O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi s. A. Rasulov, V. A. Grachev



Download 4,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/140
Sana01.05.2022
Hajmi4,75 Mb.
#601174
TuriУчебник
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   140
Bog'liq
fayl 1921 20210923

 
3.14-
rasm. 
Giprostanok instituti ishlab chiqargan yopiq vagranka sxemasi: 
1 — shixta uchun bunker estakadasi, 2 — toroz telejkasi, 3 — koks va ohaktoshni o‗lchab 
beruvchi qurilma, 4 — shixta ko‗tarish qurilmasi, 5 — vagranka, 6 — shlyuz kamerasi, 7 — 
changni yig‗ish kamerasi, 8 — ejektorli scrubber, 9 — to‗la yondirish kamerasi, 10 — radiatsion 
rekuperator 
Buning uchun vagrankaning tagi (shaxta tubi) kuygan qoliplash tuprog‗i, kuyindi 
(uchqin so‗ndirgichda qolgan chiqindilar) va ishlatilmagan yangi qoliplash 
materiallarining muayyan miqdori bilan tiqib to‗ldiriladi. Futerovkani torkretlash 
metodi vositasida ta‘mirlash eng ilg‗or metodlardandir, lekin hozircha u kam 
qo‗llaniladi. Ta‘mirlashdan keyin, ayniqsa, o‗rtacha va kapital ta‘mirlashdan keyin 
futerovkani quritish zarur. Aks holda, suyuqlantirish jarayonida ajralib chiqadigan 
bug‗lar vagranka jarayonining ketishiga ta‘sir qilishi va futerovkaning yorilishiga 
sabab bo‗lib, uning vaqtidan ilgari ishdan chiqishiga olib kelishi mumkin. 
Futerovkani yaxshisi gaz gorelkalari yoki o‗tin yoqib quritish kerak. 
Quritilgandan keyin vagranka tagligiga salt kolosha koksini yondirish uchun 
o‗tin teriladi. Salt kolosha koksi yondirilgandan keyin havo berish mashinasi ishga 
tushiriladi va vagrankaga havo yuboriladi. Havo bilan tozalash 2—3 minut davom 


163 
etadi. Havo bilan tozalash jarayonida koks changi va mayda- chuyda narsalar 
uchirib chiqariladi. Bunda koks gurullab yona boshlaydi. Endi shixtani yuklash 
mumkin. 
Vagrankaning unumdorligi va suyuqlantirilayotgan cho‗yan temperaturasi 
bog‗liq bo‗ladigan eng muhim texnologik faktorlardan biri — salt koloshaning 
balandligidir. U furmalarning asosiy qatoridan 1,2—1,5 m baland bo‗lishi kerak. 
Vagrankada suyuqlantirish texnologiyasi ko‗p empirik tavsiyalarga ega. 
Masalan, salt kolosha balandligining to‗g‗ri tanlanganligini furmalar zonasida 
cho‗yanning birinchi tomchilarining paydo bo‗lish vaqti bo‗yicha nazorat qilish 
tavsiya etiladi [8]. Agar havo birinchi ustun to‗ldirilgan zamonoq berilsa, 
furmalarda birinchi tomchi 15— 20 minutdan keyin paydo bo‗lishi kerak. Agar ular 
oldin paydo bo‗lsa, salt kolosha balandligi yetarli emas. Salt kolosha uchun 
koksning o‗lchami 100—150 mm bo‗lgan yirik bo‗laklari tanlab olinadi. Yuklash 
qat‘iy ketma- ketlikda amalga oshiriladi: yoqilg‗i — fluslar— metall. Biror 
muddat saqlagandan keyin shixtani qizitish uchun havo beriladi va suyuqlantirish 
jarayoni boshlanadi. 
Yoqilg‗i ishchi koloshada qalinligi 150—200 mm bo‗lgan koks qatlamidan 
iborat bo‗lishi kerak. Yoqilg‗i koloshaga bo‗ladigan yoqilg‗i sarfi 8 dan 18 % 
gachani (odatda, yoqilg‗i sarfi 10—12%) tashkil qiladi. Masalan, koks qatlamining 
qalinligi 150 mm bo‗lganda. 700 mm diametrli vagranka uchun yoqilg‗i 
koloshaning massasi 27 kg, metall koloshaniki esa 270 kg ni, ya‘ni vagrankaning bir 
soatdagi unumdorligining 1/10 qismiga yaqinini tashkil qiladi. 
Havo ancha jadal berilganda salt koloshaning ustki sathining pastga tnshib 
ketishiga yo‗l qo‗ymaslik uchun koksni ko‗proq yuklash zarur, aks holda 
cho‗yanning temperaturasi keskin pasayishi va uning sifati yomon bo‗lishi mumkin. 
Ishchi koloshalarda yoqilg‗ining ortiqcha bo‗lishi natijasida salt koloshaning 
yuqorigi sathi ko‗tarilishi va suyuqlantirish jarayoni sekinlashishi mumkin. Metall 
va ishchi koks koloshalarining tavsiya etiladigan massalari 3.5- jadvalda keltirilgan. 


164 
3.5- jadval 

Download 4,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish