I. Tashkiliy qism:
Talabalarni mashg’ulotga jalb qilish: Jahon hafta ichida yoki O'zbekiston
hafta ichida ruknida xalqaro ahvol haqida qisqa axborot berish.
Talabalarning yurtimizning qo’shni mamlakatlar bilan hozirgi davrdagi hamkorligi haqida
axborotlarini tinglash.
II. O'tilgan ma’ruza mavzusini takrorlash:
Ilgarigi o’tilgan mavzuni qisqa takrorlash,frontal so’rab – bilish -blitz yoki mavzu bo’icha savol va
topshiriqlarni talabalarning og’zaki javoblarini tinglash shaklida o’tkaziladi.
III. Yangi mavzu rejasi:
1. Tili va antropologik xususiyatlari.
2.Xo’jalik-madaniy tiplar. Dehqonchilik va chorvachilik.
3.Moddiy madaniyat. Ijtimoiy taraqqiyot xususiyatlari.
4.Oila-nikoh munosabatlari.
5.Ma’naviy madaniyat. Din, xalq san’ati.
Yangi mavzu qisqa bayoni:
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Afrika bo'yicha Iqtisodiy komissiyasi taklifiga binoan
G'arbiy va Markaziy Afrikaga tabiati, etnik tuzilishi, tarixi va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining
umumiy xarakteriga qarab 24 ta mamlakat kiritilgan. Etnik jihatdan bu yerda yashovchi xalqlarning
ko'pchiligi G'arbiy Sudan va Bantu xalqlari degan nom bilan atalgan. Bularning ko'pchiligi XX asr
o'rtalariga qadar Yevropa davlatlarining mustamlakasi bo'lib kelgan. Ayniqsa, ikkinchi jahon
urushidan keyin butun Af-rikani larzaga keltirgan milliy-ozodlik harakati juda ko'p xalqlarning
mustaqil rivojlanishiga yo'l ochib berdi. Tarixiy «Afrika yili» nomi bilan kirgan 1960-yilda G'arbiy
va Markaziy Afrikaning 15 ta mamlakati siyosiy mustaqillikni qo'lga kiritgan edi. Shulardan eng
kattalari Nigeriya va Zoir, keyin Senegal va Mali, Mavritaniya va Benin (ilgarigi Dagomeya), Niger
va Yuqori Volta, Fil suyagi sohili va Togo, Chad va Gobon, Markaziy Afrika va Kongo xalq
respublikasi, Kamerun va S'erra-Leone. 1965-yilda Gambiya, 1968-yili Ekvatorial Gvineya, 1973-
yilda Gvineya-Bisau, 1975-yil Yashil orollar buruni va Angola mustaqil respublika deb e'lon
qilindi. Bu mamlakatlarda hozir muhim etnik jarayon ro'y bermoqda.
G'arbiy va Markaziy Afrika aholisi turli antropologik va lingvistik guruhlardan iborat bo'lib,
o'zlarining xo'jalik faoliya-ti, madaniyati va dinlari bilan biroz ajralib turadilar. G'arbiy Afrikaning
shimolida Mali va Niger hududida yashovchi tuareglar katta yevropoid irqining O'rta yer dengizi
tipiga mansub. Yevropoid belgilari Markaziy Afrikaning shimoliy hududlaridagi tubi kanuri kabi
elatlarda ham biroz seziladi. Qolgan barcha xalqlar katta negroid irqiga tegishli. Ammo ular ayrim
tiplarga bo'lingan. Masalan, badanining rangi, labining qalinligi, prognatizm, bo'yi va boshqa
belgilari bilan Senegal tipi (volof xalqi), niger tipi (mandingo xalqi), chad tipi (xausa xalqi), saxara
tipi (sara xalqi), pakana bo'yli negeril tipi (pigmeylar) bir-biridan ajralib turadilar.
G'arbiy Afrikaning etnolingvistik qiyofasi juda rang-barang. Bu yerda hozir bir necha til
oilalari va juda ko'p turkumlarga mansub etnoslar yashaydi. Afroosiyo til oilasiga kiradigan bar-bar
va tuareglar hamda chad turkumiga mansub xausalar bilan birga niger-kordofa, nil-saxara, benue-
kongolez til oilalariga tegishli juda ko'p xalq va elatlar keng hududda joylashgan. Markaziy
Afrikaning etnolingvistik xaritasi ancha yaxlit, umumiy-likka ega, asosan, bantu tillarida
gapiradigan xalqlardan iborat. Bantu xalqlari miloddan avvalgi I ming yillikning o'rtalarida
Markaziy Afrikada paydo bo'lib, bu yerda qadimdan yashab kelgan pigmey va bushmenlarni siqib
chiqarganlar. Hozir Markaziy Afrikada 32 mln. bantu xalqlari yashaydi. Shulardan eng yirigi baluba
(4,4 mln., kishi), bakongo (4,4 mln.), ovim bundu (2,3 mln.), bambundu (1,7 mln.) va hk. G'arbiy
Afrikada xausa va unga yaqin tilda gapiradigan xalqlar 10 mln. kishi, benue-kongolez tilida ham 7
mln., volt tilida 8 mln. g'arbiy atlantik tilida 10 mln.dan ortiq xalq gaplashadi.
Xo'jalik jihatdan mazkur mintaqa Shimoliy Afrikadan keyin ancha rivojlangan. Bu yerda
ham qishloq xo'jaligi iqtisodiyotning negizini hosil qiladi. Okeandan uzoqda magistral transport
yo'llaridan chekkada joylashgan Markaziy Afrika xalqlarining an'anaviy mashg'uloti dehqonchilik
va chorvachilik bo'lib, 80 foiz aholining hozirgacha asosiy tirikchilik manbai hisoblanadi. Qishloq
xo'jaligida jamoachilik munosabatlari saqlanib kelmoqda.
Mahalliy dehqonchilik tropik iqlimga moslashgan, o'rmonlarni chopib, ochilgan yerga kul
aralash yerga chopqi (butali yog'och xodaga temir tish kiygizilgan) bilan ishlov berib ekin ekiladi.
Bo'z yerga ekin 5-6 yil, ba'zan yer ko'p bo'lsa 10-12 yildan keyin qayta ekiladi. Asosiy ekinlardan
sholi, makka, suli, batuta, shakarqamish, lobiyo ekiladi, tropik o'rmonlarda yams, manioka, taru,
yeryong'oq (araxis), non daraxti, banan, qovun, qovoq, sitrus va meva daraxtlari o'stiriladi. Muhim
an'anaviy «etnik»mahalliy ekinlardan sholi gvineya-liberiya zonasida yashovchi xalqlarga xos
bo'lib, odatda sug'orilmay ekiladi. Sholikorlik Niger va Gambiya daryolarining sohillarida 3,5 ming
yillar muqaddam paydo bo'lib, boshqa joylarga tarqalgan. Uni daryo yoqasidagi pastlik suv toshqini
serob yerlarda yoki ko'pincha ekvatorial iqlimli namli seryomg'ir tropik o'rmonlarda ekadilar.
G'arbiy Afrikada sholidan yiliga 400 ming tonnaga yaqin hosil olinadi.
Mustamlakachilik siyosati natijasida ayrim mamlakatlar eksport uchun maxsus ekinlarni
ekishga ixtisoslashtirilgan edi. Doimiy nam iqlimli o'lkalarda, asosan, shimoliy kenglikning 8
gradus janubida joylashgan o'lkalarda eng foydali eksport ekinlari madaniylashtirilgan. Ayniqsa,
Gvineya bo'g'oziga yaqin joylashgan mamlakatlarda kakao, kofe, banan, geveya, ananas, kokos
palmasi kabi o'simliklar o'stiriladi. G'arbiy Afrikada jahonda yetishtiriladigan kokosning 3/2 qismi,
butun qit'adagi kokosning 90 % i o'stiriladi. Gambiyada yeryong'oq, Nigeriya va Dagome-yada
xurmo, Fil Suyagi sohilida kofe (jahonda uchinchi o'rinda, qit'aning 90 % hosili), Liberiya va
Nigeriya xurmo moyi ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Markaziy Afrikada ham yirik plantatsiya
xo'jaliklarida eksport uchun xurmo yog'i, kauchuk, banan, shakarqamish, kofe, kakao, tamaki,
yeryong'oq (araxis) va paxta yetishtiriladi. Bu yerda o'rmon ko'p bo'lganligi tufayli qimmat-baho
daraxt turlari ham eksport qilinadi (butun qit'aning 3/1 qismi Markaziy Afrikada tayyorlanadi).
Jahon bozorida okume, maxo-gani, iroko kabi daraxtlar yuqori baholanadi. Yuqori Gvineyaning
tropik o'rmonlarida yashovchi yoruba, ibo, oshanti kabi xalqlar don ekinlariga uncha e'tibor
bermaganlar, asosan, yams, manio-ka, taro, araxis, banan, sitrus va boshqa meva daraxtlari
yetishtirganlar. Bolof, serer, mandingo, xausa kabi qadimiy dehqonchilik kasbiga ega xalqlar esa
asosan, don ekinlari — jo'xori. suli, makka, bug'doy, suv serob joylarda sholi ekkanlar.
Chorvachilik sust taraqqiy etgan. Faqat Xausa, Mandingo sohillarida yashovchi ayrim etnik
guruhlarda uy hayvonlari saqlangan. Ular ovchilik va baliqchilik bilan ham shug'ullanganlar.
Chorvachilik faqat shimoliy va janubiy hududlarda fulbe, tuareg xalqlarida keng tarqalgan.
Ko'chmanchi va yarim ko'chmanchi turmush tarzida yashovchi bu xalqlar asosan, zebu, kichkina
ho'kiz-ndama, ot, tuya, qo'y va echki boqib kun kechiradilar. Janubiy kenglikning 10 daraja pastida
Gvineya savannasida yirik shohli mol boqish mumkin emas, chunki sese pashshasi molga qirg'in
keltiradi. Shuning uchun fulbe xalqlarining ko'chish hududi ham mazkur kenglikning shimolida
cheklangan. Yirik shoxli mollar, asosan, Sudan, sohil mamlakatlari — Mali, Yuqori Volta va
Nigeriyada mavjud. Dehqonchilik xo'jaliklarida ham qisman mol saqlanadi, uni faqat bayramlarda
va diniy marosimlarda so'yadilar.
G'arbiy va Markaziy Afrika qishloq aholisining ko'pchiligi qadimiy davrlardan to hozirgacha
barcha ishlab chiqarish qurollari, uy-ro'zg'or buyumlari, kiyim-kechak va boshqa zarur
mahsulotlarni uyda ishlab chiqarganlar. Ayniqsa, G'arbiy Afrikada hunarmandchi-lik nihoyatda
rivojlangan. To'qimachilik va ko'nchilikda xausa xalqi juda yuksak san'atga ega bo'lgan. Turli
gazlamalar, ajoyib teri mahsulotlari, har xil qop va idishlar, poyabzal, egar, kamar va hk.lar zo'r
mahorat bilan yaratilgan va uzoq yurtlarga chiqarilgan. Fulbe, Mandigo, Xausa xalqlarining
temirchi va misgarlari omoch tishi, bolta, bel, ketmon, o'roq, pichoq, qilich, xanjar, nayza va har xil
bezaklar ishlab chiqarganlar. Temirchilik eng hurmatli kasb hisoblangan. Gvineya xalqlari,
Ganadagi ashanti, Nigeriyadagi yoruba, Kamerundagi bamuma kabi xalqlarda badiiy
hunarmandchilik nihoyatda rivojlangan. Ular sopoldan, jez va fil suyagidan juda ajoyib haykallar
yasaganlar. Benin hunarmandlari hayvonlarning kichkina, podsholar va ajdodlarining yirik
hajmdagi haykallarini jezdan quyish malakasiga ega bo'lganlar. Ular hatto ko'shk va saroylarni
bezaydigan turli rasm, bezak va haykallar yasay olganlar. Bantu xalqlari turli xildagi chipta va
savatlar to'qishda katta mahoratga erishganlar. Yog'och o'ymakorligida G'arbiy Afrika xalqlaridan
oldinga chiqadigani yo'q.
Hozir G'arbiy va Markaziy Afrikaning iqtisodiy taraqqiyotida qazilma boyliklarning ko'pligi
muhim ahamiyatga ega. Yaqin davrgacha bu yerda og'ir sanoat bo'lmagan. Mustaqillikka erishil-
gandan keyin, ayniqsa, yirik port shaharlarida asta-sekin sanoat korxonalari paydo bo'la boshlaydi.
Masalan, Dakara, Abidjon, Jantil, Luanda, Port-Xarkorte va Zarrida neft ishlab chiqarish zavodlari,
Gvineyada alyumin uchun zarur loy tuproq zavodi, Nigeriyada simob eritish zavodi, Gana va
Kamerunda alyumin zavodi, Zoirda tog' koni sanoati va olmos kavlab olish korxonalari (jahonda
eng katta olmos koni), Kongoda qo'rg'oshin va oltin konlari, Gabonda marganes va uran konlari,
Kamerunda boksit, Gobon va Kongoda yuqori sifatli temir ishlab chiqarish korxonalari paydo
bo'ldi. Nihoyatda boy va rang-barang mineral resurslarning topilishi mazkur mintaqada eng muhim
sanoat tarmoqlarining rivojini ta'min qilmoqda. Markaziy Afrikada yog'och ishlab chiqarish,
to'qimachilik, oziq-ovqat sanoati sohalari ham rivojlangan. Og'ir sanoatning asosiy mahsulotlari
eksportga ishlaydi.
G'arbiy va Markaziy Afrika aholisi turmush tarzi va tabiiy sharoitga moslashgan uylarda
yashaydilar. Barcha mamlakatlar asosan, agrar xo'jalikka ega bo'lganligi tufayli aholining ko'pchilik
qismi qishloqlarga joylashgan. Ammo G'arbiy Afrika qadimiy shahar madaniyatiga ega bo'lib, bu
yerda o'rta asrlardayoq 70 ga yaqin shahar mavjud bo'lgan mintaqada keyingi davrlarda shaharlar
ko'payib migratsion jarayon ancha kuchaygan. Markaziy Afrikada, aksincha, shaharlar asosan,
so'nggi vaqtlarda paydo bo'la boshlagan, aholi migratsiyasi juda past. Umuman mintaqaning 70-80
foiz aholisi qishloqda joylashgan, ayrim mamlakatlarda undan ham ko'p (Chadda 93 %, Angola va
Zairda 80-90 %, Niger, Liberiya, Mali, Gvineya-Bisau va Yuqori Voltada 90-95 % aholi
qishloqlarda yashaydi).
Turli shakldagi uylar asosan, loy va yog'ochdan quriladi. Man-de, xausa va g'arbiy bantu
xalqlari loydan doirasimon, oynasiz konus shakldagi somon bilan yopilgan tomli uylarda yashaydi-
lar. Mali va Gvineyada yashovchi mandingo xalqi 30-40 kishilik ikki-uch avloddan iborat katta
oilalar birikib, yog'och devorlar bilan o'ralgan bir necha uylarda istiqomat qiladilar. Bunday uy
shamoyili sukala deb ataladi. Hozir ham ko'chmanchi fulbe qabi-lalari doira qilib joylashgan,
o'rtasida mol saqlaydigan qo'raga aylangan uylarda qonu qarindoshlar jamlanib, bir oila bo'lib
yashaydilar. Bunday qurilgan uylarga vuro deb nom berilgan. Qishloq o'rtasida odatda jamoa
majlislari uchun katta uy tiklan-gan. Ko'pincha tropik o'rmonlarda uchraydigan bundayjamoa
uylarida erkaklar savat, bo'yra va boshqa buyumlar to'qiganlar, o'ymakorlik va haykaltaroshlik
qilganlar, jamoa sudi va boshqa muhim masalalarni hal qilganlar. Qishloqlarda 200-300 kishi
yashagan. Niger vohasida mingga yaqin kishilik qishloqlar ham mavjud.
Gvineya sohilida yashovchi xalqlar yog'ochdan qurilib, loydan urilgan to'rtburchak
shaklidagi tekis somon tomli uylarda yashaydilar. Masalan, yorubalarda uylari ichkariga qaratilgan
bir necha hovlilar mavjud. Uylarning devorlari bezatilgan, ustunlarga o'yma naqshlar berilgan.
Gana xalqining uylari ichkari va tashqariga bo'lingan, hovlilar devor bilan o'ralgan. Ko'chmanchi
fulbe va tuareglar ko'chishga qulay teri yoki chipta yopilgan chodirlar tiklaganlar. Malidagi songai
xalqlari o'ziga xos somon chiptalar bilan egilgan chiviqlarga birkitilgan uylarda yashaydilar.
Bunday uylar toshqin kelganda ko'chirishga qulay bo'lgan.
Mahalliy aholining kiyimlari ham tabiiy sharoitga moslashgan. Sudan sohilliklarining
erkaklari keng ko'ylak va sharovar (cholvir), ayollari yubkaga o'xshash beldan pasti to'piqqacha bir
necha marta o'ralgan rangli chitdan iborat kiyim kiyadilar. Tog' etaklarida yashovchi fulbe qabilalari
sovuqdan ko'ylak-ishton, ustiga jun matodan tikilgan plash yopinganlar. Tropik o'rmonlarda
yashovchi aholining ko'pchiligi oddiy belbog' bilan cheklangan. Poyafzal deyarli kiyilmaydi, faqat
sahroda issiq qumdagi qabilalar sandal kiyganlar. Tuareglarning erkaklari boshdan oyoq qora
matoga o'ranadilar. Shaharlarda Yevropa kiyimlari tarqalgan.
Dehqonchilik bilan shug'ullanuvchi aholining taomlari, asosan, guruch, suli, manioka va
sabzavotlar, guruch, qo'ziqorin, sabzavot, go'sht yoki baliq bilan pishiriladi, sulidan atala,
maniokadan non pishiradilar. Chorvador fulbe, asosan, sut mahsulotlarini iste'mol qiladilar, suli
yoki makkadan atala pishirib, yog' qo'shib yeyiladi.
Ijtimoiy-iqtisodiy tuzumi xilma-xil. Hatto eng rivojlangan Gvineya turkumiga kiradigan
xalqlarda ham urug'chilik tuzumi qoldiqlari saqlangan. Masalan, XVI asrlarda paydo bo'lgan keyin
ingliz mustamlakachilari tomonidan yemirilgan Ashanti davlati bir necha viloyatlarga bo'linib
ularni podsho tomonidan tayinlangan urug'-jamoa boshqarib turgan. Jamoa qon-qarindoshlik
prinsipi asosida tuzilgan, taxt va oqsoqollar vazifasi ona urug'i tomonidan belgilangan, meros ham
patriarxal tipda bo'lgan. Boshliq (rais) vafot etsa, uning o'rniga opasining katta o'g'li tayinlangan.
Diniy e'tiqodga binoan har bir kishiga otadan jon, onadan qon: nasl-nasab o'tar emish.
Yoruba mamlakatida davlat ishlarida ayollar ishtirok qilgan. Bosh hokim qoshida saroyda
oliy maslahatchi bo'lib, ayol kishi tayinlangan. U «podshoning onasi» deb e'lon qilingan, hokimning
chinakam asl onasi esa o'g'li taxtga chiqishi bilan qatl etilgan. XVII asrda Dagomeyada hatto ayollar
gvardiyasi mavjud bo'lgan. Ayrim olimlarning fikricha, sudan-sohil xalqlarining ancha qismi sinfiy
jamiyatga patriarxatni chetlab, to'g'ri matriarxatdan o'tgan. Chunki Atlantik okean sohillari va
o'rmon chekkalaridagi ayrim qabilalarda to XIX asrgacha urug'-qabilaviy tuzumda matriarxat
belgilari aniq namoyon bo'lgan. Patriarxal munosabatlarining tipik shakllari esa XVII asr boshlarida
yirik siyosiy birikma — imomat tashkil qilgan ko'chmanchi fulbe qabilalarida saqlangan.
Ibtidoiy tuzum qoldiqlaridan mintaqada eng ko'p tarqalgan shakllaridan biri Okeaniyadagi
maxfiy ittifoqlardir. Erkaklar-dan tashkil topgan mazkur ittifoqlar dastlab matriarxat urug'i-ga
qarama-qarshi tarzda paydo bo'lib, yangi jamiyatga kelib murakkab funksiyani bajaradi. Maxfiy
ittifoqlar jamiyat hayotiga ta'sir ko'rsatib kelgan. Masalan, Liberiyada paydo bo'lgan Poro nomli
erkaklar ittifoqi, Kamerundagi Egba va Ngua ittifoqlari asosan, zodagonlardan tashkil topgan va
uning boshida mahalliy qirol turgan. Sinfiy jamiyat sharoitida erkaklar ittifoqi davlat vakolatidagi
(sud qilish, politsiya) ayrim vazifalarni ba-jarganlar. Ular qo'pol kuchga tayanib, din bilan
niqoblangan holda har xil hurofiy animistik va sehrgarlik bilan to'la maro-simlar o'tkazib aholini
vahimaga solib turganlar, hokimlarga soliq to'plash, boylik orttirish, siyosiy dushmanlarni
yo'qotish-da tayanch bo'lganlar. Vahimali niqob va kiyimlarda dahshatli arvohlar shaklida
kutilmagan paytda paydo bo'lib, qora niyatlarini amalga oshirganlar.
Maxfiy Ittifoqlarga kirish murakkab, avvalo, maxsus maktablarni tugatish zarur. Masalan,
Liberiyadagi Poro ittifoqiga 12-14 yoshli bolalar qabul qilingan, maxsus ta'lim-tarbiya berilib, og'ir
sinovlardan keyingina a'zolikka o'tkazilgan. Bola bir necha oy o'qitilgan, unga jasorat ko'rsatish,
sabr-toqat qilish va boshqa har xil hunarlarni o'rgatganlar, turli sinovlardan o'tkazganlar. Qurol
ishlatish, ov qilish, baliq tutishni egallaganlaridan so'ng o'rmonning eng qalin joyida maxsus
marosimlar o'tkazib fotiha berganlar. Onda-sonda vahimali niqoblangan ittifoq a'zolari shovqin-
suron bilan qishloqlarda paydo bo'lib ajdodlarning arvohlariga bag'ishlab diniy marosimlar
o'tkazganlar. Liberiya va Sudanda ayollarning ham maxfiy ittifoqi borligi aniqlangan. Unda ham
maxsus mak-tablarda keksa ayollar ta'lim-tarbiya berganlar, marosimlar o'tkazganlar
Odatda, Afrikani ajdodlar ibodatining klassik namunasi deb hisoblaydilar. Bu bejiz emas,
chunki butun Afrikada, ayniqsa, uning g'arbiy va janubiy qismida ajdodlarga sig'inish nihoyatda
keng tarqalgan. Ammo bu yerda islom va nasroniy dinlari ham muhim o'rinni egallaydi. G'arbiy
Afrikaga islom IX-X asrlarda kela boshlagan va mahalliy dinlarni siqib chiqara boshlaydi. Hozir bu
yerdagi aholining 32 % i (61 mln.dan ortiq kishi) musulmon, taxminan 18 % (21,4 mln. kishi)
nasroniy dinida (XIX asrda tarqala boshlagan), qolgani mahalliy diniy e'tiqodlarga rioya qiladi.
Masalan, Liberiyada aholining 4|3 qismi, Fil Suyagi sohilida 3|2 qismi, yuqori Volta va Canada 4|3
qismi, Nigeriya va Gvineya-Bisauda yarmiga yaqini mahalliy an'anaviy dinlarga, ayniqsa, ajdodlar
arvohiga si-g'inadilar. Sunna mazhabidagi islom G'arbiy Afrikaning asosan, shimolida va sohil
zonasida, ayniqsa, Senegal, Gambiya, Gvineya, Mali, Niger kabi mamlakatlarda hukmron dinga
aylangan. Masalan, Nigerda 96 % aholi, Sinegal va Gambiyada 80 % aholi musulmon. Mahalliy
a'anaviy diniy e'tiqod va ibodatlarga rioya qiluvchilar G'arbiy Afrikada 38 % (52,3 mln.dan ortiq
kishi)ni tashkil qiladi. Markaziy Afrikada esa mahalliy dindagilar 14 % dan ortiq aholi (19,2
mln.kishi)ni tashkil qiladi. Ammo islomga nisbatan nasroniylik ko'proq tarqalgan va ancha
mustahkam saqlangan. Markaziy Afrika aholisining 20 foizdan ortig'i (23,7 mln.kishi) nasroniy
dinida. Bu-lardan tashqari mintaqada nasroniy-afrika aralashma diniy e'tiqodlar ham keng
tarqalgan. Bunday sinkretik dinlar ta'siriga G'arbiy Afrikaning 26 foiz aholisi, Markaziy Afrikaning
17 foiz aholisi o'tgan.
G'arbiy va Markaziy Afrika xalqlarining badiiy hunarmand-chilik san'ati naqadar yuksak
bo'lsa, uning og'zaki ijodi, o'yin va musiqa san'ati ham shunchalik rivojlangan. Ajoyib arxitektura
namunalari, go'zal ko'shk va saroylar, afsonaviy obrazlar tasviri berilgan haykal va ustunlar, quyma
metall va o'yma yog'och san'ati namunalari bilan bir qatorda, beqiyos og'zaki adabiy merosni
avlodma-avlod saqlab kelgan baxshi (griot)lar, ashulachi va raqqosalar jahon madaniyatiga munosib
hissa qo'shib kelmoqdalar. Hozir ham xalq ijodi zaminida paydo bo'lgan professional arxitektorlar
va adabiyotchilar, aktyor va raqqosalar, musiqachi va ashulachilar, rassom va haykaltaroshlar
o'zlarining go'zal san'atlarini Xalqaro festivallarda, konsert dasturlarida namoyish qilmoqdalar,
olqishlarga, hurmat-e'tiborga sazovor bo'lmoqdalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |