O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi s. B. Mirzajonova



Download 19,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/136
Sana26.02.2022
Hajmi19,02 Mb.
#473090
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   136
Bog'liq
fayl 2083 20211108 (1)

 


62 
2.
 
Gidrometallurgik jarayonga ta’rif keltiring va misollar yordamida jarayonni 
tushuntiring.
 
3.
 
Elektrometallurgik jarayon - bu qanday jarayon?
 
 
2.5. Metallurgik ishlab chiqarishning mahsulotlari va
yarim mahsulotlari 
Metallurgik 
ishlab 
chiqarishning 
asosiy 
mahsuloti 
metallardir. 
Metallurgiyada, xususan rangli metallurgiyada, qo‘llaniladigan texnologiyalar va 
olinadigan metallarning tarkibiga ko‘ra, metallar homaki va rafinirlangan 
metallarga bo‘linadi. 
Rafinirlangan metallar – 
istemolchilarga foydlanish uchun beriladigan 
tayyor mahsulot hisoblanadi. 
Homaki metallar 
deganda qo‘shimchalar bilan ifloslangan metallar 
tushuniladi. Homaki metallar tarkibidagi qo‘shimchalarga zararli qo‘shimchalar va 
asosiy metallga yo‘ldosh element sifatidagi bo‘lgan, qimmatbaho qo‘shimchalar 
kiradi. Zararli qo‘shimchalar ma’lum metallga tegishli xossalarni (elektr 
o‘tqazuvchanlik, 
toblanuvchalik, 
korroziyaga 
bardosh 
berish 
va 
h.) 
yomonlashtiradi va metallni qo‘llashga yaroqsiz holatga olib keladi. Aksincha, 
homaki metallar tarkibidagi qimmatbaho qo‘shimchalar, masalan, nodir metallar, 
selen, tellur, germaniy, indiy, vismut va boshqalar, alohida qimmatlikka ega 
bo‘lganligi uchun, ularni alohida ajratib olinishi, katta iqtisodiy va xalq xo‘jalik 
ahamiyatga ega. Homaki metallar shartli ravishda ko‘shimchalarda tozalanadi – 
rafinirlanadi.
Shteyn – 
bu tarkibida ma’lum miqdorda erigan oksidlarni (asosan temir 
oksidlarini) saqlovchi og‘ir rangli metallar sulfidlarining temir sulfidi bilan 
qotishmasidir. Shteynlar oraliq metall saqlovchi mahsulotlar hisoblanadi. Shteynlar 
hosil bo‘lishi bilan mis, nikel qisman qo‘rg‘oshin pirometallurgiyasi tavsiflanadi.
Ko‘p hollarda shteynning tarkibida nodir metallar to‘planadi. Eritish jarayonini 
tiklovchi sharoitda olib borganda tarkibida sulfidlardan tashqari ularda erigan 
metallarni saqlovchi metallshgan shteynlar hosil bo‘ladi. 


63 
Amaliyotda hosil bo‘ladigan shteynlar, masalan mis shteynlari suyuq holatda 
hosil bo‘ladi va deyarli suyuq shlaklar bilan aralashmaydi, buning natijasida shteyn 
va shlaklarni bir-biridan tindirish yo‘li orqali ajratib olish mumkin. Shteyn va 
shlaklarni bir – biridan muvofpqiyatli ajratish uchun shteyn va shlak 
zichliklarining farqi 1 g/sm
3
kam bo‘lmasligi kerak. 
Shlak 
ko‘pgina metallurgik 
eritish 
jarayonlarining 
ikkinchi 
mahsuloti hisoblanadi (2.3-rasm). 
Shlaklar 
oksid 
birikmalarning 
murakkab birikmalaridir. Shlaklar, 
dastlabki 
homashyodagi 
bo‘sh 
porodaning oksidlaridan va mahsus 
qo‘shiladigan flyuslardan tashkil 
topgan. 
Shlaklar 
bo‘sh 
poroda 
komponetalarini konsentralash va 
ularni qimmatbaho moddalardan 
ajratib olish vazifasini bajaradi. 
Shlaklarning o‘rni pirometallurgik 
jaryonlarda juda katta. Shlak
2.3-rasm. Shlaklarni hosil bo’lishi 
eritmalarida asosiy fizika-kimyoviy o‘zgarishlar yuz beradi. 
Dastlabki xomashyoda qimmatbaho moddaning miqdori kam va bo‘sh 
porodaning miqdori ko‘p bo‘lganligi uchun, pirometallurgik jarayonlar shlakning 
ko‘p chiqishi bilan tavsiflanadi. Masalan, rangli metallar ruda yoki boyitmalarini 
eritishda shlak chiqishi dastlabki xomashyoning miqdoridan 60-120% tashkil etadi. 
Shu sababdan shlaklarning xossalari metallurgik ishlab chiqarishning deyarli 
barcha ko‘rsatgichlarini belgilab beradi - metallurgik dastgohlarning solishtirma 
ishlab chiqarish unumdorligi, yoqilg‘i yoki elektrenergiyaning sarfi va h. 
Pirometallurgik jarayonlarning tavsifiga ko‘ra shlaklar nafaqat bo‘sh poroda 
toplash uchun, balki erigan metallni oksidlanishda himoyalash vazifasini bajaradi. 


64 
Eritish mahsulotlari orasida moddlarni taqsimlanish qonuninga binoan, 
jarayon paytida shteyn yoki homaki metall bilan kontaktda bo‘lgan shlaklarning 
tarkibida doimo ma’lum miqdorda ajratib olinadigan metall mavjuddir. Masalan, 
mis eritish shlaklarida misning konsentratsiyasi kam bo‘lsa ham 0,1 -1,5%, 
shlaklarning miqdori ko‘p bo‘lganligi uchun, misni shlaklar bilan yo‘qolishi katta 
sonlarga ega. Rangli metallurgiya shlalarini tashkil etuvchi asosiy oksidlarga SiO
2

FeO va CaO kiradi. Bu birikmalarning yig‘indi miqdori shlaklarda 70 - 95% 
tashkil etishi mumkin. CaO ning shlaklardagi konsentratsiyasi 6-8% dan oshmaydi. 
Qayta ishlanadigan xomashyoning tarkibi va qo‘llaniladigan texnologiyaga ko‘ra 
metallurgik shlaklarda MgO, Al
2
O

Fe
3
O
4
. ZnO, Cr
2
O
3
, MnO va b. okisd 
birikmalar uchrashishi mumkin. Suyuq shlaklarda ma’lum miqdorda sulfidlar 
eriydi, asosan FeS, shu sababdan ko‘p hollarda, shlalarda ikki va undan yuqori foiz 
oltingugurt mavjud bo‘ladi.
Eritish jarayonida hosil bo‘ladigan shlaklar texnologiyaning talablariga javob 
berishi kerak, ya’ni aniq erish harorati, elektro‘tqazuvchanligi, sirt tarangligi, 
suyuqligiga va h. ega bo‘lishi lozim. 
Shlak eritmalarining fizika-kimyoviy xossalari, pirometallurgik jarayonlarda 
eritish mahsulotlarini hosil bo‘lishi va bir-birida ajralishiga ta’sir etadi. O‘z 
navbatida shlaklarning fizika-kimyoviy xossalari shlaklarning kimyoviy tarkibi va 
haroratning funksiyasidir. Shlaklarning amaliyotda katta ahamiyatga ega bo‘lgan 
fizika-kimyoviy xossalariga quyidagilar kiradi: erish harorati, sirt tarangligi;
zichligi qo‘vushqoqligi. 

Download 19,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish