikim Xitoyda iqtisodiy islohatlar ya’ni «ochiq eshik» siyosati amalga oshirilishi bilan tub o‘zgarishlar ruy berdi. Birgina 1988 yilda Xitoyga tashrif buyuruvchi turistlar umumiy soni 1979 yilga nisbatan 37 barobarga oshdi. Shu davrda Xitoyga keluvchi turistlarning aksariyat qismi Yaponiya va AQSH mamlakatlaridan tashkil topdi. Ya’ni Xitoyga keluvchilarning har uch kishidan biri-yaponlar, har besh nafar keluvchi sayyohlardan biri esa amerikaliklar edi. Undan keyingi o‘rinlarni G‘arbiy Yevropa (Fransiya, Buyukbritaniya, Germaniya), Janubiy-Sharqiy Osiyo (Singapur, Tailand, Filippin), Avstraliya va Kanada davlatlari egallaydi. So‘nggi yillarda Xitoy turizm bozorida ishtirok etishda Malayziya, Indoneziya, Koreya Respublikasi, Mongoliya va Rossiya davlatlari faollik ko‘rsatmoqda.
Xitoyga tashrif buyurgan sayyohlarda an’anaviy Pekin-Shanxay-Sian-Guilen yo‘nalishlarini chetlab o‘tib, Syangan (Gonkong) va Guandjou kabi o‘lkalarni borib ko‘rishga qiziqish o‘smoqda. Ayniqsa turistlar uchun Xuanxe daryosida sayr tamosho qilish, Yanszi daryosi bo‘ylab daralarni ko‘rish yoki qadimgi Xitoy devorlari va kanallarini kuzatish, xitoyliklar taomlarini tatib ko‘rish, qadimgi xitoy, tabobat ilmi usullari bilan yaqindan tanishish, ommaviy xalq sayillarida («qog‘oz ilonlar» festivalida) ishtirok etishga muyassar bo‘lishadi.

45


Shuni ta’kidlash joizki, so‘nggi o‘n yilliklarda xalqaro turizmda Xitoy shon-shuhrati tobora ortib bormoqda. Agar 1990 yilda Xitoy mamlakatga turistlar kelishi bo‘yicha dunyoda 12 o‘rinni egallagan bo‘lsa, 1995 yilga kelib 8 o‘rin, 2000 yilda esa beshlik davlatlari qatoriga ko‘tarildi. 2005 yilda Xitoyga keluvchi turistlarning umumiy soni qariyib 47 mln. kishiga yetdi. BTT prognozlariga ko‘ra 2020 yilda Xitoyga (Syangan bilan birgalikda) keluvchi turistlar umumiy soni 196 mln. kishiga yetishi kutilmoqda. Ya’ni bu degani Xitoyga keluvchilar soni AQSH va Fransiyaga nisbatan 2 barobarga, Ispaniyaga -3 barobar, Italiya va Buyukbritaniyaga esa 4 barobarga ortadi demakdir.
Osiyo va Tinch okeani mintaqasida xalqaro turistlar tashrifi bo‘yicha Xitoydan tashqari yangi industrlashgan (sanoatlashgan) mamlakatlar, jumladan: Syangan (Gonkong), Malayziya, Singapur, Tailand, Koreya Respublikasi, Indoneziya, Tailand kabilar ham faollik ko‘rsatmoqdalar. Hozirgi kunda bu mamlakatlarda xalqaro turizmning ishga aloqador sohasi tezkorlik bilan rivojlanib bormoqda. Ayniqsa Tailand o‘zining ekzotik tabiati bilan ko‘p mingli turistlar guruhini o‘ziga jalb qilib kelmoqda. Koreya Respublikasi, Tayvan, Syangan (Gonkong), Singapur kabilar o‘zining ko‘ngil ochar turizm sohasi bilan mashhur bo‘lib bormoqda.
Yaponiya mintaqadagi eng rivojlangan turistik davlatlardan biridir. Bu yerga tashrif buyuruvchi turistlar turli xil maqsadlar bilan kelishadi. Ularning ko‘pchiligi dam olish, ko‘ngil ochishni ma’qul ko‘rishadi. Yaponiya ko‘ngil ochish turizmi bo‘yicha dunyoda AQShdan so‘ng ikkinchi o‘rinni egallab kelmoqda.
Osiyo-Tinch okeani mintaqasida joylashgan bir qator mamlakatlar, jumladan, V’etnam, Laos, Kambodja, Mongoliya kabilar ham xalqaro turizm biznesida o‘z o‘rnini tompoqda.
BTT ekspertlari xulosalariga ko‘ra, Osiyo-Tinch okeani mintaqasida Sharqiy, Janubiy-sharqiy Osiyo va Okeaniya hududlari yaqin kelajakda xalqaro turizmda keluvchi turistlar soni bo‘yicha o‘z mavqeini yanada saqlab qoladi.
Amerika turizmi. Ikki materik – Janubiy Amerika va Shimoliy Amerika Amerika degan umumiy nom bilan ataladigan bitta qit’ani tashkil etadi. Uning maydoni 42,1 mln. kv. km. bo‘lib, aholisi 850 mln. kishiga yaqin. Amerika Shimoliy Amerika, Markaziy Amerika va Janubiy Amerikadan iborat bo‘lib xilma-xil tabiat zonalari va iqlim poyaslariga bo‘linadi. Keyingi yillarda Amerika xalqaro turizm bozorida (turistlar kelishi-ketishi va daromad miqdori sohasida) biroz o‘z mavqiyeni pasaytirgan bo‘lsada, hamon u turizm uchun o‘zining jozibadorligini yo‘qotgan emas. Amerika qit’asining xalqaro turizmda tutgan salmog‘i 16,6 % ni tashkil etadi.
2005 yilda Amerikaga tashrif buyuruvchi turistlarning umumiy soni 133,5 mln. kishini tashkil qildi. Amerika turizmning rivojlanishiga 2001 yil 11 sentyabrda AQShda terroristik harakatlarning ruy berganligi katta ta’sir ko‘rsatdi. Natijada mintaqaga keluvchi turistlar sonining o‘sishi 2001 yilda 4 % dan, 2002 yilda o‘sish 0,6 % ga tushib ketdi. Bunday hol 2003 yilda (-1 %) ham qaytadan takrorlandi. Karib dengizi havzasi va Janubiy Amerika hududlar keyingi 2-3 yillik salbiy ko‘rsatkichlardan so‘ng yana yuksalish (+8 va +12 %) pog‘onasiga o‘tdi. Argentina, Braziliya kabi mamlakatlarda ichki mintaqaviy turizmning rivojlanishi kuchaya borganligi bilan harakterlanadi. Umuman, Amerika ham Yevropa singari ichki turizm sohasida uchta yirik turistik Markazga (AQSH, Kanada, Meksika) ega. Mintaqada

46


xalqaro turizm hajmining qisqarishiga qaramasdan Shimoliy Amerika mintaqasi hamon jahon turizm bozorida o‘zining tutgan o‘rnini (15,7 %) pasaytirgani yo‘q. Amerika mintaqasi uchun turizmning guruhlashgan shakli harakterlidir.
So‘nggi yillarda Amerikaning Karib havzasi, Markaziy Amerika va asosan Janubiy Amerika turizmining mavqei tobora ko‘tarilib bormoqda.
Janubiy Amerika xalqaro turistlarning tashrifi bilan alohida ajralib turadi. Chunki ushbu mintaqa o‘zining xilma-xil, takrorlanmas tabiiy resurslari, tarixiy yodgorliklari, madaniyati, etnik turmush-tarzi bilan harakterlanadi.














Jadval 6


Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   209




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish