Nazorat savollari
1.
Tabiiy gazning sanoatda qo’llanilishi va metallurgik jarayonga ta’siri.
2.
Koksga ta’rif bering va qo’llanilish sohasini aytib bering.
3.
O’tga chidamli materiallar qanday tayyorlanadi?
4-BOB. MIS METALLURGIYASI
4.1. Mis metallurgiyasini zamonaviy ahvoli
Misni ishlab chiqarishda XX asrni ikkinchi yarmida keng rivojlangan. 1999
yilda dunyoda taxminan 8,5 – 9,0 mln.t. mis ishlab chiqildi. Eng ko‘p ishlab
chiqqan davlat – Chili, qaerda 2 mln. tonnaga yaqin mis ishlab chiqildi. Chilidan
tashkiri asosiy mis ishlab chikaradigan davlatlar: AKSH, Kanada, Avstraliya,
Yaponiya, Olmoniya, Ispaniya, Meksika, Portugaliya, Rossiya, Polsha,
O‘zbekiston, Qozog‘iston va boshqalardir.
Iste’mol bo‘yicha rangli metallar bo‘yicha mis alyuminiydan keyin ikkinchi
o‘rinda turadi. Mis va uni birikmalarni asosiy iste’molchi soxalar:
- elektrotexnika va elektronika;
91
- mashinasozlik;
- transport vositalari;
- qurilish materiallari;
- kimyo sanoati;
- qishloq xo‘jaligi va boshqalardir.
Og‘ir davrlarni misni elektrotexnikada iste’moli, optika rivojlanishi sababli,
biroz kamayib bormoqda. Lekin uni har xil quymalar tizimida iste’moli tobora
oshib borayapti. Toza misni, mis kukunlarni iste’moli ham oshib bormoqda.
1999 yilda AQSH, Olmoniya, Yaponiya va Fransiya davlatlarni misni
dunyoda iste’molini 75% o‘zlashtirishdi. Rivojlanayotgan davlat esa misni yarmini
ishlab chiqarib, faqat uni 5-7% iste’mol qilishadi xolos. Rivojlanayotgan
davlatlarda esa bir kishi boshiga 8-12 kg mis iste’mol qilinadi, rivojlanayotgan
davlatlarda esa faqat 0,2 – 2,0 kg.
Zaxiralarni qiymati geologiya, iqtisodiyot va transportga bog‘liqdir. AQSH da
zaxiralarni er qatlamini chuqurligidan kelib chiqiladi, qaerdan foydali qazilmalarni
olib chiqish samaradorli bo‘ladi.
Mis metallurgiyasi oxirgi davrlarda quyidagi yo‘nalish bo‘yicha rivojlanayapti:
- mineral zaxiradan to‘laroq foydalanish;
- atrof muxitni himoya qilish;
- avtogen jarayonlarini keng qo‘llash;
- shlak bilan misni isrofgarchiligini kamaytirish;
- pirometallurgiyada kisloroddan keng foydalanish;
- uzluksiz ishlaydigan avtomatlashtirilgan tizimlarni qo‘llash va boshqalardir.
Rivojlangan davlatlar keng miqdorda Tolling sistemasidan foydalanilayapti.
Tolling – bu rivojlanayotgan davlatdan xom-ashyo sotib olib, uni o‘sha erda, yoki
boshqa davlatlarda qayta ishlab, o‘zlariga toza mahsulotni olib ketishdir. Bunday
yo‘l O‘zbekistonga munosib emasdir.
Ishlab chiqarish imkoniyatlaridan foydalanish quyidagi raqamlardan iborat, %
AQSH – 85,0 – 88,0;
Kanada – 95,0 – 97,0;
92
Chili – 90,1 – 95,0;
Zambiya – 97,0 – 98,0;
O‘zbekiston bir yilda 100 – 120 ming tonna xomaki mis ishlab chiqarish
imkoniyati bor, lekin tozalangan misni esa 200 – 210 ming tonna ishlab chiqarish
mumkin. Xomaki misni olishdan uni tozalash imkoniyatlari ko‘proqdir.
Olmaliq sharoitida ishlab chiqarishga rudada 0,37 - 0,42% mis keladi. Bu
rudadan 16 – 18 % mis boyitmasi olinadi. Metallurgik pechlarga yuklanadigan
shixtani tarkibida 14 – 16 % mis bor. Sulfidli mis boyitmasini ikki xil pechda:
yallig‘ va kislorod mash’al eritiladi. Olinayotgan shteynda 25-40% mis bor. Bu
shteyn konverterda qayta ishlanib xomaki mis olinadi. SHlak tarkibida 0,5 – 0,9%
mis bor. Bu shlak hozirgi paytda faqat maxsus joylarda saqlanib turibdi. Ajralib
chiqarilayotgan texnologik gazlarda pech gazlarida 2,5 – 3,5% SO borligi sababli,
bular ochiq havoga chiqariladi va atrof muhitni nihoyatda zaharlaydi. YAllig‘
pechda gazlarida esa 7% gacha oltingugurt birikmalari bor va ular sulfat kislotasini
olish uchun yuboriladi.
Zamonaviy texnologiyalar asosida Olmaliq kombinatida 12 komponent ajratib
olinadi va 20 xil mahsulot ishlab chiqildi. O‘zbekiston sanoati mis bilan to‘la
ta’minlangan, misni katta xajmi xorijiy davlatlarga eksport qilinib respublikamizga
valyuta olib keladi.
Dunyo bozorida 1 tonna misni bahosi: katod shaklidagi metall – 1500 – 1700
AQSH dollari, katanka (sim) shaklidagi esa 3100 – 3200 AQSH dollarini tashkil
qiladi.
Misni ishlab chiqarishdagi taxminan sarf – xarajatlari quyidagi raqamlarni
tashkil qiladi, % hisobida:
- konchilik va boyitish bosqichi – 50,4;
- eritish – 33,0;
- tozalash – 6,8;
- boshqaruv – 4,1;
- transport – 4,7;
- boshqa turlari – 1,0;
93
Eski pechlarni o‘rniga va yangi qurilayotgan zavodlarda faqat zamonaviy
avtogen jarayonlar qo‘llanilishi ko‘zda tutilgan.
Bu jarayonlar: PJV (Vanyukov jarayoni), Finlyandiyaning Outokumpu,
Noranda, Mitsubisi, TBRS va boshqalardir. Ikkilamchi zaxiralardan toza mis olish
ham keng yo‘lga qo‘yilgan.
Kelajakda misni iste’moli faqat ko‘payishi mumkin. SHuni ko‘zda tutilgan
holda Olmaliq kombinatida yangi zamonaviy pech ishga tushirishi mo‘ljallangan.
Faqat bu pech uchun konchilik ishlarini kengaytirib shixtani ko‘paytirish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |