deyiladi. Magnit mili uchlari yaqinida joylashgan ikki nuqtada
magnit kuchlanishi katta bo’lib, ular
magnit milining qutblari
deyiladi. Erkin
holdagi magnit milida bu qutblardan o’tuvchi to’g’ri chiziq bir uchi bilan shimolni,
ikkinchisi bilan janubni ko’rsatadi.
Yer sirtidan o’tkazilgan magnit meridianlari Yerning magnit qutblarida
tutashadi. Yerning magnit qutblari geografik qutblar bilan to’g’ri kelmagani sababli,
magnit meridianlari geografik meridianlarga to’g’ri kelmaydi.
6-rasmda P nuqtadan
SH-J
haqiqiy meridian yo’nalishi va
SHm
va
Jm
magnit
meridian yo’nalishi o’tgan bo’lsin.
Bular orasidagi
SHPSHm
burchagi magnit milining og’ishi bo’lib, u
d
bilan
belgilanadi. Agar magnit meridiani (yoki magnit mili) haqiqiy meridiandan sharqqa
og’sa, magnit milining og’ishi sharqiy deyilib, (+) belgi qo’yiladi, g’arbga og’sa,
g’arbiy deyilib, o’nga (–) belgisi qo’yiladi. Ular orasidagi munosabat 5-
rasmga asosan quyidagiga teng:
A = A
m
yoki d
Azimut xalqali bussol yordamida joydagi chiziqlarning magnit azimutlari,
rumb xalqali bussol yordamida magnit rumblari o’lchanadi. Magnit meridianiga
nisbatan o’lchangan magnit azimuti va magnit rumbi orientirlash burchaklari
hisoblanadi. Magnit azimuti
A
m
ham haqiqiy azimutga o’xshab soat mili yo’li
bo’yicha 0° dan 360° gacha o’lchanadi. Magnit milining og’ishi turli joyda turli
qiymatda bo’ladi. Magnit anamaliyasi bo’lgan hududlarda magnit milidan
foydalanish mumkin emas. Magnit milining og’ishi bir joyda hamisha bir qiymatda
bo’lmay, asta-sekin o’zgarib turadi, o’zgarish yillik va asriy bo’ladi. Og’ish bir
kecha-kunduz davomida ham o’zgarib turadi, bunga kunlik o’zgarish deyilib, u 15'
atrofida, ba’zan undan ham katta bo’ladi. Shunga binoan magnit mili magnit
meridianining yo’nalishini taxminan ko’rsatadi. Davlat ahamiyatiga ega bo’lmagan
s’yomkalar uchun boshlang’ich chiziq yo’nalishini magnit mili bilan o’lchasa
bo’ladi.
Magnit mili og’ish qiymati haqidagi ma’lumotni berilgan hudud bo’yicha
meteostansiyalardan olinadi, chunki meteostansiyalar magnit og’ishini doimiy
kuzatib, hisoblab borishadi. Topografik kartalarning pastki chap qismida karta
tuzilgan hudud uchun magnit milining o’rtacha og’ish qiymati ko’rsatiladi.
Agar g va d qiymatlari berilgan bo’lsa, direktsion burchak va magnit azimuti
orasidagi bog’lanish quyidagicha ifodalanadi:
A
=
a + g ,
Am
=
A – d
,
bundan
a =
Am –
(g
– d
).
bu yerda
g
va
d
ishoralari hisobga olinishi kerak. Orientirlash burchaklari plan
olish ishlarida qo’llaniladi va kompas, bussol, astralyabiya, ekker, teodolit,
ganiometr asboblari bilan o’lchanadi.
RA – 1-2;
AA – 1-10;
QA – 1-9;
IM – 1-2
Do'stlaringiz bilan baham: |