O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti


Raqamli fotoapparatlar va videokameralar



Download 2,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/163
Sana31.12.2021
Hajmi2,75 Mb.
#212054
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   163
Bog'liq
informatika va axborot texnologiyalari

Raqamli fotoapparatlar va videokameralar 
 1997 yili birinchi marta ommaviy sotuv uchun ishlab chiqilgan Chinon (hozirgi Canon) kompaniyasining 
raqamli  fotokamerasi  320X240  pikselli  suratlar  yarata  olgan  bo'lsa,  hozirgi  kunda  havaskorlar  uchun 
mo'ljallangan  eng oddiy  raqamli  fotokameralar  ham 3200X2400  pikselli  o'lchamdagi  suratlar yarata  oladi. 
Qisqa  vaqt  ichida  tasmali  fotoapparatlar  raqamli  fotokameralar  tomonidan  bozordan  siqib  chiqarildi.  Bu 
fotoapparatlarni ishlab chiqaruvchi kompaniyalar (masalan, Polaroid) kasodga uchradilar, boshqalari esa o'z 
yo'nalishlarini o'zgartirdilar. 
Raqamli fotokameralar uch toifaga bo'linadi:  professional, yarim professional va havaskorlar uchun. 
Professionallar  uchun  mo'ljallangan  fotokameralar  juda  qimmat  bo'lib,  undan  faqat  fotografiya  bilan 
shug'ullanuvchi mutaxassislar foydalanadilar. Bu toifadagi kameralar shu sohadagi eng ilg'or texnologiyalar 
asosida yaratiladi. Bu texnologiyalarning ko'pchiligi yarim professional kameralarda ham qo'llaniladi. Bunday 
kameralar yana oynali deb ham ataladi, chunki bunday kameralarda yuqori sifatli oynadan yasalgan optika 
ishlatiladi.  Bunday  kameralarning  narxi  etarlicha  arzon  bo'lib  (400–1000  dollar),  undan  ancha  talabchan 
havaskorlar va faoliyatini endi boshlagan mutaxassislar foydalanadilar. 


 
45 
 
Havaskorlar uchun mo'ljallangan fotokameralar ancha arzon bo'lib (30–300 dollar), ularning optik tizimi 
ancha sodda bo'ladi. Shuning uchun ham ular tabiiy yorug'lik manbaida olingan fotosuratlarni ancha sifatli 
chiqarsalarda, lekin sun'iy yorug'lik manbalari bilan (masalan, xona ichida yoki kechki payt) olingan suratlarda 
ularning  kamchiliklari  namoyon  bo'lib  qoladi.  Eng  arzon  (bir  necha  dollarlik)  fotokameralar  ham  sotuvda 
bo'lib, ular asosan arzon mobil telefonlarda va boshqa raqamli uskunalarda qo'llaniladi. Fotokameralarning 
asosiy  parametrlari  ularning  matrisalari  sig'imi  (megapiksellarda)  va  o'lchami,  tasvirni  optik  va  raqamli 
ravishda yaqinlashtira olishi (Zoom), ularning xotiralari sig'imi, yorug'likka sezgirligi, elektr energiyasidan qay 
darajada tejamli foydalanishlaridir. 
Tasvir  fotokameraning  sensorli  (sezuvchan)  matrisasida  paydo  bo'ladi.  Bu  matrisaning  sig'imi  (unda 
nechta  sensor  elementi  borligi)  tasvirning  o'lchami  va  sifatini  belgilab  beradi.  Matrisaning  o'lchami  tasvir 
sifatiga bevosita ta'sir qiladi. Agar matrisa yetarlicha katta bo'lsa, unga tushayotgan yorug'lik oqimi yetarli 
darajada bo'ladi. Matrisaning o'lchami kichik bo'lsa, unga tushayotgan yorug'lik oqimi sifatli tasvir olish uchun 
yetarli bo'lmasligi mumkin. 
Bundan tashqari, kichik  o'lchamli matrisada yorug'lik shovqinlari deb ataluvchi ta'sirning kuchi ortib 
ketadi. Bunda eng kichik shovqin ham bir nechta matrisa elementlari hosil qilayotgan piksellarning noto'g'ri 
bo'lishiga  olib  keladi.  Bu  narsa,  ayniqsa,  suratga  olinayotgan  ob'ekt  yetarli  darajada  yoritilmagan  paytda 
yaqqol  ko'zga  tashlanadi  va  misol  uchun  ko'k  fonda  turli  boshqa  rangdagi  ko'plab  piksellarning  paydo 
bo'lishiga olib keladi. 
Matrisalar ishlash tamoyiliga ko'ra bir necha turlarga bo'linadi. Lekin ularning barchasi rangli tasvirni 
asosiy uchta rang: qizil, yashil va ko'k ranglar asosida yaratadi. Eng yaxshi sensorli matrisalarda har bir piksel 
uchun  uchta  element  mos  keladi.  Ular  ustma  -ust  joylashgan  bo'lib,  har  biri  o'ziga  mos  rang  haqidagi 
ma'lumotni  qabul  qilib  oladi.  Bunday  matrisalar  professional  va  yarim  professional  fotokameralarda 
qo'llaniladi. 
Ikkinchi xil matrisalarda tasvir ranglari har bir element tomonidan ketma-ket qabul qilinadi. Matrisa 
elementi avval asosiy ranglardan biri to'g'risidagi ma'lumotni, keyin ikkinchisi haqidagi va oxirida uchinchi 
rang haqidagi ma'lumotni eslab qoladi. Bunday matrisalar odatda yarim professional va havaskorlar uchun 
mo'ljallangan  fotokameralarda  qo'llaniladi.  Bu  matrisalarning  kamchiliklari  juda  tez  harakat  qilayotgan 
ob'ektlarni tasvirga olishda sezilib qolishi mumkin. Lekin bunday ob'ektlarni suratga olishning o'ziga yarasha 
boshqa qiyinchiliklari bo'lib, ularni professionallarga mo'ljallangan fotokameralarning hammasi ham hal qila 
olmaydi. Uchinchi xil matrisalar bitta piksel uchun 3–4 ta matrisa elementlari ajratiladi. 
Ularning har biri faqat bitta asosiy rang bilan ishlaydi. Lekin tasvirdagi piksellar soni 3–4 marta kamayib 
ketmasligi uchun tasvirning etishmaydigan piksellari qo'shni piksellarni turli algoritmlar yordamida qo'shish 
orqali yaratiladi. Tabiiy-ki, bunda tasvirdagi axborot hajmi ham 3– 4 marta kam bo'lib, bu kamomat har doim 
ham  to'g'ri  tiklanmaydi.  Bunday  matrisalar  havaskorlar  uchun  mo'ljallangan  va  eng  arzon  kameralarda 
ishlatiladi. 
Matrisalarning  o'lchamlari  bir  necha  kvadrat  santimetrdan  (professional  fotokameralar)  bir  necha 
kvadrat millimetrgacha (eng arzon kameralarda) bo'lishi mumkin. 
Matrisalarning sig'imi 50 Megapikselgacha (professional kameralar), 10–25 MP (yarim professional), 4–
15 MP (havaskorlar uchun), 0,3–5 MP (arzon kameralar) bo'lishi mumkin. 


 
46 
Fotokamera  xotirasining  hajmi  8–1024  MB  bo'lishi  mumkin.  Bundan  tashqari,  deyarli  barcha 
kameralarga qo'shimcha xotira qurilmalarini ulash mumkin. Shuningdek, barcha kameralarni kompyuterga 
ulash mumkin. 
Professional kameralar ob'ektni suratga olish paytida uni bir necha yuz marta yaqinlashtira oladilar. 
Bunda  kameraning  bir  oz  titrashi  ham  kamerada  paydo  bo'ladigan  tasvirning  juda  surkalib  ketishiga  olib 
keladi. Shuning uchun uzoqdagi ob'ektlarni yaqindan suratga olish uchun shtativdan foydalaniladi. Shu bilan 
birga ko'pchilik kameralar titrashga qarshi himoya tizimga ega. 
Tasvirga  olinayotgan  ob'ektni  optik  yaqinlashtirish  kameraning  optikasiga  jiddiy  talablar  qo'yadi. 
Shuning uchun arzon kameralar faqat raqamli yaqinlashtirish usulidan foydalaniladi. Bu usulda tasvir necha 
marta yaqinlashtirilsa, undagi piksellar soni shuncha marta kamayadi yoki kamayishi kerak bo'lgan piksellarni 
qo'shni piksellar yordamida tiklashga uriniladi. 
Raqamli  videokameralar  jonli  tasvirni  suratga  olish  uchun  ishlatiladi.  Bunda  tasvir  sekundiga  25–70 
marta suratga olinadi. Bu son kadrlar chastotasi deb ataladi. Bu kadrlarni ketma-ket ekranga chiqarish bilan 
videotasvir hosil qilinadi. 
Videotasvirdagi  har  bir  kadrning  maksimal  o'lchami  640X480,  800X600,  1024X768  bo'lishi  mumkin. 
Ba'zi modellar DVD formatida 768X576 o'lchamli tasvirlarni suratga oladi. 2010 yilda HD (1280X720) va Full 
HD  (1920X1080)  formatidagi  ommaviy  foydalanuvchiga  mo'ljallangan  arzon  modellar  (200–300  dollar) 
ko'plab ishlab chiqarish boshlandi. Odatda video kameralar fotosuratlar ham oladi. Fotosuratlarning formati 
5 MP (64X480 formatli modellar uchun), 12MP (800X600), 15 MP (1024X768) gacha bo'lishi mumkin. 
 

Download 2,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish