O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi davlat universiteti


Mavzu: Kirish. Yangi tarix fanining predmeti va vazifalari



Download 2,34 Mb.
bet35/216
Sana13.07.2022
Hajmi2,34 Mb.
#785009
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   216
Bog'liq
Yangi tarix.Q.Nasriddinov.

Mavzu: Kirish. Yangi tarix fanining predmeti va vazifalari.
Reja:
1.Kirish. Jahon tarixida Yangi tarix davrining o'rni. Yangi tarix fanining, predmeti va
vazifalari.
2.Yangi tarix fanini davrlashtirish.
3. Yangi tarixning jahon qit'alaridagi umumiy xususiyatlari.
4.Yangi tarix fanining manbalari. Xulosa.
Tayanch tushunchalar:
Jahon tarixida yangi davr. Yangi tarix fani predmeti va uning vazifalari, Davrlashtirish va uning bosqichlari. Prezident I.Karimov jahon hamjamiyati iqtisodiyotining tajrivasi va ,o"rta Osiyo tarixining xususiyati haqida. Yangi tarixning jahon qit'alaridagi umumiy belgilari: Yevropa, Osiyo, Amerika, Afrika, Avstraliya.
Jahon tarixida yangi tarix davrining o'rni. Yangi tarix fanining predmeti va vazifalari.
XVII asrga kelib insoniyat tarixidagi o'rta asrlar davri feodal yer imilk raunosayatlarining cheksiz hukinronligiga putur etdi. XVII- XVIII asrlarda qo'l mehnatiga asoslangan manafakturalar o'rnvni mashinaiashgan kapitalistik korxonalar egaliadi. Sanoat to'ntarishi yuz berdi. Bu inqilobiy o'zgarish jamiyat hayotining barcha sohalariga-iqtisod. siyosat, ijtimoiy va madaniyat jabhalariga, kishilarning ongi va ruhiyatiga, mehnati va turmushiga ta'sir qildi. Angliyada vujudga kelgan va jahonning eng >irik mamlakatlarini qamrab olgan bu o'zgarishlar, kishilik jamiyati tarixida yangi davrni boshlab berdi.
Bu davrda sodir bo'lgan voqea-hodisalar hozirgi zamon tarixchiligida "Yangi tarix". -deb nomlangan fan tomonidan o'rganiladi. Shunday qilib, "Yangi tarix" fanining predmeti insoniyat tarixining XVII asr o'rtalarida Angliyada bo'lib o'tgan burjua inqilobidan to XX asr boshlarigacha, ya'ni 1-jahon urushiga qadar voqealarini o'z ichiga oladi.
"Yangi tarix" insoniyat taraqqiyotirting muhim bosqichlaridan biri bo'lib, uni o'rganmasdan turib, bugungi murakkab va ziddiyatlarga to'la dunyoning rivojlanish sabablarini va taraqqiyot yo'nalishini anglash qiyin. Jahon taraqqiyotida jamiyat ijtimoiy tuzumining va ishlab chiqaruvchi kuchlarning o'sishi turli sur'atlarda yuz bergan. Ay rim mamlakatlar tarixida yuksalish va taraqqiyot. boshqalarida esa turg'unlik, tanaz/ul, halto orqaga ketish hollari bo'lgan. Ba'zi qit'alardagi xalqlar taraqqiyoti bir necha asrlar orqaga surib yuborilgan.
"Yangi tarix" fanining vazifasi talabalarga rivojlangan davlatlardagi yuluqlar sabablarini ko'rsalish, orqada qolib ketgan mamlakatlardagi turfunlik va qoloqlik qanday yuz berganini tushuntirishdir. Chunki tarix yo'nalishi buyicha mutaxassislikni tanlagan kishi XV11 asr o'rtalaridan Angliyadagi mustabid tuzumga qarshi inqilob nafaqat sanoatda. balki kishilarning ijtimoiy, siyosiy faoliyatida, hatto ongi va ruhiyatiga juda katta ta'sir qilganligini, xuddi ana shu buyuk voqea jahonning yirik davlatlari rivojiga u yoki bu yo'sinda turtki bo'lganligini anglashi, uning natijasida dunyoning qalor mamlakatlari. bir tomondan, rivojlanish bosqichiga qadam qo'ygan bo'lsalar, ikkinchi tomondan, uiar aynan, XV11 asr OTtalaridan e'tiboran mustamlakalar bosib olish siyosatini o'tkaza boshlaganlarini anglashlari va bu siyosal XIX asr oxiri va XX asr boshlariga kelib insoniyat uchun kalla xavf tug'dirgan. dunyoni bo'lib olish kabi maqsadlarga xizmat qilganligini. oxir oqibat, 1-jahon urushi kelib chiqqani bilan bog'liq bilimlarni yaxshi o'zlashtirgan holda. kelajakda bu bilimlardan yosh avlodni tarbiyalash va zarur bo'lganda tarix ixtisosligi yuzasidan foydalana olishlari juda muhim.
"Yangi tarix" kursining yana bir vaziiasi-bozor iqtisodiyoti yo'lini bosib o'tgan mamlakatlar tajribasini yosh tarixchi mutaxassislarga o’kazish orqali, bu bilimlar shu yo'lni tanlagan va undan tobora ilgari odimlayotgan mamlakatimiz yoshlari uchun naqadar zarurligini anglatish orqali, puxta bilim hosil qilishdir.
Xo'jalik iaraqqiyotining tarixiy tajribasidan foydalanish, yul qo'yilgan xatolarni bugungi kunda takrorlamaslik, mamlakatimizda buyuk jamiyal qurishni maqsadiga yangilashtiradi va jahon hamjamiyatida munosib joy egallashirrrizni tezlashtiradi. Shu sababdan Rcspublikamiz Prezidenti I.A.Karimovning quyidagi fikrlari juda urinlidir: "Biz turli mamlakatlar iqtisodiyotining o'ziga xos taraqqiyotini katta diqqat e'tibor bilan o'rganamiz, jahon amaliyoti va jahon tafakkurida to'plangan cng yaxshi tajribalarni o'zimizda qo'llashni or bilmaymiz, aksincha, bunday intilishni har jihatdan rag'batlantiramiz".
Shuning uchun ham ushbu kursda o'tilayotgan mavzularni puxta o'zlashtirish, ularni kelajakda yosh avlodga etkazish va har bir siyosat bilan aloqador inson o'z faoliyatida foydalana olishi uchun zamin tayyorlashda juda katta ahamiyal kasb etadi.

Download 2,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   216




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish