O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti



Download 2,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/163
Sana31.12.2021
Hajmi2,75 Mb.
#212054
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   163
Bog'liq
informatika va axborot texnologiyalari

Klaviatura va sichqonchalar 
Klaviatura asosan 101–105 tagacha klavishdan iborat bo‘lib, ular 5 guruhga bo‘linadi (6-rasm): 
Klaviatura  kompyuterga  harf  va  raqam  ko'rinishidagi  ma'lumotlar  va  buyruqlarni  kiritish  uchun 
ishlatiladigan  tashqi  qurilmadir.  U  yozuv  mashinasining  klaviaturasiga  o'xshab  ketadi,  lekin  unga  nisbatan 
kengroq imkoniyatlarga ega. Uning tugmalarini quyidagi guruhlarga ajratish mumkin. 
1. Harf va raqamlarni kiritish tugmalari. 
2. Boshqarish tugmalari 
3. Funksional tugmalar. 
4. Kursorni boshqarish tugmalari. 
5. Qo'shimcha klaviatura tugmalari. 
6. Multimedia bilan ishlash uchun qo'shimcha tugmalar. 
Barcha klaviaturalarda tugmalar to'plami deyarli bir xil. Ular odatda bir-biridan faqat multimedia bilan 
ishlash uchun mo'ljallangan qo'shimcha tugmalarining soni va joylashishi bilan farq qiladilar. Oxirgi paytda 
tugmalarining joylashishi biroz o'zgartirilgan ergonomik (foydalanuvchi uchun qulay va bezarar) klaviaturalar 
urf bo'lmoqda. 
 
Quyida  biz guruhlarda joylashgan klavishlarning ba’zi birlari bilan qisqacha tanishib chiqamiz: 
Birinchi guruh klavishlari yordamida kiril (rus) va lotin alifbosining katta-kichik harflari, sonlar, maxsus 
va tinish belgilari kiritiladi. Pastdagi uzun, hech qanday belgisi bo‘lmagan klavishning nomi Spase deb ataladi 
va (probel) u orqali bo‘shliq (joy tashlash) belgisi kiritiladi. Boshqa klavishlar ish tartibiga (registriga) qarab 
turli  belgilarni  kiritishga  mo‘ljallangan  pastki  registrda  kichik,  yuqori  registrda  esa  katta  harflar  kiritiladi. 
Lotinchadan ruschaga o‘tish kompyuterda mavjud bo‘lgan dasturga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, Windows ish 
stolida alifbo ekranning eng pastki o‘ng qismida tanlanadi. 
Monitor ekraniga belgi tushadigan joy maxsus usul bilan belgilanadi va bu kursor deb ataladi. Agar matn 
kiritish  holatida  bo‘lsa,  u  holda  kursor  o‘chib-yonib  turadigan  vertikal  chiziqcha  yoki  harfning  ustiga 
tushadigan to‘rt-burchakka o‘xshaydi va matn kursori deb ataladi.  
Quyida  biz  klaviaturada  foydalanuvchi  tomonidan  tez  –  tez  ishlatilib  turadigan  asosiy  klavishlar 
to‘g‘risida  ma’lumotlar keltiramiz: 
Shift, Ctrl va  Alt-klavishlari boshqa klavishlar bilan birga ishlaydi.  
F1 - F12-klavishlarigacha  funksional klavishlar deb nomlanadi. 


 
30 
Num  Lock  (sonlarni  saqlash)-sonlar  kiritishning  kichik  klaviaturasi  sonni  kiritishga  yoki  kursorni 
boshqarishga  moslaydi.  Sonlarni  kiritishda  Num  Lock  chirog‘i  yonib  turishi  kerak,  agar  Num  Lock  ni 
ko‘rsatuvchi chiroq o‘chgan bo‘lsa, ushbu kichik klaviatura bilan kursorni boshqarish mumkin. 
Ctrl  (Control–boshqarish)-boshqa  klavishlar  bilan  birga  bosilganda,  o‘sha  klavishning  ish  vazifasini 
o‘zgartiradi.  
Alt  (alternative-o‘zgartiruvchi)-bu  klavish  ham  boshqa  klavishlar  bilan  birga  bosilganda,  o‘sha 
klavishning ish vazifasini o‘zgartiradi.  
Pouse (vaqtinchalik to‘xtash)-kompyuter o‘z ishini vaqtincha to‘xtatadi. 
Tab (tabulyatsiya)-faqat  pastdagi  registrda ishlaydi va matn, xujjatlar haqida gap ketganda, kursorni 
o‘ng  tomonga  suradi.  Bu  klavishning  qulayligi-uning  yordamida  jadvallar  tuzish  oson  va  matnni  yozishda 
belgilangan holatdan boshlab terish mumkin. 
Back  Space (orqaga qaytish)-qaytarish klavishi. Bu klavish yordamida matn terish paytida kursordan 
chap tomondagi xato terilgan belgilarni o‘chiradi. Kursor esa bitta  belgi chap tomonga suriladi.  
Enter (kiritish)-matn terish paytida bu klavish bosilsa, kursor yangi abzasga (satrga)  o‘tadi. 
Caps Lock-katta yoki kichik harflarga o‘tish; 
Scroll Lock-kursorni harakatga keltirishni bajaradi
Shift (surish)–yuqori  registrdan pastki registrga o‘tish yoki aksincha;  
→  ←  ↓  ↑-kursorni o‘ngga yoki chapga, pastga yoki yuqoriga suradi
Home (boshiga)-kursorni ekranning boshiga olib keladi
End (oxiri)-kursorni satrning oxiriga olib o‘tadi; 
Page Up (bir sahifa yuqoriga)-kursor bir sahifa oldinga suriladi; 
Page Down (bir sahifa pastga)-bir sahifa orqaga suriladi
Esc (Escape – qochish)-qandaydir oldin berilgan vazifalardan voz kechish. 
Eslatma:  Klavishlarni  sekin  bosish  kerak,  kuch  ishlatish  va  harflarni  kiritishda    klavishni  ko‘p  vaqt 
bosilgan holda ushlab turish mumkin emas. 
Sichqoncha–klaviaturaga  o‘xshash  ma`lumotlarni  kiritadigan  qo‘shimcha  qurilmadir.  Usiz 
kompyuterda,  ayniqsa  Windowsda  ishlab  bo`lmaydi.  U  yordamida  foydalanuvchi  tomonidan  operatsion 
sistema  va  uning  boshqaruvi  ostida  ishlaydigan  dasturlarda  buyruqlar  berib  boriladi.  Shuningdek,  bu 
qurilmalar yordamida dasturlarga kerak bo`lgan ma`lumotlar kiritib ham turiladi (7 - rasm) 

Sichqonchaning  odatda  uchta  klavishi  bo`ladi.  Sichqoncha  birinchi  navbatda  ko`rsatish  vazifasini 
bajaradi. Ana shu ko`rsatilgan ob’ekt ustida, sichqonchaning chapdan birinchi klavishi (odatda) ikki marta tez 
bosilsa, ko`rsatilgan dastur yoki fayl birdan ishga tushib ketadi. 
Shichqoncha yordamida quyidagi 6 ta asosiy harakatni bajarish mumkin: 
Ø  Ko`rsatkichni ekranning kerakli joyiga ko`chirish (Point);  
Ø  Sichqoncha klavishini bosib darhol qo`yib yuborish (Click); 


 
31 
Ø  Sichqoncha klavishini ikki marta tez bosish (Double click); 
Ø  Biror ob’ektni tanlash (Select); 
Ø  Tanlab olingan rasm, matn qismi yoki dasturning grafik belgisini boshqa joyga ko`chirish (Drag and 
Drop); 
Ø  Matnni sahifaga joylashtirish ( Flow). 
Sichqonchalar  asosan  2  yoki  3  klavishli  bo‘ladi:  chap,  o‘ng  va  o‘rta.  Chap  va  o‘ng  klavishlar  dastur 
asosida o‘ng qo‘lda va chap qo‘lda ishlashga moslashtiriladi. Chap klavish ajratish, surish va bajarish ishlarini 
amalga oshirsa, o‘ng klavish kontekst menyu deb ataluvchi buyruqlar to‘plamini ekranga chiqaradi. Kontekst 
menyuning  vazifasi  joriy  holatda  u  yoki  bu  amalni    tezroq  bajarish  bilan  bog‘liq.  O‘rta  klavish  hozirda, 
varaqlash (Paje Down, Page Up amaliga o‘xshab)  maqsadlari uchun ishlatiladi. 
Klaviaturalarni  kompyuterga  ulash  uchun  hozirgi  paytda  maxsus  raz'em  OS/2  dan  foydalaniladi.  Bu 
raz'emni 25 yil avval IBM kompaniyasi birinchi marta qo'llagan edi. Kompyuterga standart USB port orqali 
ulanadigan klaviaturalar ham ko'payib bormoqda. Bundan tashqari kompyuterga infraqizil nurlar yordamida 
ulanadigan simsiz klaviaturalar ham bor. 
Sichqonchasiz kompyuter bilan ishlashning deyarli iloji yo'q. Grafik interfeysli dasturlar bilan ishlash 
uchun  maxsus  ishlab  chiqilgan  sichqoncha,  ayniqsa  kompyuterda  ishlashni  endi  boshlaganlar  uchun  juda 
qulay.  Sichqonchaning  ekranda  kursor  deb  ataluvchi  ko'rsatkichi  bo'lib,  sichqonchani  joyidan  qimirlatsak, 
kursor ham unga mos ravishda harakatga keladi. Sichqoncha yordamida bir necha amalni bajarish mumkin 
xolos, lekin bu amallardan barcha dasturlarda keng foydalaniladi. Bular uning chap tugmasini bir yoki ikki 
marta chertish, o'ng tugmasini bir marta chertish, uning g'ildiragini aylantirish va chap tugmasini bosib turib 
sichqonchani yurgizishdir. 
Hozirgi  paytda  sichqonchaning  lazerli  deb  ataluvchi  turi  ishlab  chiqariladi.  Bunday  sichqonchaning 
harakati lazer nuri yordamida aniqlanadi. Avvallari sichqoncha sharikli mexanik qurilmaga ega bo'lib, uning 
yordamida harakat yo'nalishi aniqlanar edi. 
Sichqonchalar  ham  klaviaturalar  kabi  kompyuterga  OS/2,  USB  portlari  orqali  yoki  infraqizil  nurlar 
yordamida simsiz ulanishi mumkin. 
 
 
 

Download 2,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish