5.4. Legirlangan cho‘yan olish
Legirlangan cho‗yan suyuqlantirishning asosiy xususiyati — qo‗llanilayotgan
suyuqlantirish metodlari sharoitlarida oksidlanishga turlicha moyil bo‗lgan
legirlovchi elementlarni kiritishdan iborat.
Kam legirlangan cho‗yanlarni suyuqlantirish vagrankalarda va elektr pechlarda
amalga oshiriladi. Legirlovchi elementlarni ikkita usulda kiritish mumkin: a)
tabiatda legirlangan cho‗yanlarni shixtalab va b) ferroqotishmalar qo‗shib. 5.2-
jadvalda legirlovchi elementlarni kiritish bo‗yicha asosiy tavsiyalar keltirilgan.
Tarkibida Ct va Ni bo‗lgan, kam legirlangan konstruksion cho‗yanlar olishda
ЛХН1—ЛХН10 markali (1% gacha Ni va 2,3— 3,2% Cr) quyma ko‗rinishidagi
tabiatda legirlangan cho‗yanlardan foydalaniladi. Kam legirlangan cho‗yanlarga
titan va mis БТМЛ ti pidagi tabiatda legirlangan cho‗yanlar bilan kiritiladi.
Masalan,
dvigatellarning
gilzalari
uchun
kam
legirlangan
cho‗yanni
dupleks-jarayon vagranka—elektr pechi vositasida suyuqlantirib olishda vagranka
shixtasida legirlovchi elementlarning dastlabki miqdoriga qarab 7 dan 10% gacha
ЛХН va БТМЛ dan foydalaniladi. Suyuq cho‗yan vagrankadan elektr pechga qayta
quyiladi, bu pechda u o‗ta qizdiriladi va, agar zarur bo‗lsa, kimyoviy tarkibi
korrektirovka qilinadi. Pechdan chiqarib, kovshga quyish vaqtida cho‗yan
ferrosilitsiy bilan modifikatsiyalanadi. Ko‗p legirlangan cho‗yanlarni suyuqlantirish
o‗ziga xos xususiyatlarga ega, lekin barcha hollarda uni elektr pechlarda
suyuqlantirilsa, maqsadga muvofiq bo‗ladi.
5.2- jadval
Legirlangan cho‘yanlarni suyuqlantirishda legirlovchi
elementlarni kiritish
bo‘yicha tavsiyalar
Legir-
lovchi
element
Legirlanish
darajasi
Legirlovchi
qo‗shimchalar
Kiritish
usuli
Suyuqlan-
tirish usuli
O‗zlash-
tirish koef-ti
1
2
3
4
5
6
304
Cr
Past
Tabiatda
legirlangan
cho‗yan
Shixtaga
Vagranka,
elektr pechi
0,8-0,9
O‗rtacha va
yuqori
Ferroxrom
-//-
Suyuqlan-
tirish
oxirida
pechga
Vagranka
Elektr pechi
0,8-0,85
0,9-0,95
Ni
Past
Tabiatda
legirlangan
cho‗yan LXN
Shixtaga
Vagranka,
elektr pechi
0,9-0,95
O‗rtacha va
yuqori
Ferro nikel
ligaturalar,
barcha
markadagi metall
nikel
-//-
-//-
Vagranka
Elektr pechi,
vagranka
0,88-0,92
0,92-0,96
Cu
Past
Tabiatda
legirlangan
cho‗yan
Shixtaga
Vagranka,
elektr pechi
0,9-0,95
O‗rtacha va
yuqori
Barcha
markadagi
metall
mis
-//-
-//-
Elektr pechi,
vagranka
0,9-0,95
Ti
Past
Past va
o‗rtacha
Tabiatda
legirlangan
cho‗yan
Ferrotitan
Shixtaga
Suyuqlan-
tirish
oxirida
pechga yoki
kovshga
Vagranka,
elektr
pechi
Elektr
pechi
0,6-0,7
0,45-0,55
305
Mo
Past va
o‗rtacha
Ferromolibden
-//-
Elektr
pechi
0,92-0,97
Al
Past
Metall
aluminiy
Kovshga
Elektr
pechi,
vagranka
0,7-0,75
Yuqori
-//-
Suyuqlan-
tirish
oxirida
pechga yoki
kovshga
Elektr
pechi
0,7-0,75
W
Past
Ferrovolfram
Kovshga
Vagranka,
elektr
pechi
0,92-0,96
O‗rtacha
Ferrovolfram
Suyuqlan-
tirish oxi-
rida elektr
pechga
Elektr
pechi
0,92-0,96
V
Past
Ferrovanadiy
Kovshga
Elektr
pechi,
vagranka
0,88-0,92
O‗rtacha
Ferrovanadiy
Suyuqlan-
tirish
oxirida
pechga
Elektr
pechi
0,88-0,92
306
5.5. Quymalar uchun yuqori sifatli po‘lat olish texnologiyasi
Quymadagi po‗latning sifati uni olish texnologiyasiga sezilarli darajada bog‗liq
bo‗ladi. Texnologiya metallmas qo‗shilmalarning miqdori, tarkibi, shakli va
taqsimlanishini aniqlaydi. Po‗latning sifatiga uning tarkibidagi oltingugurt, fosfor,
kislorod, azot va vodorod katta ta‘sir ko‗rsatadi. Shuning uchun tayyorlash
texnologiyasi zararli aralashmalar miqdorining juda kam bo‗lishini, metallmas
qo‗shilmalarning eng kam zararli shaklini va talab etilgan strukturani ta‘minlashi
kerak.
Yuqori sifatli po‗lat olish jarayoni uchta bosqichdan iborat: suyuqlantirish,
pechdan tashqarida ishlov berish va termik ishlash. Quymadagi po‗latning sifati
shixta sifatiga bog‗liq bo‗ladi. Kislotali jarayonda shixta tarkibidagi zararli
aralashmalar miqdorining juda oz bo‗lishini ta‘minlash ayniqsa muhimdir, chunki u
pechdan oltingugurt va fosforni chiqarib yuborishga imkon bermaydi.
Suyuqlantirish jarayonida po‗latning sifatiga oksidlash davri (qaynash jadalligi
va uning davom etishi, shlakning tarkibi) va qaytarish davri (uning davom etishi,
shlak tarkibi, oksidsizlantirgichlar hamda modifikatorlarning tarkibi va miqdori)
rejimlari ta‘sir qiladi.
Po‗latning sifatini yaxshilashda po‗latni modiflkatsiyalash, zararli aralashmalar
miqdorini kamaytirish va metallmas qo‗shilmalarning miqdori, tarkibi, shakli
hamda taqsimlanishiga jiddiy ta‘sir ko‗rsatishga imkon beruvchi pechdan tashqarida
ishlov berish usuli katta ahamiyatga ega.
Shunga o‗xshash, lekin po‗latning sifatiga ancha chuqur ta‘sir ko‗rsatishni
maxsus elektr metallurgiya metodlari ta‘minlaydi. Bu metodlar yuqori sifatli po‗lat
quymalar olishda keng qo‗llaniladi va po‗lat quymakorligida foydalana
boshlanmoqda.
5.2- rasmda quyiladigan po‗lat sifatini yaxshilash uchun qo‗llaniladigan
pechdan tashqarida ishlov berish va elektr metallurgiya asosiy usullarining
klassifikatsiyasi keltirilgan. Pechdan tashqarida ishlov berishning eng oddiy turi
modifikatsiyalashdir. Modifikatsiyalangan uglerodli po‗lat xossalari bo‗yicha
tejamli legirlangan po‗latlarga, modifikatsiyalangan tejamli legirlangan po‗lat esa
307
qimmatbaho va nodir qo‗shimchalar (Ni, Mo va shunga o‗xshashlar) bilan
legirlangan po‗latlarga yaqinlashadi. Ishqor hosil qiladigan va ishqoriy- yer metallar
bilan modiflkatsiyalash po‗latning xossasini sezilarli darajada yaxshilashga imkon
beradi. RZE silitsidlarning ittriy bilan ishlatishi, ayniqsa, samaralidir. Kompleks
modifikatorlarning kiritilishi oksidsiz- lantirish, tozalash va modifikatsiyalashni
amalga oshirishga imkon beradi, chunki RZE po‗latning asosiy komponentlariga
nisbatan oltingugurt va kislorodga yuqori darajada kimyoviy yaqin bo‗ladi. Po‗lat-
ning sifatiga nitrid hosil qiluvchi modifikatorlar jiddiy ta‘sir ko‘rsatadi. Ko‗p
modifikatorlar metallmas qo‗shilmalarning globulizatsiyalanishiga yordam beradi.
Bu jihatdan eng samaralasi kalsiy va RZE dir.
Do'stlaringiz bilan baham: |