O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi qarshi davlat universiteti tabiiy fanlar fakultet kimyo yo’nalishi



Download 335,5 Kb.
bet5/9
Sana28.01.2021
Hajmi335,5 Kb.
#57425
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2 5328076216823973501

II. Bob. Tajriba qismi.

2.1. Osmotik bosimni o’lchash

Noelektrolit moddalarning eritmalari Vant-Goff va Raul qonunlariga bo’ysunadi. Elektrolitlarning eritmalari esa bu qonunga bo’ysunmaydi. Elektrolitlar eritmalarining tajribada topilgan osmotik bosimlari Vant-Goff qonuniga muvofiq hisoblab topilgan osmotik bosimdan hamma vaqt ortiq bo’ladi. 
Noelektrolit moddalarning eritmalari uchun Vant-Goff tenglamasi Р = СRT shaklida yozilar edi. Bu tenglamani elektrolit eritmalariga tatbiq etish uchun tenglamaga izotonik koeffitsient (i) ni kiritish kerak bo’ladi. bu yerda: i – Vant-Goff kiritgan izotonik koeffitsient, u tajribada topiladi. 

Bu koeffitsient doimo 1 dan ortiq bo’lib, eritmaning tajribada kuzatilgan osmotik bosimi Р1 ning, muzlash temperaturasining tajribada kuzatilgan pasayishi MUZ t ni va qaynash temperaturasini ko’tarilishi QAY t ni Vant-Goff va Raul qonunlariga asosan hisoblab chiqilgan qiymatlaridan i marta kattaligini ko’rsatadi: 

Krioskopik va ebulioskopik usullar bilan hisoblangan molekulyar massa haqiqiy molekulyar massadan i marta kichik. Bular eritmaning kontsentratsiyasi. i marta ortayotganini ko’rsatadi. 

Bu faktlarni tushuntirish uchun 1887 yilda shved olimi Svante Arrenius eritmalarning elektr o’tkazuvchanligini o’lchash asosida elektrolitik dissotsilanish nazariyasini taklif qildi. Bu nazariyaga muvofiq kislota, asos va tuzlar suvda eriganda qarama-qarshi zaryadli ionlarga ajraladi. Arreniusdan ilgari, Klauzius, Grotgus, Faradey va boshqa olimlarning fikricha faqat eritmada elektr oqimi o’tgandagina ionlar hosil bo’lishi, elektr oqimi o’tishi to’xtagach ionlar yana bir – biri bilan birikishi lozim. 

Arrenius fikricha, molekulalarning ionlarga ajralishi uchun elektr oqimining hech qanday ahamiyati yo’q, elektrolitlar suvda erish jarayonida ionlarga ajraladi. Buning natijasida eritmalardagi zarrachalarning soni ortadi va shuning uchun elektrolit eritmalarining osmotik bosimi xuddi shunday kontsentratsiyadagi noelektrolit modda eritmasining osmotik bosimidan bir necha marta ko’p bo’ladi. Elektrolit molekulalarning ionlarga ajralishi qaytar jarayondir, masalan:
СН3СООН → СН3СОО- + Н+

Elektrolitik dissotsilanish qaytar jarayon bo’lgani sababli elektrolitlarning eritmalarida ionlar bilan birga molekulalar ham bo’ladi. Shu sababli elektrolitlarning eritmalari dissotsilanish darajasi (yunoncha alfa harfi bilan belgilanadi) bilan tavsiflanadi:
Dissotsilanish darajasi – bu ionlarga ajralgan molekulalar sonining umumiy erigan molekulalar soni N ga nisbatidir.

Dissotsilanish darajasi elektrolit tabiatiga, temperatura va kontsentratsiyaga bog’liq. Eritma kontsentratsiyasi pasayganda dissotsilanish darajasi ortadi. Masalan, sirka kislotaning 0,1n. eritmasi uchun = 0,0134 yoki 1,34 % bo’lib, 0,03n. eritma uchun 2,45 % dir. Shu sababdan elektrolit eritmasining dissotsilanish darajasi bilan birga eritma kontsentratsiyasini ham ko’rsatish kerak. 
Har xil kontsentratsiyadagi eritmalarda ham sezilarli darajada yaxshi dissotsilanadigan birikmalar kuchli elektrolitlar deb ataladi. Kuchli elektrolitlar suvda eriganda ionlarga to’liq dissotsilanadi. Ularning dissotsilanish darajalari 100 foizga yaqinlashishi mumkin. Kuchli elektrolitlarga deyarli barcha tuzlar, kuchli kislota va kuchli asoslar kiradi. Kuchli elektrolitlarning eritmalaridagi ionlar miqdori ko’p bo’lganligi sababli ular orasidagi ionlararo tortishuv kuchlari ham sezilarli bo’ladi. 

Molekulalari hatto suyultirilgan eritmalarda ham oz darajada dissotsilanadigan elektrolitlar kuchsiz elektrolitlar deb ataladi. Ularga ba‘zi kislotalar (masalan, sirka, tsianid, karbonat kislotalar va hokazo), ba‘zi asoslar (masalan, ammoniy gidroksid, organik asoslar va hokazo) va ba‘zi tuzlar (masalan, Hg (CN)2, HgCl2, Fe (SCN)3, FeF3 va hokazo) kiradi.


Download 335,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish