Yangi tarix fanini davrlashtirish.
"Yangi tarix" jahon tarixini davrlashtirishga, asosan, tarix fanida "O'rta asrlar tarixi bilan" "Eng yangi tarix" oralig'idagi davr (1640-1914 yillar)ning nomlanishidir. "Yangi tarix" fanini davrlashtirishda buyuk ingllz inqilobi voqealari-XVII asr o'rtalaridan to 1-jahon urushi - XX asr boshlariga qadar sodir bo'lgan tarixiy voqealar qamrab olingan.
O'z navbatida bu davr 2 ta katta bosqichga bo'linadi: birinchisi, 1640-3870 yillar bo'lib, u ingliz burjua inqilobi va Fransiya-Prussiya urushi oralig'idagi voqealardan; ikkinchisi, 1870-1914 yillar, ya'ni Franisiya-Prusiya urushidan 1-jahon urushiga qadar voqealardan iborat.
Ba'zi tarixchilar yangi tarix kursini uch davr (1640-1789, 1789-1871, 1871-1917 yillar)ga bo'lish mumkin, deb hisoblaydilar. Ammo ko'pincha 1640-1870 yillar bir davr sifatida, ya'ni yangi tarixning 1-davri deb qabul qilingan. Shundan kelib chiqib, yangi tarix fanini o'rganishda ushbu davrlashtirishga amal qilinadi.
Yangi tarixning jahon qit'alaridagi uniumiy xususiyatlari. Yevropa.
XVI-XVII asrlarda Yevropa mamlakatlarida buyuk geografik kashfiyotlar qilinishi, hamda ishlab chilqaruvchi kuchlarning taralqqiyoti, erkin bozor munosabatlarining o'sishiga olib keldi. Ishlab chiqarish qurollariga va yerga bo'lgan xususiy mulkchilik. sanoal va qishloq xo'jaligida yo'llanma mehnal asosida rivojlandi.
Biroq, bozor munosabatlarining rivojiga feodal tartib qoidalari to'sqinlik qildi. Monarx va qirollarning, davlat amaldorlarining noqonuniy xatti-harakatlari, zo'ravonliklari, ruhoniy va zodagonlarning siyosiy hukmronligi yangi vujudga kelgan sinflar, xususiy mulk egalarining savdo-sotiqda, ish faoliyatini, hunarmandlar va dehqonlarning erkin mehnat qilishlarini qonun himoya qilmas edi, bu hal jamiyat hayotini vayron qila boshladi.
XVI asrda yangi kelib chiqqan Niderlandiya burjua inqilobi erkin bozor munosavatlari rivojlanishi sari yo'l ochdi. XV11 asrdagi Angliya burjua inqilobi qirol hokimiyatini ag'dardi va parlament rivojlanishiga sharoit yaratdi. XVII-X1X asrlar Yevropaning ilg'or mamlakallarida parlamentning g'alaba qozonishi va qaror topishi davri bo'ldi. Bu davlatlarning rivojlanishi, mustamlakachilikning paydo bo'l, dunyoni bo'lib olish uchun kurash ham Yevropada kelib chiqdi.
AMERIKA
Olimlarning fikriga qaraganda, Hindu va eskimoslarning avlod ajdodlari Amerikaga Osiyodan Bering bo'g'ozi orqali 20,30-ming yil ilgari ko'chib o'tganlar va Janubiy hamda Shimoliy Amerika yerlarida joylashgan.
Kolumb Amerikani kashf qilgandan keyin XVI asrdan boshlab Yevropaliklar Amerikaga ko'chib kelib mahalliy aholining yerlarini bosib oldilar va ularning davlatlarini yo'q qildilar, masalan. Peru va Inklar davlati, Meksikada mayyalar va anteklar davlallari yo'q qilindi, bir necha asrlar davomida Janubiy va Shimoliy Amerika hindulari mustalqilhk uchun kurash olib bordilar. Ammo bu kurashda Yevropaliklarning qo'H baland keldi va endi ular o'zlarini amerikaliklar, deb atab sobiq vatandoshlari, ya'ni Yevropaliklarga qarshi muslalqillik uchun kurashdilar. XVI11 asrning 2-yarmiga kelib, qit'ada yangi mustalqil davlatlar paydo bo'ldi. Ular (l-navbatda AQSH) misli ko'rilmagan taralqqiyotga erishdilar.
AFRIKA.
Afrika xallqlari qadimdan Misr sivilizatsiyasini yaratgan edilar. XVI asrda Afrika Xalqlarining taraqqiyot darajasi bir xil emasdi.
Amerikadagi yangi yerlarni o'zlashtirish uchun ishchi kuchi yetmasdi. 450 yildan ortiq davr mobaynida (XV-XIX asrlar) Afrika qullarni ovlash uchun ovloq joy bo'ldi.
Afrikadan 15-20 mln. negr qullar Amerikaga olib borib sotiidi. Bu Amerikada paxtachilik va to'qimachiiik sanoatining rivojlanishiga olib keldi. Afrikadan ishlab chiqarish kuchlarining olib ketilishi tufayli Janubiy, Markaziy va Shimoliy Afrika xallqlarining rivbjlanishi sezilarli darajada sekinlashdi.
OSIYO.
Osiyo o'ziga xos yo'l bilan rivojlanishda davom etdi.,Xitoy, Hindiston, O'rta Osiyo xonliklari, Yaponiyada yangi davrda o'ziga xos munosabatlar shakllangan. Yevropa davlatiarining Osiyo xalqlari yerlarini bosib olib, mustamtakaga aylantirishi, tub joy aholini uzoq davr mustaqillik uchun kurash olib borishga majbur qildi. Bu esa o'z navbatida jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta'sir etdi. Valanimiz hududida hukm surgan fcodal larqoqlik, yurtimizni mustamlakachilar tomonidan bosib olinishiga sabab bo'ldi. Bu haqda Prczidentimiz Tslom Karimov "Tarixiy xotirasiz kelajak yo'q" nomli asarida shunday yozadi: "Har qaysi inson men shu millat farzandi ekanman, mening ajdodlrarim kimlar bo'lgan, millatimning ibtidosi qayda, uning oyoqqa turishi, tiklanish, shakllanish jarayoni qanday kcchgan?, -degan savollarni o'ziga berishi tabiiy. Nega jahonga Ahmad Farg'oniy, Muhammad Xorazmiy, Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy , Imom Buxoriy , Amir Temur. Ulug'bek, Bobur, A.Navoiy kabi buyuk siymolarni bergan bu millat XVTI-XTX asrlarga kelib to shu choqqacha erishgan yuksalish darajalaridan tushib ketdi? Nega so'nggi uch asr movaynida boshimiz qoloqlikdan chiqmay qoldi? Ajdodlarimizning qattiq qarshiligiga qaramay, chor Rossiyasining o'lkamizni nisvatan oson zabt etishida ana shu qoloqlikning ham o'rni bo'lmaganmikan?".
Do'stlaringiz bilan baham: |