Namuna:
1. U xonasi kelganda hech kimni ayamasdi. 2. Bog`ga o’zimiz qaraymiz,
o’zimiz sug`oramiz, o’zimiz hosilni terib olamiz.
Ijodiy ishdan so’ng mashq ishlanadi. Buning uchun 7-sinf ona tili
darsligidagi 22-mashqdan foydalanish tavsiya etiladi. O’quvchilar o’qituvchi
rahbarliida mashqdagi terma gaplarni navbat bilan o’qiydilar, olmoshlarni
aniqlab, ajratilgan olmoshlar oldingi gapdagi nimani almashtirayotganini
aytadilar.
Ko’rsatish olmoslarini o’rgatishni darslikda bu haqda berilgan ta`rif va
qoidalarni bayon qilish bilan boshlash mumkin. Bunda o’qituvchi ko’rsatish
olmoshlariga berilgan ta`rifni aytib, misollar keltiradi. Keyin ko’rsatish
olmoshlarini doskaga yozib, u ko’rsatish olmoshi kishilik olmoshining III shaxs
birligi bilan shaklan bir xil bo’lishi, gapda ularni bir – biridan ma`nosida qarab
farq qilish mumkinligi, u, bu, shu, o’sha, olmoshlari jo’nalish, o’rin – payt,
chiqish kelishigi bilan turlanganda, ularga bir N tovushi orttilishini aytadi.
Ko’rsatish olmoshlarini mustahkamlash, o’quvchilarning og`zaki va
yozma nutqini o’stirish maqsadida mustaqil ish o’tkaziladi. Buning uchun
quyidagi terma gaplardan foydalanish mumkin.
1. Men ana shu gullarga suv quyayotgan edim. (Hakim Nazir) 2. Bunday
chiroyli mashinani birinchi marta ko’rishim. 3. Man shu asboblarni boshingga
qo’yib, hushyorroq bo’lib yotasan (G`ofur G`ulom) 4. Men yana turib qochdim,
yana o’sha narvonda tirmashib, arang o’zimni tomga yetkazib oldim. (G`ofur
G`ulom) 5. Bu ovoz unga juda tanish tuyuldi. 6. Mana bularni ko’tarib sen
oldinroq boraver. 7. Shu qishloqda tug`ildim. Shu yerda unib o’sdim. (Z)
O’quvchilar terma gaplarni ko’chiradilar, ko’rsatish olmoshlarini topib,
tagiga chizadilar.
Namuna:
1. Men ana shu gullarga suv quyayotgan edim.
2. Bunday chiroyli mashinani birinchi ko’rishim.
3. Mana shu asboblarni boshingga qo’yib, hushyorroq bo’lib yotasan.
Mustaqil ish bajarilgach, mashq ishlanadi. O’quvchilar o’qituvchi
rahbarligida navbat bilan quyidagi she`riy parchani o’qiydilar, ko’rsatish
olmoshlarini aytadilar.
Shu yuksak tog` bag`rida baxmal qir,
Mening tug`ilib o’sgan asl Vatanim.
Etagida uqa kabi oqar Sir,
Shu vodiyda quyoshdan kuydi tanim.
Tizzang tolmay chiqa olsang yuksakka
Ko’rsataman barmoq bilan hammani
Hur oq emi qirq yil ekdim dahyakka.
Anov erga qurib olib chaylani.
Mashq ishlangach, o’quvchilarga ijodiy ish topshiriladi. Bunda
o’quvchilarga tarkibida bu, shu, o’sha, ana shu olmoshlari bo’lgan to’rtta gap
yozish aytiladi. O’quvchilar o’qituvchining bu topshirig`ini bajaradilar, ikki –
uch o’quvchi o’zi tuzgan gaplarni o’qib, olmoshlarni aytadi.
Namuna:
1. Bu kitoblarning barini o’qib chiqqanman. 2. Shu paytda Toshxon derazadan
allanimani ko’rdi. 3. Ana shunday taqdir bir cho’lda mana shu bog` barpo etildi.
Ijodiy ishdan so’ng kichik bayon o’tkaziladi. Bayon uchun ”Sevimli
shoirimiz” matnidan foydalanish tavsiya etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |