O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s. R. Sharipov yer tuzish asoslari


Yer tuzishda aholi yashash joylarining turlari ham hisobga olinadi. Ular o‘z vazifalariga



Download 1,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/139
Sana22.12.2022
Hajmi1,25 Mb.
#893977
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   139
Bog'liq
eHevjBJCoB4JqK8WGQNEIXO9KtrvmUduaDRhcMiZ

Yer tuzishda aholi yashash joylarining turlari ham hisobga olinadi. Ular o‘z vazifalariga 
qarab quyidagilarga bo‘linadi: 
*
 
xo‘jaliklarning asosiy xo‘jalik markazlari (markaziy qishloqlar); 
*
 
bo‘limlar, ishlab chiqarish uchastkalari, massivlar qishloqlari; 
*
 
ishlab chiqarish bo‘limlarining har xil ishlab chiqarishga mo‘ljallangan binolari 
(fermalar, dala shiyponlari), hamda uy-joy va ma’daniy-maishiy bino va inshootlari bo‘lgan 
qo‘shimcha xo‘jalik markazlari; 
*
 
fermer xo‘jaliklari markazlari. 
Markaziy qishloqda va ishlab chiqarish bo‘limlari qishloqlarida odatda aholining asosiy qismi, 
boshqarish xizmati, ishlab chiqarish binolari va inshootlari, uy-joylar va madaniy-maishiy 
muassasalar (maktablar, klublar, oshxonalar va boshq.) to‘planadi. 
Hozirgi vaqtda tez-tez fermer xo‘jaliklarining, yangi qishloq xo‘jalik korxonalarining,klasterlar 
hamda ijara yerlarining tashkil etilishi bilan bog‘liq tashlandiq mayda qishloqlar va xutorlarni tiklash 
va yangilarini yaratish masalalari ko‘tariladi. 
Yer tuzishda barcha mavjud aholi yashash joylarini rivojlantirish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. 
Bunda qurilish, hududni injenerlik jixozlash va obodonlashtirish xarajatlari katta qishloqlarda bir 
yashovchiga nisbatan kam bo‘lishi, biroq mayda qishloqlar odatda ularni o‘rab turgan yer turlariga 
nisbatan qulayroq joylashishi hisobga olinadi. Demak, ular yerdan iqtisodiy samarali foydalanish 
uchun zarur. Shuning uchun loyihalarni ishlashda aholi yashash joylari o‘lchamlari, ularning 
obodonlashtirilishi, aholisining umumiy soni, mehnatga yaroqli aholining mavjudligi va ularning 
xo‘jalikning har xil tarmoqlarida bandligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar taxlil etiladi, ishchi kuchi bilan 
ta’minlanishning mavsumiy o‘zgarishlari, kichik aholi yashash joylari asosida fermer xo‘jaliklari, 
mustaqil ijara jamoalari markazlarini, ularga yer turlarini va mollar bosh sonini biriktirib, tashkil 
etishning maqsadga muvofiqligi aniqlanadi, aholining qishloqlarning kelajakdagi rivojlanishi 
to‘g‘risidagi istaklari o‘rganiladi.
Parallel tarzda ishlab chiqarish markazlarini joylashtirishni, chorvachilik fermalaridagi ishlab 
chiqarish jarayonlarining mexanizatsiyalashtirilish darajasini, ozuqa olinadigan manbaalarni ko‘rib 
chiqish kerak; qabul qilinadigan qarorga xo‘jalikning malakali mutaxassislar, mexanizatorlar, 
ishchilar, energiya va suv ta’minoti tizimlari bilan ta’minlanishi ham ta’sir qiladi. 
Yer islohoti sharoitida tarkib topgan mehnat jamoalarini oilaviy va ijara pudratlariga o‘tish, 
mustaqil birlashmalar, hissadorlik jamiyatlari, jamoa xo‘jaliklaridan bo‘linib chiqadigan fermer 
xo‘jaliklari o‘rtoqliklarining tashkil etilishi sababli saqlash yoki qayta tuzish masalasini yechishga 


55 
to‘g‘ri keladi. Yer tuzishda yer egaliklari va yerdan foydalanishlarning yangi shakllaridan foydalanib 
yerda mustaqil xo‘jalik yuritishni xoxlavchi brigadalar, jamoalar, oilalar, fuqarolar soni va 
ixtisosliklari belgilanadi. 
Qishloqda iqtisodiy va ijtimoiy infratizimning keyingi rivojlanishi to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘l 
tarmog‘i ahvoliga bog‘liq bo‘ladi. Transportni tashkil etish qishloq aholisi uchun katta ahamiyatga 
ega, sababi, yerning ishlab chiqarish vositasi sifatida yo‘qotish mumkin bo‘lmagan o‘ziga xos 
xususiyati hududiy tarqoqlik va o‘rnining doimiyligi hisoblanadi. Yer massivlariga ishchi kuchini, 
texnikani, o‘g‘itlarni har xil materiallarni olib borish kerak. Buning ustiga qishloq xo‘jaligi 
yerlarining asosiy qismi hamda ijtimoiy soha ob’ektlari qishloqlardan ancha uzoqda, piyoda borish 
qiyin bo‘lgan masofalarda joylashgan bo‘ladi. 
Shunday qilib, yer tuzishda, albatta, tarkib topgan transport aloqalarini qattiq qoplamali yo‘llar 
mavjudligi va uzunligini, dala yo‘llari tarmog‘i joylashishini, asosiy aholi yashash joylarigacha
qishloq xo‘jalik mahsulotlarini sotish joylarigacha, yer turlari va almashlab ekishlargacha 
masofalarni, yuk aylanishining asosiy oqimlarini hisobga olish kerak. Yer tuzish loyihalarida hamma 
vaqt yerdan foydalanishdagi kamchiliklarni (yer uchastkalari joylashishidagi noqulayliklar) tugatish 
yo‘li bilan yurishlar va o‘tishlar, yuklarni tashish masofalarini qisqartirishga harakat qilinadi, 
birinchi navbatda mahalliy ahamiyatga ega yo‘llarni qurish ko‘zda tutiladi. Dala shiyponlarini 
joylashtirish o‘rmon polosalarini yaratish (mevali, rezavor va boshqa daraxtlarni qo‘shib) 
botqoqlashgan va ortiqcha namlangan uchastkalarni quritish, suv omborlarini qurish, jarliklarni va 
noqulay yerlarni daraxtlar bilan qoplash ham loyihalanadi; sog‘lomlashtiruvchi va estetik 
ahamiyatga ega madaniy landshaftlarni yaratish va yaxshilash bo‘yicha choralar ko‘riladi.
Yer tuzish uchun ahamiyatli iqtisodiy va ijtimoiy sharoitlarni o‘rganish, loyihani tuzishga 
tayyorgarlik bosqichida amalga oshiriladi. Bunda, albatta, yer egalari va yerdan foydalanuvchilar 
istaklari hisobga olinadi. Izlanishlar natijalari yer tuzish tayyorgarligi materiallarida, hududda dala 
yer tuzish o‘rganishlari dalolatnomalari va chizmalarida aks ettiriladi, loyihalash uchun topshiriq 
ishlashda hisobga olinadi. Bu materiallarning ruyxati va mazmuni yer tuzish ishlarining turlari va 
hajmiga qarab farq qilishi mumkin.

Download 1,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   139




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish