XIX asrning birinchi yarmida Rossiyaning xalqaro ahvoli Pavel I vafotidan so'ng taxtga o'lirgan Aleksandr I Angliyaga qarshi qaratilgan deyarli barcha shartnomalarni bekor qildi. Pavel I ning O'rla Osiyo orqali Hindiston tomon yo"\ olgan-kazaklardan iborat harbiy otryadi ham qaytarildi. Aleksandr I endi Kavkaz ortini bosib olishga kirishdi.
1801 yilda Kavkaz ortidagi Kartli-Kaxetin podsholigining Rossiya tomonidan bosib olinishi Eron. Turkiya, Fransiya va Angliyaning noroziligiga sabab bo'ldi. Franlsiya va Angliya Sharqda Rossiya mavqeini kuchayishidan, Eron va Turkiya esa Rossiyaning Kavkazdagi bosqinchilik siyosatidan tashvishga tushmoqda, ediiar. 1801 yil Angliya va Eron Fransiya va Rossiyaga qarshi qaratilgan shartnomalarni imzoladi. 1804 yilda esa Eron Rossiyaga qarshi urushga kirdi. Rossiya-Eron urushi 1813 yilgacha davom etdi. Shu yili Rossiya va Eron o'rtasida Guliston sulh shartnomasi imzolandi. Bu shartnomaga ko'ra Eron urushi davomida Kavkaz ortini aksariyat qismini Rossiyaga qo'shib olinganligini va Kaspiy dengizida rus harbiy flotini saqlanishini c'tirof etdi. Rossiyaning Kavkaz ortini bosib olishi va Bolqondagi siyosati Turkiyaning ham manfaatlariga zid keldi. Turkiya 1806 yilda Rossiyaga qarshi urush boshladi.. 1897 yil 7 iyulda Napoleon va Aleksandr I Tilzitda uchrashib, sulh va ittifoq haqida shartnoma imzoladilar. Unga ko'ra Aleksandr I Napoleon I tomonidan Yevropada amalga osbirilgan o'zgarishlarni e'tirof etib, o'z navbatida Rossiya uchun Yaqin Sharqda crkin harakat qilish imkoniyatini qo'lga kiritdi. 1806 yilda boshlangan rus-turk urushi 1812 yilda Rossiyaning g'alabasi bilan yakunlandi. 1812 yilgi Buharest sulh shartnomasiga ko'ra Bessarabiya Rossiyaga o'tdi. Moldaviya va Valaxiyada turk sultoninig syo'zyerentligi qayta o'rnatildi, sulton Syerbiyaga ichki avtanomiya berish majburiyatini oldi.
Rus- Eron (1804-1813-yillar) va Rus-Turk (1806-1812-yillar) urushlari davomida Rossiya Kavkaz ortini deyarli to'liq bosib oldi. 1812 yilda Rossiya Napoleon Bonapart armiyasini hujumini qaytarib, uni butunlay tor-mor etilishi uchun juda katta hissa qo'shdi. 1812-yilning 24 iyunida 600 ming kishilik qo'shin bilan Rossiyaga bostirib kirgan Napoleon anniyasining hujumi muvaffaqiyatsiz ravishda yakun topdi. Fransiyadan Uzoqlashib ko’gan ko'p sonli Frantsuz armiyasini oziq-ovqat, kiyim-kechak, o'q-dori bilan ta'minlashdagi o'zilishlar, Rossiya hududining kengligi, qahraton qish, Bagration, Barglaydi Tolti, Kuto'zov kabi tajribaii sarkardalarning rus qo'shiniga qo'mondonlik qilishi oqibatida Napoleonning Rossiyaga yurishi barbod bo'ldi. Maglubiyatga uchragan Frantsuz armiyasini nafaqaf Rossiyadan balki. Yevropa davlatlari hududidan haydab chiqarishda Rossiya armiyasi muhim rol o'ynadi.
Angliyaning tezlashi bilan Eron 1826 yilda Kavkaz ortiga hujum qilib, navbatdagi rus-eron urushini boshladi. Biroq, tezda mag'lubiyatga uchragan Eron Turkmanchoy qishlog'ida sulh shartnomasini imzolashga majbur bo'ldi. Unga muvofiq Kavkaz ortidagi Naxchevon va Yyerevan xonliklari Rossiyaga o'ldi. Eron 20 mln. rubl kumush miqdorida kontributsiya lo'lash majburiyatini oldi.
Rossiya 1828-1829-yillardagi Rus-turk urushida Turkiyani mag'lubiyatga uchralib. Bolqonda o'z mavqeini mustahkamlashga yerishdi. Xulosa qilib aytganda, XIX asrning. birinchi yarmida Rossiya lashqi siyosal bobida bir qator muvaffaqiyatlarga yerishdi.
Napoleon urushlari Rossiyaning ijtimoiy va iqtisodiy ahvoliga halokatli ta'sir qildi. Urush davomida mamlakalning g'arbiy va markaziy guberniyalari talanib, butunlay vayron qilindi, ishlab chiqarish kuchlariga katta zarar yelkazildi. Natijada urusbdan keyingi 1812 -1817 yillarda dehqonlarning krepostnoylik (izimga qarshi 90 ga yaqin norozilik chiqishlari bo'lib o'tdi.
XIX asrning boshlarida Rossiyadagi murakkab ijlimoiy-siyosiy vaziyal, Yevropadagi inqilobiy harakatlar, Napoleon urushi davomida Fransiyada va boshqa Yevropa davlatlarida siyosiy kurashning guvohi bo'lgan. Rossiyaning yosh dvoryan zobillari dunyoqarashida keskin o'zgarish yo'z berdi. Ular burjua erkinliklari joriy qilingan, iqtisodiy jihatdan rivojlangan, Yevropa bilan krepostnoylik to'zumi hukumronlik qilayotgan va iqtisodiy jihatdan qoloq bo'lgan Rossiyani solishtirib ko'rib, Rossiya uchun ham buyuk o'zgarishlar va yangilanishlar lozim degan xulosaga keldilar.
1816 yilda harbiy zobitlar A.Muravyov, I.D.Yakushkin, P.I. Pestel tomonidan «Qutqarish itlifoqi» nomli siyosiy lashkilot lo'zildi. Bu ittifoq krepostnoylik huquqini bekor qilish va chor samodyerjaviyasini ag'darishni o'zining asosiy maqsadi. deb bildi. 1818 yilda bu ittifoq «Farog'at ittifoqi» deb atala boshladi. 1821 yilda poytaxtga rus harbiy qo'shini orasida norozilik kayfiyatining kuchayishi natijasida rnazkur ittifoq tarqatib yuborildi.
«Farog"at ittifoqi» tarqatib yuborilgach, shu yili uning a'zoiari Petycrburgda N.Muravyov boshchiligida «Shimoliy ittifoq» va Ukrainada P.Pestel rahbarligida «Janubiy ittifoqw tasbkil qildi. Har ikkala ittifoq o'zaro aloqada bo'lib, birgalikda harakat qilish dasturini to'zdilar va 1826 yil bahorida poytaxtda hokimiyatni qo'iga olish haqida kelishib oldilar. 1825 yil dekabrda Aleksandr 1 vafot etdi. 1825-1865 yil 25 dekabrda Aleksandr 1 ning ukasi Nikolay taxtga o'tirdi. Janubiy va Shimoliy itliibqlar 26 dekabr kuni qo'zg'olon uyushtirishga qaror qildilar. Ularning asosiy maqsadi senat lomonidan demokratik erkinliklarni e'lon qilinishiga, krepostnoylik huquqini bckor qilinishiga va ta'sis majlisini ehaqirishga yerishish edi.
26 dekabr kuni qo'zg'olon Sankt-Petyerburgdagi harbiy qismlar orasida boshlandi. Qo'zg'olonchilarning soni 3 ming kishiga yo’di, ular senat maydonida hukumat qo'shini tomonidan qurshovga olinib, to'pga tutildi. Qo'zg'olon qisqa vaqt- da bostirildi. Bu qo'zg'olon dekabr oyida ko'tarilganligi sababli tarixga «Dekabris(lar qo'zg'oloni» nomi bilan kirdi.
Nikolay 1 (1825-1855yillar) o'zining 30 yillik hukumronligi davomida mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayotida dvoryanlar tabaqasining hukumronligini tiklashga harakat qildi. Shu va podsho hokimiyatini himoya qilish maqsadida 1826-yil podsho devonxonasida «3-bo'lim» tashkil qilindi. Maxsus jandarm korpusiga ega bo'lgan bu bo'lim siyosiy ahvolni nazorat qilish bilan shug'ullanib, shaxsan Nikolay 1 ning o'ziga bo'ysungan. Chor Rossiyasining jandarm-politsiya rejimi hokimiyatiga qarshi har qanday qarshilikni shafqatsiz ravishda bostirgan. Hukumat dvoryanlarining moddiy ahvolini yaxshilash maqsadida, 1836-yillarda pomeshchiklarga 300 ming desyatinadan ortiq davlat yerlarini bo'lib bergan. Shu yili dvoryanlarning kreposlnoy dehqonlarga egalik qilishdagi hukumronligi yana bir marotaba e'tirof etildi. 1845-yilda «Mayorat» haqidagi qonun qabul qilingan. Bu qonun yirik dvoryan-pomeshchiklarning mulk yerlarini myerosxo'rlar o'rtasida mayda uchastkalarga (aqsimlanishini ta'qiqlagan.
Nikolay 1 hukumati dehqonlarga nisbalan tutgan siyosatida ba'zan chckinishlar ham qilingan, 1842 yil «MajburiyatH dehqonlar» haqida qonun chiqdi. Mazkur qonun krepostnoy dehqonlarni to'lov asosida ozod qiiinishiga ruxsat berdi. Majburiyatli dehqonlar «Erkin g'allakorlar» dan farqli ravishda xususiy yer uchastkalariga egalik qila olmaganlar va ularga pomeshchik yerlaridan vaqtincha foydalanishga ruxsat etilgan. 1835 yilda manufaktura va fabrikalarda yollanib ishlayotgan dehqonlarni shartnoma muddati tugaguncha pomeshchiklar tomonldan chaqirib olinishi taqiqlandi. 1845- yilda esa zavod va fabrikalarda 12 yoshgacha bo'Igan bolalarning tungi mehnatidan foydalanishni ta'qiqlovchi qonun chiqdi.
XIX asrning o'rtalarida Rossiya aholisi 62 mln kishiga eldi, uning 80% krepostnoy, dehqonlardan, 1% dvoryan-pomeshchiklardan iborat edi. Bu XIX asrning birinchi yarmida ham dehqonlarni ommaviy tarzda xonavayron bo'lish holatiarini davom etganligidan dalolat bycradi. Mamtakalda krepostnoylik huquqi va boshqa ko'plab feodal munosaballarning hukumronligi, chor samodyerjaviyasining yakka hokimligi, kapitalistik munosabatlarning keng ravishda rivojlanishiga g'ov bo'lmoqda edi.
XIX asrning 30-40-yillarida rus xalqining ilg'or vakillari Rossiyaning ijtimoiy hayotida ulkan o'zgarishlar qilish lozimligini bashorat qila boshladilar. Ularning orasida A.Gyertsen, N,Ogaryov, V.Belinskiy kabi inqilobiy demokratlar katta rol o'ynadilar. Natijada Rossiyaning kelgusidagi taraqqiyot yo'lini muhokama qilish oqibalida «Slavyanofillar» (slavyanlarning ya'ni, Rossiyaning alohida taraqqiyot yo'li bor deb, g'arb davlatlariga uni qarshi qo'yuvehilar va «g'arbchilar» (Rossiyada ham g'arbdagi kabi burjua islohotlarini amalga oshirish lozim, deb hisoblovchilar) kabi iqtisodiy , siyosiy g'oyalar paydo bo'ldi.