Demak, mustye o’ziga xos arxeologik bosqich bo’lib, u miloddan avvalgi 100-
40 ming yilliklarni o’z ichiga olib, kishilik madaniyati rivojlanishida katta
ahamiyatga ega bo’lgan.
Mustye davriga kelib inson tashqi qiyofasida jiddiy o’zgarishlar ro’y bera
boshlagan. Arxantroplar paleoantroplarga (neandertallar) aylanib, ba‘zi maymunga
xos belgilar saqlanib qolgan bo’lsa-da, ularning fikrlash doirasi kengayib, nutq paydo
bo’la boshlagan.
Mustye davrida tosh qurollarga ishlov berishning o’ziga xos texnologiyasi
vujudga kelgan. Nukleuslarda zarb maydonchasi juda aniq olinganligi aniq seziladi.
Birgina zarb bilan toshning yuqori qismi sindirib olingan va natijada zarb
maydonchasi hosil qilingan. Natijada toshning chetlaridan turli ko’rinishdagi
uchrindilarni olish imkoni tug’ilgan. Bunday nukleuslardan ko’pincha uchrindi hosil
qilingan.
Mustye davri tosh qurollariga ishlov berish texnologiyasiga e‘tibor qaratadigan
bo’lsak, inson ongi va tafakkurining o’sishi natijasida tosh qurollarning keraksiz,
ishlatishda halaqit beradigan
joylari olib tashlangan, ya‘ni tarashlangan.
Mustye davriga kelib tosh qurollarning asosiy shakllari – uchrindi pichoq va
qirg’ichlar paydo bo’lgan. Uchrindi pichoq kesishga ishlatilib, ov quroli hisoblangan.
Qirg’ich esa asosan xo’jalik quroli bo’lib, teriga ishlov berishda ishlatilgan.
Shu bilan
birga qo’l chopqilari ham saqlanib qolgan. Umuman olgandi mustye davrida tosh
qurollarning 60 ga yaqin turi mavjud bo’lgan.
Tosh qurollar bilan birga suyakdan yasalgan qurollar ham alohida ahamiyatga
ega. Suyakdan qilingan qurollarni o’rganish jarayonida odamlar ularni oddiygina
sindirish yoki u yoq, bu yog’ini yo’nish bilan cheklanganlar. Chunki suyaklarga
ishlov berayotganda ularning hammasi ham qovurg’a yoki kurak suyagi singari
egiluvchan, elastik xususiyatga ega bo’lmagan yoki ushlab turib yo’nishga
moslashmagan. Tosh davriga taalluqli suyak qurollari asosan jag’ suyagidan, qoziq
tishlar, mamont va fillarning tishlari, suyaklari, shoxli hayvonlarning shoxlaridan
yasalgan.
Suyakdan tosh qurollari yasalishi jarayonida ularga tosh qurollar bilan ishlov
berilgan. Suyakni ma‘lum bir shaklga kiritish uchun 200 gr yoki 500 gr
chaqmoqtoshdan foydalanilgan. Tosh bilan urib sindirilgan suyakning tig’li tarafidan
pichoq yoki bigiz sifatida ishlatilgan. Mamont yoki filning yon tishlariga ishlov
berish yoki uni sindirish ancha mehnat va kuchni talab etgan.
Mustye yodgorliklari Markaziy Osiyo hududlarida keng o’rganilgan. Mustye
yodgorliklarini o’rganish 1938 yildan boshlagan bo’lib, hozirgi kunda
Markaziy
Do'stlaringiz bilan baham: