Osmotik bosim va osmos hodisasi
Osmotik bosim, diffuziya bosimi — suyuklikda erigan moddaning diffuziya harakati tufayli paydo boʻladigan bosimi. Osmotik bosim erituvchi bilan eritma orasiga qoʻyilgan yarim oʻtkazuvchi (oʻzidan erituvchini oʻtkazib, erigan moddani oʻtkazmaydigan) parda va osmometr yordamida aniklanadi. Osmotik bosim eritmada erigan modsaning konsentratsiyasini oʻta kamaytirish uchun erituvchining eritmaga soʻrilishini yuzaga keltirib chiqaradi.
Osmotik bosim bir xil boʻlgan eritmalar izotonik yoki izoosmotik eritmalar, agar bir eritmaning Osmotik bosimi boshkasinikiga nisbatan yuqori boʻlsa, gipertonik, past boʻlsa gipotonik eritma deyiladi.
Osmotik bosimni oʻlchash usullari va texnikasi haqidagi taʼlimot osmometriya deb ataladi. Osmometriya, asosan, polimerlarning molekulyar massasini aniqlaydi. Hayvon, oʻsimlik hujayralari, mikroorganizmlar va biologik suyuqliklarning Osmotik bosimi ularning suyuq mu-hitida erigan moddalarning konsent-ratsiyasiga bogʻliq. Osmotik bosim turgʻunligi suv-tuz almashinuvi bilan taʼminlanadi. Oʻsimliklardagi Osmotik bosim ularning oʻsish sharoitiga bogʻliq
Osmos (yun. osmos — turtki, bosim) — erituvchining eritma bilan erituvchi orasiga yoki konsentratsiyasi turlicha boʻlgan. 2 eritma orasiga qoʻyilgan yarim oʻtkazgichli parda orqali oʻtishi hodisasi. Erituvchi (mas, suv) O. tufayli suyuqroq eritmadan quyuqroq eritmaga oʻtadi. O. eritmalar konsentratsiyasi orasidagi farqni yoʻqotib, sistemani muvozanat holatiga keltirishga intiladi. Bu hodisani dastlab 1748 yilda A. Nolle kuzatgan. Nolle tubi mol pu-fagi bilan bekitilgan shisha nayga kand eritmasi solib, nayning pufakli qismini suvga botirganida nay ichiga pufak orkali suv kirib, naydagi suyuqlik koʻtarila boshlagan. Suvning pufak orqali nayga oʻtishi maʼlum bosim (osmotik bosim) tufayli sodir boʻladi. Suyukdik nayda maʼlum balandlik-ka qadar koʻtariladi; naydagi suyuklikning gidrostatik bosimi osmotik bosimga tenglashea, suyuqlik koʻtarilishdan toʻxtaydi. Bu balandlikning kattaligi osmotik bosimning oʻlchovi boʻlib xizmat qiladi.
K elektrolit tabiati va temperaturaga bog’liq. K qiymati qancha kichik bo’lsa elektrolit kuchsiz hisolanadi.
Agar [ H+ ]= a*C ; [ NO2 –]= a*C; [HNO2]= (1- a)*C
a*Ca*C a2*C a2*C
K= ------------------= ----------; K=-----------.
( 1 - a)*C 1 - a 1 - a
Bu tenglama Ostvaldning suyultirish qonuni deyiladi. a qanchalik katta bo’lsa K ning qiymati ham shuncha yuqori bo’ladi. Juda kuchsiz elektrolitlar uchun
1 - a = 1 bo’lsa, K= a2*C qiymatga teng bo’ladi [5,6].
Do'stlaringiz bilan baham: |