O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi qarshi davlat universiteti qo'lyozma huquqida udk 577. 17 (021) xasanov shuxrat mirza o'G'LI


Magistrlik dissertatsiyasini amaliy ahamiyati



Download 96,38 Kb.
bet5/15
Sana12.07.2022
Hajmi96,38 Kb.
#779124
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
tayorlash. shuxrat

Magistrlik dissertatsiyasini amaliy ahamiyati: Mahalliy mikromitsetlar Trichoderma harzianum zamburug'laridan 6 ta ikkilamchi metabolitlari ajratib olindi hamda ularning hosilalarini sintezi va modifikatsiyalarini tadqiq etish natijasida yangi ikkilamchi metobolitlarni olish usullari ishlab chiqilgan;
Trichoderma harzianum zamburug' shtammi asosida qishloq xo'jaligi ekinlari o'sishi, rivojlanishi va hosildorligini oshiruvchi turli xil fitopatogen zamburug'larga qarshi antifungal xususiyatga ega «Biostim» mikroo'stirgich biopreparati olindi.
Himoya qilinadi: Mahalliy mikromitsetlar Trichoderma harzianum qo'ziqorinlaridan 6 ta ikkilamchi metabolitlari ajratib olindi va ularning tuzilishi o'rganildi.
Magistrlik dissertatsiyasining tuzilishi va hajmi: Magistrlik dissertatsiya ishi kirish, adabiyotlar sharhi, tajribalar bo'limi, natijalar tahlili hamda xulosa, adabiyotlar ro'yxati va ilovadan tashkil topgan bo'lib, 100 betni tashkil qiladi. Ishda 115 ta adabiyot ma'lumotlaridan foydalanilgan. Olingan natijalar to'rta jadvalda umumlashtirilgan va sintez qilingan moddalar spektrlari ilovada keltirilgan.
Ishning muhokamasi va ilmiy jurnallarda e'lon qilinganligi: Olingan ma'lumotlar kafedra majlisida muhokama qilindi va himoyaga tavsiya etildi. Olingan natijalar asosida 2 ta maqola QarDU xabarlari ilmiy-nazariy, uslubiy jurnalida va 2 ta tezis ilmiy konferentsiyalarda chop etildi.

I BOB. TRICHODERMA HARZIANUM ZAMBURUG'LARINING ALKALOIDLARI VA TERPENOIDLARI
(Adabiyotlar sharhi)
§1.1. Zaharli qo'ziqorin toksinlari va alkaloidlari
Ko'pgina zamburug'lar ikkilamchi metabolitlar deb ataladigan quyimolekulyar massali organik moddalarni ishlab chiqaradi. Kimyoviy tuzilishi bo'yicha ushbu organik moddalar tabiiy birikmalarning har xil sinflariga tegishlidir. Zamburug'larning ikkilamchi metabolitlari orasida inson va hayvonlar organizmini kuchli zaharlaydigan biologik faol moddalar mavjud. Bu biologik faol moddalar oziq-ovqat mahsulotlari orqali organizmga kirib, odam va hayvonlarda o'tkir qo'ziqorin kasalliklarini keltirib chiqaradi. Qo'ziqorinlar tomonidan sintez qilingan biologik faol zaharli moddalar, ya'ni toksinlar mikotoksikoz kasalliklarini keltirib chiqaruvchi mikotoksinlar deb ataladi.
Mikozlar (yunon tilidan olingan bo'lib, Mykes - qo'ziqorin) parazitar qo'ziqorinlar keltirib chiqaradigan odam va hayvonlar kasalliklari hisoblanadi. Mikozlar ma'lum organlar va to'qimalarning zaharlanishiga qarab tasniflanadi: mikozlar epidermisga, sochlar va tirnoqlarga, ichki organlarga ta'sir qiladi. Ferma hayvonlari, mo'ynali va yirtqich hayvonlar, kemiruvchilar, asalarilar, baliqlar mikoz bilan kasallanadilar. Mikozning qo'zg'atuvchisi tanaga kirib, terida yoki ichki organlarda o'ziga xos patologik jarayonlarni keltirib chiqaradi.
Mikotoksikoz - (yunon tilidan olingan bo'lib, Mykes - qo'ziqorin va toksikon - zahar) oziq-ovqat mahsulotlarida to'plangan zaharli moddalardan kelib chiqqan hayvon va odamlarda uchraydigan kasallik hisoblanadi. Mikotoksikoz ayrim xususiyatlari, ya'ni to'satdan kelib chiqishi, massaviy xarakteri, yuqumli kasallik emasligi, oziq-ovqat mahsulotlarini o'zgartirish orqali kasallikni to'xtatish mumkinligi bilan xarakterlidir. Mikotoksikozning paydo bo'lishi kuzda yoki bahorda juda ko'p uchraydi [1 ].
Mikotoksinlar jamoaviy tushuncha bo'lib, ushbu atamaning fanga kiritilishi M. Mossga tegishli, ko'rsatilgan adabiyotda ham [4] atama to'g'risida ma'lumotlar keltirilgan. Oziq-ovqat mahsulotlari to'g'risidagi nashrlarda, mahsulotlarda ham mikotoksinlar mavjudligini [5] adabiyotdagi ma'lumotlar tasdiqlaydi.
Stachybotrys sorda turkumiga mansub zamburug'lar, Hyphomycetales zamburug'lar sinfiga mansub bo'lib, Dematiaceae oilasiga kiradi. Ushbu zamburug'larning morfologik va taksonomik belgilari [6] adabiyotlarda keltirilgan.
Xuddi shu yillarda Stachybotrys zamburug'lar ta'sirida zaharlangan ovqatlarni iste'mol qilish natijasida staxibotriotoksikoz bilan kasallangan odamlar topildi [8]. Keyinchalik tarkibida uglevod bo'lgan oziq-ovqatlar bilan oziqlangan odamlarning kasalliklari ham kuzatildi [9].
Vilnyus universitetida bajarilgan ishda staxibotriotoksin C24H44O4 elementar tarkibiga ega ekanligi ta'kidlandi. Shubhasiz, maqolalar Trichoderma harzianum 22toksik metabolitlarning kimyoviy tabiatini tushuntirishga qaratilgan birinchi urinish bo'lib, staxibiotoksinlar kimyosiga katta hissa qo'shdi. Ammo ko'rib turganimizdek, ushbu ishlarda kimyoviy tuzilish masalasi hal qilinmaydi. Bu savol yaqin vaqtgacha ochiq bo'lib qoldi va bizning e'tiborimizni jalb qildi [10].
Qo'ziqorin metabolitlari ichida tibbiyot va o'simliklarni himoya qilish uchun yangi birikmalar sifatida katta ahamiyatga ega Stachybotrys zamburug'lari bo'lib, ulardan 200 dan ko'p birikmalar ajratib olingan [11]. Stachybotrys oilasiga mansub zamburug'larning aksariyati saprotrofik bo'lib, odatda sellyulozaga boy o'simliklarda eng ko'p o'sishi aniqlangan. Stachybotrys oilasiga mansub qo'ziqorinlarning o'rganilgan turi S. alternans (S. atra sorda bir xil sinonimga ega) ya'ni “qora qoldiq” va S. chartarum, “ zaharli qora qoldiq” nomi bilan mahalliy aholi tomonidan nomlanadi. Staxibotriotoksikoz va o'pka gemosideroz kasalliklarni keltirib chiqaruvchi qo'ziqorin hisoblanadi. Turli tadqiqotlar natijasida olimlar S. chartarum shtammidan ikkilamchi metabolitlarning bir nechta sinflarini aniqladilar, eng katta sinfini makrotsiklik trixotetsenlar tashkil qiladi [12]. Biroq
S. chartarum shtammlarining atigi 40%i faqat izolyatsiyalangan makrotsiklik trixotetsenlarni hosil qiladi va bu metabolitlar S. chartarum shtammlari qolgan metabolitlarga qaraganda ancha sitotoksik bo'lib, mikotoksinlarga kirmaydi [13]. S. chartarum shtammining qolgan 60% izolat metabolitlari diterpenoidlarning yangi sinfini, atranonlarni va ikkita oddiy (ammo sezilarli darajada kam zaharli) trixotetsenlarni (trixodermol, trixodermin) tashkil qiladi. Qizig'i shundaki, S. chartarum va Stachybotrys oilasining boshqa turlari odatda giyohvand moddalar ishlab chiqarish uchun mikrobiologik tadqiqotlar natijasida yangi va biologik aktiv molekulalarini qidirish jarayonida topilgan. Bunday zamburug'lar tomonidan sintez qilingan asosiy ikkilamchi metabolitlar fenilspirodrimanlar, gibberillinlar, triprenilfenollar, kampanollar, staxiflinlar va bisaboskuallardan iborat ekanligi aniqlandi. Ushbu metabolitlar sinfi komponentlarni tormozlash, turli fermentativ tizimlarni ingibirlash, fibrinolitik, plazminogen va antitrombotik faollikni kuchaytiruvchi moddalar sifatida hamda neyrotoksik faolliklarga ega va sitotoksik biologik faolliklarga ega moddalar hisoblanadi. Yuqorida aytib o'tilgan birikmalardan tashqari, gibberillinlar turkumining xilma-xil turlari ham izoxroman,
poliketid va koglioxinonlarni ishlab chiqarishi aniqlandi [14].
Bugungi kunga kelib ushbu oila zamburug'laridan deyarli 200 ga yaqin ikkilamchi metabolitlar aniqlangan. Xossain va boshqa olimlar S. shartarum shtammini pathogen atributlariga oid mavjud ta'sirlarini ko'rib chiqdi. Ushbu dissertatsiyada bizning ishimiz hozirgacha o'rganilgan Stachybotrys turkumidagi zamburug'larning ikkilamchi metabolitlarning tuzilishini aniqlash, sitotoksik xossali birikmalarini sintez qilish va biologik aktivligini eng qiziqarli jihatlarini tahlil qilishdan iboratdir [16].
Yuqorida patogen zamburug'larga qarshi kurashish maqsadida Trichoderma harzianum antagonist zamburug'i ustida ilmiy tadqiqot ishlar olib borildi. Bu zamburug' turli xil tuproqlarda, ildizlarda va bargli muhitda keng tarqalgan. Trichoderma harzianum zamburug'i o'zining tijorat fermentlari, o'simliklarning o'sishini tezlashtiradigan fitogormonlar va o'simlik kasalliklarini bionazorat
qiluvchi antibiotiklar ishlab chiqarish xususiyati bilan istiqbolli bo'lib, sanoat, qishloq xo'jaligi va dori ishlab chiqarishni rivojlantirishda katta hissa qo'shgan [17]. Global miqyosda Trichoderma harzianum zamburug'i samarali biologik nazorat preparati sifatida katta muvaffaqiyatlarga erishgani isbotlandi [20; -r. 533–544]. T. harzianum, T. hamatum, T. asperellum, T. atroviride, T. koningii, T. virens va T. viride kabi ko'plab Trichoderma harzianum turlaridan dunyo bo'ylab
kuchli bionazorat agentlari sifatida foydalaniladi [18]. Trichoderma harzianum zamburug'i turlari bilvosita (oziq moddalarni qidirish, atrof-muhit sharoitlarini o'zgartirish, o'simliklarning o'sishi va himoya reaktsiyalarini rag'batlantirish) yoki to'g'ridan-to'g'ri (mikoparazitizm) mexanizmlar orqali patogen mikroorganizmlarga qarshi ajoyib bionazorat qobiliyatini namoyish etadi [18,19]. Bundan tashqari, ekologik ta'sirlardan tashqari, Trichoderma harzianum zamburug'i nafaqat signal uzatishda ishtirok etadigan, balki turli organizmlar bilan aloqa o'rnatadigan ikkilamchi metabolitlarni ishlab chiqarishi mumkinligi ma'lum [20]. Shuningdek, Trichoderma harzianum zamburug'ining bionazorat preparatlarini sintez qilish bo'yicha muvaffaqiyatlari, hech bo'lmaganda qisman, ularning ko'p ikkilamchi metabolitlarni ajratish qobiliyatiga bog'liq [21]. Zamburug'lar insoniyat tarixi davomida dori vositalarini kashf etishda ajralmas rol o'ynaydi, chunki ular muhim tibbiy salohiyatga ega bo'lgan turli ikkilamchi metabolitlarni sintez qilish uchun noyob qobiliyatga ega [22].
Trichoderma harzianum antagonist zamburug'ni o'rganishdan maqsad, ular zaharlanishni keltirib chiqaradigan zamburug'lardan zaharlanishning oldini olishdir. Bu zaharli zamburug'lar ishlab chiqaradigan zaharli birikmalar ularning nomi bilan nomlanadi, ya'ni aspergillotoksikoz, klavitsepstoksikoz, penitsillioitoksikoz, staxibotriotoksikoz, fuzariotoksikoz, ergotizmlar kiradi.

Keng ko'lamli adabiyotlar tahlili shuni ko'rsatadiki, barcha qo'ziqorinlar va ular tomonidan hosil bo'lgan toksinlar dunyo bo'ylab turli soha mutaxassislarining mashaqqatli mehnati tufayli ular keltirib chiqaradigan kasalliklarning etiologiyasi - mikotoksikozni aniqlash zarurati tufayli ochilgan.


Qo'ziqorin florasi qo'ziqorinlarining morfologik xususiyatlari [7] da keltirilgan. Monografiya [6] da zaharli qo'ziqorinlarning morfologik va taksonomik
xususiyatlari bilan bir qatorda mikotoksikozlar va bu qo'ziqorinlarni o'stirish usullari va ularning toksikligini aniqlash bo'yicha ma'lumotlar mavjud. Monografiya [8] mikotoksikozga bag'ishlangan.
Mikotoksinlar to'g'risidagi eng keng yoritilgan ma'lumotlar [5] adabiyotlar
sharhida keltirilgan. Mikotoksinlar haqida qimmatli ma'lumotlar esa quyidagi adabiyotlarda tahlil qilingan:[2., 3, 6] va [9, 10, 11., 12., 13, 14, 15, 16, 17, 18, 19, 20, 21, 22, 23, 24, 25, 26].
Adabiyotda tasvirlangan mikotoksinlar soni tez sur'atlar bilan o'sib bormoqda va bugungi kunda 5000 dan oshdi.

Download 96,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish