O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi qarshi davlat universiteti


«Umumiy ta’lim maktablarida qo’shiq o’rgatish metodlari»



Download 0,87 Mb.
bet4/5
Sana28.06.2017
Hajmi0,87 Mb.
#18561
1   2   3   4   5

«Umumiy ta’lim maktablarida qo’shiq o’rgatish metodlari»

Dasturga turli vokal va musiqiy xususiyatga ega bo’lgan qo’shiqlar kiritiladi. Vokal-xor ishlari yuzasidan ularning har biri ma’lum malakalarni rivojlantirishga xizmat qiladi.O’qituvchi sinf imkoniyatiarini hisobga olgan xolda, yil davomida o’rgatish ucun 10-12 ta qo’shiq tanlaydi va ularning vokal ijrochilik darajasi va badiiy mazmunini maktab hayotiga mosligini inobatga olib, ma’lum tartibga soladi.

O’quvchilarga musiqiy tarbiya berishning negizi xorda ashula aytishdir, chunki musiqaga bo’lgan qobiliyatni o’stirish, musiqa san’atiga bo’lgan mehr va qiziqishni oshira borish vazifasi o’quvchilarning o’z faoliyati jarayonida muvafaqiyatli bajariladi. O’quvchilarning quyi sinflarda olgan vokal-xor malakalari takomillashadi, bu malakalar ashulaning to’g’ri va ta’sirli aytilishini ta’minlaydi, bolalar ovozining yaxshilanishiga va parvarish qilinishiga yordam beradi.

Diktsiyaning aniq va ravshanligi ashulaning tushunarli bo’lishiga yordam berib, uning badiiy obraz bilan aniq va mazmunli ijro etilishiga ko`aklashadi.

Bolalarning ovoz apparatlari, musiqa o’quvi yoshiga qarab o’sadi. Shuning uchun ashula aytish malakalari, ovozning asosiy elementlari: nafasni rejaga solish, tovush hosil qilish, diktsiya, so’z ansambl dasturda har qaysi o’quv yili uchun alohida-alohida beriladi. Ta’lim jarayonida bu elementlarning hammasi bir-biriga uzviy bog’lanib boradi.Yuqorida ko’rsatilgan elementlarning har biri hamma sinflardagi ashula aytish ishining mazmuniga kiradi va asta-sekin mustahkamlashib, sifati o’zgarib, murakkab ashula repertuarida rivojlanadi.

VII -sinf o’quvchilariga alohida e’tibor berilishi kerak, chunki, bu yoshda ko’pchilik o’g’il bolalarda ham, qiz bolalarda ham mutatsiya davri avj oladi (ovozi o’zgaradi). Bu vaqtda 13-14 yoshdagi o’g’il bolalarning ovozi keskin o’zgaradi. Ayniqsa, o’g’il bolalar ovozlari pasaya borib, ovoz diapazoni tushib qoladi. Xatto ovoz o’zgargandan keyin, ya’ni mutatsiyadan so’nggi, dastlabki davrda ham (erkakcha ovoz deb 2-shartli aytiladigan) ovoz diapazoni ko’pincha cheklangan bo’ladi, bu ovozning tembr xususiyatlari noaniq bo’ladi. Bular repertuarni tegishli su’ratda cheklash va puxta tanlash zaruratini keltirib chiqaradi. Bu vaqtda ko’proq ikki ovozli repertuar tavsiya qilinadi. O’g’il bolalar soprano yoki alt ovozi bilan aytiladigan ashulani bir oktava past ohangda takrorlashi mumkin. Bu yoshdagi ba’zi o’g’il bolalar xali bolalar ovozi bilan, ya’ni soprano va alt ovozlariga mos keladigan ovoz bilan ashula aytadilar. Biroq bolalar ovozi bilan ashula aytuvchilarning diapazoni ham, erkakcha ovoz bilan ashula aytuvchilarning diapazoni ham cheklangan (ba’zi kvinta-seksta darajasida, Do1-lya bemol 1, - lya1 oralig’ida) bo’lishi mumkin. Shuning uchun ham o’g’il bolalar o’z diapazon doirasiga kirmaydigan ashula qismlarini aytmasliklari kerak. Ashula aytish murakkab psixofiziologik jarayondir. Ashula aytganda bola organizmining deyarli hamma a’zolari, ayniqsa, tovush hosil qiluvchi artikulyatsiya, nafas organlari va nerv to’qimalari (nerv sistemasi) faol ishtirok etadi. Agar mazkur organlarning biri ashula aytish jarayonida noto’g’ri ishlasa, ovoz apparatiga va ovoz hosil bo’lishiga ziyon yetishi mumkin.

Shuning uchun vokal malakalarini hosil etishda bu organlarning bir vaqtda o’zaro aloqada va normal ishlashga erishishi zarur. Bu tadbirlar nafasning tekis, osoyishta, to’lqinli chiqishiga va nutq talaffuzining yaxshi rivojlanishiga katta yordam beradi. Musiqa o’quvini o’stirish, ovozni parvarish qilish va vokal -xor malakalari hosil etishda maxsus vokal mashqlari, ya’ni uch tovushli, past bosqich yoki yuqori bosqichdagi tovushlar orasida va uning kvinta yoki oktava miqyosidagi qismlarida ashula aytib, bir ovozda asosan, yallalar yoki qo’shiqlardan parchalar aytib, «ovozni maromga solish» katta ahamiyatga egadir.

Notaga qarab ashula aytish malakasi ham shu xilda mashq qilish yo’li bilan hosil etiladi. Bu xildagi mashqlar uchun har darsda 3-6 minut vaqt ajratiladi. Dasturda cholg’u asbobi bilan jo’r bo’lib va jo’rsiz ashula aytilishi nazarda tutilgan.

Jo’rsiz ashula aytish (akapella) musiqa uquvining o’sishiga ko’p ovozli ashulalarning hamjihatlik bilan aytilishiga, ohangdoshlikka, diqqatni kuchaytirishga yordam beradi. Musiqa asbobi jo’rsiz xor bilan ashula aytganda, o’qituvchi ham, o’quvchilar ham ashuladagi barcha noto’griliklarni yaxshi sezadilar. Jo’rsiz ashula aytishni o’rganishning ahamiyati ham ana shundadir.

Dasturda ko’rsatilgan qo’shiqlardan tashqari, o’qituvchi matbuot, radio yoki televideniya orqali e’lon qilingan yangi qo’shiqlardan ham tanlab olish mumkin. Shuningdek, ayrim qo’shiqlarni chorakdan chorakka yoki sinfdan sinfga ko’chirish huquqi ham beriladi. Shunga intilish kerakki, bolalar sinfda o’rganib olgan qo’shiqlarini har yoqlama anglab, ta’sirli qilib ijro eta oladigan bo’lsin. Bu esa qo’shiqning qanday o’rganilganligiga, o’qituvchining qo’shiqdagi badiiy obrazni nechogli ishonarli qilib ochib bera olganligiga bog’liq bo’ladi. O’qituvchining darsga yaxshi tayyorlanishi qo’shiqni muvaffaqiyatli o’rgatishning muhim shartidir. U bolalar bilan birinchi marta o’rganiladigan ashulani juda yaxshi bilishi, to’g’ri va ta’sirli kuylab berishi kerak. O’qituvchi qo’shiqni chuqur o’rganib chiqqanidan keyingina uni bolalarga o’rgatish mumkin. Har bir qo’shiqni, xatto eng oddiysini ham, juda sinchiqlab tahlil etish, uning g’oyaviy mazmunini bilib olish va musiqada shu mazmunning qanday ifoda vositalari bilan aks ettirilishini aniqlab olish zarur. Butun qo’shiqni ijro etish rejasi oldindan belgilab olinadi va o’qituvchining darsda o’tkazadigan suhbatlarining mazmuni, ya’ni qo’shiqning asosiy sur’ati va undan chetlanishlar, rang-barangliklar, tovush xususiyatlari uylab chiqiladi. Agar ogizni yumgan xolda kuylash, xor va yakkaxonlarning almashib turishi kabi ijro usullari bilan qo’shiq jarangdorligiga xilma-xillik kiritish mumkin bo’lsa, o’qituvchi bu usullarni qayerlarda qo’llanish va bolalardan qaysi biri yakkaxon bo’lishi kerakligini belgilab qo’yadi. U tekstning ta’sirini kuchaytirish uchun qo’shiqning qaysi so’zlarini ajratib ko’rsatish va uqtirib o’tish zarurligini muljallab qo’yadi. Shuningdek, qo’shiqni ijro etish texnikasini ham puxta bilib olib, qanday joylarda nafas olish qo’llay bilishini, qo’shiqni qaysi tomonlari murakkabligini, nima uchun bolalarning o’zlashtirishlari qiyinligi va qaysi tomonlarini o’zlashtirishlar oson bo’lishini aniqlash kerak. O’qituvchi qo’shiqning murakkab urinlarini aniqlagach, ularni o’rganishni osonlashtiradigan vositalarni topa oladi. Masalan, bu urinlar intonatsiya qiyinchiliklaridan iborat bo’lsa, yordamchi mashqlar tuziladi.



II. Qo’shiq o’rgatish jarayonining bir necha asosiy paytlari bor:

  • O’qituvchining qo’shiqni ijro etishi;

  • Suxbat o’tkazish;

  • Qo’shiq tekstini o’rgatish;

  • Qo’shiq quyini o’rgatish;

  • O’rganilgan qo’shiqni mustahkamlash;

  • Qo’shiqning badiiy ijrosi ustida ishlash

Har qanday qo’shiqni o’rgatishda ana shunday paytlarga rioya qilishi shart. Bularni bajarish izchilligi esa o’rganilayotgan qo’shiqning xususiyatiga

bog’liqdir.



O`qituvchining qo`shiqni ijro etishi – o’qituvchining qo’shiqni ijro etishi uni o’rgatish jarayonidagi muhim bir payt hisoblanadi. O’qituvchining qo’shiqni nechogli aniq, ravshan, ta’sirli ijro etsa, bu qo’shiq o’quvchilarga shunchalik tushunarli bo’lib qoladi, qo’shiqni o’rganish ularga oson bo’lib ko’rinadi. Bolalar qo’shiqni kuchli taasurot bilan tinglashar ekan, ularning shu qo’shiqni tezroq o’rganib olgilari keladi. Shunday qilib, bolalarni jim o’tirib, zo’r diqqat bilan qo’shiq tinglashga odatlantira borish kerak. O’qituvchi qo’shiqni boshidan oxirigacha ham, qisman ham ijro etishi mumkin. Agar qo’shiq tabiat manzaralarini aks ettirsa, yil fasllarini ifodalasa, unda qandaydir umumiy mazmun va kayfiyat bayon qilinadigan bo’lsa, qo’shiqning bir bandini ijro etishni o’zi kifoya qiladi, boshqa bandlarini esa qo’yilmasdan o’qib beriladi xolos. Ammo ayrim qahramonlarga, tarixiy voqealarga oid qo’shiq va ashulalarda bo’lganidek, qo’shiq rivojining umumiy yo’li yaqqol ma’lum bo’lsa, bolalarda yaxlit badiiy obraz taasurotini hosil qilish uchun qo’shiqni tuliq ijro etish afzalroq bo’ladi.

Suhbat qo’shiq o’rgatish oldidan, odatda, qo’shiqning mazmuni va musiqaviy ta’sirchanligi, uning musiqasini yozgan kompozitor va she’rini yozgan shoir haqida suhbat o’tkaziladi. Bu suhbat o’quvchining qo’shiqni ijro etishdan oldingi kirish so’zi va undan keyingi xotima - xulosa so’zi tariqasida o’tkazilishi mumkin. Kirish so’zi nixoyatda qisqa va xilma xil mazmunda bo’lishi kerak. Chunonchi, o’qituvchi faqat qo’shiqning nomini, uning kompozitori va shoirining nomini aytadi yoki shu asarni yaratgan kompozitorning hayoti va ijodiy yo’lidan 1-2 ta yorqin voqeani gapirib beradi. Tarixiy voqealarga, qahramonlarga bag’ishlangan qo’shiq va ashulalarni ijro etishdan oldin suhbat o’tkaziladi. Bundan ko’zlanadigan maqsad, bolalarning shu qo’shiq to’g’risidagi taasurotini kuchaytirishdan iborat. Bunday suhbatda bolalarning o’zlari ham aktiv ishtirok etishlari mumkin. Ular ayrim voqealar va qahramonlar to’g’risida eshitib yoki o’qib bilganlarini gapirib berishadi. Agar qo’shiqda notanish so’zlar uchraydigan bo’lsa, bolalarning idrok jarayonini qiyinlashtirib qo’ymaslik va diqqatini chalgitmaslik uchun uni tinglashdan oldin, notanish so’zlarga izoh beriladi. Qo’shiqni ijro etib ko’rsatgandan keyin ancha batafsil suhbat qilinadi, ammo bu suhbat juda cho’zilib ketmasligi shart. Bolalar o’qituvchi ijro etayotgan qo’shiqni tinglashar ekan, ta’sirlanib, ruxlanib ketishadi. Shu qo’shiq to’g’risida ularda fikr olishuv istagi tug’iladi. Bu istak darsning juda muhim paytidir. Lekin ushbu masalada, o’zi bo’larchilikka va boshboshdoqlikka yo’l qo’yib bo’lmaydi. O’qituvchi suhbatni yo’lga solib, boshqarib turishi kerak. Bunda u bolalarga bir qancha savollar beradi: Qo’shiqda nima haqida so’z boradi; uning musiqasi qanday xususiyatga ega; u og’ir – vazmin aytiladimi yoki tez aytiladimi; u marsh qo’shigga o’xshaydimi yoki raqs qo’shigga; bolalar jo’rnavozlikdan qanday zavq olishdi va h.k. Bundan tashqari, o’qituvchi shu suhbatda bolalarga yangi bilim va tushunchalarni berib, qo’shiqdagi badiiy obrazni - kuchaytirishga yordam qiluvchi musiqali ifoda vositalarini ularga tushunarli shaklda ochib berishi kerak.

Ayrim xollarda, qo’shiqning kuyini bolalarning esiga solish uchun suhbatdan so’ng ikkinchi marta ijro etish ma’qul. Qo’shiq ijro etilib, suhbat o’tkazilgandan keyin, o’qituvchi qo’shiqni bevosita o’rgatishga kirishadi.



Qo’shiq matnini o’rgatish – qo’shiqda kishi ongiga kuchli ta’sir ko’rsatuvchi vosita bo’lgan musiqa bilan so’z chambarchas bog’lanadi. Qo’shiqni o’rgatish jarayonida ana shu ikki komponentning muhim o’rnini egallashi alohida ahamiyatga ega. Bolalarga qo’shiqning tekstini tez va osongina esda qoldirishga o’rgatish lozim. Quyi sinflarda qo`’hiq teksti bevosita darsda o’rgatiladi. Buning sababi shuki, bolalar xali tez va bexato yoza olmaydilar, she’rni yozib olish esa juda ko’p vaqtni oladi. Darsda o’qituvchi odatda adabiy asarning murakkab turiga qarab to’rtlikni (bir band she’rni) yoki uning qismini to’rt marta o’qib eshittiradi; so’ngra o’qib eshittirilgan tekstni o’zi bilan birgalashib takrorlashni bolalarga taklif qiladi. O’qituvchi tekstdagi so’lzarni to’g’ri, ta’sirli, aniq, talaffuz etishi kerak. O’quvchilarning ham xuddi shunday talaffuz etishlarini talab qilish zarur. Ular tekstni shivirlab, ammo ohangdor qilib o’qib berishlari foydali bo’ladi; bunday o’qish artikulyatsiya apparatini aktivlashtiradi.

Qo’shiqning tekstini butun sinf 2-3 marta takrorlagandan keyin ayrim o’quvchilardan uni diklomatsiya qilib berish suraladi. Ayni maxalda, boshqa o’quvchilar o’rtoqlarining xatolarini tuzatishlari uchun she’rni diqqat bilan tinglab, uni dilda takrorlashlari kerak. Tekstni «zanjirband» qaytarish ma’qul: bir bola birinchi satrni, boshqa bola ikkinchisini, uchinchi bola uchinchi satrni o’qiydi va h. k. Bunday o’qish bolalarning diqqatini aktivlashtiradi. 2-sinfdan boshlab o’quvchilar alohida daftar tutib, o’rganilayotgan qo’shiqlarning tekstini yozib borishlari kerak. 3-7 sinflarda o’qituvchi qo’shiqning tekstini aytib yozdiradi. Quyi sinflarda qo’shiq tekstini maxsus jadval - plakatlarga qarab yoki doskadagi yozuvlarga qarab o’rganish lozim. Yuqori sinflarda o’qituvchi sinfga yangi tekstning 2-3 nusxasini olib kelib, bolalardan uni kuchirib ko’paytirishni iltimos qiladi. Bundan tashqari, yuqori sinflarda qo’shiq tekstini bevosita darsda o’rganib, yodlab olish usuli qullanilmokda. Qisqa va oddiy tekstlarni bir darsning o’zidayoq batamom o’rganib olish mumkin. Lekin shunday she’rlar ham borki, ularda bir bandning o’zi ikki-uch qismdan iborat bo’ladi. Bunday she’rlar bir necha dars davomida o’zlashtiriladi. Bordi-yu bu ishni bir yo’la bajarishga urinib bevosita ashula uchun ajfatilgan vaqt faqat sne’rni o’rganishga sarflanadigan bo’lsa, metod jihatdan noto’g’ri ish qilingan bo’ladi. Birinchi band so’zlarini sinchiklab o’rganib olish shart emas, chunki kuyni o’rgatishda bu sozlar ko’p marta takrorlanib, yodda qoladigan bo’ladi. Ammo keyingi bandlarni bu xilda o’rgatish maqsadga muvofiq emas, chunki bolalar endi kuyni ancha yaxshi bilishadi va kuyni ko’p marta takrorlash paytida tekstni qayta-qayta puxtalayverishlariga zarurat qolmaydi. Shu sababli, yangi bandlarini tekstini ancha sinchiklab o’rganish kerak.



Qo’shiqni kuyini o’rgatish — birinchi bandning teksti o’zlashtirilgandan keyin, qo’shiqning quyini o’rgatishga kirishish mumkin. Bu ish bolalarning ham o’qituvchining ham diqqat e’tiborini talab etadi. Kuyni o’rgatish oldida uni biron musiqa asbobida chalib yoki qo’shiqning birinchi bandini aytib bolalarga yaxshi eslatib o’tish kerak. Natijada ular o’rganilayotgan qo’shiq to’grisida ancha to’la taasurot olishadi. Bolalar o’zlariga notanish yangi kuy bilan tanishayotganlarida ayrim qismlarini o’rgatishni boshlash mumkin; keyinchalik bolalarda usha qismlardan mukammal musiqaviy obraz tarkib topadi. Qo’shiqning kuyini o’rganib olishda muayyan izchillik mavjuddir. Odatda kuy musiqa tarkiblari bo’yicha o’rganib boriladi. Dastlab birinchi tarkib, so’ngra ikkinchi, uchinchi va h. k. Tarkiblar tahlil qilinadi va o’rgatiladi. O’qituvchi ularning har birini ohangi bilan aytadi va 2-3 marta chalib beradi, undan keyin o’zi bilan birgalikda ma’lum tarkibni ohangi bilan aytishni bolalardan talab qiladi. Odatda, bolalar dastlab qo’shiqni dadil aytisha olmaydi, ammo bir necha bor takrorlash tufayli tobora dadil aytadigan bo’lishadi. Bordi-yu o’rganilayotgan tarkib bolalarga yetarli darajada tushunarli bo’lmasa, uni yana 1 marta chalib va aytib beradi. Bu urinda me’yorni bilish va xatto ma’lum bir tarkib o’zlashtirilmagan taqdirda ham, uni o’rganish ustida uzoq to’xtalib qolmaslik lozim. Shuni unutmaslik kerakki, bunday xolda bolalarning diqqati zaiflashadi, shu sababdan ular charchab, passivlashib qolishadi, bu esa ta’lim natijasiga salbiy ta’sir qiladi. Shuning uchun qo’shiqni qiyin joyiga keyinroq yana qaytish ma’qul.

Qo’shiqning murakkab joylarini sinchiklab o’rgatish kerak. Bu paytdagi qiyinchiliklar odatlanilmagan intonatsiya (davra) lar bilan, qo’shiq quyidagi sakrashlar bilan, alteratsiya kabilarning noqo`’layligi bilan bog’liq bo’lishi mumkin. Bunday qiyinchiliklarni qunt va gayrat bilan bartaraf qilish zarur, agar kuy tamomila to’g’ri o’rganib olinmasa, xatolarini tuzatish nixoyatda qiyin bo’ladi, ba’zan esa ularni tuzatish mumkin bo’lmaydi. Bu xolda, o’qituvchi xatolarga yo’l qo’ymasligi uchun qo’shiqni uyda takrorlamaslikni bolalarga uqtirib qo’yadi. Shuningdek, kuyni ritmik tomondan murakkabligi tufayli, uni o’rganish qiyinchiliklari yuz berishi mumkin. Kuyning bolalar idroki uchun murakkab bo’lgan ritmik shaklini o’zlashtirishni chapak chalib ko’rsatish yo’li bilan osonlashtirish mumkin. Qo’shiqning ma’lum bir bo’g’ini kuylanayotgan joylari bolalarni dam-badam qiynab turadi. Bunday joylarni she’r bilan kuylamay, balki «lya» singari neytral bug’inlar bilan kuylash foydali bo’ladi; bunday kuylash idrok etishni osonlashtiradi va tezlashtiradi. Tez tempda (sur’atda) yozilgan qo’shiqlarni faqat sekin tempda o’rganish lozim, aks xolda, intonatsiya va ritm aniq o’zlashtirilmay qoladi, demak, qo’shiq pala-partish ijro etiladigan bo’ladi. Shu sababli, kuyni yaxshi o’zlashtirgandan keyingina tempni kompozitor tomonidan ko’rsatilgan darajaga asta-sekin yaqinlashtirish mumkin. Bundan tashqari, tez templi qo’shiqlarni o’rgatishda ularning so’zlarini aniq talaffuz etilishiga erishish, qo’shiq tamomila o’rganib bulgunga qadar harakat qilish zarur. Shaxdam qo’shiqlar o’rganilganda shoshilish va xovliqish yaramaydi. Sekin aytiladigan qo’shiq ustida chaqqonlik bilan ishlash zarur, aks xolda bolalar sustlashib ketishadi.

Qo’shiq o’rgatish jarayonida har xil usuldan foydalanish zarur. Har bir sinfda xushovoz, ba’zan musiqaga juda qobiliyatli bolalar bo’lishi tabiiydir. Ular qo’shiq ohangini o’rganishda o’qituvchining yordamchilari bo’ladilar. Sinfdagi parta qatorlari o’rtasida musobaqa uyushtirgandek bo’lib, bolalarning qo’shiq ohangini qanchalik bilishlarini tekshirib ko’rish foydali bo’ladu, bunday metod bolalarni aktivlashtirishga yordam qiladi va ijodiy ruxlantiradi. 3-sinfdan boshlab eng oddiy qo’shiqlarni notaga qarab o’rganish mumkin. Buning uchun o’qituvchi oldindan katta plakatda yoki dars boshlanishiga qadar sinf doskasida ashula yozuvini tayyorlab qo’yadi. Solfedjio qila boshlash oldida bolalarning hammasi ayni bir vaqtda notalarni 2-3 marta o’qib chiqadi, Shundan keyin ular kuyni bir necha marta solfedjio qilishga so’ngra uni so’zlari bilan aytishga urinib ko’rishlari lozim. Maklabning 3-sinfidan boshlab darsda bir ovozlik qo’shiqlardan tashqari, ikki ovozli qo’shiqlar qiyinroq, uch ovozlik qo’shiqlar o’rganiladi. Bunday qo’shiqlarni o’rganishda har bir partiya bir ovozlik qo’shiq o’rganilganidek, sinchiklab usha metod bilan o’rganib chiqilmogi kerak. Bu yerda o’qituvchi o’zini hamisha nazorat qilib borishi va qandaydir bir xor partiyasining ishiga ortiq darajada berilib ketmasligi lozim. Aks holda, sinfda tartibsizlik va shovqin paydo bo’ladi. Vaholanki, bunga xech qanday sharoitda aslo yo’l qo’yib bo’lmaydi. Gox bir partiya bilan, gox boshqa partiya bilan navbatma-navbat ishlash kerak. O’qituvchi birinchi ovozdagi o’quvchilarga boshlang’ich tarkibni o’rgatib bulgach, shu tarkibni o’zini ikkinchi ovozdagi o’quvchilarga o’rgatadi. Shundan keyin ikkala partiyani albatta birlashitirib, asosiy diqqatni ikkinchi ovozlarga qaratish zarur.

Keyingi tarkiblarning hammasi xuddi shu tarzda o’rganiladi. So’ngra ular, bir ovozlik qo’shiqni o’rganilgandagi kabi birlashtiriladi. Bolalarning qo’shiq kuyi va tekstini yahshi eslab qolishlari uchun bitta dars yetarli emas. Shu sababdan, qo’shiq muayyan vaqt davomida ko’p takrorlanadi va asta-sekin o’rganib olinadi.



Badiiy ijro etish ustida ishlash- badiiy sayqal berishga anchagina o’rin ajratiladi. Ishning ana shu tomoni qo’shiq ustida olib boriladigan butun ish jarayoni bilan birgalikda sodir bo’ladi, faqat eng dastlabki bosqichdagina bolalarning butun diqqatini shu davrda eng zarur bo’lgan vazifaga: qo’shiqning intonatsiyasini o’zlashtirishga tuplash kerak. Tegishli tarkib ravon yangray boshlagach, diqqatni boshqa detallarga: tovushning xarakteri, frazirovka, tuslar, diktsiya kabilarga qaratish imkoniyati paydo bo’ladi. Qo’shiq o’zlashtirilgandan keyin, avtor g’oyasini ochib berish ustida jiddiy ish davri boshlanadi. Ammo ishning shu tomoniga berilib ketib, qo’shiq aytish vaqtida dam-badam tuxtalish bilan bolalarni zeriktirib yubormaslik kerak. Bolalar qo’shiqni dadil aytishar ekan, shubxasiz, ularda ashulani tuliq ijro etish istagi tug’iladi. Agar qo’shiq bo’linaveradigan bo’lsa, ishga bo’lgan qiziqish-havasning pasayib ketishiga olib keladi. Shuning uchun o’qituvchi me’yorni bilishi va har safar ma’lum tarkibni, intonatsiyani, so’zni takrorlash sababini tushuntirib borishi muhimdir. Masalan, bolalar ohangni to’g’ri kuylashadi-yu, so’zlarini noaniq aytishadi. O’qituvchi qo’shiqni so’zlarini anglab bulmayapti, deb bolalarni ogoxlantiradi. Bordi-yu, bolalar noaniq diktsiya bilan aytaverishadigan bo’lsa, qo’shiqni bo’lib, tanbex berish kerak. Keyin diqqatni boshqa detallarga, ya’ni tovushga, tuslar va shu singarilarga jalb etiladi. Lekin shuni unutmaslik kerakki, bolalar oldiga birdaniga bir qancha vazifalarni qo’yish, amalda ulardan birortasini ham bajara olmaslik demakdir.

Ijro etish detallari ustida ishlagandan so’ng qo’shiqni o’rganishga o’z vaqtida uta bilish lozim, yuqsa ashula xech qachon yaxshi va qat’iy ovoz bilan yangramaydi. O’qituvchi badiiy obraz ustida ishlar ekan, turli ijrochilik usullarining zarurligini bolalarga yaqqol ko’rsatib berishi va ana shu usullarini beixtiyor emas, balki ongli ravishda bajarishlariga intilishi kerak. Qo’shiq bolalarni zeriktira boshlasa, uning ustida olib borilayotgan ishni vaqtincha tuxtatish va repertuarda yangi qo’shqlar paydo bo’lganidan keyin, yana shu qo’shiqqa qaytish ma’qul. O’quv yilining choragi yoki yarim yili oxirida bir darsni ilgari utilgan barcha qo’shiq va ashulalarni takrorlashga bag’ishlash mumkin, buning uchun kichik kontsert uyushtiriladi, bunda bolalarning hammasi ayni bir vaqtda ham ijrochilar, ham eshituvchilar hisoblanadi.


2.2. Musiqa madaniyati fani o`qituvchisining musiqiy -pedagogik mahoratini takomillashtirishga doir olib borilgan tajriba-sinov ishlari tahlili.
Hozirgi kunda ta'lim jarayonida interfaol metodlar, innovatsion texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalarini o'quv jarayonida qo'llashga bo'lgan qiziqish, e'tibor kundan-kunga kuchayib bormoqda. Bunday bo'lishining sabablaridan biri, shu vaqtgacha an'anaviy ta'limda o'quvchilarni faqat tayyor bilimlarni egallashga o'rgatilgan bo'lsa, zamonaviy texnologiyalar, ularning egallayotgan bilimlarini o'zlari qidirib toplshlariga, mustaqil o'rganib, tahlil qilishlariga, hatto xulosalarni o'zlari keltirib chiqarishlariga o'rgatadi.

Hozirgi kunda amaliyotda pedagogik texnologiyani qo'llash, dars jarayonini demokratlashtirsh bilan birga, o'qituvchi va o'quvchi hamkorligini, uning ijodkorligini rivojlantiradi. O'quvchi va o'qituvchining doimiy do'stona munosabatda bo'lishi dars samaradorligini oshirish, o'quvchilarning bilim doirasini o'stirishga asosiy omil bo'lmoqda.

Pedagogik va axborot texnologiyalari yordamida, umumta’lim maktablarida musiqa madaniyati darslarini tashkil etish orqali bolalarning badiiy idroki rivojlanadi.

Musiqa o‘qituvchisi pedagogik va axborot texnologiyalardan foydalanib dars o‘tishida qo‘yidagi vazifalarni amalga oshirishi mumkin:

-bolalarda musiqa asari nomi, bastakori, shoirlari haqidagi ma’lumotlarni asar mazmunini tinglash va ko‘rish orqali ochib berish;

-bolalarda asarlarni aqliy va emotsional idrok qilish qobiliyatini rivojlantirish;

-bolalarni yosh xususiyatlariga mos musiqa namunalari bilan tanishtirish;

-kuylagan asar janrini taqqoslash orqali aniqlash hamda asar harakteriga mos musiqiy ritmik harakatlar bajarish, rasmlar chizish, hikoyalar to`zish;

- bolalarda musiqa asarlarida tasvirlangan badiiylikni his qilish qobilyatini rivojlantirish;

-qo‘shiqlar matnini yod olishni osonlashtirish, badiiy yuksakligi va so‘zlarining bolalar lug‘at boyligiga mosligini o‘rganish;

-bolalarda o‘zbek milliy cholg‘ulariga bo‘lgan qiziqishni o‘stirish;

- bolalarda raqs san’atiga bo‘lgan qiziqishini o‘stirish;

- bolalarda musiqa ohangini his qilish qobiliyatini shakllantirish;

- bolalarda kuylash va tinglash qobilyatini rivojlantirish;

- bolalarda musiqani idrok etish madaniyatini tarbiyalash;

Musiqa madaniyati darslarida pedagogik texnologiyalar usulini qo‘llashning o‘ziga xos xususiyati shundaki, bunday mashg‘ulotning rejalashtirilgan ta’limiy maqsadiga erishish kafolatlanadi.Umumta’lim maktabalarida har bir musiqa darsining o‘ziga xos murakkab texnologiyasi bor. Buning uchun musiqa o‘qituvchisi har bir darsni undagi faoliyat turlarini yaxlit holda ko‘ra olish kerak. Uni tasavvur eta olish uchun o‘tilajak mashg‘ulotni oldindan loyihalashtirish zarur. Bunda mashg‘ulot rahbariga bo‘lajak mashg‘ulotning texnologik haritasini to`zish katta yordam beradi. Darsning texnologik haritasi har bir mashg‘ulotning xususiyati mashg‘ulot rahbari va bolalarning qobiliyati, qiziqishi, imkoniyati va ehtiyojlaridan kelib chiqib to`ziladi. Buning uchun mashg‘ulot rahbari pedagogika, psixologiya, musiqa tarbiyasi metodikasi, pedagogik va axborot texnologiyalardan yaxshi xabardor bo‘lishi, ko‘plab metod va interaktiv usullarni yaxshi bilishi kerak.

Pedagogik texnologiya o'quv jarayonini texnologiyalashtirishni aniqlovchi tizimli kategoriyadir.

«Texnologiya» yunoncha «texnos» — mahorat, san'at va «logos»— fan, ta'limot so'zlaridan tashkil topgan.

Interfaol — o'qituvchi va o'quvchilarning o'zaro hamkorligi asosida do'stona muhit yaratish, dars samaradorligini oshirish, o'quvchilarda mustaqil fikrlash, fikr-mulohaza yuritish, munosabat bildirish ko'nikmasini shakllantirish demakdir. Bu usulda o'quvchi o'zi faol ishtirok etgan holda, yakka, juftlikda, guruhlarda muammo va savollarga javob topishga harakat qiladi, fikrlaydi, baholaydi, yozadi, so'zga chiqadi, dalil hamda asoslar orqali qo'yilgan masalani yoritib berishga harakat qiladi. Bu o'quvchilarning xotirasida uzoq saqlanadi. Yangi mavzu (axborot)ni o'zlashtirishda tanqidiy, tahliliy yondasha oladi. O'qituvchi faqat fasilitator (yo'1-yo'riq ko'isatuvchi, tashkil qiluvchi, kuzatuvchi) vazifasini bajaradi.

Ilg'or pedagogik texnologiyalarning juda ko'p usullari mavjud. Bu usullardan o'quvchining yoshi, psixologik xususiyati, bilim darajasiga qarab foydalanish mumkin.

Yangi pedagogik texnologiyalarni qo'llagan holda o'tkazilishi mumkin bo'lgan dars jarayoni metodikasini har bir o'qituvchi o'z fani (o'quv predmeti) sharoitidan hamda o'quvchilarning imkoniyati va ehtiyojidan kelib chiqqan holda o'zgartirishi yoki shular asosida o'qitish jarayonida o'zining mualliflik texnologiyalarini yaratishi mumkin.

Tavsiya etilgan qator yangi pedtexnologiyalar va interfaol metodlardan foydalanishda o'qituvchi dastlab, bu texnologiyalarning maqsadi, mazmuni, qo'llashning yo'llari, sharoitlari bilan atroflicha tanishib chiqishi, o'z fani xususiyatlaridan kelib chiqib, to'liq, qisman yoki faqat prinsiplaridan foydalanishni o'ylab rejalashtirishi zarur. Aks holda, dars samaradorligini oshirishda deyarli biror natijaga erisha olmasligi mumkin.

Har bir o'quv predmetining o'ziga xos xususiyatlari bo'ladi. Musiqa madaniyati va san'ati darslarining asosiy xususiyatlari quyidagi faoliyatlar bilan bog'liq:


  • vokal-xor mashqlari kuylash orqali qo'shiq aytish malakalarini egallash;

  • qo'shiqlar o'rganish va kuylash;

  • musiqa asarini tinglash va idrok etish;

  • musiqa savodi (nota yozuvini o'qib, oddiy kuy-ohanglarni aniqlash);

  • musiqa asari tavsifiga mos raqs va ritmik harakatlar bajarish;

  • musiqa yaratuvchilari, ijrochilari va tinglovchilari haqida bilim, ko'nikma va malakalarga ega bo'lish.

Dars jarayonining tarkibiy qismlari bo'lgan musiqiy faoliyatlarning aksariyati musiqa asari bilan tanishish (tinglash) va ularning amaliy ijrosi negizida amalga oshiriladi. Ko'rinib turibdiki, musiqa tinglash, mashq va qo'shiqlar kuylash, musiqa ohangi tavsifiga mos raqs va ritmik harakatlar bajarish sinfdagi barcha o'quvchilar ishtirokida bir vaqtda amalga oshiriladi. Musiqa asari yangrab turganda hammaning diqqati unda bo'lib, uni emotsional his qilish, idrok etish va undan estetik zavqlanish bilan band bo'ladi. Binobarin, bu jarayonlarda guruhlarga bo'linib ishlashning imkoni oz bo'ladi. Musiqa savodi, ya'ni nota yozuvi elementlari, yakkanavozlik, yakkaxonlik, jo'rnavozlik, cholg'u ansambli kabi mavzularni tushuntirishda guruhlarga bo'linib, «Bumerang» texnologiyasi, «Blis-o'yin», «Tarmoqlar» metodi (Klaster), «Skarabey» texnologiyasi («Aqliy hujum») va boshqa interfaol metodlarning prinsiplaridan fovdalanish mumkin.

O'qituvchi darsning maqsadi va turli musiqiy faoliyatlar bo'yicha rejalashtirilgan vazifalarni bajarish uchun qulay (optimal) bo'lgan yo'l, usul va vositalarni izlaydi. Innovatsion pedagogik texnologiyalarga asoslangan noan'anaviy va an'anaviy darslar tashkil qilish jarayonida to plangan tajribalarni tahlil qilish va umumlashtirish asosida ulardan toydalanishning soddalashtirilgan tartibini quyidagicha izohlash mumkin.

O'quvchilarning musiqiy xotirasini mustahkamlash maqsadida, ular tinglagan asarlarga oid rasmlarni ko'rsatish va rasmga muvofiq (tavsifiga mos) qaysi musiqa asari tinglanganligini so'rash mumkin. O'quvchi tinglangan musiqa asarlarini eslash va ulardan rasm mazmuniga mosini tanlab aytishga harakat qiladi. Bu jarayonda o'quvchi mantiqiy fikrlash, taqqoslash, olgan musiqiy axborotlari (musiqiy taassurotlari)ni xayolida takrorlash, shuniugdek, tasviriy san'at asari bilan tanishish kabi foydali amaliyotlarni bajaradi.

Interfaol metodlarning tamoyillari.

«Tarmoqlar» metodi.

Fikrlarning tarmoqlanishi - bu pedagogik strategiya bo'lib, u o'quvchilarni biron bir mavzuni chuqur o'rganishga yordam berib, o'quvchilarni mavzuga taalluqli tushuncha yoki aniq fikrni erkin va ochiq ravishda ketma-ketlik bilan uzviy bog'langan holda tarmoqlashga o'rgatadi. Shuningdek, o'tilgan mavzuni mustahkamlash, yaxshi o'zlashtirish, umumlashtirish hamda o'quvchilarni shu mavzu bo'yicha tasavvurlarini chizma shaklida ifodalashga undaydi.

O'quvchilar musuqa asari jumlasiga mos so'zlarni topib aytishlari kerak: qo'shiq, kuy, cholg'ular va h.k. strelkalar to'g'risiga yozib qo'yiladi.

O'quvchilar guruhlarga bo'linib, o'qituvchi yordamida shu vazifani bajaradilar.



Qo'shiq

Cholg'u, kuy

Musiqa asari ijrosida

qo'llaniladigan cholg'ular

Alia

Yakkanavoz kuy ijrosi

Pianino ,G'ijjak

Bolalar xalq qo'shig'i

Jo'rnavoz kuy ijrosi

Rubob, rubob prima,

Kuylash mashqi

Raqs tavsifidagi kuy

afg'on rubobi

Shoirning she'ri

Marsh

Tanbur, Dutor

Kompozitor yo bastakor yozgan qo'shiq

Xalq cholg'u kuyi

Doyra, nog'ora

Yakkaxonning kuylashi

Kompozitor yo bastakor yaratgan kuy

Nay, qo'shnay, sunray

Ansamblning kuylashi

Ansamblning kuy ijrosi

Chang

Ya'ni, Klaster metodidan foydalanib, topib yozilgan so'zlarning ma'nosini ko'rsatish mumkin. Bu interfaol metod o'quvchilarni mantiqiy, tizimli fikrlashga, o'rgatishda tarmoqlarga ajratib tahlil qilishga va bilimlarini mustahkamlashga yordam beradi.



«Bumerang» texnologiyasi

Mazkur texnologiya bir mashg'ulot davomida o'quv materialini chuqur va yaxlit holatda o'rganish, ijodiy tushunib yetish, erkin egallashga yo'naltirilgan. U turli mazmun va xarakterga (muammoli, munozarali, turli mazmunli) ega bo'lgan mavzularni o'rganishga yaroqli bo'lib, o'z ichiga og'zaki va yozma ish shakllarini qamrab oladi hamda bir mashg'ulot davomida har bir ishtirokchining turli topshiriqlarini bajarish, navbat bilan o'quvchi yoki o'qituvchi rolida bo'lish, kerakli ballni to'plashga imkoniyat beradi.

«Bumerang» texnologiyasi o'quvchlarning tanqidiy fikrlashlariga imkoniyat yaratadi: g'oyalarni, fikrlarni, hamda dalillarni yozma va og'zaki shakllarda bayon qilish ko'nikmalarini rivojlantiradi.

Ta'lim bilan bir qatorda mazkur metod tarbiyaviy xarakterdagi qator vazifalarni amalga oshirish imkonini beradi:



  • jamoa bilan ishlash;

  • muomalalik;

  • xushfe'llik;

  • ko'nikuvchanlik;

  • o'zgalar fikriga hurmat;

  • faollik;

  • rahbarlik sifatlarini shakllantirish;

  • ishga ijodiy yondashish;

  • o'z faoliyatining samarali bo'lishiga qiziqish;

  • o'zini xolisona baholash. Asosiy tushunchalar quyidagilar:

  • Ochiq savollar - bu savollar muomala so'zlashuvini davom ettirishga imkon beradi. Ularga qisqa, bir xil javob berish mumkin emas.

  • Yopiq savollar — bu savollarga «Ha» yoki «Yo'q» tipidagi to'g'ri, ochiq javob berish ko'zda tutiladi.

Ko'ndalang so'roq -bir-biriga guruhlab beruvchi qisqa savollar qatori bo'lib, bu o'ziga mos axborotlar izlash hamda dalillarni opponentlar pozitsiyasini aniqlash va muayyan qarorlar qabul qilish uchun ajoyib imkoniyat.

Ko'ndalang so'roq paytida munozaraga kirish mumkin emas. Bu vaqtda faqat savollar beriladi. Munozaraga kirishilmaydi

Masalan: Sinf o'quvchilariga savol-javoblar uchun «Musiqachilar»mavzusi e'lon qilinadi.

O'quvchilar ikki guruhga bo'linadi, guruhlar bir-biriga dastlab ochiq savollar beradilar va javoblarni eshitadilar.

1-guruh: Musiqachilar kimlar?

2-guruh: Musiqa sohasidagi mutaxassis cholg'uchilar.

2-guruh: Qo'shiq aytuvchilar — musiqachilarmi?

1-guruh: Qo'shiq aytuvchilar — xonandalar.

1-guruh: Raqsga tushadiganlar — musiqachilarmi?

2-guruh: Raqsga tushadiganlar — raqqosalar.

2-guruh: Musiqa ijrosini qo'l harakati bilan boshqaruvchi - musiqachimi?

1-guruh: Musiqa ijrosini qo'l harakati bilan boshqaruvchi — dirijyor.

Bu ochiq savollardan keyin yopiq savollar va ularga beriladigan qisqa javoblarga o'tiladi.

1-guruh: Tanburda kuy chalayotgan kishi musiqachimi?

2-guruh: «Ha».

2-guruh: Qo'lida g'ijjakni tutib she'r o'qiyotgan kishi musiqachimi?

1-guruh: «Yo'q».

2-guruh: Dutorchi ijrosida kuy eshitayotgan kishi musiqachimi?

1-guruh: «Yo'q».

1-guruh: O'quvchiga rubob chalishni o'rgatayotgan kishi musiqachimi?

2-guruh: «Ha».

O'qituvchi o'tilgan materiallarni takrorlash va mustahkamlash uchun mavzularni bir hafta oldin e'lon qilib, shular bo'yicha savollar tuzib kelishni aytadi. «Bumerang» o'yini o'tkazish uchun AQE (aytilgan qo'shiqlar yoki kuylarni eshit) usulini ham qo'llash foydalidir. Bu usul o'rganilgan qo'shiqlar yoki tinglangan kuylarni eshitish orqali aniqlab, yozma tarzda o'qituvchiga ko'rsatishni nazarda tutadi. O'qituvchi mazkur usulni qo'llash orqali, qisqa vaqt ichida o'quvchilarning u yoki bu qo'shiqni yodlarida saqlaganliklarini aniqlab, ularni baholashga erishadi.

O'qituvchi AQE usulidan foydalanish uchun o'quvchilarga daftarning bir betida (har bir qatorning boshida) birin-ketin 10 ta raqam yozib qo yish va 1-eshitgan kuyini 1 raqami to'g'risiga, 2-eshitgan kuyini raqami to'g'risiga yozib qo'yishni so'raydi. Rejalashtirilgan 10 ta asarning yarmi oldingi darslarda tinglangan musiqa asarlari va qolgan yarmi (5 ta) o'rganilgan qo'shiqlarning so'zi qoldirilib, ijro qilingan qisqa kuy parchalari bo'lishi mumkin.

O'quvchi birin-ketin ijro qilingan kuy parchalarini tanib, ularning nomi va mualliflarini aniqlab, birin-ketinlikda raqamlar to'g'risiga yozib qo`yishi kerak.

Masalan:


  1. «Dutor bayoti» — O'zbek xalq kuyi.

  2. «Qashqarcha» - O'zbek xalq kuyi.

  3. «Qari navo» — O'zbek xalq kuyi.

  4. «Farg'onacha» - O'zbek xalq kuyi.

  5. «Gullola» — Ilyos Akbarov musiqasi.

  6. «Ota-onalarga» — Y.Rahimov she'ri, G'afur Qodirov musiqasi.

  7. «Hakkalar» - N.Orifjonov she'ri, N.Norxo'jayev musiqasi.

  8. «Laylak keldi» — O'zbek xalq bolalar o'yini.

  9. «Onajonim» — I.Nurbek she'ri, S.Abramova musiqasi.

10. «Buvijonim» — Y.Suyunov she'ri, D.Omonullayeva musiqasi.
O'qituvchi darsning maqsadidan kelib chiqib, asarlar sonini qisqar-

tirishi, faqat tinglangan kuylar, yoki o'rganilgan qo'shiqlar kuylaridan parchalar eshittirishi mumkin.

Bu metodning afzalligi shundaki, u sinf konserti va musiqiy viktorinaga o'xshab, o'quvchilarning xotiralarini mustahkamlaydi, mantiqiy fikrlashga o'rgatadi. Xususan, chegaralangan vaqt ichida to'g'ri qaror qabul qilishga undaydi.

«Skarabey» texnologiyasi («Aqliy hujum»).

«Skarabey» interfaol texnologiya bo'lib, o'quvchilarda fikriy bog'liqlik, mantiq, xotiraning rivojlanishiga imkoniyat yaratadi, qandaydir muammoni hal qilishda o'z fikrini ochiq va erkin ifodalash mahoratini shakllantiradi. Mazkur texnologiya o'quvchilarga mustaqil ravishda bilimning sifati va saviyasini xolis baholash, o'rgatilayotgan mavzu haqidagi tushuncha va tasavvurlarni aniqlash imkonini beradi. U ayni paytda, turli g'oyalarni ifodalash hamda ular orasidagi bog'liqlikni aniqlashga imkon yaratadi.

«Skarabey» texnologiyasi o'quvchilar tomonidan oson qabul qilinadi, chunki u faoliyatning fikrlash, bilish xususiyatlari inobatga olingan holda ishlab chiqilgan. U o'quvchilar tajribasidan foydalanishni ko'zda tutadi, reflektiv kuzatishlarni amalga oshiradi, faol ijodiy izlash va fikriy tajriba o'tkazish imkoniyatlariga ega bo'ladi.

«Skarabey» texnologiyasidan o'quv materialining turli bosqichlarini o'rganishda foydalaniladi.

O'quvchi faoliyatini rag'batlantirish maqsadida («Aqliy hujum»):

— mavzuni o'rganish jarayonida — uning mohiyati, tuzilishi va mazmunini belgilash; ular orasidagi asosiy qismlar, tushunchalar, aloqalar xarakterini aniqlash; mavzuni yanada chuqurroq o'rganish, yangi jihatlarini ko'rsatish;

- mazkur texnologiyaning ayrim afzalliklari sifatida idrok qilishni
yengillashtiruvchi chizma shakllardan foydalanish mumkin.

«Skarabey» alohida-alohida ishlarda, kichik guruhlarda hamda o'quv jamoalarida qo'llanishi mumkin.

Ta'lim jarayonida mazkur metod tarbiyaviy xarakterdagi qator vazifalarni amalga oshirish imkonini beradi:


  • o'zgalar fikriga hurmat;

  • jamoa bilan ishlash mahorati;

  • faollik;

  • ishga ijodiy yondashish, xushmuomalalik;

  • imkoniyatlarni ko'rsatish ehtiyoji;

  • o'z qobiliyati va imkoniyatlarini tekshirishga yordam beradi;

  • «men»ligini ifodalashga imkon beradi;

  • o'z faoliyati natijalariga mas'ullik va qiziqish uyg'otadi. Asosiy tushunchalar quyidagilar:

Assotsiatsiya — mantiqiy bog'liqlik bo'lib, sezgilar, tasavvurlar, idrok qilish, g'oyalar va boshqalar orasida hosil qilinuvchi mantiqiy aloqadir.


Download 0,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish