III.
MEHNAT MUHOFAZASI.
Retsikl zonasi. YuB bug‘i sarfini kolonna reboyleriga qarata kamaytirish
zarur, bunda minimal ish tartibi uchun bug‘ning miqdoriga e’tibor berish kerak.
Smena muxandisi xarakatlari.
Yuqori bosim bug‘i sarfini LB reboyleriga qarata FFC-22076=0,03
nisbatgacha pasaytiring.
Tо‘yintirish idishi satxini nazorat qilib turib, yuqori bosim bug‘i sarfini NV
reboyleriga qarata pasaytiring. FFC-22125 ni tо‘yintirish nisbatini 0,4 gacha
tushiring.
RB kubidagi satxni nazorat qilib turib RB reboyleriga keluvchi bug‘ sarfini
kamaytiring. FFC-22151 ni tuyintirish nisbatini 0,4 gacha tushiring.
Reaksiya tо‘xtagan xolda kolonkalarni sirkulyatsiyasini minimal darajada
ushlang.
Ishchi va xizmatchilarni shaxsiy xavfsizligini va avariya xolatlarini yuzaga
kelish oldini olish uchun, reaksiya va retsikl uskunalarini ishlatilish jarayonida
«Gazni qayta ishlash sanoatida xavfsizlikni saqlash qoidalari» ga qat’iy rioya
qilinishi zarur.
Bunda ishchi va xizmatchilar uchun xavf tug‘diruvchi omillar quyidagilar
bilan bog‘liq:
A) Yong‘in va portlash xavfi bо‘lgan xonalarda ishlash; yuqori bosim va
xarorat ostida ishlaydigan jixozlar, separatorlar, nasos, kompressor va shu kabi
jixozlar bilan ishlash.
B) Ishchi suyuqliklaridan inson zaxarlanishi mumkin bо‘lgan gaz –
komponentlar ajralib chiqishi, ba’zi xollarda esa portlash yoki yong‘in xavfi
tug‘ilishi.
S) Texnologik jarayonlarda zaxarli kimyoviy moddalar qо‘llanilishi,
о‘lchov – nazorat uskunalarida korroziya ingibitorlari qо‘llanilishi.
d) Xavfli gaz va olov bilan bajariladigan ishlar texnologik jixoz
yonginasida olib borilishi.
42
YE) Retsikl zonasi uskunalarining xar qanday tabiiy sharoitda kechayu –
kunduz tinimsiz ishlatilishi. Shunga binoan gaz va gaz suyuqliklarni tayerlash va
tashib keltirishda xavfli va avariya xolatlari asosan texnologik reglamentda qayd
etilgan qoidalar buzilishi natijasida rо‘y beradi. Bundan tashqari ta’mirlash va olov
bilan ishlash paytida texnika xavfsizligi qoidalari buzilishi.
Reaksiya va retsikl uskunasida yongin va portlashni oldini olish, gaz va
suyuqlik oqib chiqib ketishi natijasini oldini olish uchun ishchi va xizmatchilar
quyidagilarga amal qilishi shart:
Texnologik jixoz, о‘lchov – nazorat uskuna va asboblari mexanizmi, bug‘
va issiq suv quvurlari, nasos jixozlari bilan ishlash bо‘yicha qо‘llaniladigan
nizomlarga tо‘liq amal kilish.
Ish joylari va ishlab chiqarish maydonlarida texnika xavfsizligi qoidalariga
amal qilish, texnologik jarayonni va atmosferaga tashlanayotgan chiqindilarni
texnologik rejim asosida olib borish.
Texnologik rejimda belgilangan meyordan chetga chiqish xolatlari rо‘y
bersa, buni о‘z vaktida tо‘g‘irlash, о‘lchov va nazorat uskuna va apparatlarini
tо‘g‘ri ishlatishini doimiy nazorat qilish va rо‘y bergan buzilishlarni darxol
bartaraf etish.
Past bosimli separatorlarda, kolonnalarda kondensat va tо‘yintirish
idishlaridagi satxning texnologik rejimda belgilangan meyordan kо‘payib yoki
kamayib ketishiga yо‘l qо‘ymaslik.
XSA ning va nasos jixozlarining meyorda ishlashini nazorat qilish, о‘z
vaqtida zaxira jixozlariga о‘tkazish.
Berkituvchi, rostlovchi va saqlovchi armaturalarning sozligini о‘z vaqtida
tekshirish; rostlovchi armaturaning berkituvchi sozlovchi sifatida qо‘llanilishi
mumkin emas.
Jixozlar tо‘xtatilgan vaqtda, asbob va quvurlardagi yopqich (surgich) va
ventillarni doimo aylantirib, moylab turish kerak. Armaturani ochish yoki yopish
uchun boshqa turdagi moslamalardan foydalanish man etiladi.
43
Quvurlar ichidagi gidravlik urilishlar oldini olish uchun berkituvchi va
rostlovchi armaturalar asta – sekinlik bilan oxista ochilishi kerak. Bunga rioya
kilinmaslik quvur, armatura asosi uzilishiga, kuvurning egilib ketishiga va x.k. olib
kelishi mumkin.
Xosil bо‘lgan shlak va iflosgarchiliklarni tenglashtiruvchi kolonnalardan
chiqarib tashlash uchun drenaj tizimlarini xar smenada bir marotaba puflab
tashlash zarur.
Satxni berkituvchi va rostlovchi klapanlarning baypas armaturalari meyeriy
ish xolatida yopiq turishlari kerak va faqatgina apparatlarni texnologik tizimdan
о‘chirish yoki tо‘xtatish vaqtida xamda bosim ostida bо‘shatish vaqtida ochiladi.
Suyuqlik satxining avtomatik rejalash sistemasini sozlash va buzilishlarini
tug‘irlash vaqtida baypas armaturalaridan qisqa vaqt mobaynida foydalanish
mumkin. Bunda satxni kо‘rsatuvchi orqali doimiy ravishda nazorat qilib, uni
kerakli oralikda ushlab turiladi.
Separatsiya va filtrlash elementlarini nazorat qilish uchun, ularni yiliga bir
marotaba kо‘rikdan о‘tkazib, zarur xollarda tozalash, ta’mirlash va almashtirish
ishlari о‘tkaziladi.
Reaktor qizdirish buramasiga kelayotgan issiqlik tashuvchining bosimiga
nisbatan texnologik uskunalarni qizdirishda qizdiruvchi bosimi yuqori bо‘lgan
xolda quyidagilar bajarilishi lozim:
a) Issiqlik tashuvchining apparatga kiruvchi о‘chirish armaturasi oldidan
qaytarma klapan о‘rnatilishi kerak;
b) Suv bug‘i kondensati reaktor qizdirish buramasidan keyin kondensat olib
ketuvchi orqali idishlarga yig‘iladi. Bu idishlar ochiq xavoga о‘rnatilgan bо‘lib,
bug‘ kondensatini qaytadan ishlatilishi mumkinligi aniqlanadi.
13. Texnologik kurilmaning distillyatsiya bо‘limi xar yoqib о‘chirilishida
va maxsulotdan bо‘shatilganda 600 kPa atrofida bosimda inert gaz bilan puflab
tozalanadi.
14. Bosim 70 kPa dan yuqori bulgan sharoitda ishlovchi texnologik
jixozlar va uskunalar, xamda ularni tayyorlash uchun qо‘llaniladigan materiallar
44
«Bosim ostida ishlovchi idishlarning xavfsiz ishlatilish qoidalari» talablariga javob
berishi kerak.
15. Kolonna, issiklik almashinuv va boshka jixozlar korpusidan oqib –
uchib chiqib ketish xolatlari kо‘rsatilsa, darxol uskuna о‘chirilib, bosimni
atmosfera bosimigacha tushiriladi.
16. Quvurlarda muzlash xolatida quyidagilar bajarilishi lozim:
a) Quvurni umumiy tizimdan о‘chiring va uni shikastlangan yoki muzlab
qolgan qismini aniqlang;
b) Quvurni umumiy tizimdan о‘chirish imkoniyati bо‘lmasa va avariya
xolati xavfi tug‘ilsa, jixozni о‘chiring;
s) Muzlash sodir bо‘lgan quvur bulimi oxiridan boshlab, muzlagan joyni
bug‘ yoki issiq suv bilan qizdiring. Berkituvchi armaturani ochiq xolatida quyib
yuborish quvurlari, jixozlarni qizdirish man etiladi.
Gidratlar yoki muz xosil bо‘lish xolatlarida texnologik kurilmaning
dissillyatsiya bо‘limini ishlashi taqiqlanadi.
17. Nasos jixozlari ishlatilish jarayonida nasoslarning, kuvurlarning
germetichnosti nazoratda bо‘lishi kerak. Nasoslarning ustki – oldi qismidan va
kuvurlar ulanish bо‘laklaridagi о‘tkazib yuborish xollari darxol bartaraf etiladi.
18. Portlash xavfi bо‘lgan xona va ishlab chiqarish maydonlarida olib
boriladigan ta’mirlash ishlari uchun zarur asbob – uskunalar urilgan vaktda uchqun
chiqarmaydigan metalldan tayerlangan bо‘lishi zarur. Pо‘lat asboblardan
foydalanish man etiladi.
19. Uskunalarda portlash xavfili bо‘lgan moddalar bug‘larini nazorat qilish
uchun statsionar avtomatik ravishda ishlaydigan gaz о‘lchagichlar о‘rnatilgan
bо‘lishi lozim. Bu gaz о‘lchagichlar zaxarli va portlash xavfi bо‘lgan barcha
uskunalarga о‘rnatiladi. Ular xavoda portlash xavfi bо‘lgan gaz konsentratsiyasi
20% bо‘lganda chiroq yonishi va ovoz chiqarish orqali ogoxlantiradi. Portlash
xavfili va sanitariya konsentratsiyasini vaqti – vaqti bilan tekshirish uchun maxsus
kо‘tarib yuriluvchi gaz о‘lchagichlardan foydalaniladi. Namunalarni olish va
о‘lchash ish joylari va ochiq maydonlarning gaz chiqishi va yig‘ilishi mumkin
45
bо‘lgan joylarida о‘tkaziladi. Gaz о‘lchagichlarning portlash konsentratsiyasigacha
bо‘lgan namuna olish uskunasi xonaning xaroratiga bog‘liq ravishda xonaning
bug‘ va gaz zich joylashish qatlamlari balandligida о‘rnatiladi.
20. Bosim ostida bо‘lgan idish, armatura va quvurlarning bolt va
shpilkalarini tortish mann etiladi.
21. Yonuvchan, issiq va zaxarli moddalar bilan ishlovchi texnologik
jixozlarga ogoxlantiruvchi saqlovchi klapanlar о‘rnatilish jarayonida ularni ishga
tushish vaqtida minimal chastota sarflash xavfsizlik choralari kо‘rilishi zarur.
Ximoya
klapani
SPPK
ning
о‘tkazish
kobiliyati
Gosgortexnadzor
(Davshaxtexnazorat)ning «Ximoya klapani SPPK о‘rnatish bо‘yicha maslaxatlar»i
bilan tasdiqlangan «Bosim ostida ishlovchi idishlarning xavfsiz ishlatilish
qoidalari»ga mos kelishi kerak. Ximoya klapani ishga tushirilishidan avval
ma’lum bosimga tekshirilishi, zichlik ushlashga tekshirilishi va mustaxkamlikka
chidamlilik bо‘yicha gidravlik sinovlardan о‘tkaziladi.
22. Monometrlar, ularni tekshirish xizmati va ishlatilishi о‘lchov asboblari
va о‘lchash standartlari komiteti qoida va yо‘l – yо‘riqlari talabi asosida amalga
oshiriladi. Monometrlarni tekshirish va ishga yaroqliligini tasdiqlovchi belgilar xar
12 oyda bir marta о‘tkaziladi va bunda monometr siferblatiga ruxsat etilgan ishchi
bosim chizig‘i qizil bilan belgilab qо‘yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |