59
xo‘jaliklar ixtisosliklaridagi tez o‘zgarishlar, ishlab chiqarish bo‘limlari chegaralarining turg‘un
emasligi, yerdan foydalanishdagi ortiqchalik, joriy etilgan almashlab ekishlarning hamda gohida, yer
qonunchiligining buzilishi bilan izohlanadi.
Yer tuzish yechimlari xo‘jalikka aniq iqtisodiy foyda berishi kerak; loyihalardagi bor
axborotlardan ijaraga o‘tishda va fermer xo‘jaliklarini tuzishda, yer resurslaridan oqilona
foydalanishni tashkil etish va ularni muhofaza qilish uchun maksimal foydalanish kerak.
Loyihaga kiritilgan barcha yechimlar asoslangan bo‘lishi kerak. Yer tuzish kompleks xarakterga
ega bo‘lganligi uchun xo‘jaliklar faoliyatining texnik, texnologik, iqtisodiy va ijtimoiy tomonlarini
qamrab oladi, iqtisodiy asoslash texnik-iqtisodiy, agroiqtisodiy va ijtimoiy-iqtisodiy bo‘limlardan
iborat bo‘ladi.
Xo‘jalikda ichki yer tuzishni texnik-iqtisodiy asoslash, asosan, loyihada tavsiya etilgan hududni
tashkil etish bo‘yicha kenglik yechimlarini baholash va yerning texnologik xususiyatlarini (relef,
tuproqlar mexanik tarkibi, konturlar yirikligi va boshq.) tavsiflash uchun xizmat qiladi. Bunda ilmiy
asoslangan me’yorlardan (agregatlar harakati yo‘nalishidagi mumkin bo‘lgan nishablik, polosalar
orasidagi uchastkaning
eng katta kengligi, ishlab chiqarish bo‘limlari yer massivlarining tavsiya
etiladigan o‘lchamlari, almashlab ekishlarning, dalalarning, ishchi (sug‘orish) uchastkalarining
optimal
maydonlari, mollarni haydashning mumkin bo‘lgan masofalari va boshq.) foydalaniladi.
Loyihaning texnik ko‘rsatkichlari unda yer tuzishni loyihalash me’yorlariga qanday rioya
qilinganligi, yer egaliklari va yerdan foydalanishlarning kenglik sharoitlarining mavjud sharoitlarga
nisbatan qanchaga yaxshilanganligi, xo‘jalik rivojlanishining mumkin bo‘lgan yechimlarining
qanday kamchiliklari va yutuqlari borligi to‘g‘risida fikr yuritish imkonini beradi. Shu bilan birga,
ular ijtimoiy-iqtisodiy va agroiqtisodiy xarakterdagi hisob-kitoblar (hududning ayrim qismlari tabiiy
xususiyatlarini hisobga olgan holda, xo‘jalikda ichki
ixtisoslashishni asoslash, yerning sifatini
hisobga olib, qishloq xo‘jalik ekinlarining hosildorlik darajasini aniqlash, yerlarni
transformatsiyalash va yaxshilash bo‘yicha choralar yo‘nalishini, hajmini va navbatlarini baholash)
hamda ishlov berish yo‘nalishi uzunligi,
nishabligi, tuproqlarning mexanik tarkibi va boshqa
sharoitlarga bog‘liq holda, dala mexanizatsiya ishlarini me’yorlash va yerdan oqilona foydalanish
bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish uchun axborot bazasi hisoblanadi.
Agroiqtisodiy asoslash tavsiya etilayotgan hududni tashkil etishning ishlab chiqarishni
rivojlantirish talablariga mosligini ko‘rsatadi. Bu bo‘lim, asosan, loyihaning tashkiliy-xo‘jalik
tomonini qamrab oladi va oxir oqibatda har xil turdagi balanslar tizimiga - ishchi kuchi, ozuqa,
o‘g‘itlar,
yashil konveyer, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqish va taqsimlashga borib
taqaladi. Bundan tashqari, bu yerda ishlab chiqarish va uning tarmoqlarining joylashishini,
xo‘jalikning tashkiliy-ishlab chiqarish tarkibini va almashlab ekishlarni asoslash ham o‘rin oladi.
Loyihani asoslashda hududni tashkil etishning eng yaxshi yechimi tanlanadi, loyihada ko‘zda
tutilgan yechimlarning mavjud holatga nisbatan samaradorligi
aniqlanadi va mos qiymat
ko‘rsatkichlari hisoblanadi. Ular ishlab chiqarish hajmining, foyda va xo‘jalikning loyihada tavsiya
etilayotgan tadbirlar amalga oshirilganidan keyingi, ular uchun qilingan xarajatlarga solishtirilgan
boshqa iqtisodiy ko‘rsatkichlari o‘sishini tavsiflaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: