Ma’ruza mashg’ulotlari
201
o‘zlashtira olmaslikka olib keluvchi omillarni qayd qilish;
fikrlash jarayonida bilim, malaka, ko‘nikmalarni yegallash asnosida individual
kamchiliklarni tuzata olish usullari;
oila tarbiyasidagi motivatsiyaning bo‘linmasligi hamda iroda sustligi kamchiliklarini
qayd qilish va yenga olish;
qobiliyatli va iste’dodli o‘quvchilarga nisbatan o‘quv jarayonini optimallashtirish
(ijodiy faoliyat, sinfva sinfdan tashqari ishlarni hisobga olish);
o‘qitish jarayonini tanlash yerkinligini berish;
umumiy o‘quv malakalari va ko‘nikmalarini shakllantirish;
o‘quvchilarning o‘z-o‘ziga mos baho bera olishini shakllantirish;
(o‘qitishning texnik vositalaridan, shuningdek, EHMdan foydalanish.
O‘qitishni individuallashtirish texnologiyasiga quyidagilar kiradi:
Batov tizimi. AQShda ishlab chiqilgan bu tizimda o‘quv jarayoni ikki qismga
bo‘linadi:
Birinchi qism- butunicha sinf ishi.
Ikkinchi qism- individual mashg‘ulotlar.
Bunday mashg‘ulotlar unga zaruriyat sezgan o‘quvchilar bilan yo umum tomonidan
qabul qilingan me’yorlardan orqada qolmaslik yoki nisbatan rivojlangan qobiliyatlari
bilan ajralib turganlar bilan bir qatorda bo‘lishini ta’minlash maqsadida o‘tkaziladi.
Yuqori qobiliyatli kategoriya o‘quvchilar bilan o‘qituvchi, nisbatan kamroq
qobiliyatli va qoloq o‘quvchilar bilan o‘qituvchi yordamchisi shug‘ullanadi.
Tramp rejasi - bu texnologiya AQShda juda mashhur. Bu o‘qitish shakllarimng
shunday tizimiki, unda katta auditoriyadagi mashg‘ulotlar kichik guruhlardagi
individual
mashg‘ulotlar
bilan
qo‘shib
olib
boriladi.
Zamonaviy texnik vositalar yordamida 100-150 kishidan iborat katta guruhlarda
yuksak malakali o‘qituvchilar, proffcssorlar leksiya o‘qiydilar. 10-15 kishidan iborat
kichik guruhlar esa leksiya materiallarini muhokama qiladilar, bahs yuritadilar.
Individual ishlar esa maktab kabinetlarida, laboratoriyalarida o‘tkaziladi. Leksiya
mashg‘ulotlariga 40%, kichik guruhlardagi mashg‘ulotlarga 20%, kabinet va
laboratoriyalardagi individual ishlarga yesa 40% ajratiladi. Odatdagi sinf tushunchasi
yo‘q,
kichik
guruhlar
ham
doimiy
emas.
Dasturlashtirilgan o‘qitish XX asrning 50-yillari boshida paydo bo‘ldi. U amerikalik
psixolog B.Skinner nomi bilan bog‘liq. U materiallarning o‘zlashtirilishini
boshqarishning samaradorligini oshirishda, axborotlarni qismma-qism uzatishning
muntazam programmasi asosiga qurish va uni nazorat qilishni tavsiya etdi.
V.P.Bespalko bilish faoliyatini tashkil yetish va boshqarish namunasidagi pedagogik
texnologiya tasnifini tavsiya etdi. U o‘qituvchi va ta’lim oluvchi (boshqariluvchi)
Do'stlaringiz bilan baham: |