O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti


Ovoz kuchaytirgichlar va ovoz karnaylari



Download 2,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/163
Sana31.12.2021
Hajmi2,75 Mb.
#212054
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   163
Bog'liq
informatika va axborot texnologiyalari

Ovoz kuchaytirgichlar va ovoz karnaylari.  
Ovoz ko'rinishidagi axborotning raqamli ko'rinishda saqlash va qayta ishlash bundan chorak asr oldin 
musiqa  shaydolari  orzu  qila  olmagan  imkoniyatlarni  ochib  berdi.  Hozirgi  kompyuter  imkoniyatlari  uning 
xotirasida yuz minglab qo'shiqlarni saqlash imkonini beradi. Bu qo'shiqlarning sifati chorak asr oldin musiqa 
va ashulalarning sifatini belgilab bergan Hi FI (High Finality – yuqori sifatli tayyor mahsulot) standarti talablari 
bir necha yuz marta yaxshiroqdir. 
 
Masalan,  Hi  FI  standartida  ovoz  manbasining  shovqini  40  dB  bo'lsa,  raqamli  standartlar  uni  100  dB 
gacha (1000 marta kamroq); ovozning dinamik diapazoni 60 desiBelldan 110 dB gacha (300 marta kengroq) 
chiqardi.  Ovoz  uchun  qabul  qilingan  o'lchov  birliklari  logarifmik  birliklar  bo'lib,  bunda  ovozning  20  dB  ga 
o'zgarishi uning quvvati 10 marta, 40 dB ga o'zgarishi 100 marta, 60 dB ga o'zgarishi 1000 marta oshishini 
bildiradi. 
Natijada ovoz kanalidagi eng nozik joy ovoz kuchaytirgich va ovoz karnaylari bo'lib qoldi. Shu sababli, 
kompyuter uchun ovoz kuchaytirgich va karnayining turli turlari mavjud bo'lib, ularning narxlari bir necha yuz 
marta  farq  qilishi  mumkin.  Ularning  eng  oddiylari  bir  necha  dollar  bo'lsa,  eng  yaxshilarining  narxi  2000 
dollargacha borishi mumkin. 
Odatda  ovoz  kuchaytirgichlar  karnaylar  ichiga  joylanadi.  Bunday  ovoz  karnaylari  faol  karnaylar  deb 
ataladi.  Har  bir  karnayda  bittadan  uchtagacha  dinamik  bo'lishi  mumkin.  Ovoz  signallari  chastotalari  uch 
qismga  bo'linadi.  Ular  past,  o'rta  va  yuqori  chastotalar  bo'lib,  ularni  bitta  dinamik  orqali  chiqarish  ovoz 
signalining past va yuqori chastotalarda ko'proq so'nishiga olib keladi. Buning oldini olish uchun bir necha 
kanalli karnaylardan foydalaniladi. 
Ikki dinamikli karnaylarda yuqori va o'rta chastota signallari bitta dinamik orqali chiqariladi. Bunda ovoz 
signalining past chastotalarini so'ndirmasdan chiqarish va yuqori chastotalardagi signal so'nishini kamaytirish 
mumkin.  Eng  sifatli  karnaylar  uchta  dinamikli  bo'lib,  ularning  har  biri  faqat  o'zi  mo'ljallangan  chastota 
polosasini chiqaradi. 
Kompyuterning akustik (ovoz) tizimi stereo tizim bo'lib, unda ikkita ovoz kanali bo'ladi. 


 
43 
Akustik  tizimda  ikkita  mustaqil  kanalning  bo'lishi  stereo  tizimda  ovoz  manbalarini  tekislik  bo'yicha 
taqsimlash  imkonini  beradi.  Natijada  tinglovchi,  masalan,  orkestr  ijrosida  musiqa  eshitayotganda  har  bir 
sozning qayerda joylashganini bila oladi. 
Ovoz signalining past chastotalari quvvat bo'yicha eng kuchli bo'lib, bu chastotalar uchun stereoeffekt 
uncha sezilmaydi, chunki bu chastotalarda to'lqin uzunligi juda uzun. Shuning uchun stereotizimlarda ikkala 
kanalning past chastotalarini bitta kanal qilib birlashtirish akustik tizimning sifatini sezilarli pasaytirmasdan, 
uning narxini ancha kamaytirish imkonini beradi. 
Hozirgi paytda aksariyat akustik tizimlar ana shunday tuzilmaga ega. Ular uchun maxsus atama ham 
bo'lib, ular subwoofer deb ataladi. Bunday tizimlar yana 2+1 deb ataladi. 
Stereotizimlar  ikki  o'lchamli  ovoz  yaratish  uchun  mo'ljallangan  bo'lib,  subwooferlarning 
ommaviylashuvi  uch  o'lchamli  akustik  tizimlarni  yaratish  uchun  ham  asos  bo'ldi.  Hozirgi  paytda  urf 
bo'layotgan  uy  kinoteatrlari  ovoz  tizimi  5+1  ko'rinishidagi  ovoz  tizimlarining  ham  ommaviylashuviga  olib 
kelmoqda.  Bu  tizimda  ham  past  chastotali  ovozlar  bitta  kanal  orqali  kuchaytiriladi.  Qolgan  5  ta  kanaldan 
ikkitasi old tomondagi, ikkitasi esa ort tomondagi ovozlarni, oxirgisi markazdagi ovozlar uchun mo'ljallangan. 
Natijada bunday akustik tizim uch o'lchamli ovoz yarata oladi. 
 
Akustik  tizimlarning  asosiy  parametrlari  undagi  ovoz  kanallari  soni,  umumiy  va  har  bir  kanalning 
maksimal  quvvati,  tizim  kuchaytiradigan  ovoz  signallarining  chastota  polosasi,  nominal  va  maksimal 
quvvatdagi signalning nochiziqli buzilishlari darajasidir. Kanallar soni ikkitadan beshtagacha, maksimal quvvat 
0,3 Vattdan 200 Vattgacha, chastotalar polosasi 300–10000dan 20–20000 Gersgacha, nochiziqli buzilishlar 
5% dan 0,1% gacha bo'lishi mumkin. 
Kompyuter sinflarida o'nlab kompyuterlarning har biri ovoz kuchaytirgichlardan barobar foydalanishi 
naqadar noqulayligini sezish qiyin emas. Shuning uchun ovoz kuchaytirish tizimlari individual bo'lishi ham 
kerak va ular juda keng tarqalgan. Ulardan boshqalarga xalaqit bermasdan foydalansa bo'ladi. Bunday tizimlar 
quloqchinli telefonlar deb ataladi. Ularning ba'zilari mikrofonlar bilan birga bo'lishi mumkin. 
Bunday telefonlar nisbatan arzon bo'lishlariga qaramay (0,5–10 dollar), ular orasida sifat ko'rsatkichlari 
juda yaxshilari ham uchraydi. Shuning uchun ular keyingi paytda, ayniqsa yoshlar orasida, juda ommaviylashib 
ketdi.  Lekin ovoz  signallarini  yetarlicha  katta  dinamik  diapazonda  chiqarish  uchun  bu  telefonlarda  chiqish 
quvvatini oshirishga to'g'ri keladi. Bu esa muttasil va baland ovozda ulardan foydalanish odamning eshitish 
qobiliyatining vaqtincha yoki butunlay pasayishiga olib kelishi mumkin. 
 


 
44 

Download 2,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish