Sevimli shoirimiz
Respublikamizda hamza Hakimzoda nomini eshitmagan biron kishi
bormi? Hamza mohir shoir, bastakor dramaturg. Siz hamzaning balalarga atab
yozgan qaysi she`rlarini bilasiz? Hamzaning “O’qi”, “Kitob”, “Qalam”, “Ilm
ista” kabi she`rlarini bilaman.
Hamza bu she`rlarida bolalarni ilm olishga, odob – axloqli bo’lishga xalq
dushmanlariga qarshi kurashishga chaqriradi.
Kishilik olmoshlari va ularni o’rgatishni suhbat metodida boshlash mumkin:
- kishilik olmoshlarining I shaxs ko`pligi qachon maqtanish ma`nosini
bildiradi?
- kishilik olmoshlarining I shaxs ko`pligi ba`zan I shaxsning birligi
o`rnida ishlatilsa, o`zini ajratib ko`rsatish, maqtanish ma`nolarini
anglatadi.
- kishilik olmoshlarining I va II shaxs ko`pligiga –lar qo`shimchasi
qo`shilganda qanday ma`no ta`kidlanadi?
- kishilik olmoshlarining I va II shaxs ko`pligiga –lar qo`shimchasi
qo`shilganda ko`plik ma`nosi ta`kidlanadi.
- kishilik olmoshlarining I va II shaxs birligi qaratqich va tushum
kelishiklari bilan turlanganda qanday holat sodir bo`ladi?
- kishilik olmoshlarining I va II shaxs birligi qaratqich va tushum
kelishiklari bilan turlanganda bir “N” tushub qoladi va shunday yoziladi.
- Kelishik olmoshining III shaxs birligi jo`nalish, chiqish, o`rin-payt
kelishiklari bilan turlanganda qanday o`zgarish bo`ladi.
- Kelishik olmoshining III shaxs birligi jo`nalish, chiqish, o`rin-payt
kelishiklari bilan turlanganda bir “N” orttiriladi va shunday yoziladi.
Kelishik olmoshlari va ularning yozilishini mustahkamlash o`quvchilarning
og`zaki nutqini o`stirish maqsadida mustaqil ish o`tkaziladi. Buning uchun
quyidagi terma gaplardan foydalanish tavsiya etiladi.
1. Men sport bilan shug`ullanaman. Sport meni baquvvat, dovyurak
bo`lishimga yordam beryapti. 2. Ter to`kib sochsang urug`, yer seni qo`ymas
quruq. (maqol) 3. O`qishda sizga muvaffaqiyatlar tilayman, aziz o`quvchilari.
4. Sen bilan men bo`lsak qattiq nonni ham yeya beramiz. (A. Qodiriy)
O`quvchilar terma garlarni ko`chiradilar, kelishik olmoshlarini aniqlab,
ularni qaysi kelishikda ekanligini qavslar yordamida yozadilar. Ish bajarilgach,
ikki o`quvchiga o`qitish orqali tekshiriladi.
Namuna:
1. Men (B.k 1 shaxs) sport bilan shug`ullanaman. Sport mening (q.k 1 shaxs, n
tushub qolgan) yanada baquvvat, dovyurak bo`lishimga yordam beryapti. 2.
Ter to’kib sochsang urug`, yer seni (t. k.2 shaxs) qo’ymas quruq.
Mustaqil ishdan so’ng ta`limiy diktant bo’lishi aytiladi. Diktant uchun
quyidagi matndan foydalanish tavsiya etiladi.
Alisher otasi ko’rishi bilan o’qishini chala qilib jim bo’ldi. Alisherning
rangi o’chdi. Alisher otasining so’zini qaytarishga jur`at etolmadi. Alisher
kitobini bir nafasgacha ko’kragiga bosib turib, keyin otasiga uzatadi.
O’qituvchi matn bilan o’quvchilarni tanishtiradi. O’quvchilarga aytish
jarayonida Alisher otini zarur o’rinlarda III shaxs birlikdagi kishilik olmoshi
bilan almashtirib yozishni aytadi.
O’qituvchi matndagi gaplarni o’qiy boshlaydi. O’quvchilar gaplardagi
Alisher otini III shaxs olmoshi bilan yozib boradilar. Diktant tugagach,
o’quvchilarga o’qitish orqali tekshiriladi.
Namuna:
1. U otasi ko’rishi bilan o’qishni chala qilib jim bo’ladi. Uning rangi
o’chdi. U otasining so’zini qaytarishga jur’at etmadi.
Kishilik olmoshlarini mustahkamlash, o’quvshilar nutqini o’stirish va
tafakkurini rivojlantirish maqsadida o’qituvchi ularga ijodiy ish topshiradi.
O’quvchilar kishilik olmoshlarini qatnashtirib to’rtta gap yozadilar. Ijodiy ish
bajarilgach, uch to’rt o’quvchiga o’qitish orqali tekshirib ko’riladi.
Namuna:
1. Biz san’at muzeyiga borib tomosha qildik.
2. Sening o’quvchilaring yaxshi.
3. Men gullarga suv quyayotgan edim.
4. Sizning taklifingiz hammaning nomidan bo’ladi.
Ijodiy ishdan so’ng mashq ishlanadi. Buning uchun ona tili darsligidagi 35
–mashqdan foydalanish tavsiya etiladi. O’quvchilar o’qituvchilar
rahbarligida mashqdagi terma gaplarni navbat bilan o’qiydilar, ajratib
ko’rsatilgan olmoshlarning ma’nosi va vazifasini tushuntiradilar.
Namuna:
1. Siz (ega) bizdan (to’ldiruvchi) yordam olgani emas, bizga (to’ldiruvchi)
rahbarlik qilgani kelgansiz. (A. Q).
O’zlik olmoshini o’rgatishni darslikda bu haqda berilgan ta`rif va
qoidalar bilan o`quvchilarni tanishtirishdan boshlash mumkin. O`zlik
olmoshini mustahkamlash, o`quvchilarning og`zaki va yozma nutqni
o`stirish maqsadida mustaqil ish o`tkaziladi. Buning uchun quyidagi
terma gaplardan foydalanish tavsiya etiladi.
1. Til bilan birovning aybini aytish oson, o`z tili bilan o`z aybini
aytadiganlar juda kam. (Cho`lpon). 2. Uning o`zi yosh, lekin ziyrak bola.
3. Bu ko`chatlarni valining o`zi o`tkazgan. 4. O`zingiz ham o`tiring.
Mustaqil ish bajarilgach, o`quvchilarga ijodiy ish topshiriladi.
O`quvchilar “O`zimiz”, “O`zlari” olmoshlarini kelishik shakllari bilan
turlaydilar. Ijodiy ish tugagach, ikki o`quvchiga o`qitish orqali tekshirib,
kamchiliklar tuzatiladi.
Namuna:
1. O`zimiz, o`zimizning, o`zimizni, o`zimizga, o`zimizda, o`zimizdan.
2. O`zlari, o`zlarining, o`zlarini, o`zlariga, o`zlarida, o`zlaridan.
Ijodiy ishdan so`ng saylanma diktant o`tkaziladi. Buning uchun quyidagi
terma gaplardan foydalanish tavsiya etiladi. 1. Men gulxan atrofida
o`tirganlarni yilqi boquvchilar deb yanglishgan ekanman. Ular qo`shni
qishloqdan kelgan bolalar ekan. 2. Elmurod o`z nomlari bilan otalarining
nomlarini aytib ko`rishayotgan bolalarni bir-biridan ajrata olmay qoldi. 3.
Bugun men rasman sizlarga boshliq bo`lish majburiyatida qolgan ekanman, yana
hech ahamiyati yo`qdir. (A. Qodiriy). 4. Elmurod ko`rsatilgan sinfga kirdi-da,
qatorlashgan partalardan o`ziga joy qidirdi. 5. Sen o`tira, tur, ketib qolma, men
tez kelaman. 6. Men o`zimning mehmonimni ko`rpachaga o`tqazmoqchiman.
O`qituvchi o`quvchilarga kishilik olmoshlarini ayrim, o`zlik olmoshini
ayrim yozib borishlarini aytadi. O`qituvchi terma gaplarni o`qiy boshlaydi.
O`quvchilar kishilik olmoshlari bilan bir ustunga, o`zlik olmoshini ikkinchi
ustunga yozib boradilar. Diktant tugagach ikki o`quvchiga o`qitish orqali
tekshirib ko`riladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |