O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qo’qon davlat pedagogika instituti xamraqulov zafarjon yigitaliyevich


Tibbiy yo’sindagi majburlov choralarini qo’llashni uzaytirish



Download 3,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/157
Sana12.06.2022
Hajmi3,39 Mb.
#658328
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   157
Bog'liq
Ilyos diplom

Tibbiy yo’sindagi majburlov choralarini qo’llashni uzaytirish, 
o’zgartirish va bekor qilish tartibi
Ruhiy kasalliklar shifoxonalarida bemorlar kasallik turi, ruhiy va jismoniy 
imkoniyatlari e’tiborga olinib, yangi ijtimoiy xavfli qilmish sodir etish, 
shifoxonadan qochish holatlarini oldini olishga moslashtirilgan palatalarda 
saqlanadi. Bemorlar uchun oziq-ovqat va kiyim-bosh ta’minoti davlat hisobidan 
qoplanadi. 
Psixiatriya shifoxonasida shaxs o’zi va boshqalar uchun xavf tug’dirgan 
vaqtda jismoniy siquvga olish, qo’lkishanlardan foydalanish, harakatlanishiga 
halaqit beruvchi nimchalar kiygizish, ajratib qo’yish kabi choralar qo’llanilishiga 
ruxsat beriladi. Majburiy tarzda psixiatriya muassasasiga yotqizishni amalga 
oshirishda tibbiy muassasa xodimlariga ichki ishlar organlari xodimlari yordam 
beradi.
Shaxsning ijtimoiy xavflilik xususiyatining yo’qotganligi, ruhiy holatining 
o’nglanishi hamda tuzalganligi omillari asosida qo’llanilgan tibbiy majburlov 
chorasi uzaytirilishi, o’zgartirilishi yoki bekor qilinishiga yo’l qo’yiladi.
Shaxsni majburiy tarzda psixiatriya muassasasida bo’lishi bu yerda yotishga 
sabab bo’luvchi asoslar mavjud bo’lgan vaqt davomida amal qiladi. Majburiy 
tarzda yotqizilgan shaxsni olti oygacha har oyda kamida bir marta davolash 
muassasasining shifokorlar komissiyasi tomonidan davolanishini uzaytirish yoki 
tugatish masalasida tekshiruv o’tkazishadi. Olti oy o’tgandan keyin majburlov 
chorasi qo’llanilgan shaxsning davolanish muddatini uzaytirish to’g’risidagi 
xulosaga kelinsa, iltimosnomani mahalliy sud organiga yuboradi. Sud 
iltimosnomani qanoatlantirib, davolanish muddatini uzaytirish to’g’risida ajrim 
chiqarsa, shifokor psixiatrlar komissiyasining tekshiruvi olti oyda kamida bir marta 
o’tkaziladi.
Ruhiy holati buzilgan shaxsni shifoxonaga ko’chirish, biridan ikkinchisiga 
o’tkazish davlat hisobidan amalga oshiriladi. Bu umumiy kuzatuvdagi bo’limdan 
reabilitatsiya bo’limiga yoki kuzatuvi kuchaytirilgan shifoxonaga o’tkazilishida 
qo’llaniladi. Bemorni shifoxonaning biridan ikkinchisiga o’tkazish sud tomonidan 


207 
hal qilinadi. Bemorning salomatligi yaxshilanganligi yoki yomonlashganligi asos 
bo’ladi. O’z navbatida shunga muvofiq ravishda majburlov chorasining muddati 
o’zgaradi. Ruhiy kasalning ahvoli yaxshilanishi majburlov chorasini bekor 
qilinishiga olib keladi. Sud bunda kasalni yashash joyidagi sog’liqni saqlash 
muassasasiga yoki nogironlar uyi yoxud boshqa ijtimoiy ta’minot bo’limiga 
yuboradi. Agar shaxsning ijtimoiy xavflilik darajasi ortib borsa, muddatni 
uzaytirish masalasini hal etishga to’g’ri keladi. Zarur hollarda tibbiy yo’sindagi 
majburlov chorasi turini o’zgartiradi yoki tugatadi.
Ayrim hollarda jinoyat sodir etgan shaxsning qilmishidan keyin ruhiy 
holatini buzilishi vujudga keladi. Mazkur holatda sud tibbiy yo’sindagi majburlov 
chorasini qo’llaydi. Tibbiy muolajalar vositasida salomatligi tiklangan shaxsga 
nisbatan olib borilgan jinoyat ishini tiklash masalasi ko’rib chiqilishi kerak.
Majburlov choralari tayinlangan shaxslarni olti oyda kamida bir marta 
shifokorlar komissiyalari yoki tibbiy maslahat komissiyalari tekshiruvdan 
o’tkazadi. Ularning xulosalari bemorlarning davolanish muddatiga ta’sir 
ko’rsatadi. Majburlov chorasi muddatlari masalasidagi ishlarni ajrim chiqargan sud 
yoki shaxs davolanayotgan joydagi sud ko’rib chiqadi. Sud tomonidan tibbiy 
yo’sindagi majburlov chorasini uzaytirish, o’zgartirish yoki tugatish hamda ish 
yuritishni tiklash uchun quyidagi omillar sabab bo’ladi: 

shifokorlar komissiyasi bergan xulosa asosidagi shaxs saqlanayotgan 
tibbiy muassasa ma’muriyatining iltimosnomasi; 

shifokorlar xulosasi bo’yicha prokurorning taqdimnomasi; 

davolanayotgan shaxsning qarindoshlari, qonuniy vakillari, advokati, 
shuningdek 
manfaatdor 
shaxslar, 
jamoalar 
va 
jamoat 
birlashmalarining iltimosnomalari.
Sud tomonidan taqdimnoma va iltimosnomalar qabul qilingach, sudda ish 
ko’rilib, unda prokuror, himoyachi, iltimos qilgan muassasa, jamoalar yoki 
shaxslar ishtirok etadi. Sud ishni ko’rayotgan paytida taqdimnoma yoki 
iltimosnomaning asoslantirilganligini sinchkovlik bilan tekshiradi. Bunda davolash 
natijalarini hamda majburlov chorasi bekor qilingandan keyin kelgusidagi tibbiy 


208 
kuzatuv va davolashga ehtiyoj bor-yo’qligini o’rganishi kerak. Shuning uchun 
sudga tibbiyot muassasasi vakillarini, shaxsning qonuniy vakillari va Sudda 
shifokorlar xulosasiga shubha tug’ilsa, sud-psixiatriya ekspertizasi tayinlanadi. Ish 
umumiy tartiblarda ko’rilgandan keyin tibbiy yo’sindagi majburlov chorasini 
uzaytirish, o’zgartirish yoki tugatish bo’yicha yoxud uni rad etish bo’yicha ajrim 
chiqariladi. Ajrim shu sudda o’qib eshittiriladi
Majburlov chorasi bekor qilingan taqdirda, bemorni davolash muassasasidan 
chiqarish Sog’liqni saqlash vazirligi belgilagan tartibda amalga oshiriladi.
Tibbiy yo’sindagi majburlov chorasi qo’llanilgan shaxs tuzalganligi sababli 
chora sud tomonidan ajrim bilan bekor qilingach, o’n kun ichida bemorni 
davolagan muassasa uning yashash joyidagi dispanserga tibbiy kartasidan 
ko’chirma jo’natadi. Shuningdek, bemorni shifoxonadan chiqarishdan o’n kun 
avval bu haqda uning yaqin qarindoshlari va uning yashash joyidagi ichki ishlar 
organini xabardor qiladi.
Bemor ruhiy kasalliklar shifoxonasidan chiqarilganda, uning davolanganligi 
to’g’risida ma’lumotnoma berilib, qarindoshlari yoki tibbiy xodimlar kuzatuvida 
yashash joyiga yuboriladi.
Ruhiy holati buzilgan shaxsni mulkiy huquq va manfaatlarini uning yaqin 
qarindoshlari, qonuniy vakillar, vasiy yoki homiylar, agar ular bo’lmasa, vasiylik 
va homiylik organlari bajaradi. Bemorning sog’ayishi o’z mulkiy huquq va 
erkinliklarini mustaqil himoya qilish imkonini bersa, uning huquqlarining 
tiklanganligi sud tartibida majburlov chorasi bekor qilinishi to’g’risidagi ajrimda 
qayd etiladi.

Download 3,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish