читал книгу (Men bu vaqtda kitob o‘qiyotgan edim); Cейсас я читаю книгу (Hozir men
kitob o‘qiyapman) kabi gaplarda читать fe’li haqiqatan ham tugallanmagan harakatni, Я
почитал книгу (Men kitob o‘qidim); Я прочитал книгу (Men kitobni o‘qib chiqdim) kabi
gaplarda esa nihoyasiga yetgan harakatni ifodalamoqda. Ammo Ирода запела (Iroda
kuylab yubordi); Воробьи зачирикали (Chumchuqlar sayray boshladi) gaplaridagi петь,
чирикать fe’llarining совершенный вид shakli endi boshlanayotgan jarayonni
anglatmoqda. Shuning uchun rus tilidagi fe’llar xususida so‘z yuritayotganda ruscha
sovershenniy vid, nesovershenniy vid istilohlarini qo‘llash, bizningcha, maqsadga
muvofiqdir.
Odatda rus tilidagi fe’llarning aksariyati nesovershenniy vid shaklida bo‘ladi. Fe’llarning
sovershenniy vid shakli, asosan, nesovershenniy vid fe’llari oldidan turli pristavkalar (при-,
про-, на-, с-, о-, по-, за-, в-, из-, от-, у-, до-, при-, пере-, раз- va h.k.)ni, ba’zan esa fe’l
o‘zagiga –ну- suffiksini qo‘shish orqali hosil qilinadi. Masalan, писать (yozmoq), написать
(yozib bo‘lmoq), записать (yozib olmoq) yoki толкать (itarmoq), толкнуть (itarib
yubormoq), кричать (baqirmoq), крикнуть (baqirib yubormoq).
Bundan tashqari rus tilida fe’lning bu ikki shakli urg‘u yordamida ham bir-biridan
farqlanishi mumkin: насып’ать – нас’ыпать.
Fe’lning sovershenniy vid shaklini –ыва, -ива suffikslari yordamida yana nesovershenniy
vid shakliga aylantirish mumkin: закончить – заканчивать, записать – записывать.
Ba’zan nesovershenniy vid fe’lining sovershenniy vid shakli suppletiv yo‘l bilan ham
hosil bo‘lishi mumkin.
Nesovershenniy vid Sovershenniy vid
брать взять (olmoq)
говорить сказать (aytmoq, demoq)
класть положить (qo‘ymoq)
ловить поймать (tutmoq)
O‘zbek tilida fe’llar odatda bu tarzda turlarga ajratilmaydi. Shuning uchun rus tilidagi
sovershenniy va nesovershenniy vid fe’llari yordamida farqlanadigan ma’nolar o‘zbek tilida
harakat tarzi shakllari orqali beriladi.
Shuni ham e’tirof etish kerakki, harakat tarzi
shakllari vid kategoriyasiga nisbatan semantik jihatdan boyroq hisoblanadi. Chunki
ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmalari nafaqat tugallanganlik yoki takroriylik, balki davomiylik,
qodirlik, sinash, kutilmaganlik, boshlanish, bir marta bajarish kabi bir qator qo‘shimcha
ma’nolarni ham ifodalay olish xususiyatiga ega. Buni o‘zbek va rus tillarida birgina aytmoq
fe’lini qiyoslash orqali isbotlash mumkin. Masalan: aytdi – сказал, aytib qo‘ydi – сказал,
ayta boshladi – начал говорить, ayta oldi – смог сказать, aytib berdi – рассказал, aytib
soldi – сказал, aytib ko‘rdi – сказал, aytib chiqdi – сказал, aytib o‘tdi – упомянул, aytib
turdi – пересказывал, aytib tashladi – сказал, aytib bo‘ldi – рассказал.
Ko‘rib turganimizdek, ruscha fe’llardagi sovershenniy, nesovershenniy vid shakllari
orqali yuqoridagi ma’nolarning hammasini ham yuzaga chiqarib bo‘lmaydi. To‘g‘ri, biror
matn o‘zbek tilidan rus tiliga tarjima qilinganda tarjimon ushbu ma’nolarning barchasini
imkon qadar ifodalashga harakat qiladi, ammo bunda vid kategoriyasining o‘zi yetarli
bo‘lmaganligi uchun tilning boshqa turli vositalaridan foydalanadi.
Rus tilida ham ko‘makchi va yetakchi fe’lli so‘z qo‘shilmalari bor bo‘lsa-da, ular o‘zbek
tilidagidek ko‘p emas. Ikki tilda mavjud bunday qo‘shilmalarning bir-biridan farqi shundaki,
o‘zbek tilida odatda avval –b (-ib), -a (-y) shaklidagi yetakchi, so‘ngra ko‘makchi fe’l kelib,
tuslovchi affikslar ana shu keyingisiga qo‘shiladi. Rus tilida esa tuslangan ko‘makchi fe’l
oldin, yetakchi fe’l keyin keladi va u infinitiv (o‘zgarmas) shaklda bo‘ladi. Masalan: Рустам
стал изучать английский язык. – Rustam ingliz tilini o‘rgana boshladi; Гуля начала
заниматься спортом – Guli sport bilan shug‘ullana boshlad;i Мой друг продолжает
жить на Юге – Mening do‘stim haligacha Janubda yashab yuribdi.
31
Rus tilida ham nesovershenniy vid fe’llarini sovershenniy vidga aylantirish jarayonida
hosil qilinadigan ayrim ma’nolar bor bo‘lib, o‘zbek tilida ularni ifodalash uchun tilning
boshqa vositalaridan foydalanishga to‘g‘ri keladi. Masalan, подписать – ostiga yozmoq
(imzo qo‘ymoq ma’nosida ishlatiladi), надписать – ustiga (sirtiga) yozmoq, дописать –
oxirigacha yozib tugatmoq, недописать – oxirigacha yozishga ulgurolmay qolmoq.
Do'stlaringiz bilan baham: |