O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti


Bo‘lishli-bo‘lishsizlik kategoriyasi



Download 0,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/69
Sana30.06.2021
Hajmi0,71 Mb.
#105642
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   69
Bog'liq
ozbek va rus tillarining qiyosiy tipologiyasi

Bo‘lishli-bo‘lishsizlik kategoriyasi 

 

 



O‘zbekcha  fe’llargagina  xos  bo‘lgan  ushbu  kategoriya  fe’lga  xos  bo‘lgan  asosiy 

xususiyatlardan  hisoblanadi.  Chunki  o‘zbek  tilida  har  qanday  fe’l  bo‘lishli  yoki  bo‘lishsiz 

shaklda bo‘ladi.  

Rus tilida inkor ma’nosini ifodalash uchun asosan не yuklamasidan foydalaniladi. 

Mazkur 

yuklama  fe’ldan  ajratib  yoziladi,  shuning  uchun  bu  holat  rus  tilida  fe’l  kategoriyasi  sirasiga 

kiritilmaydi.  To‘g‘ri,  rus  tilida  не  yuklamasi  bilan  qo‘shib  yosiladigan  ayrim  fe’llar  ham  yo‘q 

emas (mas.  ненавидеть, негодовать,  недомогать). Ammo ularni ushbu  yuklamasiz umuman 

qo‘llab  bo‘lmaydi.  Bu  so‘zlardagi    не  yuklama  sifatida  emas,  balki  old  qo‘shimcha  tarzida 

o‘zakka  yopishib qolgan. Shu bois  mazkur  fe’llardan  yasalgan ot ham ana shu old qo‘shimcha 

bilan qo‘llanadi.  Masalan: ненависть (nafrat). 

 

O‘zbek tilida bo‘lishsizlik (yoki) inkor ma’nosini  ifodalovchi  –ma affiksi rus tilidagi не 



yuklamasiga  nisbatan    qo‘llanish  imkoniyati  jihatidan  va  mazmunan  boyroqdir.  Chunki, 

birinchidan, -ma affiksi fe’lning deyarli barcha shakllarida inkorni ifodalsh uchun qo‘llana oladi. 

Ikkinchidan, harakat nomining ham bo‘lishsiz shaklini yasash uchun xizmat qiladi. Uchinchidan, 

turli  ma’nolarni  ifodalash  uchun  harakat  tarzi  shakllaridagi  yetakchi  fe’lga  ham,  ko‘makchi 

fe’lga  ham,  ba’zan  bir  vaqtning  o‘zida  har  ikkalasiga  ham  qo‘shilishi  mumkin.  Bunda 

ifodalangan  ma’nolar  rus  tilida  turli  vositalar  yordamida  beriladi.  Masalan:  yozmay  qo‘ydi  – 



перестал писать; yozib qo‘ymadi – не записал;  yozmay qo‘ymaydi – обязательно напишет.  

Birinchi  so‘z  qo‘shilmasidagi  inkor  ma’nosi  rus  tilida  стать  yordamchi  fe’l  oldidan  пере- 

pristavkasini  qo‘yish  yordamida  hosil  qilingan.    Umuman  olganda,  o‘zbek  tilidagi  bo‘lishsiz 

fe’l+ qo‘ydi tarzidagi qo‘shilmalar rus tilida asosan shu vositalar bilan  beriladi:  bormay qo‘ydi 



(перестал  ходить),  o‘ylamay  qo‘ydi  (перестал  думать),  shug‘ullanmay  qo‘ydi  (перестал 

заниматься)  va  hokazo.    Ikkinchi  qo‘shilmadagi  inkor  ma’nosi  birgina    не  yuklamasi 

yordamida berilgan bo‘lsa, uchinchisida bu vositalarning ikkalasi ham ishtirok etmagan. Chunki 



yozmay  qo‘ymaydi  qo‘shilmasining  birinchi  qismidagi  inkorni  ikkinchi  qismdagi  –ma  affiksi 

inkor  qilmoqda  va  bunda  qat’iy  bo‘lishlilik  alohida  ta’kidlanmoqda.  Shu  bois  ushbu 

qo‘shilmaning  to‘liq  ma‘nosini  berish  uchun  rus  tilida  обязательно(albatta)  so‘zi  ishtirok 

etmoqda. Rus tilidagi  не yuklamasi bunday qo‘llanish imkoniyatlariga ega emas.  

 

 


Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish