38
Neftgaz qazib olish sanoatida quduqlarning inshooti har xil maqsadlar uchun
mo’ljallanadi va ular tuzilmali, izlov, qidiruv, ishlatish, haydovchi va maxsus turlarga
bo’linadi.
Ishlatish quduqlari orqali neft, gaz yoki gazkondensat qazib olish amalga
oshiriladi; haydovchi quduqlar orqali –
qatlamga suv, gaz, bug’ haydaladi. Konlarni
ishlatish jarayonida bir qator sabablarga muvofiq qazib oluvchi quduqlar haydovchi
quduqlarga o’tkaziladi yoki teskari holda foydalaniladi. Konlarda maxsus
mo’ljallangan quduqlardan konni ishlatishni nazorat qilishda, tuzilmali,
kollektorlarning xossasi, qatlamdagi issiqlikning ta’sir
etishi va hakozolar
aniqlashtiriladi.
Ishlatish quduqlari inshootlarning eng muhim qismi hisoblanadi. Ularning
umumiy yig’indisi quduqlarning ishlatish fondini taqdim qiladi, bahosi zamonaviy
konlarning texnik jihozlanishining umumiy 70-80 % ni tashkil qiladi. Bunday
quduqlarning profili quduqlarning qazish texnologiyasini talabidan va ishlatish
usulidan kelib chiqib har xil bo’ladi. Neft va gaz qazib olishni jadallashtirish maqsadi
quduqlar mahsuldor qatlamning ichiga gorizontal yo’nalishda burg’ilab kiriladi.
Gorizontal quduqlarni burg’ilash texnologiyasi murakkab
va narxining baland
bo’lishiga qaramasdan qazib olish debitining yuqoriligi tufayli iqtisodiy
samaradorligi yuqoridir. Quduqlarning profillari 2.1-rasmda ko’rsatilgan 2.1-rasm, a-
tik, b-qiya quduq tubi tiklikdan bir oz egilgan. 2.1-rasm, b-dan ko`rinib turibdiki u
uchta uchastkadan tashkil topgan – tik, o’tish, maksimal zenit o’tish burchakka mos
keladi va quduq tubigacha qiya to’g’ri yo’naltirilgan.
Profilda 3.1-rasm, d-da zenit burchagi kichik uchastkaga ega ekanligi bilan farq
qiladi. Profil (3.1-rasm, e) tik uchastkaga ega, zenit burchagini olish uchastkasi, qiya-
to’g’ri uchastka, zenit burchakni kamayish uchastkasi va pastki tik uchastkaga ega.
Bu profil juda murakkab, quduq stvolini tikligi bir nechta mahsuldor qatlamlarni
kesib o’tadi. Profil (3.1-rasm, f) qiya-to’g’ri chiziqli
uchastkani mavjud emasligi
bilan farq qiladi. Profilda (3.1-rasm, g) qiya-to’g’ri chiziqli uchastka mavjud emas.
Har bir sxemalarda ko’rsatilgan ishlatish quduqlarining profillari quduqlarni ishlatish
hususiyatlaridan kelib chiqib jihozlar tushiriladi.
Mahsuldor qatlamning drenajlashishini yaxshilash uchun quduqning tik
qismidan qatlamga bir necha quduqlar burg’ilanadi, bunday quduqlarga ko’p tubli
(yoki stvolli) quduqlar deyiladi.
Quduqlarning
chuqurligi to‘rt xil
bo‘ladi:
Sayoz quduqlar – chuqurligi 2000 m gacha bo‘lgan
quduqlar.
O‘rta quduqlar – chuqurligi 4500 m gacha bo‘lgan
quduqlar.
Chuqur quduqlar – chuqurligi 6000 m gacha bo‘lgan
quduqlar.
O‘ta chuqur quduqlar – chuqurligi 20000 m gacha
bo‘lgan quduqlar.
39
3.1-rasm. Ishlatish quduqlarining profilini sxemasi. 1-tik uchastkasi; 2-burilish
uchastkasi; 3-qiya uchastkasi; 5-tik uchastka.
3.2-rasm. Ishlatish qudug’ining sxemasi. 1-tizma boshchasi; 2-yo’llanma;
3-konduktor; 4-ishlatish tizmasi; 5-klapan; 6-filtr.
Ishlatish quduqning tartibli sxemasi va uning jihozlari 2-rasmda ko’rsatilgan.
Quduq uchta asosiy uchastkalardan tashkil topgan – yer usti, stvol va filtr va har biri
mos ravishda jihozlar bilan jihozlangan: tizma boshchasi (1), yo’llanma (2),
konduktor (3), ishlatish tizmasi (4), filtr (6). Quduqning eng pastki qismi tubi
deyiladi. Quduq paker yoki ba’zida qirquvchi-klapan bilan (5) jihozlanadi.
Ishlatish qudug’ining stvol qismi konstruktiv mustahkamlash quvurlari bilan
ta’minlangan va quvurning orqa qismi uchastkasi sementlangan bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: