I bob bo‘yicha xulosa
Odam organizmining o‘sish va rivojlanishi keng qamrovli tushuncha bo‘lib, u ko‘plab tashqi va ichki omillarga bog‘liq holda kechadi. Jumladan, ratsional ovqatlanish, jismoniy faollik darajasi, tashqi muhitning o‘ziga xos shart-sharoitlari kabi tashqi omillar bilan bir qatorda ichki sekretsiya bezlarining faolligi hamda tanadagi gormonal status, shuningdek, organizmning irsiy xususiyatlari o‘sish va rivojlanishni belgilab beruvchi muhim omillar sirasiga kiradi.
O‘sish va rivojlanish bir qator qonuniyatlar asosida kechadi. Bularga akseleratsiya, geteroxroniya, o‘sish va rivojlanishning uzluksizligi hamda individualligi kabilarni kiritish mumkin.
Maktab o‘quvchilarining o‘sish va rivojlanishi dunyo miqyosidagi dolzarb masalalardan biri bo‘lib, ushbu muammo har xil davrlarda ko‘plab tadqiqotchilar tomonidan o‘rganib kelinmoqda. Aksariyat hollarda maktab o‘quvchilarining o‘sish va rivojlanishida turli ko‘rinishdagi o‘zgarishlar kuzatiladi. Bunday o‘zgarishlardan somatometrik ko‘rsatkichlarning oldingi davrlarga nisbatan tezlashib borishi, fiziometrik ko‘rsatkichlarning meyordan pastligi kabilarni qayd etib o‘tish mumkin.
Hozirgi davrda o‘tkazilgan ko‘plab kuzatuv va tadqiqotlar o‘quvchilarda o‘sish va rivojlanish xususiyatlarining yuqorida aytib o‘tilgan qonuniyatlar asosida kechayotganini ko‘rsatadi.
Bolalarning, ayniqsa, maktab o‘quvchilarining o‘sish va rivojlanish ko‘rsatkichlarini, ularning jismoniy rivojlanish darajasini tadqiqotlar asosida o‘rganib borish muhim ilmiy va amaliy ahamiyatga ega. Bu yosh avlodning sog‘lom va barkamol bo‘lib yetishishida, ularning sihat-salomatligini muhofaza qilishda katta ahamiyat kasb etadi.
II BOB. TADQIQOT OB’EKTLARI VA USULLARI
2.1. Tadqiqot ob’eklarti
Tadqiqot ishining tekshiruv qismi Qashqadaryo viloyati Qarshi shahridagi 29- va 34-sonli umumiy o`rta ta’lim maktablaridagi o`quvchilarida olib borildi. Kuzatuvlarda 11, 16 va 18 yoshli 246 nafar o`smir (149 nafar o`g`il va 97 nafar qiz bola) yoshlar ishtirok etdi. 11, 16 va 18 yoshli o‘quvchilar shartli ravishda 1-, 2- va 3-guruhlarga ajratildi.
Ish maktab o`quvchilar organizmining antropometrik ko’rsatgichlarini aniqlash va funksional imkoniyatini baholash asosida o`rganildi. O`tkazilgan somotometrik va fiziometrik tekshirishlar keng qo`llaniladigan aniqlash usullari yordamida amalga oshirildi.
1) bo`y uzunligi, sm;
2) tana vazni, kg;
3) ko`krak qafasi aylanasi (nafas olganda va chiqarganda), sm;
4) arterial qon bosimi, mm. s. u;
5) yurak qisqarishlar soni, zarba/min;
Somatometrik tekshirishlarimizda bo’y uzunligi bo`y o`lchagich (rostomer) bilan, ko`krak qafasi aylanasi santimetrli lenta bilan o`lchandi, tana vaznini hisoblashda tibbiy tarozidan foydalanildi. Yurak qisqarishlar soni pulse oximeter yordamida sanaldi. Arterial qon bosim Riva-Pochchi asbobi yordamida Korotkov usulida yelka arteriyasida o`lchandi [2.48; 2.52].
Do'stlaringiz bilan baham: |