O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti



Download 12,65 Mb.
bet9/20
Sana31.12.2021
Hajmi12,65 Mb.
#239513
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20
Bog'liq
G'aniyeva Nozima Yakkabog tumanida tarqalgan Delphinium

Yakkabog‘daryo (Irg‘ayli, Sarito‘qay, Qizildaryo) — Qashqadaryo havzasidagi sersuv daryolardan biri bo‘lgan Tanxozdaryoning chap irmog‘i. Uzunligi 99 km. Havzasining maydoni 1180 km2, shu jumladan, suv to‘plash maydoni 755 km2. Hisor tizmasining g‘arbiy yon bag‘ridagi muzlikdan 3949 m balandlikda boshlanadi. Yuqori oqimida Irg‘ayli, keyinroq Sarito‘qay, Qizildaryo nomlari bilan ma’lum. Yakkabog‘ qishlog‘idan o‘tgach, Yakkabog‘daryo deb ataladi. Daryoning yuqori oqimida unga buloqdardan boshlangan ko‘p sonli jilg‘alar quyiladi. Asosiy irmoqlari: o‘ngdan — Qaranko‘lsoy, chapdan — Tirna. Daryoning suvi bu qismida sug‘orishga sarflanadi. Asosan, qor va muzliklar suvidan to‘yinadi. O‘rtacha ko‘p yillik suv sarfi Tatar qishlog‘i yonida (boshlanishidan 50 km masofada) 6,11 m3/sek. O‘rtacha yillik suv sarfi 2,15 m3/sek. dan (kam suvli yilda) 12,6 m3/sek. gacha (ko‘p suvli yilda) o‘zgaradi. To‘linsuv davri mart — avgust oylarida. Eng ko‘p sutkalik suv sarfi may — iyunda (kam suvli yilda 17 m3/sek., ko‘p suvli yilda 72,1 m3/sek.) kuzatiladi. Daryoning eng kam suv sarfi dekabr — mart oylarida bo‘ladi [12].
1.3. Tadqiqot metodlari

Tadqiqot davomida geobotanik, morfologik, fenologik, fitokimyoviy, biometrik, statistik va analitik usullarining zamonaviy metodlaridan foydalanildi.

Ilmiy tadqiqot ishi marshrut-rekognossirovka metodi bilan amalga oshirildi. Marshrut tadqiqotlarda obyektning tarqalishi va o‘simlik assotsiatsiyalarda uchrashi o‘rganildi. Dala materiallarini yig‘ish bosqichida fitotsenozni geobotanik o‘rganishning klassik metodlarini (Alexin, 1938; Polevaya geobotanika, 1960, 1964; Yaroshenko, 1969; Voronov, 1973; Ipatov, Kirikova, 1997; Mirkin, 1985; Ishbirdin, Ishmuratova, 2004) qo‘llagan holda tarkibida o‘rganilayotgan obyekt bo‘lgan o‘simlik jamoalarining o‘ziga xos xususiyatlari senotik darajada tadqiq qilindi.



Delphinium L. turkumiga kiruvchi turlarning populyatsion hayotini o‘rganish uchun kvadrat shaklidagi yoki transektalar ko‘rinishidagi hisoblash maydonchalari o‘rnatildi va keyinchalik ular bir marta yoki statsionar tadqiqot olib borishda bir necha marotaba tekshirildi. Kvadrat maydonchalar senopopulyatsiyalardagi zichlik, ontogenetik tarkibi va o‘zini saqlab qolish jarayonlarini o‘rganishda qo‘llanildi. Transektalar senopopulyatsiyalarning fazoviy strukturasini hamda yuqorida ta’kidlangan parametrlarni o‘rganish uchun qo‘llanildi. Senopopulyatsiyalar umumiy qabul qilingan metodlar (Aleksandrova, 1964; Senopopulyatsii rasteniy, 1976; Senopopulyatsii rasteniy, 1988) bo‘yicha tavsiflandi. Hisoblash maydonchasining o‘lchami empirik hisoblash qoidasi bo‘yicha (Uranov, 1975) aniqlandi. Fazoviy strukturani o‘rganishda, shuningdek umumiy qabul qilingan metodlardan (Zaugolnova, 1976, 1982; Grigoryeva, Zaugolnova, Smirnova, 1977; Grigoryeva, 1975) ham foydalanildi. Ontogenetik holatlar sifat diagnostika belgilari asosida qiyosiy-morfologik metod (Rabotnov, 1950; Serebryakov, 1964; Uranov, 1975; Senopopulyatsii rasteniy, 1976, 1988; Smirnova, 1987; Ontogeneticheskiy atlas, 1997, 2000) yordamida aniqlandi. Fenologik xususiyatlar I.N. Beydeman (1960, 1974) bo‘yicha o‘rganildi. Gullash antekologiyasini aniqlash A.N. Ponomaryov metodi (Polevaya geobotanika, 1960) va metodik tavsiyalar bo‘yicha olib borildi (Yalta, 1986). Ontogenetik taktika va strategiyalarni aniqlashda B.M. Mirkin (Mirkin, 1983; Mirkin, Naumova, 1998), A.R. Ishbirdin va M.M. Ishmuratovalar (2004) ishlaridan foydalanildi. Statistik ma’lumotlar N.A. Ploxinskiy [9] va G.N. Zaytsevlar [2] tomonidan keltirilgan usullar yordamida MS Excel 2019 va STATISTICA 12 dasturlari orqali qayta ishlandi.
1.4. Ayiqtovondoshlar oilasi haqida umumiy ma’lumot

Ayiqtovondoshlar (Ranunculaceae) oilasi 45 turkumga mansub 2 mingdan ortiq turni o‘z ichiga oladigan katta oila bo‘lib, ko‘pchilik vakillari bir va ko‘p yillik o‘tlardir. Ba’zan chala buta va lianasimon butalar ham uchraydi. Ularning barglari navbatlashib joylashgan, ko‘pincha panjasimon yoki patsimon qirqilgan yon barglari bo‘lmaydi. Bu oila vakillarining gullari xar xil tuzilgan:ba’zilarida aktinomorf, ba’zilarida zigomorf bo‘lsa, goho siklik, goho doirali bo‘ladi. Gullar ikki jinsli. Gulqo‘rg‘oni oddiy gultojisimon yoki kosabarg va tojbarglarga ajralgan. Gulkosa 5 ta, ba’zan 3-20 ta, gultoji ochiq rangli, tojbargi 2-20 ta, ba’zan mayda bo‘lib shiradonlarga aylangan. Onaligi ko‘p, erkin, changdoni esa gulning tashqarisiga yoki ichkarisiga qaragan bo‘ladi. Genitseyi ko‘p, ba’zan 1 ta, apokarp tipda tuzilgan, onaligi bir mevabargli. Tugunchasi ustki, bir uyali, 1 ta yoki bir nechta urug‘kurtakli.

Gul formulasi: *P A G dan C5-∞ A G gacha.

Bu oila vakillarining xarakterli belgisi otaliklarining magnoliyadoshlar oilasining vakillaridagi singari cheksiz bo‘lib, ko‘pincha spiral joylanishi, onaligining qariyib hamma vaqt erkin bo‘lishidir. Ayiqtovondoshlarning to‘qimasida efir moyi bezlari bo‘lmasa ham, lekin tarkibida chorva mollari uchun zaxarli bo‘lgan alkaloidlar, glikozidlar, saponinlar bo‘ladi. Shuning uchun bu oila vakillarini mollar xush ko‘rib yemaydi, ko‘plari zaharli o‘tlar hisoblanadi.

Ayiqtovondoshlarning aksariyat qismi ko‘p yillik, bir yillik o‘t va qisman buta, daraxt hayot shaklidagi o‘simliklardir. Oila tarkibidagi turkumlar gul tuzilishi jihatidan bir-biridan aniq farq qiladi. Xususan, ayrim turlarining guli sodda (primitiv) tuzilishli: gulqo‘rg‘oni oddiy gul qismlardan noaniq sondaligi, nektarining yo‘qligi va xokazo, boshqalarining gulida ma‘lum darajadagi murakkab hamda sodda changlatuvchilari bo‘lgan o‘zgarish kuzatiladi. Masalan: gulida pixning (Aguilegia) mavjudligi, zigomorf gulqo‘rg‘on (Aconitum) va nihoyat, shamol yordamida changlanishga moslanishlar (Thalictrum) kuzatiladi. Ayiqtovondoshlar oilasiga mansub o‘simliklarning mevasi aksariyat hollarda, apokarp tuzilishli yoki oddiy, lekin ayrim turlarda guli zigomorf (Nigella), sinkarp tuzilishli.

Ayiqtovondoshlar oilasiga mansub o‘simliklarni asosiy sistematik belgilarini aniq o‘rganish uchun misol tariqasida O‘zbekistonda keng tarqalgan sedana (Nigella), isfarak (Delphinium), akonit (Aconitum), ayiqtovon (Ranunculus) va sug‘ur o‘t (Adonis) turkumlariga mansub turlarni ko‘rsatish mumkin.

Ayiqtovondoshlar oilasi ba’zi turlarining mevasi bargsimon bo‘lsa, ba’zilarining mevalari ochilmaydigan yong‘oqchalar holida bo‘ladi. Ba’zan rezavor va ko‘sakcha mevalilari ham uchraydi. Bu oilaga kiruvchi tipik vakillardan biri ayiqtovon (Ranunculus) avlodidir. Bu avlod 600 turga ega. Bular orasida o‘rta mintaqada eng ko‘p uchraydiganlaridan zaxarli ayiqtovon (R. sceleratus), o‘rmalovchi ayiqtovon (R. repens), o‘yuvchi ayiqtovon (R. acer) ni aytib o‘tish mumkin.

O‘rmalovchi ayiqtovon (R. repens) – nam joylarda ko‘p uchraydigan o‘t bo‘lib, ildiz yonidan chiqqan uchta-uchtalik yopirma barglari (rozetkasi) bor. Gullari kimoz tipda shoxlanadigan yoyiq to‘pgul bo‘lib turadi. Gulning qo‘sh gulqo‘rg‘oni bor. Bu gulqo‘rg‘on 5 ta gulqo‘rg‘on, 5 ta gulkosacha va och sariq rangli 5 ta gultojbarglardan tashkil topgan. Har qaysi gulbarg tagida nektardonli kichkina chuqurcha bor, bu chuqurcha sariq rangli tangacha bilan bekilib turadi. Otaliklar soni cheksiz sonda bo‘lib spiral xolda joylashgan. Ulardan yuqoriroqda talaygina onaliklar joylashgan. Har kaysi onalik bitta meva bargchasidan iborat bo‘lib, ularda ko‘zga arang ilinadigan ustuncha bor. Bir uyali tugunchada bitta urug‘kurtak bo‘ladi. Mevasi ochilmaydigan quruq meva – yong‘oqchadan iborat.

Adonis yoki suvur o‘t (Adonis) turkumi 20 ga yaqin bir yillik va ko‘p yillik o‘t turlarini o‘z ichiga oladi. O‘rta Osiyo, Sibir va Yevropa tog‘larida o‘sadi. Toshkent, Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlaridagi yaylovlarda Adonisning 4 turi (A. parviflora, A. turkestanica, A. leiosepala, A. chrysocyathus) uchraydi. Ayrim turlaridan (ayniqsa, A. turkestanica va A. vernalis) yurak kasalliklarini davolashda ishlatiladigan adonizid olinadi. Bu turlarning poyasi tik (20-40 sm), tukli bo‘lib, gullab bo‘lgandan so‘ng tuklari to‘kilib ketadi. Adonis barglari qirqma, patsimon, murakkab, poyasining yuqori qismida bandsiz, quyi qismida bandli. Gullari yirik, aktinomorf (to‘g‘ri), har bir poyacha uchida bittadan gul bo‘ladi: gulkosachasi 5 ta ko‘k kosacha bargdan, gultoji 5-20 ta sariq gulbarglardan iborat. Changchi va urug‘chilari ko‘p. Gul o‘rni konussimon. Aprel-may oylarida gullaydi.

Sedana (Nigella) bir yillik oʻtsimon oʻsimliklar turkumi бўлиб, ziravor ekin sifatida qo‘llaniladi. Asosan, yovvoyi sedana (N. integrifolia Rgl.), madaniy ekma sedana (N. sativa) turlari Kavkaz va Oʻrta Osiyoning adir va togʻlarida uchraydi. Ziravor oʻsimlik sifatida ekiladi. Boʻyi 20-75 sm, poya tubidagi barglari butun, yuqoridagilari panjasimon boʻlingan. Bargi (mevasi) tuklar bilan qoplangan. Aprel-may oylarida gullab urugʻlaydi. Yaxshi asal beradi. Uning qoramtir xushboʻy urugʻlarida efir moyi bor. Non pishirishda, karam va bodring tuzlashda, veterinariya va tabobatda ishlatiladi. Urugʻi ochiq maydonlarga erta bahorda ekiladi. Damashq sedanasi (N. damasceana L.) turi manzarali oʻsimlik sifatida ekiladi. Urugʻi tarkibida damassenin alkaloidi va efir moyi bor [12].

Akonit (Aconitum). Bu turkum vakillari ildizlari tuganaksimon, bo‘rtgan, poyasi tik chiqqan, barglari panjasimon qirqilgan yirik gulli o‘t o‘simliklar bo‘lib ularning gullari noto‘g‘ri, ko‘k, binafsha, sariq ba’zan oq ranglidir. Gulqo‘rg‘oni tojsimon. Mevasi ko‘p urug‘li, bargsimon bo‘ladi. Akonitning barcha turlarida akonitin alkaloidi bor.Tanasining barcha qismi zaharlidir. Ko‘pincha dorivor va dekorativ o‘simlik sifatida ekib o‘stiriladi. Dori bo‘ladigan o‘simliklar orasida bahor suvur o‘ti (A. vernalis) hammadan ko‘proq ishlatiladi. Bularning yer ustki qismidan yurak kasalliklarini davolashda qo‘llaniladigan adonizit va adonin brom nomli preparat tayyorlanadi. Pionlar, isfaraklar manzarali o‘simliklar sifatida ekib o‘stiriladi.

Isfarak (Delphinium) – bir yillik va ko'p yillik o’t o'simliklar turkumi. Shimoliy yarim sharda va tropik Afrikaning tog'larida tarqalgan 450 ga yaqin turlarni o'z ichiga oladi. Ko'pgina turlarining kelib chiqishi Janubi-Sharqiy Osiyo va ayniqsa 150 dan ortiq turlari o'sadigan Xitoy sanaladi. Bu turkum o‘zining zaharli turlari bilan mashhur bo‘lgan akonit (Aconitum) turkumiga yaqin. MDH davlatlari hududida 100 ga yaqin turi o'sadi. Ulardan eng ko‘p tarqalganlari: D. elatum va D. consolida.

Aksariyat turlari juda xavfli va zaharli o'simliklardir.
II BOB. TADQIQOT OBEKTINING BIOEKOLOGIK XUSUSIYATLARI.

2.1. Yakkabog‘ tumanida tarqalgan Delphinium L. turkumi ayrim vakillarining bioekologik xususiyatlari

Ilmiy adabiyotlar va dala tadqiqotlari davomida Yakkabog‘ tumanida Delphinium L. turkumiga kiruvchi 8 ta tur aniqlandi. Ular quyidagilar:


  1. Download 12,65 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish