1.2. O‘qituvchisining musiqiy - pedagogik mahorati o`quvchilarning
axloqiy tarbiyalashning asosiy omili sifatida
Prezident I.A.Karimov o‘zining “Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch” asarida, insonda yuksak ma’naviyatning shakllanishi maktabgacha yoshda-oila va umumta’lim maktabalari amalga oshirish va bunda musiqa san’ati katta ahamiyat kasb etishini alohida ta’kidlab ko‘rsatgan. Chunki, musiqa bolalarning ruhiyatiga va hissiyotiga kuchli ta’sir ko‘rsatish vositasida ularni quvontiradi, yaxshilikka va go‘zalikka etaklaydi, nafosat olamiga olib kiradi. Shunday ekan, musiqa madaniyat darslarida bolalar qiziqishining yanada kuchayib borishi musiqa rahbari oldiga katta vazifalarni qo‘yadi. Negaki, musiqa o‘qituvchilari tomonidan tashkil etilgan musiqiy mashg‘ulotlar bolalarni barkamol inson bo‘lib etishishlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Ahloqiy tarbiya - bu hayotning turli sohalarida va insonlar bilan munosabatda shaxsning xarakteri va hulq-atvoriga xalq ommasining munosabatlarini ifodalanishi. Insonning Vatanga, mehnatga, moddiy ne’matlarga, oilaga boshqa kishilarga hamda o’ziga munosabati va mazkur o’ziga ahloqiy munosabatlarini tarbiyalash, ahloqiy tarbiya g’oyalarini tashkil qiladi. Milliy madaniyatimiz bobokaloni Abu Nasr Al- Farobiy musiqaning shaxs kamoloti shakllanishiga ijobiy ta’sirini quyidagicha bayon etadi: «Bu fan (ya’ni musiqa-D.O) shu ma’noda foydaliki, kimning fe’1-atvori muvozanatini yo’qotgan bo’lsa, tartibga keltiradi, kamolga yetmaganlarni kamolotga yetkazadi va muvozanatda bo’lganlarning muvozanatini saqlaydi. … Bu fan tanning sog’ligi uchun ham foydalidir.» Atoqli pedagog V.A.Suxomlinskiy ham musiqa san’ati ulkan tafakkur manbai, usiz bolaning aqliy rivojlanishiga erishib bo’lmasligini e’tirof etgan. Zotan, har bir musiqa asarida ijodkorning ma’lum g’oyasi yoki biror badiiy mazmun bo’ladi. Musiqaning mazmuni o’quvchining g’oyaviy emotsional xissiyoti faol kechishi natijasida idrok etiladi. Shuning uchun to’g’ri tarbiyalangan musiqaviy-badiiy did musiqa asarining g’oyaviy va badiiy mazmunini chuqur anglashda katta rol o’ynaydi. Demak, ahloqiy va aqliy-g’oyaviy tarbiya badiiy tarbiyaning ichki mazmunidir. Bu vazifani amalga oshirishda xalq musiqasi va kompozitorlar asarlarining mohiyatini, ularning tuzilish jihatidan farqini, milliy xususiyatlarini hamda janr tuzilishlarini o’rganish zarur. Bunda atoqli san’atkorlar ijodi bilan tanishish, ular yashagan davrni bilish, ular yaratgan asarlarni musiqiy-pedagogik jihatdan tahlil etib o’rganish, mashxur asarlar taqdiri va tarixi bilan tanishish muhim rol o’ynaydi.
O’rganiladigan asarlar badiiy va g’oyaviy jihatdan yaxlit ta’surot qoldirishi uchun ularni ma’lum mavzu asosida o’rganish maqsadga muvofiqdir. Bunday mavzular bir yoki bir necha dars asosida musiqa qonuniyatlari, ijrochilik turlari yoki uning ifoda vositasi bo’lgan ma’lum mazmun bilan bog’lanishi mumkin. Masalan «Lad nima?», «Xalq musiqa ijodi», «Bastakorlik va kompozitorlik ijodi», «Musiqiy-epik dostonlar». «Katta ashula janri», «Maqomlar», «O’zbek musiqasida ijrochilik uslublari», «Musiqaning oddiy shakllari», «Qo’shiqlarda kuplet shakllari», «Suyita shakli», «Simfonik asarlar janrlari, «Musiqiy saxna asarlari» va boshqalar shular jumlasidandir.
Garchi mazkur mavzu tizimi uslubi yangi dastur tarkibida ishlab chiqilayotgan bo’lsa-da, ammo bu narsa keng o’qituvchilar tajribasiga ham tayangan bo’lishi maqsadga muvofiqdir.
Asarni badiiy yaxlit idrok qilish, ikkinchidan, dars tuzilishiga ham bog’liq. Darsda turli musiqiy faoliyat turlarini (musiqa tinglash, ashula aytish, musiqa savodi) asarni musiqiy-pedagogik tahlil etish, musiqaning badiiy xususiyatini ayrim harakatlarda ifodalash va hokazo yagona maqsad sari yo’llash va bu bilan darsni mazmunan qiziqarli tashkil etish lozim. Shu boisdan musiqa darsi kompleks dars tipiga kiradi. Darsda faqatgina ashula aytib bolalarni zeriktirishga yo’l qo’ymaslik lozim. Bu ularning qiziqishini so’ndiradi va ovoz apparatlariga ziyon etkazadi.
O‘z navbatida musiqa o‘qituvchilari bolalarni sevishi, o‘z kasbiga oid fanlardan puxta bilimga ega bo‘lishi, yuksak madaniyatli, keng dunyoqarashga ega inson bo‘lmog‘i lozim. Uning musiqa mashg‘ulotlariga ijodiy yondashib, zamon bilan hamnafas qadam tashlashi, zamonaviy texnika vositalardan, pedagogik va axborot texnologiyalaridan samarali foydalana olishi muhim ahamiyatga ega. Zero, har bir bolalada musiqa madaniyatini shakllantirish va rivojlantirishda musiqa mashg‘ulotlarining imkoniyati kengroq bo‘ladi.
Ma’naviy va ahloqiy tarbiya qator omillar ta’sirida amalga oshiriladi. Bu eng avvalo, shaxsni umuminsoniy qadriyatlar asosida shakllantirish maqsadida ish olib borishda ko’rinadi. Ahloqiy sifat - shaxsning barcha muhim xususiyatlarini yaxiit xolga keltiradi. O’zbek xalqining moddiy va madaniy darajasining ko’tarilishi, yangi ahloqning kelajakdagi rivojlanishi va mustahkamlanishining sotsial bazasini kengaytiradi, shaxs extiyojlarini yangi darajasi va undan oqilona foydalanishni shakllantiradi. Ahloqiy tarbiyaning maqsadi-
shaxsni ahloqiy shakllantirishdir. Ahloqiy tarbiyaning mazmuni avvalo o’quvchilarning amaliy faoliyatlarida, o’qish, mehnat, jamoatchilik ishlarida, ularning munosabatlari xarakterida o’zaro ta’sir ko’rsatish usullari, xulq-atvor me’yorlarini o’zlashtirishlarida namoyon bo’ladi.
Ahloqiy tarbiyaning mazmuni, o’quv dasturlari va darsliklarga joylangan bo’lib, u o’quv jarayonida amalga oshiriladi. Masalan, xor darsda kuylash uchun mo’ljallangan qo’shiqlar repertuaridan ona-Vatanga, boy tabiatimizga, xalqimiz mehnati va hayoti bilan bog’langan turli bayramlarga, ahloq-odobga keng o’rin berildi. Tanlangan qo’shiqlar xilma-xil janrda bo’lib, ular ko’proq milliy musiqamizdagi lirik qo’shiqlar, xazil-mutoiba tarzidagi qo’shiqlar, bolalar xalq qo’shiqlari, bolalar o’yinlarini o’ynash uchun mos keladigan kuy-qo’shiqlar, marsh va vals kuylarini o’z ichiga oladi. Shuningdek, dasturga qardosh va chet el kompozitorlari asarlari, chet el xalqlarining qo’shiqlaridan namunalar kiritildi. Bu qo`shiqlarning g’oyaviy, ahloqiy va estetik mazmunini o’quvchilarga yaxshiroq singdirish uchun mavzuga mos kirish, ahloqiy suhbatlar, savol – javoblar kabi usullardan ijodiy foydalaniladi. Berilgan mavzularni oson o’zlashtirish uchun ifodali o’qish, mavzu asosida rasmlar chizish, ularni tahlil qilish, eski ro’znoma va oynomalardan mavzuga doir rasmlarni kesib yopishtirish kabi usullardan ham keng foydalanish tavsiya qilinadi. Ahloqiy tarbiya yoshi va o’quvchining to’g’ri yo’nalish olishi uchun hal qiluvchi ta’sir ko’rsatadigan muhitni ham hisobga olganda, shaxsning butun hayotiy faoliyati jarayonida amalga oshiriladi. Ahloqiy bilim berish bir qancha tarbiyaviy vazifalarni bajaradi:
Inson hayoti va madaniyatining ahloqiy qadriyatlari to’g’risida keng tasavvur beradi. Ahloqiy bilim asosan, ahloq to’g’risidagi suhbatlar, ma’ruzalar mavzuiy kechalar, turli kasb namoyondalari bilan uchrashuvlar, o’quvchilar konferentsiyasi va boshqa vositalar bilan amalga oshiriladi.
O’zbek xalqi ta’lim-tarbiyaga oid boy merosga ega bo’lib, avvalo, insonparvarlik, kamtarinlik, mehnatsevarlik, mehr-oqibat, do’stlik, birodarlik, poklik, odoblilik kabi umuminsoniy fazilatlarni tarbiyalab kelgan. Hozirda ma’naviy tarbiyani yoshlarda shakllantirish dolzarb vazifadir. O’zbek milliy qo’shiqlarini maromiga yetkazib kuylash, tinglovchilarning yuragiga ta’sir qildirish - bir san’at, u san’atdan bahra ola bilish ham katta iste’dod bo’lib qoldi. Shuning uchun, keksa san’at ustalarimizni tinglay olish, ularni ardoqlash, e’zozlash, oqibatli bo’lishni yosh avlodga o’rgatish, biz o’qituvchilarga katta vazifa yuklaydi. O’qituvchi-ustozning mahorati o’z o’quvchisini har bir ishini bajarishga majbur etishida emas, balki uni o’z xoxishi-irodasi bilan tushunib, quvonch bilan bajarishiga ragbatlantirishidadir.
Ma’naviy tarbiyaning bir nechta jihatlari mavjud. Shuning bir qirrasiga ya’ni musiqiy ta’sir orqali yuksak insoniy xis-tuyg’ularni shakllantirish masalalariga ozgina to’xtalamiz. Asrlar osha yetib kelgan xalq hayotini ko’rsatuvchi qo’shiq va kuylar juda ko’p. Ular xis-xayajon uyg’otuvchi, mazmuni jihatidan esda qoluvchi, ta’sirchan kuchga egadir. Ularni har bir inson uchun qimmatli ahamiyatga ega ekanligini allomalarimiz uqtirib kelganlar.
Farobiyning fikricha, musiqa kishini ruxlantirib, umumiy ma’naviy kamolotga yetishishida ijobiy rol o’ynaydi. Shuningdek, uning salomatligiga foydasi borligini aytib o’tadi. Musiqa sadolar ta’sirida asab tartibga tushadi. Ibn Sino kuylarning harakatiga, uning ritm holati bilan tomir urishi mos ravishda kelishini ham hisobga olgan. Ohangni bola qalbiga estetik ta’siri haqida qimmatli fikrlarini aytadi. «Shaxsni rivojiantirish, tarbiyalash va shakllantirish, bu insonning aqliy va ma’naviy kamolga yetkazish jarayonidir.» Mahoratli musiqa o`qituvchisi ma’naviy tarbiyani yo’lga qo’yishda quyidagi talablarni hisobga olish zarur:
1. Sharq allomalarining musiqa va musiqiy tarbiyasiga bag’ishlangan asarlardan
keng foydalanish;
2. Ijodkor keksa avlodlarimizdan foydalanib qolish, ularning ishini davom
ettiruvchilarni tayyorlash kerak;
3. Pedagogik amaliyot davrida quyidagilarga ahamiyat berish lozim:
a) maktablardagi musiqa darslari va sinfdan tashqari ishlarni uzviy bog’lab olib
borish;
b) B.M.M. (DM.Sh) o’qiydigan bolalarni faol ishtirok etishlarini tashkil qilish;
v) Radio, televideniyaning musiqiy eshittirishlari va ko’rsatuvlaridan
unumli foydalanish;
g) Ijodkor o’quvchilar bilan tanlovlar o’tkazib borish, saxna harakatini o’rgatish;
d) Tarix, san’at muzeylariga sayohatlar uyushtirish;
e) Milliy musiqa merosimizdan foydalanish, milliy madaniyatga havasni
shakllantirish;
Tarbiya uch narsaga extiyoj sezadi: iste'dodga, ilmga va mashqqa degan edi ulug olim Arastu. Ana shu g`oyalarga asoslangan holda, tarbiyachilar quyidagilarga amal qilishlari lozimdir:
- tarbiyada ulgayotgan inson shaxsini oliy - ijtimoiy qadriyat deb tan olish, har bir o`quvchi, o`smir va yosh yigitning betakror va o`ziga xosligini hurmatlash, uning ijtimoiy - huquqiy va erkinligining e'tiborda tutilishi:
- milliylikning o`ziga xos an'ana vositalariga tayanish, jaxon madaniyatining ilg`or tajribalariga asoslanish;
- o`quvchilar faoliyatida tarbiyaviy jarayonning asosini tashkil qilish, qiziqarli, tulaqonli o`quvchilar yosh jihatlariga mos xayot iqlimini yaratish, mehnat, xayriya, ijtimoiy foydali, ijtimoiy ko`ngilochar va shunga o`xshash tadbirlar tashkil etish lozimki, natijada o`quvchilar o`zlari xoxlagan ishga qul ursinlar, muvaffaqiyat xissini tushunib o`zlariga ishonchlari ortsin, axloqan barqaror bulsin.
O`qituvchining musiqiy - pedagogik mahoratida milliy istiqlol g`oyasi, ozod va obod vatanga muxabbat va insonparvarlik, ma'naviy-axloqiy tarbiya, iqtisodiy tarbiya, ekologik tarbiya, nafosat tarbiyasi, jismoniy tarbiya, komil insonni voyaga etkazish kabilarga e'tibor berishi lozim.
Demak, pedagog jamiyat xayotida etakchi urin tutuvchi, murakkab shaxs strukturasiga ega bo`lgan insonning kasbiy qiyofasidir. Ijtimoiy turmushning barcha sohalarida erishilgan yutuqlari zaminida, uning mehnati natijalari yotadi. Pedagoglarning pedagogik, psixologik tayyorgarligi va bilimlar integrasiyasi, muomala madaniyati, psixologik vaziyatlarni e'tiborga olish kabilar kuchli bo`lishi kerak. Yuksak saviyali, zur mahoratli tarbiyachilargina, xalq orzusidagi barkamol insonni tarbiyalaydi. Ilm insonni yuksaklik sari olib boradi.
San'at — kishilik faoliyatining ajralmas qismi bo'lib, kishi shaxsi san'at vositasi yordamida va ishtirokida to'laligicha yorqin namoyon bo'ladi. Hozirgi kelajak avlodni tarbiyalashda san'at muhim o'rin tutadi. San'at insonparvarlik va odamiylik hamkorligi ruhida, uning hissiyotini o'stirishda yordam berib, ijodkorlik qobiliyatini rivojlantiradi. Hozirgi zamon yoshlariga estetik idroklarini tarbiyalash borasida g'amxurlik qilar ekanmiz, san'at bilan muomala qilishdan hosil bo'ladigan his-hayajondan, uni o'z hayoti va faoliyatida foydalana olishga o'rgatishimiz kerak. Shu sababli estetik tarbiya tarmog'ining ajralmas qismi sanaladi.
O`qituvchining musiqiy - pedagogik mahorati asosida bolalarda yoshlik chog'idan idrok etish, his etish, turmush va san'atdagi go'zallikni tushunish ishtiyoqi tarbiyalanadi va bu kabi go'zallikni yaratishga intilish kuchayadi. Bolaning badiiy faoliyatga bo'lgan qiziqishi ortadi. Unda badiiy-ijodkorlik qobiliyati rivojlanadi. Musiqiy-estetik tarbiya, demokratik jamiyat kishisini garmonik tarbiyalash yo'lida olib borilayotgan ulkan ishining tarkibiy qismiga aylanmog'i kerak. Bolalar bilan musiqali ish olib borish ayniqsa katta ahamiyat kasb etadi. Omma orasida musiqali targ'ibot olib bormay turib, to'laqonli natijalarga erishib bo'lmaydi.
Musiqiy tarbiya bolalarda erta yoshdan boshlanishi kerak. Musiqa bola qalbida kuchli emotsional tuyg'u uyg'otadi. Musiqa yordamida uning badiiy idroki o'sib, hissiyotini yanada boyitib boradi. Bolalarda musiqiy idrokini rivojlantirmay, ularning musiqaga mehr-muhabbatini etarli darajada qiziqtirmay turib, har tomonlama jismoniy, ma'naviy boy va boshqa sifatlarini tarbiyalab bo'lmaydi. Musiqaga yoshlikdan uyg'ongan qiziqish kishining keyingi musiqiy rivojiga kuchli ta'sir ko'rsatadi. Shunga ko'ra, musiqani idrok etishning vazifasi va mazmunini aniqlash muhimdir. Bular shaxsning har tomonlama rivoji, jumladan, estetik tarbiyasi vazifalari bilan bog'liq umumiy maqsadlar bilan belgilanadi. Ma'lumki, bunday vazifalar bolalarni musiqa sohasidagi faoliyatlarga jalb etish, badiiy musiqaga nisbatan estetik idrok etishni va emotsional o'zlashtirishni rivojlantirish, muhabbatni tarbiyalash, musiqiy qobiliyatlarini o'stirish, musiqiy didni shakllantirish, qisqasi, bolalarning badiiy ijodkorligi hamda iqtidorini rivojlantirish kerak. Musiqaning bola hissiyoti va intilishiga, uning mazmunini tushunish va his etishiga katta ta'sirini hisobga olganda, haqqoniy va voqelikni to'g'ri aks ettirgan musiqiy asardan o'rinli foydalanish alohida muhim o'rin tutadi. Ma'lumki, musiqali
obrazlarning shakllanishining asosiy manbai tabiat va kishi nutqiga mos kelishiga, atrofimizdagi dunyo va undagi go'zalliklarni idrok etishga bevosita bog'liqdir. Shu borada musiqa mashg'ulotlari mazmuni bolalar tomonidan bajaradigan qator faoliyatlarni taqozo etadi. Bulardan; tinglash, kuylash, musiqiy ritmik harakatlar, musiqa cholg'ularida ijro etish jarayonida bolalar ijrochiligi va ijodkorligi malakalari shakllanadi.
O'qituvchi musiqaning ta'sirchan tarbiyaviy kuchidan foydalanib, o'quvchilarning ma'naviy, axloqiy va badiiy madaniyatini o'stirish maqsadida turli mazmun, metod, shakl va vositalar orqali belgilagan maqsadiga erishadi.
Bolalar ijrochiligi — kuylash, musiqiy ritmik harakatlar, musiqa cholg'ularida ijro etish va hokazo masalalari hozirgi kunda o'zining dolzarbligi bilan ko'pgina pedagog-olimlarning diqqat markazidadir. Uzluksiz ta'lim tizimida musiqiy ta'lim tizimi bir necha bosqichlardan iborat. Musiqa ta'limi boshqa fanlar kabi maktabdan emas, balki maktabgacha ta'lim muassasalaridan boshlanadi va ta'lim tizimining barcha jabhalarida davom etadi. Shuning uchun biz kelajak avlodni musiqiy ilmga ega bo'lishlariga zamin yaratar ekanmiz, ularning musiqiy-estetik tarbiyalariga
alohida e'tiborimizni qaratmog'imiz zarur. Buning uchun «Ta'lim to'g'risidagi Qonun» va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da ta'kidlab o'tilganidek, nafaqat bola shaxsi, balki musiqa o'qituvchisi shaxsini, uning ma'naviy-madaniy qiyofasini shakllantirishimiz, milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz, milliy-musiqiy an'analarimizga amal qilgan holda, bo'lajak musiqa o'qituvchilarmizni yosh avlodni tarbiyalashga loyiq hamda munosib inson qilib shakllantirishimiz kerak. O`qituvchining musiqiy - pedagogik mahorati quyidagi musiqiy-estetik tarbiyaga rioya qilishda ko`rinadi:
-
Musiqiy-estetik faoliyatni atrof- muhit hamda zamon bilan hamohangligi;
-
Musiqaning san'at sifatida o'ziga xos xususiyatlarini inobatga olish;
-
O'quvchilarning musiqiy rivojlanishlarida uzviylikni ta'minlash;
-
O'quvchilarning qobiliyat va imkoniyatlaridan qat'iy nazar, ularning musiqiy tarbiyalariga qo'yiladigan majburiyatlar.
Dasturda musiqiy tarbiyaning mazmuni va yo'nalishlari ochib berilgan, bolalarning rivojlanishining dinamikasi begilangan, har xil yoshdagi sinflarga minimal talablar qo'yilgan va aks ettirilgan. Dasturning maqsadlari quyidagilardan tashkil topadi:
-
bolalarni quvnoq, g'amgin, engil va vazmin musiqani tinglashga past va yuqori registrni eshita olishga, musiqa tilini tushunishga, past ovozli va baland ovozli musiqaga mos chapak chalish orqali musiqa dinamikasini ajratishni o'rgatish;
-
kattalar ketidan musiqani taqlid qilib, intonatsion mos ravishda qaytara olish;
-
musiqiy rahbar boshchiligida raqs harakatlarini bajarish;
-
kompozitorlar, musiqiy cholg'u asboblari haqida gapirib berish orqali bolalarda musiqa san'atiga muhabbat uyg'otish;
-
bolalarni musiqani diqqat bilan tinglashga o'rgatish, engil va oson xalq qo'shiq hamda kuylarini musiqasiga mos ritmik harakatlar bajarib ijro etishga o'rgatish.
-
Musiqa sur'atiga mos chapak chalish yoki oyoq bilan jo'r bo'lish orqali qo'shiqni ijro eta olish.
Dasturda o'zbek kompozitor va bastakorlarning bolalar uchun yozilgan kuy
va qo'shiqlari o'rin olgan. Musiqiy asarlar bolalarning psixologik xususiyatlarini, ularning qiziqishlari va dunyoqarashlarini hisobga olgan holda tanlangan.
Zamonamizdagi ma'naviy, madaniy, siyosiy, iqtisodiy o'zgarishlar, zamonaviy pedagogik texnologiyalar, axborot texnologiyalarining ta'lim jarayoniga kirib kelishi musiqa madaniyati fani o`qituvchilari oldiga yuqori talablarni qo'ymoqda.
Shuni ta'kidlash lozimki, O'zbekistonda inson ma'naviy hayotini shakllantirish maqsadida musiqaning madaniy hayotga chuqurroq kirib borishida keng imkoniyatlar yaratilmoqda . Bunda ma'naviyat va ma'rifat gazetasi, markaziy xalqaro madaniy – ma'rifiy aloqalar majmuasi kabi ijodiy muassasalarning tashkil etilishi, bastakorlar uyushmasi va jamiyatdagi ijodiy siljishlar «O'zbekiston vatanim manim» nomi bilan mamlakatimizda o'tkazilayotgan an'anaviy tanlovlar, madaniy - ma'rifiy isloxotlarni amalga oshirishda metodlar qo'llanmoqda. Qadimiy va boy tajribaga ega, o'zbek milliy musiqa madaniyati istiqbolini amalga oshirish ta'lim tarbiya ishlari bilan shug'ullanish maqsadida, asrlar davomida rivoj topib kelganligini ta'kidlash joizdir. Bu maktablarda musiqa ta'limi-tarbiyasi bevosita oshirib borilgan. Ushbu maktablarning faoliyat mazmunida insonni dunyoga kelishidan kamol topib butun umri davomida musiqa haqiqiy ma'nodagi tarbiya vositasi ekanligi o'z ifodasini topgan .
Musiqaning so'z san'ati va adabiyoti bilan o'zviy holda bog'lab o'rganilganligi musiqa nomi va amaliyoti rivojida katta hissa qo'shadi.
Musiqa inson ruhiyatini ajralmas qismi bo‘lib hisoblanadi. Musiqadan turli ozuqa olish uchun inson yuksak madaniyatli sof qalb egasi, go‘zallikni his qila oladigan, o‘z kasbiga, Vatanga mehr qo‘ygan bo‘lishi kerak. Shu bois, o‘quvchilar inson ma’naviyatini tarkibiy qismi bo‘lgan, musiqa madaniyatini tarbiyalash, musiqa tarbiyasining bosh maqsadi bo‘lib turadi. Bu oliy maqsadni amalga oshirish uchun musiqa o‘qituvchisining oldiga qo‘yilgan vazifalari qo‘yidagilardir.
-
O‘quvchilarda musiqa san’atiga bo‘lgan qiziqish va mehr muxabbatni oshirish.
-
Musiqiy faoliyatlar jarayonida badiiy ijodkorlik va xis-tuyg‘ullarini rivojlantirish.
-
Asarlarning badiiy g‘oyaviy vositasida o‘quvchilarni ahloqiy-estetik tarbiyalash.
-
Musiqa darslarida kasb-hunar va mehnatga nisbatan o‘quvchilarda ishtiyoq uyg‘otish kabi ishlarni amalga oshirish kerak.
Mazkur maqsad va vazifalarni amalga oshirish o‘qituvchining mahorati, kasbiy va axloqiy qiyofasiga bog‘liq. Har qanday san’atkor ham maktabda musiqa darslarini olib bora olmaydi. Buning uchun, musiqa o‘qituvchisi o‘z kasbiga va bolalarga mehr qo‘ygan, yuksak madaniyatli,keng dunyo qarashga ega bo‘lgan shaxs bo‘lmog‘i lozim. U pedagogika, psixologiya, bolalar fiziologiyasi, etika va estetika nazaryasi, musiqa nazaryasining amaliy sohalaridan, musiqa o‘qitish metodikasi fanlaridan chuqur bilimga ega bo‘lmog‘i kerak. Musiqa o‘qituvchisi musiqa san’atining nazariy va amaliy sohalaridan yetarli darajada bilim, ko‘nikma va tajribaga ega bo‘lishi lozim. Ya’ni u ham cholg‘uchi, xonanda, xor dirijyori, jo‘rnavozchi, musiqa nazaryotchisi va amalyotchisi sifatida ish qo‘rmog‘i lozim. Musiqa o‘qituvchisining ijodkorligi shundaki, u bir soatlik darsda senariy muallifi, uning ijrochisi va ressiyori sifatida ish tutadi. Shu bois, musiqa - san’ati darsi deyiladi. Maktab hayotida musiqa o‘qituvchisining faoliyat miqyosi kengdir. Sinfdan tashqari musiqa tarbiyasi turlarini tashkil etish va boshqarish, maktabda musiqa tarbiyasining ommaviy shakllarini (sa’natkorlar bilan uchrashuvlar, “Navro‘z” bayramlari, “Alifbe” bayramlari, “musiqa xaftaliklari”, O‘zbekiston- Vatanim manim, “Ilhom chashmalari”, ko‘rik tanlovlari bayramlarni) uyushtirish musiqa o‘qituvchisi zimmasidagi vazifadir. Shu bilan birga, maktabdan tashqari musiqa tarbiyasi markazlari bolalar musiqa maktablari, o‘quvchilar saroylari, bolalar teatri bilan aloqada bo‘lib,iqtidorli o‘quvchilarni ularga jalb etish va ularning faoliyatini maktab hayotida qo‘llash ham musiqa o‘qituvchisining zimmasida. O‘zbekistonning “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuniga ko‘ra, “9 yillik umumiy o‘rta ta’lim” joriy etildi.Barcha o‘quv predmetlari qatori musiqa redmeti bo‘yicha ham aytish konsepsiyasi ishlab chiqildi. Musiqa ta’limining davlat ta’lim standartlari asosida yangi dastur ishlab chiqildi.Yangi dastur mazmunida, milliy musiqa meroslaridan to‘laqonli foydalanish, ommaviy xalq kuylari va qo‘shiqlari, maqom, shashmaqom, dostonlar va bugungi zamonaviy musiqa o‘z aksini topgan. Mazkur dasturning o‘quv jarayoni, musiqa o‘qitish metodikasi, darslarining yil, chorak mavzulari, taxminiy rejasi, namunaviy darslar ishlanmasi, mahalliy musiqa va dars faoliyatlari dars mavzusining ajralmas bir qismi bo‘lib,umumiy mavzuga bo‘ysunadi va mantiqan uzviy birlashib, mazmunan bir butunlikni tashkil qiladi.Bu hozirda ishlayotgan o‘qituvchilardan ish mazmuni va uslubida yangilanish jarayonini talab etadi. Bunday talablar mazkur qo‘llanmalar, tavsiyanomalar, majmuasida va nashr etilayotgan o‘quv –metodik qo‘llanmalarda keng ma’noda yoritilmoqda. Yangi dasturlarni o‘ziga xos yana xususiyatli tomoni shundan iboratki, musiqa madaniyati fanini asosi bo‘lgan musiqa savodxonligini tarkib toptirish lozim bo‘lgan, qator musiqiy qonuniyatlar, jumladan, musiqa nutqi,musiqa ifoda vositalari, musiqa shakllari, musiqaning tuzilishi va rivojlanishi, musiqaning zamonaviyligi kabilar chuqur, mukammal o‘rgatilishi kerak. Demak, yangi dastur mazmunida dars o‘tish uchun, musiqa o‘qituvchisi o‘zining musiqiy –nazariy bilimlarini takomillashtirish lozim. Chunki, mamlakatimizda yosh avlodni Vatanga muxabbat ruhida tarbiyalashning muhim tarkibiy qismi, nafosat tarbiyasi masalalarini hal qilishda jamiyat va davlat tomonidan qo‘yilgan katta ma’suliyatni musiqa o‘qituvchisining oldiga vazifa qilib qo‘yilmoqda. Musiqa ta’limi samaradorligini ta’minlashda,o‘quvchilarning musiqa darsiga bo‘lgan qiziqishini o‘stirishda o‘qituvchi yetakchi bo‘lib hisoblanadi.
Shaxs kamolotida musiqa tarbiyasini oshirish albatta ta'lim metodikasiga bevosita bog'liqdir. Musiqa tarbiyasi metodikasi, fan sifatida tizimga mansub bo'lib o'zining mustaqil o'rniga ega. Bu fan musiqa tarbiyasi metodikasi mazmuni, metodlarini yanada takomillashtirish maqsadida uning qonuniyatlarini o'rganadi. Musiqa tarbiyasi metodikasi tarbiya muassasalarida nafosat, musiqashunoslik, fiziologiya, ruxshunoslik fanlarining umumlashtirilgan tajribalariga tayanadi. Musiqa tarbiya metodikasi ayniqsa, nafosat musiqashunoslik fanlari bilan o'zviy bog'liq. Nafosat nomi- uning metodikasi asosini tashkil etsa, tarbiyaning mazmun va metodlariga bevosita ta'sir ko'rsatadi. Musiqa tarbiyasi metodikasining mohiyati, musiqa san'ati hamda madaniyati o'sib kelayotgan yosh avlod uchun muhim ahamiyatga ega.
Metodikaning fan sifatida rivojlanishi jamiyatda maorif va musiqa san'atini takomillashib borishi bilan bevosita bog'liqdir.
Shular bilan birgalikda musiqa tarbiyasi metodikasi umumiy prinsiplarini ilgari suradi. Bular onglilik, badiiy va texnik rivojlanish prinsiplarga ega. Bu prinsiplar o'quvchilarning musiqiy qobiliyatini rivojlantirish musiqaga bo'lgan qiziqishlarini kuchaytirish, badiiylikni tarbiyalashga qaratilgan.
Musiqa asarni ongli idrok etish, asar mazmunini ochishda va o'quvchilarga musiqiy tajribalarni to'plashda, ularning ma'naviy dunyosini boyitishda yordam beradi. Musiqa tarbiyasi emotsional onglilik prinsipi, uyg'unlashish ko'payishi orqali tinglanadigan asarni to'g'ri baholay olish imkoniyatlarini rivojlantiradi:
Ularning musiqaga qiziqishida didlari tarbiyalab boriladi. Badiiy va texnik bosqich prinsipi, asarning badiiy va ifodali ijro etish uchun malakali kadrlar talab etadi. O'quvchilarda kuylash malakalarini egallashlariga e'tibor beradi. O'quvchilarga musiqaning rivojlanish prinsiplari to'g'risidagi tasavvurlarini shakllantirish, qobiliyatlarining rivojlantirilishi natijasida ular yana musiqiy tushunchalarni bilib olishadi. Musiqa tarbiya metodikasi tarbiya jarayonida ko'pgina omillarga bog'liq ekanligini e'tirof etadi. Kishilarning musiqiy madaniyati faqatgina maktabning ta'siri ostidagina shakllanmaydi. Uyda, albatta, tevarak atrof, ommaviy axborot vositalari, yaxlit xildagi ijtimoiy vositalar tizimi ham katta rol o'ynaydi. Musiqa tarbiyasi metodikasi ta'lim metodlarini tanlashda ham pedagogika ravnaqi metodlarini ishlab chiqishda quyidagi muammolar mavjud. Jumladan:
-
metodlarning musiqa tarbiyasi, mazmunini sinovi, ijro bog'liqligi.
-
o'quvchilarda musiqiy va ijodiy qobiliyatlarning rivojlanishi.
-
musiqiy qobiliyat va ovozning rivojlanishi, musiqani idrok etishning yosh va yakka tartibdagi xususiyatlari.
-
o'quvchilarning rivojlanishida musiqiy faoliyatlarning turli shakllarda foydalanish imkoniyatlari bilan bog'liqligi.
Metodikaning vazifalariga esa, o'quv tarbiya jarayonini turlicha shakllantirish, yanada rivojlantirish, musiqa darslaridan tashqari musiqa mashg'ulotlari, sinfdan va maktabdan tashqari ishlarida to'garaklar, bayramlar, ko'ngil ochish kechalari kiradi. Musiqa tarbiyasi metodikasi musiqa faniga yaqin bo'lgan adabiyot va tasviriy san'at, tarix bilan bog'liq holda o'rganishni taqozo etadi. Bu esa, o'quvchilarning tarbiyasini har tomonlama samarali amalga oshirishga muhim vosita bo'lib xizmat qiladi.
Musiqa ta'lim tarbiyasining maqsad va vazifalarini amalga oshirishda dars etakchi omil hisoblanadi.
Chunki, o'quvchilarning ommaviy tarzda jalb etilishi maktabda musiqa fani boshqa fanlardan o'zining badiiyligi va qiziqarliligi, zavq-shavq uyg'otishi bilan ajralib turadi.
Eng muhimi, musiqa bolalarning aqliy, axloqiy sifatlarini shakllantirishda muhim rol o'ynaydi. Musiqa aqlni peshlab, tafakkurni charxlaydi. Musiqa darslari va mashg'ulotlarida o'quvchilar tarbiya va milliy madaniyatimizni o'rganib, bilim saviyasini kengaytirib boradi.
Bobokalonlarimizdan Abu-Nasr Al Farobiyning ma'rifatparvarlik g'oyalar tizimida, bola shaxsini tarbiyalashda musiqa san'atining roli, maqsadi va vazifalari alohida e'tirof etiladi. Alloma Abu Ali Ibn Sinoning musiqiy ma'rifiy qarashlarida ham musiqa shaxsning ma'naviy va jismoniy madaniy tabiatiga ta'sir etuvchi qudratli vosita sifatida ta'rif beradi. Bolada yoshligidan boshlab musiqa hissiyotini tarbiyalash lozim, bu esa uning ruhiy holatini mustahkamlaydi degan g'oya ilgari suriladi. Alloma mashhur «Tibbiyot qonunlari» kitobida bolaning mijozini kuchaytirmoq uchun ikki narsani qo'llamoq kerak. Biri- bolani sekin-sekin tebratish, ikkinchisi- uxlatish uchun odat bo'lib kelgan musiqiy allalashdir. Shu ikkisini qabul qilish miqdoriga qarab bolaning tanasi bilan ba'zan tarbiyaga va ruhi bilan musiqaga bo'lgan ehtiyoj hosil bo'lgan deb yozgan edi.
Shunday qilib, olimlar, mutafakkirlar musiqa nafaqat, insonga samarali ta'sir etuvchi vosita balki, o'z mohiyati, jamiyatdagi maqsad va vazifalariga ko'ra alohida bir fan sifatida tadbiq etishga, davrlar o'tib ularni tor fikrlarini ta'lim- tarbiyada tadbiq etilib, ta'kidlaganidek, ommaviy xalq musiqa pedagogikasining vujudga kelishida asos bo'ladi.
Ta'lim tarbiya uslubiyoti maktablari tarkib topib rivojlanib bormoqda. Hozirgi davrda shaxs ma'naviyatini tarbiyalash vazifasi maktabda musiqa ta'lim tarbiyasi ishlarini sifatli bosqichga ko'tarishni taqozo etadi.
Bugungi kunda musiqa, ta'lim tarbiyasining maqsadi va vazifalari nihoyatda muhim. Musiqa ta'lim tarbiyasining maqsadi - avlodni milliy musiqa me'rosimizga vorislik qiladigan hamda umumbashariy musiqa merosimizni qadrlaydigan madaniy inson sifatida voyaga etkazishdan iborat. Buning uchun har bir o'quvchining musiqaga bo'lgan iqtidorlarini rivojlantirib, musiqa san'atiga mehr va ishtiyoqini oshirish musiqadan zaruriy bilim va amaliy malakalar doirasini tarkib toptirish, iqtidorli o'quvchilarning musiqiy rivojlanishlari uchun zaruriy shart -sharoitlar yaratib berish maktab musiqa ta'limi tarbiyasining asosiy vazifasidir.
Musiqa ta'lim tarbiyasining maqsad va vazifalarini amalga oshirish maktabdagi musiqa darslariga bevosita bog'liq.
Musiqa ta'lim tarbiyasining konsepsiyasida, maktabda musiqa fani boshqa fanlar qatori o'ziga xos ahamiyat kasb etadi. Musiqa ta'limini sifatli bosqichga ko'tarish uchun maktabda teng xuquqli fan hisoblanadi.
Bu esa, hozirgi zamon o'quvchisidan dars mashg'ulotlariga ijobiy munosabatda bo'lishi, o'quvchilar musiqiy faoliyatlarini oshirishni to'g'ri tashkil etish va boshqarish faollikni talab etadi. Musiqa dars mashg'uloti sifatida o'ziga xos xususiyatlarga ega. Bu xususiyatlarni esa har bir o'qituvchi bilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |