O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qo’qon davlat pedagogika instituti xamraqulov zafarjon yigitaliyevich



Download 3,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/157
Sana12.06.2022
Hajmi3,39 Mb.
#658328
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   157
Bog'liq
Ilyos diplom

Topshiriq
Kechki smenadan uyiga qaytayotgan ishchini yo’lini to’sib, yo’lto’sarlar unga
tegishli bo’lgan pullarini tortib oldi. Ishchi ularning birini tanisada, o’zini
tanimaganga oldi. Oradan uch kun o’tib o’zi tanigan yo’lto’sarni uchratdi va
manziligi aniqladi. Keyin sheriklari bilan kelib, yo’lto’sarni do’pposlashdi.
Uning oyoq-qo’lini sindirishdi.

Holatga baho bering.


87 
Jinoyat kodeksidagi jazoni yengillashtiruvchi va og’irlashtiruvchi holatlarni 
taqqoslab ko’riladigan bo’lsa, yengillashtiruvchi holatlar ko’pligi ayon bo’ladi. 
Boisi Jinoyat kodeksida tilga olinmagan holatlarni ham sud yengillashtiruvchi 
holat deb topishi mumkin. Og’irlashtiruvchi holatlar kodeksda belgilanmagan 
bo’lsa, jazo tayinlashda inobatga olinmaydi. 
Yengilroq jazo tayinlash asoslari
Jinoyatning sodir etilishi jazo qo’llanilishini keltirib chiqaradi. Qilmishning 
ijtimoiy xavfliligi, zararning darajasi va miqdori, aybdorning shaxsi kabi omillar 
jazoning og’irlashuvi yoki yengillashuviga ta’sir ko’rsatadi. 
Jinoyat huquqi aybdorga Jinoyat kodeksida belgilanganidan ortiqroq jazo 
qo’llanilishiga yo’l qo’ymaydi. Yengilroq jazoni tayinlash esa bundan mustasno. 
JKning 57-moddasida yengilroq jazo tayinlash asoslari bayon etilgan.
Jinoyat ishlari bo’yicha sudlar sodir etilgan jinoyatning ijtimoiy xavflilik 
darajasini jiddiy kamaytiruvchi holatlarni e’tiborga olgan holda, yengilroq jazo 
tayinlashi mumkin. Bunda Maxsus qismda belgilangan jazoning yeng kam 
qismidan ham kam yoki bu jinoyat uchun nazarda tutilmagan boshqa yengil jazoni 
tayinlanishi mumkinligi ko’zda tutiladi. 
Sud yengilroq jazo tayinlar ekan, unda ikki yo’ldan birini tanlaydi: 1) 
qonunda belgilanganidan jazoning yeng kam miqdoridan ham kamrog’ini tanlash; 
2) sanktsiyada ko’zda tutilmagan boshqa jazo turini qo’llash. 
Jazoning yengilrog’i bilan almashtirilishi uchun 55-moddada belgilangan 
yengillashtiruvchi holatlarning mavjud bo’lishi talab etilmaydi, ya’ni boshqa 
holatlar ham jazoni yengillata oladi. Buning asosiy sabab shundaki, ba’zan 
kodeksda belgilangan jazoning yeng kamini qo’llash ham aybdorning sodir etgan 
jinoyati uchun og’irlik qiladi. Kodeksda belgilangan va belgilanmagan 
yengillashtiruvchi holatlar inobatga olinib, jazo qo’llashda umumiy me’yorlardan 
chekinish mumkin.
Jazo qo’llanilishida sud qonun normalari va o’zining ichki ishonchiga 
tayanishi zarur. Qonun normalariga tayanishida jazoning yo’l qo’yiladigan 


88 
me’yorlaridan oshib ketishiga hamda umumiy printsiplarga rioya etishi talab 
etiladi. Sud aybdor shaxsga jazoni belgilar ekan, uning qancha miqdori axloqiy 
tuzalish yo’liga o’tishiga yordam berishini ichki ishonchi bilan his qiladi. Bunda 
Maxsus qismda belgilanmagan jazoni qo’llashiga ham yo’l qo’yiladi. Shu asosda 
qo’llash talab etiladigan qo’shimcha jazo turi ham qo’llanilmasligi mumkin.
Jazoning yengilrog’i tanlanishida 55–moddada nazarda tutilgan holatlar 
bilan birga, jinoyatning xavflilik darajasini jiddiy kamaytiruvchi aybdor shaxsi, 
aybning shakli va darajasi, jinoyat qilishga olib kelgan shart-sharoitlar, sabablar, 
aybdorning xulqi kabi xususiyatlar e’tiborga olinadi. Bu kabi xususiyatlarga 
ma’naviy zararning yo’qligi, shaxsning davlat va jamiyat oldidagi xizmatlari, og’ir 
oilaviy sharoit, sudlanuvchining keksa yoki nogironligi, jinoyat sodir etilishidagi 
boshqa holatlar misol bo’ladi.
Jinoyat qonunchiligining insonparvarlik xususiyati shundaki, jinoyat sodir 
etilishida aybdor bo’lgan shaxs o’z qilmishidan amalda pushaymon bo’lganida 
jazoning yengillashtirilishi asoslarini ham belgilagan. Bu holat JKning 57
1

moddasidan o’rin olgan. Sharhlanayotgan modda aybdorga jazoning maksimal 
darajasining 2/3 qismdan kamrog’ini qo’llashga imkon beradi.
Aybdorning o’z qilmishidan amalda pushaymon bo’lganligi JK 55-moddasi 
birinchi qismi “a” bandidagi aybini bo’yniga olish to’g’risida murojaat qilish, chin 
ko’ngildan pushaymon bo’lish, jinoyatni ochishda faol yordam berish holatlari va 
“b” bandidagi yetkazilgan jismoniy, ma’naviy, moddiy zararni ixtiyoriy ravishda 
bartaraf etishi orqali namoyon bo’ladi. Ushbu holatlarning mavjudligidan tashqari, 
56-moddada nazarda tutilgan og’irlashtiruvchi holatlar qilmishda bo’lmasligi talab 
etiladi. Aynan shunday vaziyatda tegishli moddada nazarda tutilgan jazoning 
uchdan ikki qismidan ortiq bo’lmagan jazo qo’llaniladi.
Aybdorning qilmishdan chin ko’ngildan pushaymonligi ayrim jinoyatlar 
uchun jazo yengillatilishiga olib kelmaydi. Qasddan odam o’ldirishning 
og’irlashtiruvchi holati (97-modda II qismi) va terrorizm (155-modda III qismi) 
jinoyatlari uchun jazoning 57
1
–modda bo’yicha qo’llanilishida cheklov o’rnatilgan. 


89 
Mazkur jinoyatlarni sodir etgan shaxslarning ijtimoiy xavfliligi bois jazoning 
yengillatilishiga yo’l qo’yilmaydi.
Yengilroq jazo tayinlash aybdorning ahvolini yengillashtirish, keyinchalik 
jamiyat uchun xavfli shaxsga aylanishiga yo’l qo’ymaslik, mamlakatda inson 
omiliga e’tiborni yanada yuksaltirish maqsadlarini ko’zlaydi.

Download 3,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish