285
Giyovandlik vositalari va psixotrop moddalar bilan bog’liq jinoyatlarni
quyidagicha tasniflash mumkin.
39-rasm. Giyovandlik vositalari va psixotrop moddalar bilan bog’liq jinoyatlar
Mazkur jinoyatlarning birinchisi ta’qiqlangan ekinlarni yetishtirish bilan
bog’liqdir. Ta’qiqlangan ekinlar – ko’knor, kannabis (nasha) yoxud tarkibida
giyovandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bo’lgan ekinlar sanaladi. Ularni
ekish yoki yetishtirish qonunan ta’qiqlanadi. Ta’qiqlarga qaramay, bunday
o’simliklarni ekish yoki yetishtirish jinoyatning ob’ektiv tomonini tashkil etadi.
Ekish sharoiti,
maydon kengligi, jinoyatning sub’ektiga qarab jazo miqdori ham
og’irlashib boradi. Jumladan, bunday ekinlarni ekish va yetishtirish o’ta xavfli
retsidivist tomonidan; uyushgan guruh yoki uning manfaatlarini ko’zlab; katta ekin
maydonida sodir etilsa, og’ir jinoyatlar uchun qo’llaniladigan jazo choralari
qo’llaniladi.
Jinoyat kodeksining 271-moddasi giyohvandlik
vositalari,
ularning
analoglari yoki psixotrop moddalarni qonunga xilof ravishda egallash jinoyatini
o’zida aks ettiradi. Moddaning dispozitsiyasidagi qoida bo’yicha egallash qonunga
xilof ravishda, o’g’rilik yoki firibgarlik yo’li bilan qo’lga kiritiladi.
Qonunga xilof ravishda egallash o’zgadan olib qo’yishni, hech kimning
egaligida bo’lmagan joydan yig’ib olishni ifodalaydi. O’g’rilik yo’li bilan qo’lga
kiritish o’zga shaxsga tegishli bo’lgan giyovandlik vositalari, psixotrop moddalarni
Giyovandlik
vositalari va
psixotrop
moddalar
bilan bog’liq
jinoyatlar
Ta’qiqlangan
ekinlarni
yetishtirish
Giyovandlik
vositalari,
ularning
analoglari va
psixotrop
moddalarni
qonunga xilof ravishda egallash
o’tkazish maqsadini ko’zlab qonunga xilof ravishda
tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish,
shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o’tkazish
iste’mol qilishga jalb etish
ishlab chiqarish va ulardan foydalanish qoidalarini
buzish
o’tkazish maqsadini ko’zlamay qonunga xilof
ravishda tayyorlash,
egallash, saqlash va boshqa
harakatlar
286
yashirin ravishda talon-taroj qilish hisoblanadi. Firibgarlik o’zgani aldash,
ishonchiga kirish yo’li bilan giyovandlik vositalari, psixotrop moddalarni qo’lga
kiritishda namoyon bo’ladi.
Ko’pgina hollarda huquqbuzarlar giyovandlik vositalari, ularning analoglari,
psixotrop moddalarni qonunga xilof ravishda sotayotganliklarida huquq-tartibot
organlari tomonidan qo’lga olinadi. Ularning xatti-harakatlari Jinoyat kodeksining
273-moddasi bilan kvalifikatsiyalanadi. Ushbu
modda giyovandlik vositalari,
ularning analoglari, psixotrop moddalarni o’tkazish maqsadini ko’zlab, qonunga
xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash, tashish, jo’natish, shuningdek ularni ko’p
bo’lmagan miqdorda o’tkazish harakatlari sodir etilishini jinoyat deb topadi.
Mazkur jinoyatda aybdorning maqsadi o’tkazishdan iborat bo’ladi. Giyovandlik
vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalarni tayyorlash, olish, saqlash,
tashish va jo’natishda ham barcha ishlar o’tkazish maqsadlariga yo’naltiriladi.
273-modda jinoyatni og’irlashtiruvchi holatlarini ham o’zida aks ettiradi.
Agar ushbu moddada ko’zda tutilgan qilmishlar takroran,
bir guruh shaxslar
tomonidan oldindan til biriktirgan holda, ta’lim-tarbiya muassasalarida, ozodlikdan
mahrum qilish jazosini o’tash joylarida sodir etilsa, shuningdek, juda ko’p
miqdorda, bangixonalar tashkil qilgan holda, o’ta xavfli retsidivist tomonidan sodir
etilsa jazoning og’irlashuvi vujudga keladi.
273-moddaning birinchi qismida belgilangan qilmishni sodir etgan shaxs
aybini bo’yniga olib tegishli organlarga arz qilsa va bunday vosita va moddalarni
topshirsa, jazodan ozod qilinadi.
Giyovandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalarni iste’mol
qilishga jalb etish (274-modda) jinoyatining ijtimoiy xavfliligi yuqori sanaladi.
Boisi bunday harakatlar natijasida iste’mol qiluvchilarning safi kengayadi. Mazkur
sohaga doir jinoyatlar soni ko’payib boraveradi. O’zgalarni giyovandlik vositalari
yoki psixotrop moddalarni iste’mol qilishga o’rgatishda taklif qilish,
maslahat
berish, iltimos qilish, gijgijlash, masxara qilish, piching qilish, aldash, ustidan
kulish kabi ishontirish va majburlash usullaridan foydalaniladi.
287
O’zgalarni giyovandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalarni
iste’mol qilishga jalb etish bunday narsalarni sotish yo’li bilan sodir etilsa,
aybdorning harakati 273-moddada ko’zda tutilgan jinoyat bilan birga qo’shib
jinoyatlar jami sifatida kvalifikatsiya qilinadi.
Giyovandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalarni ishlab
chiqarish yoki ulardan foydalanish qoidalarini buzish (275-modda) jinoyati
“Giyovandlik vositalari va psixotrop moddalar to’g’risida”gi qonun talablarining
buzilishi natijasida kelib chiqadi. Ushbu qonun bo’yicha maxsus litsenziyaga ega
bo’lgan yuridik shaxslar davlat buyurtmalari asosida bunday vosita va moddalarni
ishlab chiqarish huquqiga ega bo’ladi. Giyovandlik vositalari va psixotrop
moddalarni
ishlab chiqarish, saqlash, hisobga olish, berish, tashish yoki
jo’natishning qonunda belgilangan tartibini buzish jinoyat sodir etilganligini
anglatadi.
Giyovandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalarni o’tkazish
maqsadlarini ko’zlamay tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar (276-
modda) bilan bog’liq jinoyatlar 273-moddadagi qilmish bilan mohiyatan o’xshab
ketsada, ularning farqi maqsadlarda ko’rinadi. Aybdorda giyovandlik vositalari va
psixotrop moddalarni o’tkazish (sotish, almashtirish, ayirboshlash) maqsadi
bo’lmasa, ya’ni “o’zimning iste’molim uchun edi” mazmunidagi fikr bayon etilsa,
javobgarlik 276-modda bo’yicha kelib chiqadi. Sotish, ayirboshlash, almashtirish
maqsadlari ifoda etilsa, qilmish 273-modda bilan kvalifikatsiyalanadi. O’tkazish
maqsadlariga ega bo’lgan qilmish uchun jazolar ancha og’ir ko’rinishda bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: