1935 yilda Angliyaning Svanskomb degan joyidan (Kent) Mareton ayol
jinsiga mansub odam suyagi qoldiqlarini topadi. Mazkur topilmani maxsus o’rganish
uchun Qirollik qo’mitasida Antropologiya instituti tashkil etiladi. Olimlar ushbu
topilmani Homo sapiensga yaqin odam tipii ekanligini tasdiqlaydilar.
1938 yilda O’zbekistonda Teshiktosh g’ori arxeolog A.P. Okladnikov tomonidan tadqiq etilib, neantertal tipiga mansub odam suyagi qoldiqlarini topadi.
Uni qiyofasini antropolog olim M.M. Gerasimov tiklagan.
1954-1955 yillarda fransuz olimlari K.Arambur va R.XofshtetterTernifin (Jazoir) dagi qazuv ishlari jarayonida sinantropga yaqin odam suyagi qoldiqlari
topiladi. Bu topilma atlantrop (Afrikaning shimoli-g’arbidagi Atlas tog’i nomidan)
deb nomlanadi. Suyak qoldiqlari bilan birga shell va ilk ashel davriga oid tosh
qurollari ham topiladi.
1960 yildan ingliz antropologi Luis Liki Tanganikadagi (Sharqiy Afrika)