O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti pedagogika instetuti «tillar» fakulteti



Download 4,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/40
Sana12.07.2022
Hajmi4,01 Mb.
#783465
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   40
Bog'liq
fayl 2583 20220225

Topografik kartada joyning nishabi va gorizontallar qiymatini aniqlash

Topografik kartada biror nuqtaning absolyut va nisbiy balandligini aniqlashda, 
dastlab, bu nuqta turgan joyning qaysi tomonga nishob ekanligini hamda atrofdagi 
gorizontallar qiymatini aniqlash kerak bo’ladi. 
Joyning nishabini aniqlash
. Topografik artada tasvirlangan joyning qaysi 
tomonga nishab ekanligi quyidagicha aniqlanadi: 
a) gorizontallarga perpendikulyar qilib chizilgan bergshtrixlarning erkin uchi 
qaysi tomonga yo’nalgan bo’lsa, joy shu tomonga nishab bo’ladi; 
b) ayrim gorizontallarning absolyut balandliklarini ko’rsatuvchi raqamlar 
qaysi yo’nalishda yozilgan bo’lsa, joyning nshabi yozuv yo’nalishiga teskari 
bo’ladi; 
v) daryo, soy, kanal, ariq, ko’l, botqoqolik va boshqa gidrografik ob’ektlar 
relьefining pastlik yerlarida joylashgan bo’lib, joy shu ob’ektlarga tomon nishab 
bo’ladi. 
Gorizontallar qiymatini aniqlash
. Ma’lumki, topografik kartada, ba’zi bir 
gorizontallarning balandlik qiymati yoziladi. Gorizontalga yozilgan bu raqamlar shu 
gorizontalning absolyut balandligini bildiradi. Masalan, 72 shaklda aa gorizontalga 
200 deb yozilgan; demak, bu gorizontalning absolyut balandligi 200 m. Lekin 
topografik kartada barcha gorizontallarga ham qiymat yozilavermaydi. Balandligi 
yozilmagan gorizontallarning qiymati quyidagicha aniqlanadi. Masalan 72 shaklda 
A nuqta joylashgan bb gorizontalning qiymatini aniqlash kerak bo’lsin. Buning 
uchun dastlab, bu kartada asosiy gorizontallar necha metrdan o’tkazilganligini bilish 
kerak. Asosiy gorizontallarning necha metrdan o’tkazilganligini har bir topografik 
artaning janubiy ramkasi ostida beriladi. Misolimizda gorizontallar har 5 metrdan 
o’tgan, ya’ni kesim balandligi 5 metrga teng. Qiymati ma’lum gorizontal (aa-200) 
bilan qiymati aniqlanayotgangorizontallar orasida 3 ta gorizontal o’tgan. Demak, 
gorizontalning balandligi 200 + (3x5) = 215 m bo’ladi.
Topografik kartada nuqtaning absolyut va nisbiy balandligini aniqlash

Nuqtaning absolyut
 
balandligini aniqlash. Topografik kartalarda faqat ayri 


xarakterli nuqtalarning absolyut
 
balandligini beriladi. Absolyut 
 
balandligi
berilmagan har qanday nuqtaning balandligi quyidagicha aniqlanadi: 
Agar balandligi aniqlanayotgan nuqta gorizontalda joylashgan bo’lsa, uning 
absalyut balandligi shu gorizontalning qiymatiga teng bo’ladi. Masalan 72- shaklda 
A nuqtaning absolyut balandligi 215, V nuqtaning absolyut balandligi balandligi esa 
195 m dir. 
Agar biror nuqta, masalan, 72- shaklda S nuqta ikki gorizontal orasida 
joylashgan bo’lsa, bu nuqtaning balandligi quyidagicha aniqlanadi. S nuqta 205 va 
210 m li gorizontallar orasida joylashgan bo’lib, uning balandligini ikki usul bilan 
aniqlash mumkin: a) 
interpolyatsiya usuli
. Bunda S nuqta 205 va 210 m balandlikka 
ega bo’lgan gorizontallar orasining qancha qismini tashkil etishini interpolyatsiyalab 
(ko’z bilan chamalab) aniqlanadi. Bu misolda gorizontallar orasining 2/3 qmsmini 
tashkil etadi. SHunda S nuqta 205 metrli gorizontalga nisbatan taxminan 3,6 m 
balandda joylashgan bo’lib, uning absolyut balandligi 200 + 3,6 = 208,6 m bo’ladi. 
b) 
ikkinchi usulda
S nuqtadan har ikkala gorizontalga perpendikulyar chiziq 
o’tkaziladi. So’ngra kartadagi S
1
S
2
va S
1
S oraliqlari o’lchanib, proportsiya tuziladi 
va bu proportsiya yechiladi. Masalan, 
S
1
S
2
= 7 mm = 5 m
𝑥 =
5𝑥5
7
= 3,6 𝑚
S
1
S = 5 mm = x m 
Demak, S nuqtaning absolyut balandligi 200 + 3,6 = 208,6 m bo’ladi. Ikkinchi 
usulda interpolyatsiyalash usuliga nisbatan nuqtaning balandligi aniqroq topiladi. 

Download 4,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish