229
iborat bo‗ladi. Qotishma gaz pechida 850 °C temperaturada
qoplama flus ostida
suyuqlantiriladi, bunda qotishma ko‗pi bilan 780 °C temperaturagacha qizdiriladi.
Tayyor qotishma suyuqlantirish pechidan letka orqali tarnov bo‗yicha kutish
pechiga chiqariladi, bu pechdan pnevmo qayta quyish quriknasi yordamida kovshga
quyiladi. Kovshda gazdan tozalovchi tabletka joylashtirilgan (87% geksaxloretan,
12,7% NaCl va 0,3% ultramarin) qalpoq yordamida metall tozalanadi.
Kovsh
transportirovka qilinayotgan vaqtda metallning yuzasi qoplama flus bilan bekitiladi.
Qotishma kovshdan tarqatish pechiga quyiladi, u bu yerda ham qoplama flus ostida
bo‗ladi.
Tarkibida 9,5—11,5% magniy bo‗lgan Al—Si—Mg qotishmani suyuqlantirish
qator xususiyatlarga ega. Unda shixta materiallari sifatida yuqori darajada toza
bo‗lgan aluminiydan (A995, A99, A97, A95), magniy va ligaturadan (aluminiy-
berilliy, aluminiy- titan va aluminiy- sirkoniydan), shuningdek,
xususiy ishlab
chiqarishdan qaytarilgan metalldan foydalaniladi.
700 °C gacha qizdirilgan toza tigelga quyma ko‗rinishidagi aluminiy va
aluminiy- berilliy ligatura yuklanadi; metall suyuqlantirilgandan va 700 °C
gacha
qizdirilgandan keyin aluminiy- titan hamda aluminiy- sirkoniy ligaturalar kiritiladi.
Tola suyuqlantirilgandan so‗ng qotishma shlakdan tozalanadi, obdan aralashtiriladi
va titandan tayyorlangan qalpoqcha yordamida magniy kiritiladi. Qotishmani 750
°C dan yuqori o‗ta qizdirishga yo‗l qo‗yilmaydi. Qotishmada berilliy va titan bo‗lsa,
suyuqlantirish operatsiyasini himoyalovchi flussiz bajarish mumkin. Qolgan
hollarda 4, 5 va 6- qoplama fluslardan foydalaniladi (3.10- jadvalga q.). Metall
yuzasi ustida to‗q qo‗ng‗ir rangli dog‗larning paydo bo‗lishi
qotishmaning
oksidlanganligini ko‗rsatadi. Quyma yuzasida qora qatlamning yoki namunalarning
singan joyida qoramtir to‗q rangning paydo bo‗lishi qotishmaning normadan
tashqari o‗ta qizdirilganligi haqida guvohlik beradi.
Barcha komponentlar kiritilgandan so‗ng qotishma 8 va 9- fluslar (3.10-jadvalga
q.) bilan tozalanadi, so‗ngra shlakolinadi va qoliplarga quyiladi.
Qotishmani
qoliplarga quyish quyiladigan buyum devorla- rining qalinligiga qarab 660—770 °C
temperaturalar oralig‗ida bajariladi.
230
Tarkibida 3—4% dan ortiq magniy bodgan aluminiy-magniyli qotishmalar
kislorod va vodorodni yutishgagina moyil bo‗lmasdan, balki havodagi azot va pech
atmosferasi bilan o‗zaro ta‘sirlashadi. Azotning magniy bilan reaksiyaga kirishi
natijasida nitridlar hosil bo‗ladi. Nitridlar hosil bo‗lishining
oldini olish uchun
maxsus fluslar ishlatiladi. Ularning tarkibida boshqa xloridlar bilan bir qatorda
magniy xloridi bo‗ladi, u magniyning kuyib tugashiga to‗sqinlik qiladi.
Suyuqlantirish vaqtida suyuqlanma temperaturasi va metall tarkibidagi gazlar
miqdori texnologik namunalar bo‗yicha, shuningdek, vakuum ekstraksiyasi metodi
yordamida nazorat qilinadi. Aluminiy qotishmalari
olishning yakunlovchi
bosqichida ular modifikatsiya qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: