Alteratsiya belgilari. Engarmonizm. Nota yozuvining qisqartma belgilari.
Bosqichning ko‗tarilishi yoki pasayishi alteratsiya deb ataladi. Alteratsiya belgilari notaning chap tomoniga qo‗yilib, asosiy bosqichning ko‗tarilganligini yoki pasay-ganligini qo‗rsatadi. Alteratsiya belgilari 5 tadir:
diyez (#) — yarim tonga ko‗tarilish;
dubl diyez (х) — qo‗sh diyez — butun tonga ko‗tarilish;
bemol (yarim tonga pasayish;
dubl bemol () — qo‗sh bemol — butun tonga pasayish;
bekar (\) — oddiy hamda qo‗sh diyez va bemollarning harakatini bekor qiladi. Alteratsiya belgilari kalitli va tasodifiy bo‗ladi.
Kalitli belgilar kalit yoniga, uning o‗ng tomoniga qo‗yiladi. Ular barcha oktava to-vushqatorlariga yangilari paydo bo‗lgunga qadar amal qiladi.
Tasodifiy belgilar nota oldiga qo‗yilgan bo‗lib, ular faqat bir taktga hamda o‗sha oktavadagi notagagina ta‘luqlidir.
Engarmonizm — tovushlarning balandlik bo‗yicha tengligi bo‗lib, ular turli ma‘no kasb etadi va har xil yoziladi:
31
Ritm. Uzunlikni belgilash. Uzunlikning asosiy nisbati. Pauza.
Tovushlarning bir xil yoki turli miqsordagi uzunligining izchilligi ritm deyiladi. Tovushlarning uzunligini belgilash uchun bir qator asosiy nota belgilari mavjud:
— Butun nota
— Yarimtalik nota
— Choraktalik nota
— Nimchoraktalik nota
— O‗noltitalik nota
Shtil (vertikal tayoqcha) tuxumsimon (oval) shaklga quyiladi. Barcha notalar, butun-dan tashqari, shtillarga ega, bayrokchalar (bir va undan ortiq) o‗ng tomondagi shtilga qo‗shiladi.
Uzunlik nisbati jadvali:
Notalar yozuvida asosiy chiziqlardan tashqari, ayrim notalar uchun qisqa qo‗shimcha chiziqlar ham ishlatiladi. Ular nota yo‗lining ostiga va ustiga yoziladi.
32
Notalar turli guruhlarga birlashtirilganda tayoqcha va qovurg‗achalarni yozish uchun qulay o‗rinlar tanlanadi. Bunda iloji boricha ularni nota yo‗lining o‗rta qismiga yozishga harakat qilish maqsadga muvofiq.
Musiqa savodxonligi o‗quvchilarda kalitlarni bilishni taqoza etadi. chunki musiqa asarlari nota yo‗llariga kalitlar yordamida yoziladi.
Кuyni nota yo‗lida joylashtirish uchun nota chiziqlari ustiga va oralig‗iga tovushlarning muayyan balandligi maxsus belgi bilan biriktiriladi va bunga kalit deyiladi.
Кalit nota yo‗lining boshida asosiy chiziqlarning biriga qo‗yiladi. Bunda biror asosiy chiziq kalit markazini kesib o‗tishi shart.
Кalit ana shu chiziqda joylashgan notaga muayyan tovush yoki pog‗ona balandligini (nomini) belgilaydi, nota yo‗lidagi qolgan tovushlar joylashishi ham mana shu notaga moslanadi.
Hozirgi vaqtda musiqa amaliyotida asosan uchta xilma-xil kalit keng qo‗llaniladi.
Skripka (sol) kaliti:
U ikkinchi chiziqda birinchi oktavaning sol tovushi balandligini belgilaydi.
Bas (fa) kaliti: To‗rtinchi chiziqda kichik oktavaning fa tovushi balandligini belgilaydi.
Do kalitining esa asosan ikki xili, ya‘ni al’t va tenor kalitlari ko‗p qo‗llaniladi.
33
Al‘t kaliti birinchi oktavaning do tovushi balandligini uchinchi chiziqda, tenor kaliti esa xuddi shu tovush balandligini to‗rtinchi chiziqda belgilaydi.
Alt kaliti asosan alt va trombon cholg‗u asboblari uchun qo‗llaniladi. Tenor kaliti esa violonchel, fagot va trombon uchun qo‗llaniladi.
Musiqani notaga olishda qo‗shimcha chiziqlarni haddan tashqari ko‗paytirmaslik uchun nota yozuvida xilma-xil kalit belgilaridan foydalaniladi. Bu nota yozuvining o‗qilishi va ijrosini asonlashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |