1.1-jadval.
Havo haydab va gilli eritma bilan yuvilgan quduqlarni burg‘ilash ma’lumotlari.
Ko‘rsatgich
lar
|
Quduqlar
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
7
|
8
|
Burg‘ilash usuli
|
Turbinali
|
Rotor
li
|
Turbinali
|
Rotor
li
|
Elektrobur
|
Elektrobur
|
Turbinali
|
Rotor
li
|
Yuvuvchi agentning turi
|
Gilli
|
Havo
|
Gilli
|
Havo
|
Gilli
|
Havo
|
Gilli
|
Havo
|
Burg‘ilash oralig‘i, m
|
382-1070
|
350-1065
|
1252-1468
|
1254-1469
|
180-1328
|
165-1320
|
280-1509
|
283-1503
|
Sarflangan burg‘ilar soni
|
46
|
4
|
17
|
2
|
27
|
3
|
46
|
4
|
Burg‘ini o‘tishi, m
|
15,5
|
225
|
12,7
|
107,5
|
43,3
|
385
|
26
|
366
|
Mexanik burg‘ilash tezligi, m/soat
|
6,6
|
19,2
|
3,5
|
17,2
|
7,3
|
28,8
|
5,3
|
10,3
|
Ko‘pgina tadqiqot ishlarni tahlil qilganimizda havo bilan quduq stvollari burg‘ilanganda qatlamdagi karbonsuvchil flyuidlarning alangalanishi hamda qirqimda uchraydigan kuchli zararli gazlarni neytrallashtirish muammolari yetarli darajada o‘rganilmagan. Bugungi kunda jahon amaliyotida gazsimon agentlardan foydalanib quduqlarni burg‘ilash va ta’mirlash ishlarini kuchaytirish tendensiyasi, gazsimon agentlardan foydalanish texnologiyasini ishlatish muammolari, gaz konlarida texnologik jarayonlar qo‘llanilganda portlashlarni kelib chiqarmaslik muammolarini dolzarb hisoblash mumkin. Bunday muammolarni yechimini topish neft va gaz sanoatida juda ham muhimdir.
Neftgaz qazib olishda havoni inertgazlar bilan almashtirish muammosi so‘nggi davrlargacha suyuqlik yoki gazsimon azotlardan foydalanish yo‘llari orqali hal qilingan. Gazlangan kislotalardan va gaz azot tizimidan foydalanish texnologiyasini keyingi mavzularda batafsil ko‘rib chiqamiz. Suyuq yoki gazsimon azotdan foydalanishda agregatlarni qo‘llash texnologiyasi faqat AQSH va Rossiya davlatlarida emas balkim respublikamizda ham mahsuldor qatlamlarni o‘zlashtirishda ham qo‘llanilmoqda [7].
Quduqlarni o‘zlashtirish bo‘yicha IYOD (ichki yonuv dvigatel) larning gazidan foydalanishning uchta modifikatsiya qurilmasi ishlandi.
1. D12 dizel motoridan yongan gazni olish qurilmasi 2VM4-9/11 kompressorning ishiga olib keluvchi SD-9/101 kompressor stansiyasi.
2. YAMZ-238 dizel motoridan yongan gazni oluvchi qurilma SD-9/101 kompressor stansiyasiga tirkalma dvigatel sifatida xizmat qiladi.
3. Avtomobil tirkamasidagi mobil qurilmasi IYODning gazidan har qanday (burg‘ilash qurilmasi, dizel-generator stansiyasidan) manbaidan olib foydalanadi.
Birinchi ikki turdagi modifikatsiyalarning konstruktiv xususiyati yongan gazni ikki usulda oladi. D12 dizel-motoridan yongan gazni olishda olinadigan gazning harorati 250-450oС gacha ko‘tariladi, janubiy rayonlarda (O‘zbekiston sharoitida) yozda sovutish uchun termik ekranli alyuminiy quvurlardan (tashqi harorat +35oС yuqori bo‘lganda) foydalaniladi.
YAMZ-238 dizel-motordan yongan gazlarni olishda olinadigan gazning harorati 70-80оС-dan oshib ketmaydi, D12 dizel-motordan olinadigan gazga nisbatan toza hisoblanadi. Bunday modifikatsiyadagi qurilma suv bilan sug‘orish uchun termik ekranli alyuminiy quvurlarni talab qilmaydi.
Ko‘rsatilgan qurilmalar keng qamrovli sanoat sinovidan o‘tkazilgan hozirgi vaqtda keng miqyosda qo‘llanilmoqda. Ularni amaliy yutug‘i dizel-motorlarda yongan gazlarning tarkibida kislorodning miqdori 3 % dan oshmaydi.
“SevKavNIPIgaz” tomonidan ishlangan qurilmalarning seriyali ishlab chiqarilishi soddaligi va burg‘ilash ishlarini boshqarishda qo‘llashning ishonchliligidir. Ularning bahosini pastligi, ayniqsa qurilmaning xizmat qilish muddatiga bog‘liq bo‘lmasdan, kompressor stansiyasiga montaj qilishni imkoniyati mavjuddir. Bunday ishlangan qurilmani IYODning yongan gazlaridan foydalanib, quduqlarni sifatli o‘zlashtirishda hamda portlashi xavfli bo‘lgan aralashmalar paydo bo‘ladigan har qanday neftgaz konlarida qo‘llanilganda kafolatli ishlab beradi. Yuqorida keltirilgan texnologiyalardan va texnologik jihozlardan qumli tiqinlarni burg‘ilash bilan bog‘liq bo‘lgan gaz quduqlarida gaz-qum-oqimli perforatsiyalarni olib borishda katta bosim bilan siqib ta’mirlanganda gaz quduqlarida IYOD-larini yongan gazlari qo‘llanilganda samarali foydalnish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |