О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyоt instituti



Download 1,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/142
Sana02.07.2022
Hajmi1,35 Mb.
#730837
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   142
Bog'liq
materialshunoslik va konstruksion materiallar texnalogiyasi

 
Savol va topshiriqlar: 
1.
Toza mis va uning qotishmalari qanday markalanadi? 
2.
Latunning mexanik xossalariga rux qanday ta„sir kо‟rsatadi?
3.
Qalayli bronzalarning qanday markalarini bilasiz?
4.
Maxsus bronzalarning markalarini va ishlatilish sohalarini aytib bering.
5.
Alyuminiyning deformatsiyabop qotishmalariga misollar keltiring.
6.
Siluminlar va babbitlar deb qanday qotishmalarga aytiladi? Ulardan nimalar
tayyorlanadi?
7.
Magniyning muhim xususiyati va uning quyish xossalarini kо‟rsating.
8.
Titanga zararli qо‟shimchalarning ta„siri qanday?


9.
Titan Qotishmalariga qanday termik ishlov beriladi? 
 
 
8-Mavzu: Kukunsimon qattiq qotishmalar. 
Reja: 
1. Umumiy ma‟lumotlar. 
2. Metal kukunlaridan zagotovkalar tayyorlash va ularga qo‟yiladigan talablar; 
3. Metall-keramik qattiq qotishmalar; 
4. Mineral-keramik qattiq qotishmalar. 
Tayanch iboralar:
kukun metallurgiyasi, metall-keramik qattiq qotishmalar , mineral-
keramik qattiq qotishmalar, plastmassalar, polimerlar, rezina va poliuretanlar 
 
Umumiy ma’lumotlar 
Detall va buyumlarning materiallarini metal kukunlaridan tayyorlash 
kukun 
metallurgiyasi
deb yuritiladi. 
Detall va buyumlarni kukunsimon materiallardan tayyorlash jarayoni metall kukunini, 
shixtani tayyorlash, presslash va zagotovkani pishirishdan iborat. 
Kunkunlarni tayyorlasning barcha usullarini shartli ravishda ikki guruhga, ya‟ni mexanik 
va 
fizik-kimyoviy 
usullarga bo‟lish mumkin. Materiallarning kimyoviy tarkibini 
o‟zgartirmasdan kukun olish imkonini beradigan mexanik usullar o‟z navbatida ikkita mexanik 
guruhga bo‟linadi. 
1)
qattiq holatida sharikli, uyurma va vibratsion tegirmonlarda maydalash; 
2)
metallarning eritmalaridan granulyatsiyalash va suyuq metallarni to‟zitish usuli bilan 
kukunlar olish.
Bu usulda mo‟rt metallargina jumladan, kremniy, xrom, marganes va boshqalar kukunga 
aylantiriladi. 
Ba‟zi hollarda suyuq metallni gaz yoki havo bilan purkab maydalanadi. Suyuqlanish 
harorati past metallar - qalay, qo‟rg‟oshin, alyuminiy, mis va uning qotishmalari, temir, 
cho‟yan, po‟lat va ferroqotishmalar suyuqligida maydalanadi. 
Kukun olishning fizik-kimyoviy usuli metallarning oksidlari va karbidlaridan ularni 
qaytarishdan iborat. 
Metall kukunlarini o‟lchamlariga ko‟ra quyidagi xillarga ajratish mumkin: o‟ta mayda 
(donining o‟lchami 0,5mk gacha); juda mayda (donining o‟lchami 0,5-10mk); mayda (doninig 
o‟lchami 10-40mk); o‟rta (40-150mk) va yirik (150-500mk). Zarrachalarning shakliga qarab 
esa: tolali, yassi teng o‟qli (hamma yo‟nalishi bo‟yicha taxminan bir o‟lchamli) larga bo‟linadi. 
Kukun materiallarning asosiy texnologik xossalariga to‟kma og‟irligi, oquvchanligi va 
presslanuvchanligi kiradi. 
Kukunlarning markalanishiga, misol tariqasida temir kukunlarining markalanishi 
keltirish mumkin. Temirning kukunlari ПЖ2K, ПЖ4С, kabi markalanadi. Bunda, ПЖ- temir 
kukuni (порошок железный), raqam kimyoviy tarkibi bo‟yicha guruhini, harflar donadorligini, 
jumladan, K- yirik (крупный), C-o‟rtacha (средний), M-mayda (мелкий) ni bildiradi. 

Download 1,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish