3.3. Vagrankalarda cho‘yan suyuqlantirish
Fizik-kimyoviy xususiyatlari.
Vagrankada cho‗yan suyuqlantirishning o‗ziga
xos xususiyati fazalarning o‗zaro ta‘sir qilish jarayonlarining uzluksizligi va salt
koloshaning qalin qatlami hamda ishchi koloshalarning yupqa qatlami
ko‗rinishidagi koksning bo‗lishidir [28]. Koks III zonaning (3.10- rasm) pastki
qismida quyidagi reaksiya bo‗yicha yonadi:
C + O
2
= CO
2
.
(3.47)
Unda erkin kislorod bo‗lishi ehtimoli bor, shu boisdan uni salt koloshaning
kislorod zonasi deb ataydilar. Yonish mahsulotlari salt koloshaning yuqori qismiga
ko‗tariladi, bu yerda ular qaytadan koks bilan quyidagi reaksiya bo‗yicha reaksiyaga
kirishadi:
CO
2
+ С = 2CO.
(3.48)
Bu reaksiya endotermik reaksiyadir, shu sababdan gazlarning temperaturasi
biroz pasayadi.
Vagrankaga kimyoviy tarkibi bo‗yicha bir- biridan prinsip jihatdan
tafovutlanadigan ikkita komponentdan iborat shixta yuklanadi (3.10- rasm), ular 1
po‗lat (po‗lat temir- tersagi, chiqindilar) va 2 cho‗yan (quyma ko‗rinishdagi
cho‗yanlar, cho‗yan temir- tersagi) komponentlarga, shuningdek, 3 va 4
ferroqotishmalarga bo‗linadi. Suyuqlantirishda elementlar miqdorining o‗zgarishi
suyuq fazalar, elementlar kuyindisining aralashishi va ferroqotishmalar kiritilishi
hisobiga sodir bo‗ladi. Vagrankada suyuqlantirishda suyuq metallning salt
koloshaning koksi tarkibidagi uglerod va oltingugurt bilan to‗yinishi xarakterlidir.
Vagrankada cho‘yan suyuqlantirish texnologiyasi
Vagrankaning texnologik ish sikli quyidagi operatsiyalarni o‗z ichiga oladi:
vagrankani suyuqlantirish uchun tayyorlash, qizitish, yuklash va ishga tushirish,
157
ishlash vaqtida vagrankaga xizmat ko‗rsatish, vagrankani to‗xtatish
ГОСТ 24774-81 vagrankalar quyidagi turlarga bo‗linadi:
-
Ochiq, unda gazlarning jami atmosferaga chiqib ketadi (3.11- rasm);
-
Yopiq vagrankalar, bularda vagrankadan chiqadigan gazlarni majburiy
tozalash qurilmalaridan o‗tkazib, atmosferaga 1 m
3
gazlarda 100 mg changi
va 0,1 % CO chiqariladi. Bu ko‗rsatgich normaga to‗g‗ri keladi.
Qisman koksni gaz bilan almashtirish kokso- gaz vagrankalarida ko‗rsatilgan
(3.12- rasm) va koksdan tamoman voz kechish gaz vagrankalarida amalga oshiriladi
(3.13- rasm). Amaliyotda eng yaxshi gaz vagrankalari bu Penza kompressor
zavodida V.A.Grachev rahbarligida ishlab chiqilgan vagrankalar hisoblanadi.
Bugungi kunda bu vagrankalar ko‗plab korxonalarda ishlatilmoqda. 3.14- rasmda
hozirgi zamon yopiq vagranka kompleksi keltirilgan. Bu vagranka Giprostanok
instituti tomonidan yaratilgan (Rossiya).
Vagrankani suyuqlantirishga tayyorlash, asosan, olovbardosh futerovkani
ta‘mirlashdan iborat bo‗ladi. Ta‘mirlash kapital, o‗rtacha vajoriy ta‘mirlash bo‗lishi
mumkin. Kapital ta‘mirlashda vagrankaning butun olovbardosh futerovkasi
almashtiriladi, o‗rtacha ta‘mirlashda eng zo‗riqqan joylardagi futerovka
(suyuqlantirish zonasi, furma mintaqasi, o‗tish letkasi va ancha vayron bo‗lgan
boshqa zonalardagi) almashtiriladi, joriy ta‘mirlash har bir suyuqlantirishdan keyin
bajariladi. Joriy ta‘mirlash hajmi suyuqlantirishning qancha davom etishi va undan
keyin futerovkaning holati bilan aniqlanadi
Suv bilan sovitilmaydigan vagrankalar ish siklining davom etish vaqti — 8 dan
20 soatgacha. Suv bilan sovitish sistemasidan foydalanilganda vagranka ish siklini 1
oygacha yetkazish mumkin.
Olovbardosh futerovka 25—30% olovbardosh gil va 70—75% may- dalangan
shamot yoki kvars qumdan iborat qorishmada tayyorlangan shamot g‗ishtdan terib
bajariladi. Vagrankalar futerovkasini tiqma yordamida yoki torkretlab (changlatib)
ham amalga oshirish mumkin.
158
Do'stlaringiz bilan baham: |