O`zbekiston rеspublikаsi оliy vа o‘rtа mаxsus tа`lim vаzirligi qаrshi dаvlаt univеrsitеti


O„quvchilarda musiqa savodxonligini oshirishda musiqiy nazariy bilimlarning o„rni



Download 2,56 Mb.
bet6/17
Sana08.12.2022
Hajmi2,56 Mb.
#881988
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
musiqa darslarida musiqa nazariyasiga oid tushunchalarni amalda qollay olish

1.2 O„quvchilarda musiqa savodxonligini oshirishda musiqiy nazariy bilimlarning o„rni

Musiqa madaniyati darslari jarayonida o‗quvchilarni musiqa savodxonligini oshirish bo‗yicha o‗quv mashg‗ulotlarini tashkil etishning asosiy shakli guruhli darsdir. Hozirgi vaqtda umumiy o‗rta ta‘lim maktablarida o‗qiyotgan o‗quvchilarda musiqa savodxonligini shakllantirish katta ahamiyatga egadir. Chunki musiqa savodxonligi bilimlarisiz musiqaning asl mohiyatini tushunib bo‗lmaydi. O'quvchilar birinchi navbatda notalar haqida tushunchaga ega bo'lishi, butun nota cho'zilishi, sanog'i, yarim nota cho'zilishi, sanog'i, chorak nota cho'zilish sanog'i, sakkiztalik yoki o‗n oltitatalik notalar cho'zimi notalar joylashuvi, pauzalami, oktavalarni yaxshi tushuntira olishi kerak.


Musiqiy tovushning xususiyatlari 3 xil bo‗lib: ulaming balandligi, qattiqligi, tebri haqida tushunchalar berish kerak. Notalaming 5 ta asosiy chiziqda joylashuvi va pastdan hamda yuqoridan qo'shimcha chiziqlarda joylashuvi va oktavalar haqida tushunchalarga ega bo'lishi kerak, Cholg'uda torlarning nomlari, notalaming joylashuvi, sozlanishi, qaysi oktavada cholg'iming nechanchi torlarida ijro etilishini o'quvchiga aniq va ravon tushuntirishi shart. cholg'uda ijro etishni organishni boshlagan o'quvchiga musiqa savodi va sorfedjio darslari bilan birgalikda olib borish o'quvchi bilimini yanada oshiradi.


Musiqa savodxonligiga ega bo‗lgan o‗quvchining cholg'uda ijrochilikni muvoffaqityatli o'zlashtirishi, ko'p jihatdan uning qobiliyati va savodxonligiga bog'liq. O'quvchi ijro paytida gavdani shunday tutishi lozimki, toki u ijrochining barcha harakatlari uchun qulay bo'lsin. Shu bilan bir qatorda, gavda va cholg'u ushlashning tashqi ko'rinishi chiroyli bo'lishiga ham erishish kerak. Har bir cholg'u asbobining ijro uslublari har xil bo‗lib, o'ziga xos metodlari orqali amalga oshiriladi.


Sozandaning ijro etishida musiqa savodxonligi asosiy o‗rin tutib musiqiy elementlar nota cho‗zimi, o‗lchovlar, tovushqatori, ritm, metr, pauzalar, dinamik belgilar, melizmlar ijro mahoratini oshirishda va samarali ijro etishda muhim


19
ahamiyatga ega. Shu jumladan ijro vaqtidagi holati har taraflama qulay bo'lishi, gavda holati esa erkin tutilmog'i darkor. O'quvchida uzoq vaqt charchamasdan ijro etish kunikmasini hosil qilish ishi o'z- o'zidan paydo bo‗maydi. Bu ko'nikma muntazam ravshda olib boriladigan mashg'ulotlar evaziga hosil bo'lishi mumkin. Musiqiy tovush xususiyatlari. San‘atning keng xalq ommasiga kirib boruvchi turlaridan biri musiqa san‘atidir. Unda badiiy mazmun tovushlar (ohang) orqali bayon etiladi va musiqaning o‗ziga xos ifoda vositalarini o‗zaro bog‗lovchi muayyan qoidalarga asoslanadi.


Mazkur qoida va an‘analar xalq (fol‘klor) hamda mumtoz musiqasining (maqomlar va maqom yo‗lidagi kuy va ashulalar) asrlar davomida vujudga kelgan tajribasi natijasida vujudga kelgan. Har qanday musiqani cholg‗u sozida ijro etish yoki kuylash uchun musiqaning savodxonligini bilish muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun, mazkur fanni o‗qitish dastlab musiqa asarlarini ijro etish va ulardagi mavjud tovush va intervallar munosabatlari borasidagi bilimlarni o‗zlashtirishni qamrab oladi.


Har qanday shakl va mazmundagi musiqa rang-barang tarkibiy qismlardan tashkil topadi va musiqa savodxonligi – musiqaning elementar nazariyasi, garmoniya, musiqa asarlari tahlili, polifoniya va cholg‗ushunoslik singari bir necha tarmoqlarga ajraladi.


Ushbu tadqiqot doirasida jumladan, musiqiy tovush xususiyatlari, uning nota matnida ifodalanishi texnologiyasi, musiqaning asosiy ifoda vositalari: metr-ritm, lad, garmoniya; ikki tovushning nisbati (interval), uch va undan ortiq tovushlar nisbati (akkord) va ular orqali ifodalanadigan musiqiy mazmun; lad, tonalliklarning musiqiy mazmunni ifodalash imkoniyatlari tahliliy o‗rganiladi.


Badiiy obraz musiqa asarlarida o‗ziga xos tarzda, ya‘ni, ma‘lum tovushlar va ohanglar sintezi sifatida aks yettiriladi. Musiqa asarlarida shakl va mazmun bir-birini to‗ldiruvchi unsurlar sifatida muhim ahamiyatga egadir.


Musiqaning elementar nazariyasi kursida tovush so‗zi ikki xil tushunchani bildiradi: birinchisi – fizik holatdagi tovush; ikkinchisi – sezgi holatidagi tovushdir.



20


  1. Masalan, biror egiluvchan jism, cholg‗u asbobi torining tebranishi natijasida havoda uzunasiga taralgan to‗lqinli tebranishlar hosil bo‗ladi. Bu tebranishlar tovush to‗lqinini hosil qiladi. Ular tovush manbaidan turli tomonlarga aylanasimon tarqaladi.

Ushbu hodisaning umumiy zanjiri quyidagicha amalga oshadi: tovush to‗lqini manbai – tovush to‗lqinlari – eshitish organiga tovush to‗lqinlarining ta‘sir etishi –


eshitish analizatorlari orqali qabul qilingan qo‗zg‗atuvchi ta‘sirining bosh miyaga uzatilishi.


Fizik nuqtai nazardan, tebranishlar o‗lchovi sifatida tebranadigan jismning bir sekunddagi tebranishlari soni gerts9 (gts) qabul qilingan.


4. Yangragan tovush to‗lqinlari eshitish organi tomonidan qabul qilingach, unga ta‘sir etadi va asab tuzilmasi (analizator) orqali bosh miyaga o‗tib, tovush sezgisini qo‗zg‗atadi.


Ma‘lumki, biz kundalik hayotda juda ko‗p, xilma-xil tovushlarni eshitamiz. Lekin bu tovushlarning hammasi ham musiqada qo‗llanila bermaydi. Eshitish organlarimiz musiqaviy tovushlar bilan shovqinli tovushlarni bir-biridan ajratish qobiliyatiga ega. Shovqinli tovushlar, masalan, qarsillash, gumburlash, g‗ijirlash, shivirlash, dukillash va hokazolar aniq tovush to‗lqini balandligiga ega emas, shuning uchun ham bu tovushlar musiqada qo‗llanilmaydi10.


Musiqaviy tovushning nazariy jihatdan to‗rt xil fizik xususiyati mavjud. Ular balandlik, uzunlik (cho‗zim), qattiqlik (tovush kuchi) va tembr (tovush tusi) dan iborat.


Yangrayotgan tovushning balandligi tebranayotgan egiluvchan jismning tebranish tezligi, ya‘ni chastotasiga bog‗liqdir. Tebranish qanchalik tez bo‗lib tursa, tovush shunchalik baland bo‗ladi va aksincha, tebranish qanchalik sust bo‗lsa, tovush shunchalik past bo‗ladi.



  1. Gerts – ushbu hodisani ochgan fizik olim nomiga qo‘yilgan atama.




  1. Zamonaviy orkestrlarda tovushi muayyan balandlikka ega bo‘lmagan, urib chalinadigan asboblar ham qo‘llaniladi. Masalan uchburchak, kichik baraban, mis tovoqchalar (tarelkalar), katta baraban va boshqalar. Кompozitorlar ularni qo‘shimcha asboblar sifatida ishlatib, musiqaviy bayonni yanada ifodaliroq qilish uchun foydalanishadi.

21


Yangrayotgan tovushning cho‗zimi tebranayotgan jismning to‗lqin amplitudasiga bog‗liqdir. Tovushning uzun yoki qisqaligidan uning fizik xarakteri o‗zgarmaydi, lekin musiqa nuqtai nazaridan tovushning cho‗zimi uning yana bir xususiyati bo‗lib, muhim ahamiyatga egadir. Tovush cho‗zimi tovush manbai tebranishining davom etishiga bog‗liq bo‗ladi. Masalan, tovush chiqa boshlaganda tovush manbaining tebranishi qanchalik keng bo‗lsa, tovushning pasayib borishi ham shuncha uzoq davom etadi. Bunda albatta, tovush manbai bo‗lgan jism erkin tebranishi shart.

Muayyan balandlikdagi munosabatda bo‗lgan tovushlar qatoriga musiqaviy tuzilma deyiladi. Tuzilma tovushlarining o‗z balandligiga qarab joylashishi tovushqator, tovush esa uning pog‗onasi deyiladi. Musiqaviy tuzilmaning to‗liq tovushqatori 88 ta xilma-xil tovushlarni o‗z ichiga oladi. Bu tovushlar (ya‘ni eng past tovushlardan eng yuqori tovushlargacha) 16 gts dan 4176 gts tebranishga egadir. Ana shu tovushlar balandligi inson qulog‗i qulay eshita oladigan tovushlardir.


Insonning vokal ovozi taxminan 60 dan 1000 gts gacha bo‗lgan diapazonda yangrashi bois, ko‗pgina cholg‗u sozlar aynan ushbu diapazon doirasida tovush hosil qiladi.


Tovushlar bo‗g‗inli va harfiy nomlar bilan ataladi. Musiqaviy tuzilma tovushqatorining asosiy pog‗onalariga yettita mustaqil nom berilgan:





Bo„g„in

Do

Re

Mi

Fa

Sol

La

Si

bilan















































Download 2,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish