O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti



Download 2,84 Mb.
bet11/20
Sana17.07.2022
Hajmi2,84 Mb.
#818225
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20
Bog'liq
Shohruh (II bob)

I bob bo‘yicha xulosa
APQB sharoitida quduqlarni burg‘ilashda, mahsuldor qatlamni ochishda ko‘p holatlarda suv asosli yuvuvchi suyuqliklardan (zichligi 1000 kg/m3 katta emas) foydalanilgan, burg‘ilab o‘tilgan yuqorida joylashgan oraliq birdaniga yuvilgan. Burg‘ilash eritmalari polimerlar bilan ishlangan, to‘ldiruvchilar qo‘shib ularni sifati yaxshilangan va ochiladigan mahsuldor qatlamning QTZsidagi tog‘ jinslarining kollektorlik va sig‘imdorlik xossalari salbiy ta’sirlardan himoyalangan. Ko‘piklarni xossalarini o‘rganish va ularning asosiy xossalarini boshqarish bo‘yicha yuqori muvaffaqiyatlarga erishilgan. Gaz suyuqlik tizimi (GST) neftgaz sanoati amaliyoti ayniqsa, neft va gaz quduqlarida APQB sharoitda mahsuldor qatlamlarni ochishda keng qo‘llanilmoqda. Ko‘pik bilan burg‘ilangan quduqlardan chiqqan ko‘piklar tarkibida SFMlar va kimyoviy reagentlar bo‘lganligi uchun qayta ishlatilmasdan tashlanadi. Bunday texnologiyada KSHSlar ko‘p miqdorda sarflanganligi uchun ko‘p yutuqlarga ega bo‘lsa ham uch fazalik ko‘piklarni qo‘llanilishi chegaralanadi. Shuning uchun ishlatilgan ko‘piklardan qaytadan foydalanish uchun germetikli sirkulyasiya tizimidan (GST) foydalaniladi. Anomal past qatlam bosim sharoitda quduqlarni o‘zlashtirishda quduqdagi SFM aralashmali suvli eritmasi ikki yoki uch fazali ko‘pikka almashtirilganda kutilmaganda murakkabliklarni kelib chiqishining oldini olishda ishga qo‘shish momenti muhim rol o‘ynaydi va quyidagi tartibda jarayon amalga oshiriladi. Aeratorga siqilgan havo ketma-ket, bir tekis va kichik dozada beriladi. Ko‘pikning sarfi shunday nisbatda haydaladiki, quduqda havo yostig‘ining paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Quduqda havo tiqinining paydo bo‘lishi bosimni keskin oshiradi hamda kompressorni va quduq usti jihozlarini ishdan chiqarishgacha olib kelishi mumkin. Qatlam flyuidining debitida burg‘ilashda depressiya rejimiga o‘tish chegaralangan. Qatlam gazining debitida depressiyada burg‘ilashda xavfsiz kattalik haqidagi so‘nggi javob mavjud emas. Ko‘rinib turibdiki, bu muammoga tegishli javob mavjud yechimni topish uchun quduqqa kirib keladigan qatlam flyuidlari bilan yuvuvchi agentlarning ta’sir holatlarini aniq sharoitlarda qidirish zarurdir. Quduqlarni burg‘ilashda qo‘llaniladigan ko‘pik o‘z holati bo‘yicha uzoq vaqt davomida parchalanmaydi. Shuning uchun ko‘piklarni o‘z-o‘zidan parchalanishi uchun faqatgina sig‘im-tindirgichlarni o‘zi yetarli bo‘lmaydi. Bundan tashqari ko‘piklar yerning ustiga chiqarib tashlanganda yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan darajada atrof-muhitni ifloslantiradi. Shuning uchun quduqdan chiqib kelgan ko‘piklarni so‘ndirish uchun kimyoviy va fizik usullar, eng so‘nggida mexanik so‘ndirish usuli qo‘llaniladi. Kimyoviy usulda ko‘piklarni sundirishda faqat ko‘piklarni so‘ndirish uchun mo‘ljallangan maxsus SFM asosidagi reagentlardan foydalaniladi. Hozirgi vaqtda hamma talablarga javob beradigan kimyoviy ko‘pik sundirgichlar ishlab chiqarilmagan. Burg‘ilash eritmasining keltirilgan zichligining minimal qiymati suyuqlikni sirkulyasiyasiz davomida burg‘ilash tizmasini ko‘tarish sharoitida kelib chiqqan holda aniqlanadi. Burg‘ilash eritmasining keltirilgan maksimal qiymati quduqni yuvish bilan burg‘ilash asboblarini turish sharoitida aniqlanadi. Yuvuvchi suyuqliklarning yutilishi eng katta xavf tug‘diradi, zichlikning qiymati yuvilishni boshlanish bosimidan yuqori bo‘lgan bosimni paydo qilmasligi kerak. Mahsuldor qatlam uncha chuqur joylashmaganda va geologik qirqimda mustahkam tog‘ jinslari joylashganda, mahsuldor qatlamni usti qismidagi oraliqni burg‘ilash ishlarini oson olib boorish mumkin. Ularning suv beruvchanligi yuqori bo‘lganda mahsuldor qatlamni burg‘ilashni qo‘llash ahamiyatsizdir. Suv beruvchanlik yuqori bo‘lganda o‘tkazuvchan qatlamlarda zich filtratsiya qobiqlarini hosil qiladi: filtratsiya mahsuldor qatlamni kuchli ifloslantiradi, differensial bosimlarning ta’sirida qalin qatlamli qobiqlarni qisilib qolish xavfini oshiradi.
Agarda eritmaning tarkibida qattiq fazalar tarkibi kichik bo‘lganda, past darajadagi qattiq fazalarning konsentratsiyasini saqlab qolish uchun yuqori qovushqoqlik xususiyati beriladi. Bunday eritmalarni «buzilmaydigan, yoyilmaydigan, tarqalmaydigan» eritmalar deyiladi. Bu nima ma’noni anglatadi, ya’ni ular cho‘kindi hosil qilmaydi va tarkibida himoyalangan kolloidlar– suyultiruvchilar mavjud emas. Kam tarkibli qattiq fazali eritmalarning–tarkibiy tuzilmasi sodda, konduktorni burg‘ilashda qo‘llaniladigan, maksimal mexanik burg‘ilash tezligini olish uchun qo‘llaniladigan eritmalardir.



Download 2,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish