XX ASR BOSHLARTDA HINDISTONNING IJTIMOIY
IQTISODIYAHVOLI
XX asr boshida Hindistonda kapitalizm yanada o'sdi. 1910 yilda kanop-tola fabrikalari ikki barobar ko'paydi. Paxta xom-ashyosidan surp mato ishlab chiqish o'sdi. Korxonalar soni 215 taga. ishchilar soni 1 mlnga yetdi. Yangi ijtimoiy qatlam bo'lgan bu sinfning soni ko'payib bordi. Inglizlar Hindistonni boshqarishni agentlikiar va banklar qo'liga topshirib qo'ygan edi. Agentlikiar ingliz kapitalini Hindistonga joylashtirish uchun dallollik qilar edilar. Shunday yo'l bilan mustamlakachilar barcha tarmoqlarni, masalan, ko'mir havzalari, kanop sanoali, choy plantatsiyalari, transport, savdo, sug'urta jamiyatlarini o'z qo'llariga oldilar va bu bilan butun Hindistonda ishlab chiqarish, iqtisodiyot ustidan nazorat o'rnatdilar.
Angliyaning sharqda mustamlakalar orasida eng rivojlangani Hindiston edi. Shu sababli bu yyerda Angliya kapitali tez o'sib bordi. Ular 1893-1907 yillarda temir yo'l 53%,, xususiy kompaniyalarda 23, banklarda 95 foizga oshdi. 1905 yilda Hindistonda 165 ta chet el Aktsionyerlik kompanitlari mavjud bo'lib, ular mamlakatni taladilar, xalqning ahvoli og'irlashdi. 1896-1906 yilda 10 mln odam ochlikdan o'Idi. 1904 yilda 1 mln odam vabodan qirildi. 1899-1900 yilda markaziy viloyallarda dchqonlar qo'zg'oloni bo'lib o'tdi. Inglizlar bu qo'zg'olonni kuch bilan bostirdilar. O'z manfaatlari uchun yangi-yangi qonunlar chiqardilar.
1901 yil Kyerzonning «Kon qonunlari» e'lon qilindi. Unga muvofiq 20 fut chuqurlikdagi yyer osti boyliklari Angliyaniki deb e'lon qilindi. Bu hind mulkini lalon-taroj qilish edi. Soliq tizirni murakkablashdi. 44 funt sterling yig'imlarining 37 mini oylik va nafaqalarga va politsiya uchun sarflandi. 1905 yil Kerzon univyersitetlariga kirish haqini 2 barobar oshirdi, ulardagi huquqshunoslik fakultetlari «yopib» qo'yildi. Xalqchil, demokratik, mustaqillik, vatanparvarHk ruhidagi tatabalarga Oliy o'quv yurt eshiklari yopildi. Bu qonun irqchilik va milliy kamsitish ruhi bilan sug'orilgan bo'lib, u xalq nafratini oshirdi.
Mustamlakachilikda milliy ozodlik harakatini bo'lib tashlash maqsadida, Hindiston hududini parchalab yuborish siyosatini tutdilar. 1905 yili Bengaliya ikkiga bo'lib tashlandi, chunki bu o'lka mustaqillik markazlaridan biri edi, kalkuttaliklardan 100 ming kishi namoyishga chiqdi. Ular «Bande mataram» (Salom senga Vatanim-onam) qo'shig'ini aytib bordilar.
Norozilikning yana bir ko'rinishi xorij mollaridan yo'z o'girish-baykot qilish bo'ldi, bundan ingliz kompaniyalari katta zarar ko'rdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |