O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi sayyora abduraximovna masharipova san’AT, arxitеktura va shaharsozlik tarixi


QADIMGI MESOPOTAMIYA VA ERON ARXITEKTURASI



Download 5 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/51
Sana13.01.2022
Hajmi5 Mb.
#358634
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   51
Bog'liq
arxitektura tarixi

QADIMGI MESOPOTAMIYA VA ERON ARXITEKTURASI 
 
Yaqin  Sharq  Qadimgi  dunyo  madaniyati  rivojlangan  markazlardan  biridir. 
Eramizdan  oldingi  V  -  I  ming  yilliklarda  bir  tomondan  O‘rta  Yer  dengizi,  ikkinchi 
tomondan Fors qo‘ltig‘i, uchinchi tomondan Kavkaz tog‘lari va to‘rtinchi tomondan Eron 
tog‘lari bilan chegaralangan hududlarda bir necha quldorlik davlatlari rivojlandi. Ikki daryo 
oralig‘i  -  Tigr  va  Yevfrat  daryolari  oralig‘i  o‘zining  tabiati  va  iqlim  sharoiti  bo‘yicha 
madaniy  rivojlanish  uchun  yaxshi  imkoniyatlarga  ega  edi.  Xuddi  shu  hududlarda 
eramizdan avvalgi V -III ming yilliklarda Shumer va Akkad xalqlari yashagan. III ming 
yillik oxirlarida bu joyda Bobil (Vavilon) davlati vujudga keladi. 
II ming yillikda Vavilondan shimolroqda Assiriya davlati vujudga keldi. Assiriyadan 
shimolroqda esa Urartu va Mittani davlatlari vujudga keldi. 


 
14 
Bu joyda quldorlik davlatlari vujudga kelishi va rivojlanishi serhosil yerlar, yerlarni 
sug‘orish sistemasi rivojlanganllgi va dehqonchilikning unumli bo‘lishi bilan bog‘liq edi. 
Yaqin  Sharq  quldorlik  davlatlari  ко‘p  sonli  ma‘muriy  tuzilmalarga  asoslangan 
mustabid tuzumdan iborat edi. Davlat hokimiyati va diniy boshqaruv bir-biridan ajralmas 
tuzilmaga  aylanganligi  sababli  mahobatli  inshootlar  tarkibi  va  topinish  qurilmalaridan 
iborat edi. 
Bunday  diniy-ma‘muriy  inshootlar  baland  devorlar  bilan  o‘ralgan  bo‘lib,  shaharlar 
hududiari ham qal‘a devorlari va mudofaa minoralari bilan mustahkamlangan. Mudofaaviy 
qurilma va inshootlar Yaqin Sharq arxitekturasi asosini tashkil qlladi. 
Qadimgi Mesopotamiyadagi Uf shahri Shumer va Akted davlatlari poytaxti sifatida 
eramizdan oldingi III ming yilliklarda shakllangan. Shahar markazida baland devorlar bilan 
o‘ralgan  diniy-ma‘muriy  majmua  barpo  etiladi  va  ulkan  zikkurat  quriladi.  Bu  zikkurat 
zinasimon piramida shaklida bo‘lib; umumiy balandligi 58 metr, asos tomonlari uzunligi 
60 metredi. 
Yog‘och  ashyolari  kamchiligi  Qadimgi  Mesopotamiya  va  Eronda  ravoqli  va 
gumbazli qurilmalar keng tarqalishining asosiy sabablaridan hisoblanadi. 
Sosoniylar  davrida  gumbazli  inshootlar  Eron  hududida  keng  tarqaladi.  Gumbaz  va 
ravoqlar  o‘lchamlari  misli  ko‘rilmagan  darajada  kattalashadi  va  xilma-xil  shakllarda 
bajariladi. III asrdan boshlab tarh tuzilishida kvadrat shakl binolarni gumbaz bilan yopish 
texnikasi  rivojlanadi.  Binolar  kvadrat  asosidan  aylana  gumbazosti  shakliga  o‘tish  uchun 
burchak ravoqlaridan foydalaniladi. 
Qadimgi Eron arxitekturasi yutuqlari, shuningdek, ustunli qurilmalar keng ishlatilishi 
bilan  ham  bog‘liq  edi.  Ayniqsa,  «apadana»turidagi  binolarda  yagona  yirik  yopiq  fazo 
hosil  qilish  uchun  baland  ustunlardan  foydanilgan.  Ustunlar  baza  va  kapitellar  bilan 
bezatilgan bo‘lib, asosan marmar toshlardan tayyorlangan. 
Yaqin Sharq arxitekturasi Qadimgi Misr arxitekturasidan keskin farq qiladi, chunk! 
bu yerlarda mavjud qurilish xom ashyolari Misrda mavjud xom ashyolarga o‘xshamas edi. 
Yaqin  Sharq  madaniy  o‘chog‘i  bo‘lmish  Mesopotamiyada  asosiy  xom  ashyo  sifatida 
loydan  tayyorlangan  xom  g‘ishtdan  foydalanilgan.  Bu  joylarda  tabiiy  tosh  manbalari 
bo‘lmagan. Binolar usti asosan yog‘och konstruksiyalari yordamida yopilgan. 


 
15 
Yaqin  Sharq  davlatlari  arxitekturasidagi  asosiy  xususiyat  -  bu  mudofaaga 
mo‘ljallangan  bino  va  inshootlar  qurilishi  hamda  saroy  va  ibodatxonalar  qurilishining 
kompozitsion  jihatdan  bir-biriga  o‘xshaganligidir.  Har  bir  bino  va  inshoot,  eng  avvalo, 
yaxshi mudofaaviy xususiyatlarga asoslangan holda qurilgan. Saroylar ham, ibodatxonalar 
ham, turarjoy binolari ham kvadrat shakliga yaqin ixcham usulda, bir yoki bir necha ichki 
hovlili qilib qurilgan, Binolar tashqi devorlarida deraza va boshqa teshiklar qoldirilmagan. 
Mahobatli binolar baland qo‘rg‘onlar ustida qurilib, shahar atroflari baland devorlar bilan 
o‘rab olingan. 
Bobil yoki Assiriya shaharlari qiyofalari Mesopotamiya arxitekturasi to‘g‘risida to‘liq 
tasavvur  beradi.  Bu  shaharlar  ikki  qator  mudofaa  devorlari  bilan  o‘ralgan  bo‘lib,  shahar 
ichkarisida  «zikkurat»lar  yuqoriga  qarab  bo‘y  cho‘zishgan.  «Zikkurat»  -  diniy  inshoot 
bo‘lib, o‘z tuzilishi bilan Misrdagi zinali piramidalarga o‘xshaydi. Ammo piramidalardan 
farqi shundaki, «zikkurat» ichida go‘rxona va ziyoratxonalar qurilmagan. 
Bobil  va  Assiriya  shaharlari  qiyofalarida  ibodatxonalar  alohida  ajralib  turadi. 
Assiriyadagi eng katta va mahobatli bino Anu va Adad xudolari ibodatxonasidir. 
Ibodatxona  asosan  ikki  baland  zikkuratlardan  hamda  Anu  va  Adad  xudolari 
sajdagohidan iborat. Zikkuratlar poydevori va tashqi qismi esa xom g‘isht va tuproq bilan 
to‘ldirilgan. Ibodatxona xonalari ham odatda xom g‘ishtdan qurilib, torn yopilmasi ravoq 
va gumbazlardan bajarilgan, chunki yog‘och bu yerlarda kamchil bo‘lgan. 
Zikkuratlar  va  boshqa  binolar  ustki  maydonchalari  soqchilar  tomonidan  atrofni 
kuzatish uchun foydalanilgan. Shahar devorlari ustki qismida ham kuzatish maydonchalari 
bo‘lib, soqchilar uchun qulay qilib yasalgan edi. 
Assiriya shohi Sargon II ning eramizdan avvalgi VIII asrda Dur-Sharrukinda qurilgan 
qasri o‘sha davrning eng muhtasham binolaridan biri edi. Tuproqdan ko‘tarilgan qo‘rg‘on 
ustida qurilgan saroy bitta katta va ikkita kichikroq hovlidan tashkil topib, hovlilar atrofi 
paxsadan qurilgan imoratlar bilan o‘ralgan. 
Qasrga  kirish  joyi  ravoqli  peshtoq  bilan  bezatilgan  va  qanotli 

Download 5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish